A.40 B.10 C.60 D.70
905.Ikki molekula sut kislotaning kislorodli sharoitda to`liq parchalanishida nechta molekula ATF hosil bo`ladi?
A.2 B.36 C.38 D.10
906.Berilganlardan qaysi birida bir molekula glyukozadan ikki molekula sut kislota hosil bo`ladi?
A.tayyorgarlik bosqichida B.nafas olish bosqichida
C.kislorodsiz bosqichida D.oqsillar assimilyatsiyasida
907. Moddalar almashinuvining dastlabki bosqichini aniqlang.
A.metabolizm mahsulotlarini tashqariga
B.glikoliz
C. ozuqaning hazm bo`lishi
D.sut kislotaning parchalanishi
908.Energiya almashinuvi jarayonining tayyorgarlik davrida ajralgan energiya ...
A. issiqlik energiyasi sifatida tarqalib ketadi
B. ATF sifatida to`planadi
C. ADF sifatida to`planadi
D. NADF sifatida to`planadi
909.Glukozaning kislorodsiz sharoitda sut kislotagacha parchalanishi tufayli ajralib chiqadigan energiyaning necha foizi issiqlik energiyasi sifatida tarqaladi?
A. 40 B. 60 C.55 D. 10
910. 180g glukozaning C, H, O atomlari orasidagi bog`larda to`plangan potensial energiyaning miqdori qancha (kJ) bo`ladi?
A. 200 B. 2600 C. 2800 D. 3000
911. Bir molekula glukozaning kislorodsiz parchalanishi natijasida jami nech (a) kJ energiya ajraladi. Bu energiyaning necha %
(b ) ATFning fosfat bog‘lariga to‘planadi, necha %(c) energiya esa issiqlik sifatida
tarqalib ketadi.
A a-200, b- 40, c- 60. B a-180, b- 40, c- 60.
C a-200, b-,60 c- 40. D a-180, b-,60 c- 40.
912. Anaerob parchalanish qaysi organism hujayralarida sodir bo`ladi?
1-o`simlik, 2-musqul to`qimalarda, 3- hayvon, 4- zamburug‘, 5- ATF fosfat bog`larida 6- bakteriya 7-glikoliz
A.1,2,3,4 B.1,3,4,6 C.2,3,5,6 D.3,4,5,7
913. Kislorodli parchalanishda glikoliz jarayonida hosil bo‘lgan moddalar metabolizmning oxirgi mahsulotlari (CO2va H2O)gacha parchalanadi. Bunda (a) molekula sut kislotadan (b) molekula ATF, (c) molekula H2O va (d) molekula CO2 hosil bo‘ladi.
A.a-2, b-36, c-42, d-6 B.a-42, b-36, c-2, d-6
C .a-2, b-36, c-6, d-42 D .a-2, b-6, c-42, d-36
914. Kislorodli bosqichda (a) molekula sut kislotasining to‘liq parchalanishi natijasida (b) kJ energiya ajralib chiqadi. Shundan (c) kJ energiya ATFning fosfat bog‘lariga bog‘lanadi. Qolgan (c) kJ energiya issiqlik sifatida tarqalib ketadi.
A. a-1, b-2600, c-1440, d-1160
B. a-2, b-2600, c-1440, d-1160
C. a-2, b-260, c-140, d-1160
D. a-2, b-,1440 c-2600, d-1160
915. Bir molekula glukoza sintezlash uchun qancha CO2(a) va ATF(b) sarflanadi?
A. a - 6; b – 12 B. a - 6; b – 18
C. a - 12; b – 18 D. a - 18; b - 6
916. Fotosintez qachondan boshlanadi?
A. bargga ko`rinadigan nurlar tushishi bilan
B.bargga ultrabinafsha nurlar tushishi
C.bargga infraqizil nurlar tushishi bilan
D.CO2 yutilishi bilan
917. Barcha tirik organizmlar energiya olish turiga qarab qanday guruhlarga bo`linadi?
A. fototrof, xemotrof B. avtotrof, geterotrof
C. avtotrof, saprofit, parazit D. fototrof, geterotrof
918.Qanday organizmlar energiya manbaidan foydalanish turiga qarab fototrof va xemotroflarga bo`linadi?
A. avtotrof B. geterotrof C. saprofit D. parazit
Do'stlaringiz bilan baham: |