A) 40 B) 60 C) 62,5 D) 37,5
23. Yurakda qon oqish yo’nalishi to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.
A) o’ng bo’lmacha →uch tavaqali klapan→o’ng qorincha→aorta
B) chap bo’lmacha →ikki tavaqali klapan→chap qorincha→aorta
C) chap bo’lmacha →ikki tavaqali klapan→chap qorincha→o’pka arteriyasi
D) o’ng bo’lmacha →ikki tavaqali klapan→o’ng qorincha→ o’pka arteriyasi
24. Echki (a) va baqa (b) qonining 1mm3 da nechta (million) eritrotsit bo`ladi?
A) a-5; b-7 B) a-7; b-4 C) a-0,4; b-7 D) a-10; b-0,4
25. Quyidagi hayvonga tegishli bo`lmagan fikrni toping.
A) dastlabki qush
B) qushlarning ajdodi emas
C) to`sh toj suyagi bo`lmaydi
D) trias davrida paydo bo`lgan
26. Organizmda turli xil to`qima hujayralarida miqdori har xil bo`ladigan (a) va bir xil bo`ladigan (b) organoidlarni aniqlang.
1) silliq endoplazmatik to`r; 2) sentriola; 3) mitoxondriya; 4) lizosoma; 5) donador endoplazmatik to`r; 6) sentromera; 7) yadrocha; 8) yadro; 9) sitoskelet; 10) xromatin
A) a-1,3; b-2,9 B) a-4,5; b-3,7,9 C) a-1,10; b-2,7,8 D) a-2,9; b-1,6
27. Parpining pixtadan farqini aniqlang.
1) gulli o'simlik; 2) urug'kurtakdan urug' hosil qiladi; 3) urug'idan ko'payadi; 4) o'tkazuvchi sistemaga ega; 5) urug'langan tuxum hujayradan murtak hosil qiladi; 6) chang donalari hosil qiladi; 7) urug'lanishdan so'ng tugunchadan meva hosil qiladi.
A) 5, 6 В) 1 ,7 С) 2, 4 D) 3 ,7
28.
29.
30. Ma`lum bir hayvonni maydalanish davrida jami blastomerlardagi hujayra markaziga kiruvchi mikronaychalar soni 27648 taga yetgan vaqtda jami hujayralardagi autosomalar soni jinsiy xromosomalarga nisbatan 11264 taga ko`p bo`lsa u holda maydalanish bosqichida 6 marta meridional bo`linish sodir bo`lgandan so`ng hosil bo`lgan hujayralardagi xromosomalar sonini aniqlang.
A) 26624 B) 24576 C) 13312 D) 12288
31. Agar o`simlikda hosil bo`lgan mikrosporalarning 40%idan chang hosil bo`lib, changing 50% urug`lanishda qatnashgan bo`lsa hamda o`simlik 160 ta urug` hosil qilgan bo`lsa, shu jarayonda ishtirok etgan birlamchi chang hujayralar sonini aniqlang?
A) 230 B) 200 C) 180 D) 190
32. Drozofilada ko‘zning oq rangda bo‘lishi retsessiv, qizil rangda bo‘lishi dominant hamda jinsga bog‘liq holda irsiylanadi. Erkak drozofila oq ko‘zli bo‘lsa, gametogenez jarayonida bitta birlamchi jinsiy hujayradan hosil bo‘lgan spermatozoidlarning nechtasi ushbu belgi bo‘yicha dominant genga ega bo‘ladi?
A) 1 ta B) 2 ta C) 4 ta D) 0 ta
33.
34. Meyoz jarayonida xromosomalar to’plami holatlari qanday ketma – ketlikda namoyon bo’ladi
1) bir xromatidali xromosomalarning tetraploid to’plami 2) bir xromatidali xromasomalarning diploid to’plami 3) bir xromatidali xromosomalarning gaploid to’plami 4) ikki xromatidali xromosomalarning gaploid to’plam 5) ikki xromatidali xromosomalarning diploid to’plam
A) 5,2,3,5,1 B) 5,2,3,4,1 C) 3,2,5,1,4 D) 2,5,4,2,3
35. Odamda meyoz I da hosil bo`lgan hujayralarning biriga birlamchi hujayradagi xromosomalarning ona organizmga tegishlilaridan faqat 13 tasi o`tgan, ikkinchi hujayraga otaga tegishli xromosomalardan nechtasi o`tgan?
A) 10 B) 5 C) 13 D) 23
36. Aortalarda qon bosimining tushishi qay hollarda kuzatiladi
1) yarim oysimon klapan ochiq bo’lganda 2) parasimpatik nerv sistemasi qo’zg’algan holda 3) ikki tavakali klapan ochiq bo’lganda 4) uch tavakali klapan ochiq bo’lganda 5) simpatik nerv sistemasining qo’zg’alishidan 6) vazopressin garmoni tasirida
A) 3,5,6 B) 1,2,4 C) 2,5,6 D) 2,3,4
Do'stlaringiz bilan baham: |