Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish davr talabi



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
Sana06.07.2021
Hajmi0,88 Mb.
#109940
Bog'liq
manaviyat 1



Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish – davr talabi” 

mavzusida seminar va davra suhbati to‘g‘risida 

2018  yil  4  may  kuni  institut  katta  majlislar  zalida  mamlakatimizda  yoshlar 

o‘rtasida  jinoyatchilik  va  huquqbuzarlikni  oldini  olish  va  bu  borada  olib  borilayotgan 

ishlar  to‘g‘risida  talabalarga  ma’lumot  berish  hamda  bevosita  soha  mutaxassislari 

ishtirokida  bugungi  kunda  yoshlar  o‘rtasida  uchrayotgan  huquqbuzarliklar  to‘g‘risida 



Yoshlar  o‘rtasida  jinoyatchilik  va  huquqbuzarlikni  oldini  olish  –  davr  talabi” 

mavzusida  davra  suhbati  o‘tkazildi.  Davra  suhbatida  institut  rektori  A.Sh.Inoyatov, 

ma’naviy-ma’rifiy  ishlar  prorektori  v.b.  Z.S.Baxronova,  Buxoro  viloyat  prokuraturasi 

xodimi  A.Xoliqov,  viloyat  IIB  xodimi  E.Qobilov,  ma’naviyat  va  ma’rifat  bo‘limi 

xodimlari,  ma’naviy-ma’rifiy  ishlar  bo‘yicha  fakultet  dekan  o‘rinbosarlari  dotsent 

G.N.Qurbonova

L.Z.Nasrieva

kafedra 


professor 

o‘qituvchilari 

va  

1-2-bosqich talabalar ishtirok etishdi. 



 

 

Institut  rektori  A.Sh.Inoyatovning  aytishicha,  huquqbuzarliklar  profilaktikasi  va 



jinoyatchilikka  qarshi  kurashish  borasida  belgilangan  vazifalar  ijrosi,  bu  borada  mavjud 

muammolar  va  ularni  hal  etish  masalalari  Prezidentimiz  raisligida  2017  yil  15  noyabr 

kuni  o‘tkazilgan  videoselektorda  belgilangan  vazifalar  ijrosi,  bu  borada  mavjud 

muammolar  va  ularni  hal  etish  masalalariga  bag‘ishlangan  edi.  Shundan  kelib  chiqqan 

holda bugungi kunda bu yo‘nalishda bir qancha davlat huquq-tartibot organlari, tashkilot 

va  muaassasalar  oldiga  hamkorlikda  ishlash  bo‘yicha  bir  qancha  vazifalar  belgilab 

berildi. Shuningdek,  yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka qarshi kurashish 

bo‘yicha  mahalla  fuqarolar  yig‘inlari  va  boshqa  jamoatchilik  vakillarining  hamkorligini 

kuchaytirish va mas’uliyatini oshirishga ham e’tibor qaratildi. 

 



 

 

Shuningdek, Buxoro viloyat prokuraturasi xodimi A.Xoliqov va viloyat IIB xodimi 



E.Qobilovlar  tomonidan  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017  yil  14  martdagi 

“Huquqbuzarliklar  profilaktikasi  va  jinoyatchilikka  qarshi  kurashish  tizimini 

yanada  takomillashtirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi  PQ-2833-sonli  qarori  va 

uning  mazmun  mohiyati  to‘g‘risida  to‘xtalib  o‘tildi.  Ular  tomonidan  bugungi  kunda 

mamlakatimiz  va  viloyatda  olib  borilayotgan  ishlar  bo‘yicha  ma’ruza  qilinib,  statistik 

ma’lumotlarni  keltirib  o‘tildi.  Ularning  aytishicha,  ushbu  qarorga  ko‘ra  oyning  har 

payshanba  kuni  huquqbuzarlik  va  jinoyatchilikka  qarshi  kurashish  bo‘yicha  profilaktika 



kuni  deb  belgilangan.  Mana  shu  yo‘nalishda  qabul  qilingan  qarorlar  ijrosi  va  olib 

borilgan  profilaktik  tadbirlar  natijasida  mamlakatimizda  huquqbuzarlik  va  jinoyatchilik 

o‘tgan yilgiga nisbatan 46%ga kamayishiga erishildi. Lekin, yoshlar o‘rtasida hali hanuz 

huquqbuzarlik  va  jinoyatchilikni  kamayishiga  erishilgani  yo‘q.  Shuning  uchun  ham 

yoshlar  o‘rtasida  jinoyatchilik  va  huquqbuzarlikka  qarshi  kurashish  bo‘yicha  mahalla 

fuqarolar  yig‘inlari  va  boshqa  jamoatchilik  vakillarining  hamkorligini  kuchaytirish  va 

mas’uliyatini oshirishga e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlab o‘tildi. 

 

 



Shundan  keyin,  yoshlar  o‘rtasida  jinoyatchilik  va  huquqbuzarlikni  oldini  olish 

bo‘yicha  olib  borilgan  ishlar,  jinoyat  ko‘chasiga  kirib  qolganlarning  mudhish  ahvolini 

ko‘rsatib beruvchi “So‘ngi bekat” nomi videolavha namoyish etildi. Ushbu videolavhada 

dunyoda  va  mamlakatimizda  sodir  etilgan  turli  darajadagi  huquqbuzarliklar  va  jinoyat 

turlari  bo‘yicha  ma’lumotlar  statistik  ko‘rinishda  berilganligi  va  jazoga  tortilganlarning 

o‘z qilmishidan pushaymonligi talabalarga ibratli tarzda ta’sir etdi.  

Tadbir  so‘ngida  talabalar  ko‘rsatilgan  videolavha  to‘g‘risida  o‘z  shaxsiy  fikrlarini 

bildirishib,  keyinga  hayotlarida  amalga  oshiradigan  hatti-harakatlari  bo‘yicha  to‘g‘ri 

xulosa chiqarishga doimo e’tibor qaratishlarini aytib o‘tishdi. 

 

Institut ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi 



Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish