Yoshlarda huquqiy ong va madaniyatni shakllantirish. Reja


Inson huquqlari. Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi (1948-yil 10-dekabr)



Download 73,5 Kb.
bet3/6
Sana07.07.2022
Hajmi73,5 Kb.
#755595
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Yoshlarda huquqiy ong va madaniyatni shakllantirish

2. Inson huquqlari. Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi (1948-yil 10-dekabr). Inson huquqlari to’g’risidagi xalqaro bill inson huquqlarini himoya qilish borasida qabul qilingan eng asosiy hujjatlar majmui bo’lib, u bu sohada keyinchalik qabul qilingan barcha hujjatlar uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Inson huquqlari to’g’risidagi xalqaro bill o’z ichiga inson huquqlari sohasidagi BMT tomonidan ishlab chiqilib, qabul qilingan asosiy hujjatlami birlashtirgan. Bu xalqaro hujjatlar quyidagilardan iboratdir:
1. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (1948-yil);
2. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to’g’risidagi xalqaro pakt (1966-yil);
3. Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro pakt hamda unga ilova qilingan I Fakultativ Bayonnoma (1966-yil) va О’lim jazosini bekor qilishga qaratilgan II Fakultativ Bayonnoma (1989-yil).
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining ishlab chiqilishi, tuzilishi, mazmuni va ahamiyati. Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh Assambleyasi tomonidan 1948-yilning 10-dekabrida qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi insonning asosiy huquqlari va erkinliklarini belgilovchi dastlabki muhim tarixiy hujjat hisoblanadi. 2008-yilda ushbu Deklaratsiya qabul qilinganligining 60 yilligi butun dunyoda keng nishonlanishi to’g’risida BMT Bosh kotibining murojaati e’lon qilindi. Ushbu murojaatga javoban, 2008-yil 1-may kuni 0’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligini nishonlash bo’yicha chora-tadbirlar dasturi to’g’risida”gi Farmoni e’lon qilindi.
Inson huquqlari to’g’risidagi mazkur hujjat qabul qilinishidan oldin bu sohada muhim ishlar amalga oshirilgan edi. BMTning tashkil topishi va uning Nizomining qabul qilinishi inson huquqlari sohasidagi davlatlararo munosabatlami yangi sifat darajasiga ko’tardi. BMT Nizomi xalqaro munosabatlar tarixida inson huquqlari bo’yicha davlatlaming keng hamkorligiga asos solgan birinchi ko’p tomonlama shartnoma bo’ldi. Ammo, BMT Nizomini ishlab chiqish va qabul qilish jarayonida inson huquqlari va erkinliklariga nisbatan davlatlar turlicha yondashuvda ekanliklari namoyon bo’lib qoldi.
1946-yilda BMTning Inson huquqlari bo’yicha komissiyasi tashkil etildi, unga inson huquqlari sohasida universal hujjat, y a’ni Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini ishlab chiqish vazifasi yuklatildi. Komissiya huzurida Deklaratsiya loyihasi bo’yicha ishchi guruh tuzildi. Bu ishchi guruh 1947-1948-yillar mobaynida Deklaratsiya loyihasi ustida ishlashdi va Deklaratsiya loyihasi 1948-yili 10-dekabrda BMT Bosh Assambleyasi a’zolari tomonidan qizg’in tortishuvlardan keyin qabul qilindi. 1950-yil Bosh Assambleya 10-dekabmi “Xalqaro inson huquqlari kuni” deb e’lon qildi.
Alohida qayd etish kerakki, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi 400 dan ortiq tillarga va dialektlarga taijima qilingan va Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. Shuning uchun ham Deklaratsiya eng ko’p tilga tarjima qilingan hujjat bo’lib, haqiqatan ham jahondagi eng “universal” hujjat hisoblanadi.
Deklaratsiya loyihasi barcha mintaqalar va huquqiy an’analarning vakillari tomonidan tayyorlangan. Vaqt o’tishi bilan u mamlakatlaming hukumatlari hamda xalqlari o’rtasidagi o’ziga xos shartnoma sifatida ko’rilishi lozim. Deklaratsiya, shuningdek, aholining barcha qatlamlarini ham qamrab olgan inson huquqlarini himoya qiluvchi inffatuzilmani kengaytirish uchun asos bo’lib qoldi.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi Muqaddima va 30 moddadan iborat bo’lib, unda insonning asosiy huquqlari, qadr-qimmati, inson shaxsining benazirligi hamda erkaklar bilan ayollaming teng huquqliligi o’z ifodasini topgan. Deklaratsiyaning 1-moddasida huquqiy jihatdan asoslangan falsafiy fikrlar bayon etilgan bo’lib, unda “Barcha odamlar erkin, qadr-qimmat va huquqlarda teng bo’lib tug’iladilar. Ular aql va vijdon sohibidirlar va birbirlariga birodarlarcha muomala qilishlari zarur” deyilgan.
Deklaratsiyaning bu moddasi uning asosiy yo’nalishlarini belgilab beradi. Unga ko’ra, birinchidan, inson o’zining erk, huquq, tenglik singari ajralmas huquqlaridan mahmm qilinmasligi va ikkinchidan, inson aql va vijdon sohibi sifatida yer yuzidagi boshqa mavjudotlardan farq qilib, o’z taqdiri va hayotini o’zi erkin belgilashi lozim.
2-moddada har bir inson huquq va erkdan foydalanishda teng boiishi, u Deklaratsiyada e’lon qilingan barcha huquq va erkinliklar sohibi bo’lishi quyidagicha bayon etilgan: “har bir inson, biror-bir ayirmachiliksiz, irqi, terisining rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy e’tiqodi yoki boshqa e‘tiqodlaridan, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishidan, mulkiy ahvoli, qaysi tabaqaga mansubligi va boshqa holatlaridan qat’i nazar, mazkur Deklaratsiyada e’lon qilingan barcha huquq va erkinliklar sohibi boiishi kerak”.
3-moddada har bir insonning yashash, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega ekanligi ta’kidlanadi. Bu modda 4, 21-moddalarga kirish bo’lib, bularda fuqarolik va siyosiy huquqlar ifodalangan: qullik yoki qaramlikdan saqlanish huquqi; azob-uqubatga yoki vahshiylarcha jazoga mustahiq b o im aslik huquqining qonun tomonidan bab-baravar muhofaza etilishi; o‘zboshimchalik bilan qamoqqa olinishdan, ushlab turish va quvg’in qilinishdan saqlanish huquqi; qo’yilgan aybning asoslanganligini aniqlash uchun tenglik asosidagi ijtimoiy adolatning barcha talablariga rioya qilish va uning sud tomonidan xolisona k o’rib chiqilish huquqi; shaxsiy yoki oilaviy hayotiga o’zboshimchalik bilan aralashishdan muhofaza qilinish; uy-joy va xatlardagi sirlarning daxlsizligi huquqi; davlat hududida erkin yurish va o’ziga istiqomat joyini tanlash erki; boshqa mamlakatda boshpana olishdan foydalanish huquqi; fuqarolik huquqi; nikohdan o’tish va oila qurish huquqi; mulkka egalik qilish huquqi; erkin fikr, vijdon va din erkinligi huquqi; maslak erkinligi va uni ifodalash huquqi; tinch yig’inlar o’tkazish va uyushmalar tuzishda qatnashish huquqi; mamlakatni boshqarishda ishtirok etish huquqi va boshqa huquqlardan foydalanish shular jum lasidandir.
Deklaratsiyaning 23-27-moddalari insonning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarini muhofaza qilishga bag’ishlangan. Bu moddalarda har bir insonning mehnat turini o’z erki bilan tanlashi, ishsizlikdan muhofaza qilinishi, oilani ta’minlaydigan darajada adolatli daromad olish imkoniyatiga ega boMishi, jamiyatning madaniy hayotida erkin ishtirok etishi singari huquqlari o’zining aniq ifodasini topgan.
Deklaratsiyaning 28-30-moddalarida esa, Deklaratsiyadagi huquqlarni amalga oshirish yo’llari belgilab berilgan.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi tuzilishiga ko’ra deklarativ hujjat bo’lsa-da, uning normalari o’ziga xos xalqaro odat normalari darajasigacha ko’tarilmoqda. Buni quyidagi misollar tasdiqlaydi.
BMTning 1968-yilda Eronda bo’lib o‘tgan Inson huquqlari bo’yicha birinchi umumjahon anjumanida qabul qilingan Tehran konferensiyasi hujjatlarida Deklaratsiyaning ahamiyatiga alohida baho berilar ekan, shunday deyilgan: “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi jahon xalqlarining, xususan, bar bir insonning ajralmas va mustahkam huquqlari bo’yicha umumiy bitimni o‘zida namoyon qilib, xalqaro hamjamiyatning barcha a’zolari uchun majburiydir”.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida shakllangan g’oyalar keyinchalik xalqaro maydonda qabul qilingan ko’plab xalqaro hujjatlarda o’zining huquqiy va mantiqiy rivojini topdi. 1966-yilgi Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro pakt, unga fakultativ protokollar hamda Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to’g’risidagi xalqaro pakt, 1965-yilgi, Irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish to’g’risida xalqaro konvensiya, 1979-yilgi Xotin-qizlami kamsitishning barcha shakllariga barham bcrish to’g’risidagi konvensiya, 1984-yilgi Qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi konvensiya, 1989-yilgi Bola huquqlari to’g’risida konvensiya kabi inson huquqlari bo’yicha BMTning asosiy hujjatlari, shuningdek, 1951-yilgi Qochoqlar to’g’risidagi konvensiya, 1951-yilda qabul qilingan Xalqaro mehnat tashkilotining teng taqdirlov to’g’risidagi konvensiyasi, 1974-yilda qabul qilingan “Qurolli to’qnashuvlar davrida va favqulodda holatlarda xotinqizlar va bolalami himoya qilish to’g’risidagi deklaratsiya”, 1975-yilda e’lon qilingan “Ilmiy-texnikaviy yutuqlardan tinchlik va insoniyat farovonligi manfaatlari yonida foydalanish to’g’risidagi deklaratsiya”, 1981-yilda e’lon qilingan “Din yoki e’tiqod uchun kamsitishning barcha shakllarini yo’qotish to’g’risidagi deklaratsiya” kabi hujjatlar shular jumlasidandir.
“Barcha davlatlar va xalqlar erishishga harakat qilishi lozim bo’lgan andoza” sifatida qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi hozirgi kunda ko’plab mamlakatlar tomonidan konstitutsiyalarining, inson huquqlariga oid turli qonunlari va hujjatlarining alohida qoidalarini ishlab chiqish uchun asosiy huquq manbalaridan biri bo’lib qolmoqda.1948-yildan keyin qabul qilingan 110 dan ortiq milliy konstitutsiyalarda Deklaratsiya qoidalari yoki uning ta’siri ostida kiritilgan fundamental huquqlar ro’yxati mavjud. Unda huquqiy yo’nalishlar belgilangan bo’lib, u mezon (etalon) sifatida barcha hukumatlarga inson huquqlarini himoya qilishdagi taraqqiyot darajasini o’lchashga imkon beradi. 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qoidalari aks ettirilgan va u Deklaratsiyaga to’Ia mos keladi.

Download 73,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish