Yoshlar salohiyatini rivojlantirishda gumanitar fanlarning o`rni



Download 26,27 Kb.
Sana29.06.2022
Hajmi26,27 Kb.
#717743
Bog'liq
Davron.


YOSHLAR SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISHDA GUMANITAR FANLARNING O`RNI.

Qudratov Davron Sami o`g`li,


Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Shahrisabz filiali 1-kurs talabasi.
Tel: +998-99-452-08-37
Annotatsiya: Yoshlarni barkamol avlod qilib tarbiyalashda gumanitar fanlarning tutgan o`rni juda muhim. Tarix fani yoshlar salohiyatini rivojlantirishda alohida ahamiyat kasb etadi. O`tmishda yashab o`tgan allomalarimiz, mutafakkirlarimiz va buyuk bobokalonlarimizning ibratli hayot yo`llari va ular qoldirgan merosni o`rganish komil inson bo`lish uchun zamin yaratadi. Millatning ruhi bo`lgan ona tilini o`rganish yoshlarning o`z fikrlarini teran va ravon bayon qilishiga yordam beradi. Yosh avlodni tarbiyasining yaxshi tomonga yo`nalishi va so`z boyligining oshishiga badiiy adabiyotning ta`siri juda keng. Barkamol avlod, buyuk kelajak poydevoridir.
Kalit so`zlar: Intellektual salohiyat, yoshlar, barkamol avlod, komil inson, adabiyot, tarix, ona tili, punktuatsiya, anotomofiziologik.
O`zbekiston Respublikasida yoshlarga, ularning ta`lim - tarbiyasiga, intellektual salohiyati va barkamol inson bo`lib yetishlariga katta e`tibor berilmoqda. Yosh avlodni intellektual salohiyatli, ma`nan yetuk, jismonan sog`lom va malakali kadrlar qilib tayyorlash davlatimiz siyosatining ustuvor yo`nalishlaridan biridir. Hozirgi kunda yoshlarni intellektual salohiyatini rivojlantirishda ijtimoiy (gumanitar) fanlarning o`rni muhim ahamiyatga ega.
Tarix fani yoshlarni ma`naviy yetuklikka erishishga, teran fikrlashga va intellektual salohiyatini rivojlantirishga yordam beradi. O`zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A. Karimov – “O`z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unitgan millatning kelajagi yo`q “- deb yoshlarimizning tariximizni o`rganishlari, ularning salohiyatini rivojlantirishda va barkamol avlod bo`lib shakllanishida muhim ahamiyat kasb etishini takidlaydilar. Haqiqatdan ham, tarix fani yoshlarning salohiyatini kengaytirishga yordam beradi. O`tmishda yashab o`tgan allomalarimiz, mutafakkirlarimiz va ulamolarimizning ibratli hayot yo`llarini yoshlarimizga namuna qilib ko`rsatish, ularda avlod – ajdodlarimizga bo`lgan hurmatni yuksaltirish va intellektual salohiyatini kengaytirishga xizmat qiladi. Tarixni o`rganish o`tmishda yuz bergan xatolarni takrorlamaslikka zamin yaratadi. Tarixni o`rganishning mohiyati haqida O`zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A. Karimov – “Modomiki, o`z tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat oladigan xalqni yengib bo`lmas ekan, biz tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur. Tarix bilan qurollantirishimiz,yana bir bor qurollantirish zarur . “– deb takidlaydilar. Albatta, tarixsiz kelajak yo`q, yoshlarimizga tarixni o`rgatmasdan turib, ularni yuksak ma`naviyatli, teran fikrlaydigan va intellektual salohiyatli qilib tarbiyalash ham juda murakkab va qiyin masaladir. Yoshlarimizni tarix fanidan chuqur bilimga ega bo`lishlari uchun, maktablarda tarix fanidan turli xil tadbirlar, to`garaklar va tarixiy qadamjolarga sayohatlarni tashkil etish yaxshi samara beradi.
Yoshlarga ona tili fanini o`qitishning ijtimoiy ahamiyati shundaki, bu fanni chuqur o`zlashtirgan o`quvchining nutqi rivojlanib, milliy madaniyati yuksaladi. Qalbida vatanparvarlik hissi jo`sh uradi. Bu yo`lda esa o`quvchilarga faqat ilm o`rgatish emas, balki ularning til malakasini oshirish ham dolzarbdir .
Til ta`limida yozma nutq ustida ishlash og`zaki nutqqa qaraganda ancha murakkab jarayon. Chunonchi, bu nutq turining murakkab tabiati – imlo qoidalariga amal qilish, tinish belgilarini o`rinli qo`llash, fikrning uslub talabiga muvofiq bayon qilinishidir. Yozma nutq o`quvchidan grammatik va mazmun jihatidan to`g`ri qo`llashni, fikrni ixcham, uslub jihatdan sodda va ravon ifodalashni talab etadi. Bu jihatlar o`quvchidan yozma savodxonlikni talab qiladi.
Ta`kidlash joizki, yozma savodxonlikni rivojlantirishda punktuatsiya, ya`ni tinish belgilarini to`g`ri qo`llashga oid bilimlar alohida ahamiyat kasb etadi. Savodli yozish va husnixat malakasi barcha kasb egalari, soha mutaxassislari uchun birdek zarur. Buning uchun o`zbek tilidagi ishora-imlo qoidalarini mukammal bilish zarur. Bir guruh yetakchi olimlar tomonidan “O`zbek tili punktuatsiyasining asosiy qoidalari” (T.2014, “Ma`naviyati”) kitobi chop etildi.
Kuzatishlar shuni ko`rsatmoqdaki, o`qituvchilar diktantda yo`l qo`yilgan xatolarni o`quvchilarning o`zlariga o`tilgan qoidalarni eslatish yo`li bilan tuzattirish, bu borada ularni hamkorlikka chorlash usuliga murojaat etmaydilar. Xatolar ustida ishlash masalasida hamkorlikdagi ta`lim joriy etilganicha yo`q. Yozma ishlardagi xatolarni tuzatishda pedagogik texnologiyaning metod va usullaridan foydalanish samarali hisoblanadi. Demak, o`qituvchi har bir diktant tahlilini o`tkazishda undan oldingi yozma ishda o`quvchiga qanday topshiriq berganini ham hisobga olishi lozim.
O`zbek xalqi boy adabiy yodgorliklarga ega. O`tmishda yaratilgan mo`tabar og`zaki va yozma adabiyotimiz namunalarini chuqur o`rganish va bilish har bir o`quvchining, shu yurtda yashayotgan kishilarning ulug` burchidir. Bugungi kunda, yurtimiz ozodlikka xalqimiz istiqlolga erishgandan so`ng, o`tmish merosimizga e`tibor yanada kuchaydi. Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov o`zlarining qator suhbatlari, nutq va kitoblarida buyuk ajdodlarimiz qoldirgan merosni o`rganishning ahamiyatini qayta-qayta ta`kidlaganlar. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ham yurtimizda kitobxonlikni keng targ`ib qilishda qator ishlarni amalga oshirmoqda. Zero, xalqimiz mustaqillikka erishgandan so`nggina bizga noma`lum ko`pgina ulug` shoirlarimiz, olimlarimiz, muhaddislarimiz haqida ma`lumotga ega bo`ldik, asarlarini o`rgana boshladik.
O`zbek adabiyoti qadimiy tarixga ega. Adabiyot jamiyat hayotining o`ziga xos ifodasi. U jamiyat tarixidagi jiddiy o`zgarishlarni xilma-xil obrazlar vositasida turli badiiy shakllarda aks ettirdi. Adabiyot, avvalo, so`z va ruhiyat san`atidir. U inson ruhiyatidagi nihoyatda nozik tovlanish va ohanglarni ilg`ashga, ularni aks ettirishga intiladi. O`zbek xalqi ma`naviy madaniyatining katta va ajralmas bir qismi o`zbek adabiyotidir.
Yoshlarni salohiyatini oshirish uchun, yosh toifalariga ham e`tibor qaratish lozim. Xususan o`rta maktab yoshi ya`ni o`smirlik davri yoshlar hayotidagi juda muhim davrlardan biridir. O`smirlik davri 12-15 yoshlarni o`z ichiga oladi.
O`smirlikning murakkabligi anotomofiziologik va psixologik xususiyatdagi kuchli o`zgarishlar bilan bog`liqdir. Bolaning o`sishi tezlashadi. Bu bolaning fe`l-atvoriga ta`sir etadi. O`smir hayotida mehnat, o`yin, sport va jamoat ishlari katta rol o`ynaydi. Ba`zilarining o`zlashtirishi pasayadi, intizomi bo`shashadi. Hozirgi davr o`smirlarining ruhiyatida quyidagi holatlar ko`zga tashlanadi:
Intellektual rivojlanish - tafakkur qobiliyati, aqliy faoliyatni yuqori saviyada tashkil etishni talab etadi, bilishga qiziqishi ortadi. Bu davrda to`garaklar, studiya, seksiya, turli tadbirlar o`tkazish katta ahamiyatga ega. Ularning kitob o`qishga qiziqishi ortadi.O`z-o`zini anglash, baholash, tarbiyalash shakllanadi. U o`zini boshqalar bilan taqqoslay boshlaydi. Ammo yuqoridagilar bilan bir qatorda o`smir xarakterida murakkab qarama-qarshiliklar ham mavjud bo`ladi. Bu o`smir faoliyati, xulqida yangi xislatlar-yosh xususiyatining yangidan boshlanishi sanaladi. Lekin o`smirlarning hammasida ham bilishga qiziqish darajasi yuqori emas. 38 % o`smir hech qaysi o`quv fanlarini o`qishga qiziqmaydi. Boshqalarining uchta yoki ikkita o`quv fani, aksariyat hollarda esa bitta o`quv faniga qiziqishi aniqlangan. Kichik yoshdagi o`smirlar qiziqishi o`qitish jarayoniga bog`liq. Lekin ularning qiziqishlari, shuningdek, kitob o`qishlari ham barqaror emas.
Turli to`garaklarga 21% o`smir qatnashadi, qolganlari sport yoki musiqa bilan shug`ullanadi. 40% o`quvchida sinfdan tashqari ishlarda qatnashishda ham barqarorlik yo`q. Televizorni har kuni 88% o`smir tomosha qiladi. Ular oddiy kunni o`z ixtiyorlari bilan qanday o`tkazadilar, degan savolga javob topish uchun o`tkazilgan tadqiqot natijalari quyidagilarni qayd etdi: 85% o`smir vaqtini o`z holicha o`tkazadi, 70% kino yoki televizor ko`radi, 50% sport bilan shug`ullanadi 45% hech narsa bilan shug`ullanmaydi. Shuningdek, yomon baho olmaslik uchun maktabga boradigan o`smirlarning soni 15% tashkil etadi. Shuning uchun bu davrda bolalar rivojlanishiga katta e`tibor berish lozim.
Yoshlarning qiziqishlarini erta aniqlash va ularni ma`lum bir kasb-hunarga yo`naltirish hozirgi kunda dolzarb muammolardan biridir. Ularni kelajakda barkamol avlod bo`lib shakllanishi uchun gumanitar fanlarning o`rni muhim ahamiyatga ega. Shunday ekan, yoshlarni badiiy adabiyotga, tarixga va tilga bo`lgan mehrini uyg`otish va ularni hayotda o`z o`rniga ega bo`lishlari uchun ko`maklashish juda muhim.
Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. I.A.Karimov.”Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q”, T:.“Sharq” nashriyoti 1998.

  2. S.R.Baxadirova. “Pedagogika va psixologiya asoslari”, T:.”ILM ZIYO”- 2016.

  3. M.X.Toxtaxodjayeva.”Pedagogika”, “O`ZBEKISTON FAYLASUFLARI MILLIY NASHRIYOTI”, TOSHKENT-2010.

  4. M.E.Axmedova “Pedagogika nazariyasi va tarixi”, “TAFAKKUR-BO’STONI”, TOSHKENT-2011.

Download 26,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish