Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 5
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
897
w
www.oriens.uz
June
2021
Agar stol ustidagi predmetlar mohiyatiga biror o‘zgartirish kiritilsa, bu innovsiya
bo‘la oladi. Masalan, choynakning qopqog‘i tushib ketmasligi uchun unga “tilcha”
joriy etish, piyolaning badiiy estetik ko‘rinishini yangilash innovatsiya bo‘lishi
mumkin.
Demak,
innnovatsiya
ob’ektning
mohiyati
va
funksiyasini
takomillashtirishga, go‘zallashtirishga, zamonaviylashtirishga qaratil- gan yangilikni
joriy etishdir. Bu ob’ekt inson ongi, tasavvurlari, qarashlari ham bo‘lishi mumkin.
“Innovasion tafakkur”, “innovasion ong”, “innovasion g‘oya” va “innovasion fikr”
kabi sub’ektiv voqeliklar shular jumlasidandir. Mazkur paragrafda gap sub’ektiv
innovasion voqeliklar haqida ketadi. Innovasion tafakkur maxsus fikrlash turi. Uni
umumiy, falsafiy tafakkur va xususiy, ilmiy texnik tafakkur uslublariga ajratish
mumkin.
NATIJA VA TAXLIL
Umumiy,“falsafiy tafakkur uslubida moddiy olam va uning rivojlanish
qonuniyatlarini aks ettirish hamda anglab olish,muayyan dunyoqarash va
metodologik prinsiplar asosida amalga oshiriladi. Binobarin, ilmiy tafakkur asosida
yotgan xususiy ilmiy g‘oya, nazariyalar qat’iyan belgilangan soha va chegaraga ega
emas. Moddiy olam taraqqiyotining eng umumiy qonuniyatlarini aks ettiradigan
falsafiy prinsiplar, qonun va kategoriyalar umumiylik xarakteriga ega. Shuning uchun
ham ular olamni bilish va qayta o‘zgartirishning umumiy metodi sifatida namoyon
bo‘ladi”[5]. Xullas, umumiy, falsafiy tafakkur olamni anglash, “qayta o‘zgartirish”da
hissiy va aqliy bilish, metafizik mushohada jarayonlarining mahsulidir. U ilmiy
bo‘lishi uchun, N.A.Berdyaev aytganidek, dunyoviy zaruriyatdan kelib chiqadi.
“Dunyoviy zaruriyat anglanishi uchun inson tafakkurida unga muvofiq keluvchi
zaruriyat yaratilishi darkor”[6]. Ushbu zaruriyat falsafiy mushohadalarni real hayot
qo‘yayotgan muammolar, bu muammolar yechimini izlaydigan fanlar, nazariyalar va
texnologiyalar bilan bog‘laydi. Xususiy, ilmiy texnik tafakkur ishlab chiqarish
munosabatlarini, mehnat qurollari va texnologiyasini takomillashtirishga qaratilgan
kreativ izlanishlar, fikr va g‘oyalar ifodasidir. U inson faoliyati va mehnatini
yengillashtirish, yanada samarali qilishga qaratiladi, unda moddiy olamni yangi
texnika vositalari asosida insoniylashtirish maqsadi ustuvorlik qiladi. Ushbu maqsad
unga umumiy, falsafiy tafakkurga yaqinlashish imkonini beradi. Falsafada “umumiy
metod”bo‘lishga da’vogar bo‘lmagan oqim, maktab, ta’limot yo‘q. Ularning qaysi
biri mavzumiz uchun muhimligini, zarurligini aytish qiyin. Innovasion tafakkur ong
fenomeni bilan bog‘lanayotgan ekan, sub’ektiv qarashlarning immanent xususiyatlari,
inson ongining ijtimoiy borliq bilan dialektik aloqalari, yangi g‘oyalarning
Do'stlaringiz bilan baham: |