Eng mashhur ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchilari
Facebook — 1,4 mlrd
QZone (Kitay) — 654 mln
Google+ — 300 mln
Instagram — 300 mln
Twitter — 284 mln
Sina Weibo (Kitay) — 176 mln
LinkedIn — 332 mln VKontakte — 52,7 mln
Odnoklassniki — 42,6 mln
Moy Mir — 30,6 mln
SoundCloud-20 mln
Brainly 22 mln.
Telegram- 500 mln foydalanuvchilarni tashkil qiladi. Yuqorida nomlari qayd etilgan tarmoq ilovalari kontent tarkibi quyidagilar:
Mikroblog
Sharh
Video, vlog
Foto-video materiallar
Matn, gippermatn
musiqa, videorolik
Qisqa reportaj –tvit
Musiqiy audiomost
Mazkur tarkibiy kontentning ichki tuzilishi freymlar deb atalib ular turli dasturlar yordamida yaratiladi. Mavjud ilovalarining asosiy tarkibiy tuzilishi quyidagi tartibda yaratiladi:
Spleshskrin
Yangiliklar tasmasi
Ro‘yhatdan o‘tish
Shaxsiy profil
Xabarnoma-chat
Guruhlar, hodisalar
Qo‘shimcha kontent
Qidiruv freymi
Sozlamalar yordamida yaratish mumkin.
O’tkazilgan so‘rovnomalarga ko‘ra ijtimoiy tarmoqdan foydalanuvchilar soni 87 foizni, ro‘yhatdan o‘tganlar soni 93 foizni hamda mazkur tarmoqda faoliyat yurituvchilar soni 89 foizni tashkil qilgan. 2018-2021 yillar orali-ida ijtimoiy internet tarmog‘i foydalanuvchilarining o‘sish shkalasi quyidagi tartibda o‘sib borgan. Aynann pandemiya davrida ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilar sonining keskin o‘sganini kuzatish mumkin. Internet tarmog‘i hamda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari amalda “Follower”- kuzatuvchi nomi bilan yuritiladi. Folloverlarning o‘rtacha yosh ko‘rsatgichi 16-34 yoshni tashkil qilib ular axborot olish va tarqatish, ko‘ngilochar, ta’lim, muloqot hamda iqtisodiy maqsadlarda foydalanishadi.
Yurtimizdagi ijtimoiy tarmoqda faoliyat yurituvchi bloger va folloverlarning soni quyidagi tartibda.
Xushnudbek-376700
Davletovuz-57000
Davron Fayziyev-75000
Fayzbog (Temur malik)-21000
Alimoff-25000
Asanovformati-25000
Raisbuva-57500
Muhrim10500
Rasul Kushirbayev-53000
Bu o‘rtacha eng ko‘p nashr qilinishi mumkin bo‘lgan gazeta tirajidan ko‘proq ekanligini kuzatishimiz mumkin. E’tiborli jihati amalda mavjud blog va blogerlar faoliyati foydalanuvchi “follover”larga turlicha ta’sir qiladi. Jumladan, psixologik, iqtisodiy, madaniy, ma’rifiy, siyosiy va ijtimoiy. Mazkur ta’sir taqdim qilinayotgan kontent tarkibi va axborot mohiyatidan kelib chiqadi. Aytib o‘tish joizki foydalanuvchilar ijtimoiy tarmoqda tarqalayotgan axborotning barchasini filtrlash qobiliyati ( to‘g‘ri-noto‘g‘riligini tekshirish) ega emas. Mazkur “dezinformator”lar faoliyat ko‘lami va ta’sir doirasiga qarab turlicha nomlanadi. Jumladan:
Trolling
Kibberbulling
“Xeyter”lar
“Xayper”lar
“Dizkommunikator”lar
“Dizinformator”lar
Dizkreyter
“Agitator”
Yuqorida nomlari qayd etilgan dezinformator ya’ni noto‘g‘ri axborot tarqatuvchi shaxslarning faoliyati psixologik, siyosiy va iqtisodiy maqsadlarni ko‘zlaydi. Natijada:
Axborot xurujlari
Siyosiy beqarorlik
Iqtisodiy beqarorlik
Jamiyatdagi muvozanatning buzilishi
Turli radikal oqimlarga kirib ketish
G‘oyaviy buzg‘unchiliklarga sabab bo‘lishi mumkin.
Mazkur vaziyatda yoshlarni ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida
Mediasavodxonlikni oshirish
Huquqiy-siyosiy bilim darajasi
Madaniy-ma’rifiy targ‘ibot
Milliy-an’anaviy qadriyatlar
Ta’lim-tarbiya
Iqtisodiy-ijtimoiy bilim darajasi
Diniy bag‘rikenglikni rivojlantirish
Gender tengligi masalalari borasidagi axboriy bilimni rivojlantirish va kuchaytirish shart. Qolaversa ushbu ko‘nikmalarni stretgik rivojlantirishda zamonaviy targ‘ibot texnologiyalaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Jumladan:
Maqsadli auditoriya bilan ishlash
Icloud –texnologiyasi
Targeting texnologiyasi
Auditoriyani kommodifikasiyalash
Axboriy xurujlarga javob stretegiyasi
Mediatreninglar tashkil qilish
Ijtimoiy roliklar tasvirga tushirish
OAV mediametriyasi
Xulosa qilib aytganda, yoshlarimizni turli pixologik g‘oyaviy oqimlar va radikal guruhlar tarkibiga kirib qolish hamda Yoshlarda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishda Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, «... biz farzandlarimizning ongi, dunyoqarashi asrlar davomida sinovdan o‘tgan, yuksak ma’naviyat xazinasi bo‘lgan jahon va milliy adabiyotimiz asosida emas, balki qandaydir shubhali, zararli axborotlar asosida shakllanishiga beparvo qarab turolmaymiz». Binobarin, bugungi davr bizdan dunyo miqyosida bo‘hton va uydirmalarni tarqatish orqali yoshlarimizni aldab, o‘z qarmog‘iga ilintirishga intilayotgan ijtimoiy tarmoqlardagi turli salbiy holatlarga hyech qanday imkon bermasligimizni talab etmoqda. Zero, milliy ma’naviyatimizni asrash orqali yoshlarimizni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalab, o‘z xalqiga, yurtiga bo‘lgan muhabbatini oshirish asosiy vazifamizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |