Yosin surasi



Download 19,32 Kb.
bet2/2
Sana18.04.2022
Hajmi19,32 Kb.
#560461
1   2
Bog'liq
Yosin surasining ma\'nosi

Izoh: Bu taklifni xaloyiqqa aytgan kishi Habib ismli bir xudojuy duradgor boʻlib, u shahar chetida yashar edi.
22. (U yana aytdi): "Nega men oʻzimni yaratgan Zotga ibodat qilmayin? (Sizlar ham) Ungagina qaytarilursizlar.
22. (U yana aytdi): "Nega men oʻzimni yaratgan Zotga ibodat qilmayin? (Sizlar ham) Ungagina qaytarilursizlar.
23. Men Undan Oʻzgalarni iloh qilib olaymi?! (Holbuki), agar Rahmon menga biror zarar yetkazishni istasa, u („iloh“)larning shafoatlari menga biror foyda bera olmas va ular meni (azobdan) qutqara olmaslar.
24. U holda men, albatta, aniq zalolatda boʻlurman-ku!
25. Haqiqatan, men Rabbingizga imon keltirganman, meni eshitib qoʻyingiz!"
26. (Soʻzlariga boqmay uni qatl qilishgach, unga) „Jannatga kir“,- deyildi. (U joydagi noz-neʼmat va izzat-ikromni koʻrgach), u aytdi: „Qani edi qavmim bilsalar
27. Rabbimning meni magʻfirat etganini va meni mukarram kishilardan qilganini“.
28. Biz undan (Habib an-Najjor qatlidan) keyin uning qavmi ustiga osmondan biror qoʻshin (azob farishtalarini) tushirmadik. Biz (shoshilinch) tushiruvchi emasmiz.
29. Faqat birgina dahshatli qichqiriq boʻldi-yu, birdaniga ular „oʻchib“ qoldilar.
30. Bandalarga hasrat (nadomat) boʻlgayki, ularga paygʻambar kelishi bilan uni masxara qiluvchi boʻldilar.
31. Axir, ular oʻzlaridan oldin ham qancha avlodlarni halok qilganimizni — oʻshalar ularning oldiga (dunyoga) qaytib kelmayotganini koʻrmadilarmi?!
32. Albatta, barchalari (qiyomatda) Bizning dargohimizda hozir qilinuvchidirlar.
33. Oʻlik (qoʻriq) yer ular uchun (qayta tirilishga) bir alomatdir, Biz uni (suv bilan) tiriltirdik va undan (turli) donlarni undirib chiqardik. Bas, ular undan yerlar.
34. Yana Biz u (yer)da xurmozor va uzumzor bogʻlarni (paydo) qildik va u yerda buloqlarni oqizib qoʻydik.
35. Toki (odamlar) mevasidan yesinlar. Holbuki, u (mevalar)ni oʻz qoʻllari (bilan) qilmagan edilar. Axir shukr qilmaydilarmi?!
36. Yer undiradigan narsalardan, (odamlarning) oʻzlaridan va yana ular bilmaydigan narsalardan iborat barcha juftlarni yaratgan (Alloh)ga tasbeh aytilur.
37. Tun ham ular uchun (qudratimizdan) bir alomatdir. Biz undan kunduzni sugʻurib olishimiz bilan birdaniga ular zulmatda qolurlar.
38. Quyosh (tinmay) oʻz qarorgohi sari joriy boʻlur. Bu qudratli va bilimli zotning oʻlchovidir.
39. Biz oyni ham, toki u eski xurmo butogʻidek boʻlib (egilib) qolgunicha, manzillarga (botadigan qilib) oʻlchab qoʻygandirmiz.
Izoh: Madorik tafsirida yozilishicha, oy agar qisqa boʻlsa, u hilollik kunidan boshlab 28 joyda koʻrinadi. Soʻng bir yoki ikki kecha koʻrinmasdan, yana boshidan boshlab takrorlanaveradi. Shu manzillarga qarab oyning nuri ham ozayib-koʻpayib turadi.
40. Na quyosh oyga yetishi mumkin va na kecha-kunduzdan oʻzuvchidir. (Quyosh, oy va yulduzlarning) har biri (bir) falakda suzadilar.
41. Biz ularning zurriyotlarini (Nuh paygʻambar yasagan) toʻla kemada koʻtarganimiz (va toʻfondan qutqarganimiz) ular uchun (qudratimizdan yana bir) alomatdir.
42. Yana Biz ularga xuddi oʻsha (kemaga) oʻxshash (ot, tuya kabi) minadigan narsalarni ham yaratdik.
43. Agar Biz xohlasak, ularni gʻarq qilurmiz-da, soʻng ular uchun biror yordamchi boʻlmas va ular qutqarilmaslar ham.
44. Faqat Biz tomondan boʻlgan marhamat sababli va (maʼlum) bir vaqtgacha (hayotdan) bahramand boʻlishlari uchun (muhlat berilur).
45. Qachonki, ularga: „Rahmatga erishishlaringiz uchun oldilaringizdagi (oxirat)dan va ortingizdagi (dunyo)dan qoʻrqinglar“,- deyilsa, (quloq solmaslar).
46. Ularga Parvardigorlarining oyatlaridan biror oyat kelsa, albatta, ular (oʻsha oyatdan) yuz oʻgiruvchi boʻlurlar.
47. Qachonki, ularga: „Alloh sizlarga rizq qilib bergan narsalardan ehson qilinglar“, — deyilsa, kofir boʻlgan kimsalar imon keltirgan zotlarga (istehzo bilan): „Agar Alloh xohlasa, Oʻzi oziqlantiradigan kishilarga bizlar taom berurmizmi? Sizlar, shubhasiz, aniq zalolatdadirsizlar“, — derlar.
48. Yana ular: „Agar rostgoʻy boʻlsangizlar (aytinglar-chi), mana shu vaʼda (azob) qachon boʻladi?“ - derlar.
49. Ular janjallashib turganlarida, ularni tutuvchi birgina qichqiriqni kutmoqdalar, xolos.
50. Bas, ular na biror vasiyat qilishga va na (oila) ahliga qaytishga qodir boʻlurlar.
51. (Qiyomat kuni) sur chalinishi bilan birdaniga ular qabrlaridan Parvardigorlari sari sugʻurilib chiqurlar.
52. Ular: „Holimizga voy! Kim bizlarni uxlayotgan joyimizdan oʻygʻotdi?“ — deganlarida, (ularga aytilur): „Mana shu Rahmon vaʼda qilgan va paygʻambarlar soʻzlagan rost narsa (qiyomat)dir“.
53. Faqatgina bir qichqiriq, bas, darhol ularning barchalari Bizning dargohimizda hozir qilinuvchidirlar.
54. Mana bugun hech bir jonga zulm qilinmas va sizlar faqat oʻzlaringiz qilib oʻtgan amallaringizga qarab taqdirlanursizlar.
55. Albatta, jannat ahli bu Kunda (rohat va farogʻat) ish(lari) bilan shoddirlar.
56. Ular oʻz juftlari bilan birga soyalarda, soʻrilarda suyanib oʻtirurlar.
57. Ularga u joyda (turli) mevalar va ular uchun istagan narsalari mavjuddir.
58. (Ularga) rahmli Parvardigor (tomoni)dan salom (aytilur).
59. Ey, jinoyatchilar, bu Kunda, endi (moʻminlardan) ajralinglar!
60. Men sizlarga tavsiya qilib: „Ey, Odam bolalari, shaytonga ibodat (itoat) qilmangiz, chunki, u sizlarga ochiq dushmandir.
61. Mengagina ibodat qilinglar! Mana shu Toʻgʻri yoʻldir“,- demaganmidim?!
62. (Shayton) sizlarning ichingizdan koʻp avlodni yoʻldan ozdirdi. Axir, aql yurituvchi boʻlmadingizlarmi?
63. Sizlarga vaʼda qilingan jahannam mana shudir!
64. (Dunyoda) kofir boʻlib oʻtganlaringiz sababli bu Kunda unda toblaningiz!
65. Bu Kunda Biz ularning ogʻizlarini muhrlab qoʻyurmiz. Bizga ularning qilib oʻtgan ishlari haqida qoʻllari soʻzlab, oyoqlari guvohlik berur.
66. Agar Biz xohlasak, ularning koʻzlarini yoʻq qilgan boʻlur edik. Ana u holda ular yoʻlga shoshardilaru, (lekin) qayoqdan (yoʻlni) koʻra olsinlar?!
67. Agar Biz xohlasak, ularni turgan joylarida (maymun, toʻngʻiz yo tosh kabi) narsalarga aylantirib qoʻygan boʻlur edik. Soʻng ular (oldinga) yurishga ham qodir emaslar va (orqalariga ham) qayta olmaslar.
68. Biz kimga uzoq umr bersak, uning vujudini xam (egik, zaif) qilib qoʻyurmiz. Axir, aql yurgizmaydilarmi?!
69. (Muhammadga) sheʼrni taʼlim bermadik va unga (shoirlik) mumkin ham emas. U (vahiy) faqat zikr (eslatma) va aniq Qurʼondir.
70. (U) tirik (aqlli) kishilarni ogohlantirish va kofirlarga Soʻz (azob) muqarrar boʻlishi uchun (nozil qilingan)dir.
71. Axir, ular uchun Oʻz „qoʻlimiz“ ishi bilan chorva hayvonlarini yaratib qoʻyganimizni koʻrmadilarmi?! Mana ular oʻsha (hayvon)larga egadirlar.
72. Biz oʻsha (hayvon)larni ularga boʻyin sundirib qoʻyganmiz. Ana ularning minadigan narsalari ham oʻsha (hayvon)lardan va oʻshalardan yegaylar.
73. Yana ular uchun oʻsha (hayvon)larda (turli) foydalar va ichimlik (sut-qaymoq)lar bordir. Axir, shukr qilmaydilarmi?!
74. Allohni qoʻyib yordam olish umidida „iloh“larni tutdilar.
75. Ular hozirlangan qoʻshin boʻla turib, ularga yordam berishga qodir boʻlmaslar.
76. Bas, (ey, Muhammad,) Sizni ularning soʻzlari gʻamgin qilmasin! Zotan, Biz ularning yashiradigan narsalarini ham, oshkor qiladigan narsalarini ham bilurmiz.
77. Inson, Biz uni nutfadan (bir tomchi shahvat suvidan) yaratganimizni, endi esa, u birdaniga (Oʻzimizga) oshkora xusumat qiluvchi boʻlib qolganini koʻrmadimi?!
78. U Bizga: „Chirib ketgan suyaklarni kim ham tiriltira olur?“- deb, masal keltirdi-yu, (ammo) oʻzining (qanday) yaralganini unutib qoʻydi.
79. (Ey, Muhammad,) ayting: „U (chirigan suyak)larni dastlab paydo qilgan zotning Oʻzi qayta tiriltirur. U turli xil yaratish(lar)ni biluvchidir“.
80. U sizlar uchun yashil daraxtdan olov paydo qilgan zotdir. Bas, sizlar oʻshandan olov yoqursizlar.
81. Osmonlar va Yerni yaratgan zot yana ularning xuddi oʻzidek yaratishga qodir emasmi?! Yoʻq, (albatta, qodirdir). U yaratuvchi va biluvchidir!
82. Biror narsa (yaratish)ni iroda qilganda, Uning ishi faqatgina: „Boʻl!“- deyishdir. U (narsa) esa boʻlur (vujudga kelur).
83. Bas, barcha narsaning egaligi Oʻz „qoʻli“da boʻlgan (Alloh)ga tasbeh (aytilur). Unga (huzuriga)gina qaytarilursizlar!
Download 19,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish