Fanni o`rganish natijasida o`quvchilar quyidagi ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak:
- to`garakka o`quvchilarni jalb qila olishni;
- o`quvchilarning ehtiyoj va qiziqishlarini qondirish;
- o`quvchilarni manbalar ustida mustaqil ishlashga o`rgatish;
- davlat ta`lim talablari asosida dasturlar tuzish;
- har tomonlama rivojlangan ijodiy shaxsni shakllantirish maqsadida davlat siyosatini amalga oshirish;
- o`quvchilar bo`sh vaqtini to`g`ri tashkil etish;
- o`quvchilarning ta`lim olishi, kasb o`rganishi, sog`lig`i va dam olishi uchun sharoit yaratish;
- to`garaklar davomida o`rgatiladigan kasblar bo`yicha tegishli ko`nikma va malakaga ega bo`lishi va o`rgata olishi.
Fanni o`rganish natijasida o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak:
- har bir o`quvchining bilimdonlik darajasini va rivojlantirish yo`llarini;
- maktabdan va sinfdan tashqari ishlar fanining maqsad va vazifalarini, fanga qo`yilgan Davlat standarti talablarini to`garak a`zolarini o`qitish va tarbiyalash sifatini yaxshilash maqsadida o`quv-tarbiya va metodik ishlarni takomillashtirish usullarini;
-“Barkamol avlod” bolalar markazlari to`g`risidagi Nizomni o`rganishlari;
- iqtisodiy savodxonlik, iqtisodiy ong, iqtisodiy fikrlash va iqtisodiy madaniyatni tarbiyalash yo`llarini;
- o`quvchilar bilan olib boriladigan ishni yangi samarali shakllarini izlash bo`yicha ishni tashkil etishni, pedagogik texnologiyadan foydalanish talablarini;
- bolalarga quroq tikish, mashina kashtachiligi, munchoq bilan ishlash, gazlama qoldiqlaridan gul yasash, rarda tikish, milliy qo`g`irchoq tayyorlash kasbi turlari haqida to`liq ma`lumotga ega bo`lishlari;
- o`quvchi yoshlar bajargan ishlarini baholash mezonlarini va rag`batlantirishni;
- iqtidorli o`quvchilarni aniqlash va ular bilan ishlash yo`llarini.
Fanni o`qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar bo`yicha tavsiyalar
Bugungi kunda bolalarning bo`sh vaqtini to`g`ri tashkil etishda maktabdan va sinfdan tashqari ta’limga alohida etibor berilmoqda. Maktabdan va sinfdan tashqari ta’limni tashkil qilishda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yilda qabul qilgan “Barkamol avlod” bolalar markazlari to`g`risidagi Nizomi asosiy hujjat hisoblanadi. Bo`lajak to`garak rahbarlarini tayyorlashda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanish davr talabi bo`lib qolmoqda. Bu borada kasb-hunar kollejlarida malakali kichik mutaxassislar tayyorlashda quyidagilarga e’tibor berilishi kerak.
- Mutaxassislik fanlarini o`rgatishda egallanayotgan bilim ko`nikmalar davlat ta’limi standartlarida berilgan talablarga asoslangan bo`lishi kerak.
- Mutaxassislik kasbi bo`yicha ta’lim berish mazmuni fan, texnika, texnologiya taraqqiyoti darajasi talablariga javob berishi kerak.
- Ta`lim berishning zamonga xos texnik vositaridan - slaydlar, multimediya va boshqa kompyuter dasturlaridan foydalanishi kerak.
- Fan bo`yicha amaliy ish darslarini tashkil etishda o`qituvchi o`quvchilarga axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini o`rgatishi va bunday mashg`ulotlarda o`quvchi asosiy figura bo`lishiga erishishi kerak.
-X onada o`qituvchilar va o`quvchilar foydalanishlari uchun kompyuter, kodoskop, internet tarmog`idan olingan manbalar to`plami bo`lishi kerak. Har bir darsda o`qituvchi ulardan foydalanishi kerak.
- Xonada zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalari bo`yicha tayyorlangan mashg`ulot ishlanmalari, ko`rgazmalar namunalari bo`lishl kerak.
Hozirgi kunda kasb-hunarga yo’naltirishdan maqsad – o’sib kelayotgan yosh avlodni kasbni ongli ravishda tanlashga tayyorlashdir.
Insoning ilmga bo’lgan chanqoqligini qondiruvchi birinchi ziyo chashma bu maktabdir. Maktabda o’quvchi shaxs sifatida shakllana boshlaydi. Unda dastlabki kasbiy hissiyotlar yuzaga keladi. Bular mehnatsevarlik, mehnat qilish zarurligini tushunish va anglash, o’z ishini rejalashtira va nazorat qila bilish, ish o’rnini to’g’ri tashqil qilish, iqtisodiy - tejamkorlik, sabr – toqatlilik, talabchanlik, topshiriqni bajarishning eng oqilona usuli (etti o’lchab, bir kes) tanlab ola bilish hamda vaqtni tejash va shu kabilardir. Bolalarni kasblar olamiga asta – sekin olib borish, ularni shu olamda mo’ljal olishga o’rgatish zarur.
O’qituvchi darslarda kuzatish, u bilan suhbatlashish, bola faoliyati mahsulini tahlil qilish jarayonida uning ba’zi xususiyatlarini qobiliyat, qiziqish, moyilliklarni payqab oladi, bu xislat va fazilatlarni shakllantirib boriladi. Bular kasbni belgilashda asosiy omil bo’lishi mumkin. Bolaning kasbiy muhim xislat va fazilatlarini barvaqt aniqlash va esa keyingi o’z xususiyatlariga qarab kasbni to’g’ri tanlash, uni muvoffaqiyatli ravishda o’zlashtirish, mehnatda yuksak natijalarga erishish imkonini berishi mumkin.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarda kasb-hunar tushunchalarini shakllantirishning asosiy maqsadi yoshlarni o’zining hayot yo’lini to’g’ri belgilashlarida o’zining qobiliyat, qiziqish va moyilligini hamda ijtimoiy ehtiyojni hisobga olgan holda kasb tanlashlarida ko’maklashishdan iboratdir. Bizning jamiyatimiz har bir shaxsning qobiliyatlari to’liq namoyon bo’ladigan, yuqori samara bilan ishlay oladigan faoliyat va shart-sharoitlar bilan band bo’lishiga katta e’tibor berilmoqda.
Ko’pincha mustaqil Hamdo’stlik mamlakatlari hamda Respublikamiz olimlari o’tkazgan ilmiy – tadqiqotlarida bolajonlarning rayiga, hoxish – istagiga, intilishini uch bosqichda tajriba – sinov ishlarini umumlashtirib tahlil qilmoqdalar. Diagnostik suhbatlar – yakka tartibda yoki jamoa tarzda o’tkazilishi mumkin. Psixolog olim K.M.Gurevich 3-4 yoshli bolalarda motivlarning birlamchi tobeligi va dastlabki irodaviy harakatning paydo bo’lishini tatbiq etib, bolaga uyinchoqni olishdan – oldin o’zi yoqtirmagan ishni bajarish topshirig’ini bergan. Olingan ma’lumotlardan quyidagilar ma’lum bo’ldi: a) – maktabgacha yosh davrida ezgu orzular yo’lida harakat qilish imkoniyati to’g’iladi; b) – ushbu orzularning bevosita bog’liq sabablari bevosita sabablarga qarganda ertaroq paydo bo’ladi; v) – bevosita idrok qilinadigan narsalarga aloqador hoxishni bajarishga qaraganda, narsaning o’ziga aloqador hoxishni bajarishni muayyan muddatga kechiktirish osonroq. Xulosa qilib buning zamirida bolaning mayinligi, niyati, orzusi, kasbga qiziqishi, hoxish – istagi va tilagining mazmuni hamda xususiyatidagi o’zgarishlar yotadi. Maktab o’quvchilarining tahminan 25-30% foizida tanlangan kasbga nisbatan kasbga barqaror qiziqishlar boshlang’ich kichik yoshlaridayoq shakllanar ekan.
O’qituvchining vazifasi: - o’quvchilarning qiziqishlarini mumkin qadar oldinroq aniqlashda va davlat, hokimiyat, mahalla, oila talab – ehtiyojlariga muvofiq shu qiziqishlarni rivojlantirishda, inson shaxsini har tomonlama uyg’un barkamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat.
O’quvchini mehnat qilishga o’rgatish, nafaqat mehnatni sevishga u bilan shunday uyg’unlashishiga ko’niktirish kerakki, mehnat uning vujudiga singib ketsin. Ularni kasb hunarga yo’naltirish, orqali biror kasb egasi bo’lishida, o’quvchilar mehnatisiz biror – bir narsaga erisha olmasliklarini tushunib yetsinlar.
Birinchi bosqichda Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar ta’lim – tarbiyasiga qo’yiladigan Davlat ta’lim standarti talablarida ham maktabgacha yoshdagi bolalarning odob – ahloqi va mehnatga layoqatligi jihatdan yetuk komil inson bo’lishiga katta e’tibor beriladi. Bolalar ilk yoshdan boshlab mehnatsevar bo’lish va boshqalar mehnatni qadrlash kabi odatlarga o’rgatiladi. Mana shu odatlar bolani odob-ahloqli, mehnatga moyillik qilib tarbiyalash mazmunining asosini tashkil etadi. Odob – ahloqi va mehnatga layoqatliligiga oid egallashlari zarur bo’lgan minimal talablari:
- kattalar mehnatini qadrlash lozimligini bilish;
- o’ziga ishonish;
- o’z – o’ziga xizmat qilish;
- uyda yoki bog’cha hovlisida yengil yumushlarni bajara olish;
- mahallada yoki tomorqada mehnat qilayotgan kattalarga ko’maklashish;
- o’yinchoqlarni va xona anjomlarini o’z joyiga qo’yishni bilish;
- mehnatsevar bo’lish yaxshi odat ekanligini anglash va x.k.lar amalga oshirilsa, boshlang’ich kichik yoshdagi, o’rta yoshdagi, katta yoshdagi, akademik litsey, kasb-hunar kolleji bosqichlarning asosi hisoblanadi.
Ikkinchi bosqichi o’quvchilarni kasbga yo’naltirish (boshlang’ich kichik yoshdagi) quyidagi mazmuni ega bo’ladi:
Boshlang’ich I-IV sinf o’quvchilarini kasbga yo’naltirishdan maqsad ularni mehnat, kasb turlari, yo’nalishlari bilan tanishtirib borish va o’quvchilarda kasb faoliyatiga bo’lgan qiziqishni shakllantirishdan iborat. Bunga erishish uchun ularda mehnat va kasb olami xaqida tasavvur paydo qilish, - o’quvchilar bilan «Kim bo’lsam ekan», «Kasbim-faxrim», «Kasb tanlash - hayot ko’zgusi» kabi mavzularida suhbatlar, bahslar munozaralarni tashkil qilish; o’z-o’zini baholay bilish malakalarini hosil qilish; - intellektual va hissiy irodaviy hislarni rivojlantirish: Bu yoshdagi bolalar mehnatga halol munosabatda bo’lishlari uning xayotdagi va jamiyatdagi rolini tushuna bilishlarida, har qanday ish bajarish uchun intiluvchanlik, tabiat, atrof-muhitga va uning boyliklarini saqlash va boshqalarda.
Uchinchi bosqich (5-7 sinflar) o’rta yoshdagi o’quvchilarda kasb tanlash va jamiyatda o’z-o’rnini belgilash bilan bog’liq xolda o’zida bo’lgan qiziqish, qobiliyat va ma’naviy-moddiy qadriyatlarni anglashga zamin yaratish. Bo’lg’usi kasbiy faoliyatlar bu yoshdagi o’quvchilar uchun hayotdagi o’z o’rnini aniqlash va tayyorlashda turtki, o’z shakllanish imkoniyatlarini ochishi va kasb tanlashi uchun zarur bo’ladi.
To’rtinchi bosqich (8-9 sinflar) katta yoshdagi o’quvchilarini kasb tanlashga yo’naltirish ishlarining mazmuni shaxsning ma’naviy fazilatlari hamda xislatlarini va jamiyat oldidagi burchi, javobgarlik xislatlarini shakllantirish bilan ajralib turadi. Bu esa ularda tashabbus bilan chiqish, mustaqil qaror qabul qilish, xatti – harakatlari natijasida bilish va o’zining faoliyati nimaga olib kelishini sezishi bilan belgilanadi.
Beshinchi bosqich (akademik litsey, kasb-hunar kolleji) talabalarning kasb-hunarga moyilligini, layoqatlarini, bilim va ko’nikmalarini chuqur rivojlantirish, ularga tanlangan yo’nalishlari (Metal va unga ishlov berish, yog’ochga va unga ishlov berish; Gazlamalarga ishlov berish; Oziq – ovqat mahsulotlariga ishlov berish; qishloq xo’jalik asoslari; Xalq hunarmandchilik) bo’yicha bir yoki bir necha zamonaviy kasblarni egallash imkonini beradi.
Kasb to’g’ri tanlanganda ular o’z qobiliyatlari va qiziqishlarini yaxshiroq ro’yobga chiqishlari hamda jamiyatga ko’proq naf keltirishlari mumkin. O’quvchilarni kasb tanlashda yo’llash, kasb-hunarga yo’naltirish ishlarining asosiy ijrochisi mehnat ta’limi o’qituvchisi – uslubchi zimmasiga tushadi.
Umumiy o’rta ta’lim maktablari boshlang’ich sinflarida kasb tanlashga yo’llash va mehnat ta’limidan dars beradigan o’qituvchilar yuqori natijalarga, dars samaradorligini erishishi uchun albatta qo’yidagilarga e’tiborni qaratish kerak.
- zamonaviy ilmiy- texnikaviy taraqqiyotning va ma’naviyat-moddiy qadriyatlarning mohiyati chuqur tushuna bilish;
- pedagogik texnologiyani va innovattsiya asl mohiyati va uslublarini tushina – qo’llay bilishi;
- o’quvchilarni mustaqil kasb hunar o’rganishga, erkin kasb tanlashga sharoit yaratish;
- pedagogik texnologiyalardan foydalanar ekan, o’zi ham yangi yaratuvchi yangi xilma-xil (“Kasb darsi”,”Aqliy hujum”, “Zinama-zina”) uslublarni o’ylab topishi, amalda qo’llashi;
- an’anaviy darslar orqali o’qituvchilarning yakka tartibda (individual) ishlashga erishish;
- test topshiriqlarni o’quvchi faoliyati darajalariga mos holda tuzish bo’yicha ko’nikmalarga ega bo’lishi shart.
O’qituvchi uslubchilarimiz uchun bugungi kun talabi mana shulardan iborat. Xalqimizda ilmu - hunar ulug’lanib kelgan. Agar inson biron – bir kasbni mukammal egallasa, hunar unga huzur bag’ishlaydi
1.2 Respublikamiz mustaqilikka erishganidan so’ng hukumatimiz xalq amaliy san’ati va hunarmandchiligiga alohida e’tibor berib kelmoqda. Hozirgi kunda maktablarda, xususan mehnat ta’limi darslari, mashg’ulotlarida, to’garaklarda «ustoz» va «shogird» an’analari tiklanib, davom etmoqda.
Kuzatishlarimizda shu narsa ma’lum bo’ldiki, ko’pgina o’quvchilar naqqoshlik, yog’och va ganch o’ymakorligi, misgarlik kabi xalq amaliy san’ati va hunarmandchiligiga xayrihohdirlar. SHuning uchun ular darslarda amaliy mashg’ulot paytlarida xalqimizning nodir hunarmandlari bilan bog’liq bo’lgan savollar beradilar. Ana shularni e’tiborga olgan holda maktabning mehnat ta’limi to’garagida milliy amaliy sanhat va xalq hunarmandchiligi sohalari o’rgatilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.
Sinfdan tashqari sharoitda olib boriladigan ishlar o’quvchilarning qiziqishi, xohish va istaklari asosida tuzilsa qo’yidagi natijalar qo’lga kirtiladi:
- o’quvchilarning ahloqiy sifatlari boyiydi, ularning tafakkur darajasi kengayadi, ularda ma’lum kasb-hunar asoslarini o’rganishga bo’lgan qiziqishini orttiradi;
- o’quvchi-yoshlarning ijtimoiy faolligi yuzaga keladi;
- o’quvchi – yoshlarning dunyo qarashi kengayib, ularda ijodiy mehnat qilish tuyg’usi tarbiyalanadi.
- o’quvchilarda shaxsiy ehtiyoji va qiziqishlari borasidagi, shuningdek, jamiyat
talablariga javob bera oladigan kasblarni tanlash istagi yuzaga keladi.
Sinfdan tashqari sharoitda o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish ishlari qo’yidagi talablar asosida o’tkazilsa maqsadga muvofiq bo’ladi:
- sinfdan tashqarii to’garak ishlarida o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirishda, o’quvchilarning qiziqishi, ehtiyoji, hohishi, yosh xususiyatlari, ijtimoiy tayyorgarlik darajasi hamda tajribasi hisobga olinishi zarur;
- sinfdan tashqari sharoitda o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish to’garak ishlarini tashkil etishda ularning mustaqil faoliyat yuritishlari, ijodiy fikrlashlariga erishish muhim;
- o’quvchilar tomonidan qo’lga kiritilgan yutuqlarini alohida qayd etib borish, ularni rag’barlantirish hamda yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklarni tuzatishlari uchun imkoniyat yaratishga alohida ahamiyat berish maqsadga muvofiqdir.
Dunyodagi kasblar, hunarlar, ularning sir asrorlari bilan tanishtirish, qadim ota-bobolarimiz shug’ullangan turli xil hunarmandchilik naqqoshlik, ganchkorlik, yog’och o’ymakorligi, kandakorlik, beshikchilik, pichoqchilik, miskorlik, kashtachilik, etikdo’zlik, do’ppi tikish, zardo’zlik, gilamchilik, kosibchilik, to’quvchilik, zargarlik, kulolchilik kabi kasb hunarlar bilan tanishtirish mehnat darslarida va sinfdan tashqari ishlarda kasb tanlashga yo’llash amalga oshiriladi.
Kasbga yo’naltirish zamon bilan ham nafas olib borilishi zarur. SHu sababdan o’quvchilarni kasb – hunarga to’g’ri yo’naltirish bilimlarni chuqurroq berish, nazariya bilan amaliyot uzviyligini ta’minlash ularni ilm hunarga ishtiyoqmandligini, mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashimiz zarur. O’quvchilarda kasbga bo’lgan qiziqishni shakllantirish uchun uni vujudga keltirgan muhit va sharoitni aniq bilish lozim. Bu sharoitlar qo’yidagilardir:
Kasbiy ma’lumotlarni yetarlicha berib borish:
Kasbga yo’naltiruvchilar: ota-ona, fan o’qituvchilari, sinf rahbarlarining ish o’z so’ziga munosib bo’lgandagina o’quvchining sevgan kasbiga chuqurroq bog’lanishini e’tiborga olish.
Maktab, oila, mahalla, kasb - hunar kollejlari, tashxis markazlarining faoliyatini kuchaytirish:
“Kim bo’lishni istayman”, “Nima uchun shu kasbni tanladim?” savollariga javob izlash unga yangi innovatsion texnolgiyalardan foydalanish:
Kasb tanlashga qiynalayotgan va ikkilanayotgan o’quvchilar bilan indvidual tarzda ishlash.
Umum texnika va kasbiy fan to’garaklari faoliyatini ildam rivojlantirish:
Boshlang’ich sinf o’qituvchisi o’quvchilarining kasbga bo’lgan qiziqishi va moyilliklarini yanada rivojlantirish maqsadida turli to’garaklar uyushtirish maqsadga muvofiq bo’ladi.
To’garakda xalq hunarmandchiligiga oid ishlarni tashkil etishda va o’tkazishda quyidagilarga e’tibor berish kerak:
1. O’quvchilarning xalq hunarmandchiligining qaysi sohasiga qiziqishini aniqlash.
2. Amaliy mashg’ulot uchun sharoit yaratish, kerakli asbob-uskuna va adabiyotlarni ta’minlash.
3. To’garak mashg’ulotlarida o’quvchilarga xalq hunarmandchiligiga oid nazariy ma’lumotlarni berib borish.
4. Mashg’ulotlar davomida «Ustoz» va «SHogird» munosabatlari va muomila madaniyatini singdirib borish.
5. Amaliy ishlarning ko’proq nusxada tayyorlanishiga imkoniyat yaratish. Bunda maktabga tayyorlangan ishlar kelgusi sinflar qiziqishi, oila uchun tayyorlangan nusxalar maktab bilan aloqani vujudga keltirish, sotuv uchun tayyorlangan namunalar moddiy manfaatdorlikni yaratishga olib keladi.
6. To’garak a’zolari tayyorlagan juva, sandiqcha, eshik, darvoza, turli xil narsalar qo’yish uchun taglik va shunaga o’xshash hunarmandchilik buyumlarini sotishni yo’lga qo’yish.
7. Savdodan tushgan daromadni taqsimlash va sarflashni o’rgatib borish. O’quvchilarni mehnat ta’limi darslarida olgan bilim, ko’nikma va malakalarini darsdan so’ng to’garak mashg’ulotlarida qo’llaydilar. Ular to’garak mashg’ulotlarida erkin ijod qiladilar, turli xil buyumlar tayyorlashga intiladilar.
Kasb hunarga yo’naltirishni kuchaytirish jarayonini takomillashtirish masalalarini yoritish uchun o’quvchilar bilan sinfdan va maktabdan tashqari olib boriladigan ishlar katta imkoniyatga ega. O’quvchilar bilan sinfdan va maktabdan tashqarii mashg’ulotlarda amalga oshirilayotgan kasb tanlash ishlari tashkiliy shakli va mazmuni bo’yicha xilma-xildir. Maktab o’quvchilarining kasb-hunarga qiziqishlarini tarbiyalash shakllariga alohida to’xtalib o’tish kerak.
Ekskursiyalar, olimpiadalar, ko’rik-tanlovlar ommaviy tavsifga ega bo’lib, o’quvchilarning duneqarashini kengaytirishga ijodiy mehnat qilish hissini uyg’otishga, chuqur va turg’un o’quv va kasbiy qiziqishlarini shakllantirish va rivojlantirishga imkon beradigan muhim vositalardir.
O’quvchilarning turli kasb-hunar asoslarini o’rganishga bo’lgan qiziqishlarini shakllantirishda ta’limning asosiy shakli hisoblangan dars bu boradagi vazifalarining barchasini hal eta olmaydi. SHunday ekan, o’quvchilarni kasb tanlash, kasb-hunar asoslarini o’rganishga yo’naltirish maktabdan tashqari o’quv ma’naviy-ma’rifiy ishlarda ommaviy axborotlar katta ahamiyatga ega. Ushbu faoliyatlarda o’quvchi-yoshlarning vaqtini to’g’ri tashkil qilish, ularning ma’naviy dunyosini shakllantirish, kasb-hunarga bo’lgan qiziqishlarini oshirishga xizmat qilishi bilan birga ularning dars jarayonida o’zlashtirilgan nazariy bilimlarni yanada chuqurlashtirish va amaliyotda qo’llay olish ko’nikmasini qaror toptiruvchi jarayon sanaladi.
O’quvchi-yoshlarni kasb-hunarga asoslarini o’rganishga qiziqtirish va ma’lum kasb (yoki hunar) yo’nalishi bo’yicha mustaqil faoliyat olib borishga tayyorlashda turli kasb egalari ishtirokida tashkil etilgan uchrashuvlar, turli kasblar va ularni mohiyatini yorituvchi badiiy adabiyotlar, gazeta va jurnallar ko’rgazmasini tashkil etish, mehnat faxriylari va qahramonlarining hayoti va faoliyati to’g’risida hikoya qiluvchi materiallarni jamoa asosida o’rganish, bu boradagi sanhat asarlari (kinofilhm, teatr va h.k.) bilan tanishtirishni yo’lga qo’yish samarali omil bo’la oladi. Nihoyat o’quvchilardan so’rash ko’rsatganidek bu sohada ommaviy axborot vositalari: vaqtli matbuot, radio, televidinie katta rolь o’ynaydi
Ota – bobolarimizning ming asrlar davomida to’plagan tajribalariga asoslanadigan bo’lsak, farzandlarimizga avval hunar o’rgatish, keyin ta’lim berish lozimligini aytganlar. Rivoyatlarda aytishlaricha, bir kishi farzandini madarasaga olib boribdi. Ota domlaga qarab: «U hali yosh-ku, hunari yo’q», - deb javob beribdi, shunda domla: «Avval o’g’lingiz hunar o’rgansin, keyin ilm o’rgataman», - degan ekan.
Hozirgi kunda maktab ta’limi o’qituvchilarning asosiy vazifalaridan biri mehnat ta’lim-tarbiyasi jarayonida o’quvchilarga hunar o’rgatishning milliy, anhanaviy asoslarini ishlab chiqarish ularni amaliyotga tadbiq etishdir.
1.3 O‘zbekiston Respublikasining istiqlolga erishuvi hamda o‘z mustaqil siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy yo‘liga ega bo‘lishi xalq xo‘jaligining turli sohalarida, jumladan xalq ta’limi tizimida ham o‘sib kelayotgan yosh avlod ta’lim-tarbiyasi bilan bog‘liq jarayonni qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda.
Hozirgi paytda fan va madaniyatning eng so‘nggi yutuqlari asosida kelajagimiz bo‘lgan yosh avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl va uslublarini izlash nihoyatda zarur.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomil-lashtirish va samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi farmonida ko‘rsatilganidek, jamiyatda yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy mafkurani shakllantirish, yoshlarni boy madaniy merosimiz, tarixiy an’analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning hal qiluvchi omilidir.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning samara-dorligini oshirish, avvalo komil insonni shakllantirishning eng zamonaviy va qulay yo‘nalishlarini topib joriy etishga bog‘liq. Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun tarbiyaning asosi bo‘lgan barcha g‘oyalar qaytadan ko‘rib chiqilishi, asosiy e’tibor bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida to‘plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish lozim.
Tarbiyaviy ishlar huquq-tartibot organlari, ijodiy uyushmalar, Davlat va nodavlat jamg‘armalari, qo‘mitalar va tashkilotlar bilan hamkorlikda olib boriladi.
Inson shaxsining kamol topishi juda murakkab va uzluksiz jarayon davomida shakllanib boradi. Uning tarbiyasiga ota-onasi, maktab, mahalla, do‘stlari, jamoat tashkilotlari, atrof-muhit, ommaviy axborot vositalari, san’at, adabiyot, tabiat va hokazolar bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Yuqoridagi barcha hayotiy ehtiyojlarni vujudga keltirishda o‘zaro hamkorlikning ta’sir doirasi orqali shaxsni tarbiyalash va tarbiyaning birligini ta’minlagan holda, uning shaxs sifatida shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan muhitdan himoya qilish juda muhim.
Tarbiyaning bosh maqsadi – yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy, ma’naviy-tarixiy an’analarga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalarini ishlab chiqib amalga joriy etishdir.
Tarbiyaning asosiy vazifasi – shaxsning aqliy, axloqiy, erkin fikrlovchi va jismoniy rivojlanishi hamda uning qobiliyatlarini har tomonlama ochish uchun keng imkoniyat yaratishdir.
Xullas, tarbiyaning negizida quyidagilar yotadi:
– yoshlarni erkin fikrlashga tayyorlash, hayot mazmunini tushunib olishiga ko‘maklashish, o‘z-o‘zini idora va nazorat qila bilishini shakllantirish, o‘z shaxsiy turmushiga maqsadli yondashuv, ularda reja va amal birligi hissini uyg‘otish;
– o‘quvchilarni milliy, umuminsoniy qadriyatlar, Vatani-mizning boy ma’naviy merosi bilan tanishtirish, madaniy hamda dunyoviy bilimlarni egallashga bo‘lgan talablarini shakllantirish, malaka hosil qildirish va estetik tushunchalarini shakllantirish;
– har bir o‘smirning bilimdonligini va ijodiy imkoniyatlarini aniqlab, ularni rivojlantirish. Inson faoliyatini turli sohalarga yo‘naltirish, bolalar ijodkorligi, iqtidorini yuzaga chiqarish va yanada qo‘llab-quvvatlash uchun shart-sharoit hozirlash;
– insonparvarlik odobi me’yorlarini shakllantirish (bir-birini tushunish, mehribonlik, shafqatlilik, irqiy va milliy kamsitishlarga toqatsizlik), muomala odobi kabi tarbiya vositalari (nohaqlikka, yolg‘onchilik, tuhmat, chaqimchilikka toqatsizlik) keng qo‘llanishi lozim.
– vatanparvarlik, dunyoviy fikrlash, jamiyatimizda yashayotgan odamlar bilan o‘zaro munosabat-muloqotni o‘rganish, o‘z xalqi, davlati himoyasi uchun hamisha shay bo‘lib turish, O‘zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarning ramz-lariga hurmat bilan qarash, yosh avlodni O‘zbekiston Konsti-tutsiyasiga, Bayrog‘iga, Gerbiga, Madhiyasiga, Prezidentiga sadoqatli qilib tarbiyalash;
– qonuniy jamoa axloqi va turmush qoidalariga hurmat bilan qarashni tarbiyalash, shaxsning noyob qirralarini belgilovchi fuqarolik va ijtimoiy mas’uliyat hislarini rivojlantirish, o‘zi yashayotgan mamlakatning ravnaqi, insoniyat taraqqiyotini barqaror saqlab qolish uchun fidoyilik, ekologik ta’lim-tarbiya;
– mustaqil davlatimiz – O‘zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosatiga to‘g‘ri va xolisona baho berishga o‘rgatish. Uning tinchliksevarlik, demokratiya va boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, oshkora-ochiq tashqi siyosatiga va o‘z xalqining turmush darajasini oshirishga yo‘naltirilgan, fuqarolarni ijtimoiy himoya qiladigan ichki siyosatini to‘g‘ri tushuntirish kerak;
– turmushda eng oliy qadriyat hisoblanmish mehnatga ijodiy yondashish fazilatlarini shakllantirish;
– sog‘lom turmush tarziga intilishni tarbiyalash va rivojlantirish, munosib oila sohibi bo‘lish istagini shakllantirish;
– yoshlarimizni erkin mustaqil fikrlashga o‘rgatish.
Tarbiyaning asosiy tizimi quyidagicha bo‘lishi lozim :
– tarbiyalanuvchi shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, o‘smir va yosh yigit-qizning betakror va o‘ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy huquqi va erkinligini e’tiborga olish;
– yoshlarda istak va imkoniyat muvofiqligi tuyg‘usini qaror toptirish;
– milliylikning o‘ziga xos an’analari va vositalariga tayanish;
– shaxslararo munosabatlarda insonparvarlik, pedagoglar va o‘quvchilar o‘rtasidagi bir-biriga hurmat munosabatlari, bolalar fikriga e’tibor qilish, ularga mehribonlarcha munosabatda bo‘lish.
Amalda tarbiyaviy jarayonning yaxlit va uzluksiz ishiga turli yoshdagi bolalarni qamrab olishga alohida ahamiyat berish lozim.
O‘smir yigit va qizlar nafaqat bo‘lg‘usi katta hayotga tayyorgarlik ko‘radilar, balki ana shu haqiqiy hayot bilan yashaydilar.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar o‘quv-chilarning qiziqishi, istaklari, xohish va ehtiyojlariga suyangan holda, ularning darsdan bo‘sh vaqtlarida o‘quv-tarbiya jarayonini to‘ldiradi. U o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini, tashabbus-korligini oshirishga imkoniyat yaratadi. Sinfdan tashqari ishlarning o‘ziga xosligi shundaki, to‘garak, klub dasturlarining rang-barangligi, ular mazmunidagi yangiliklar o‘smir yigit-qizlarning shaxs sifatida shakllanishlari uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar Konsepsiyasi
“Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar Konsepsiyasi” Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 1993-yili tasdiqlangan edi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni, ular asosida ishlab chiqilgan hukumat va vazirlik qarorlarini hayotga tatbiq etish, ta’lim sohasini tubdan isloh qilish maqsadida mazkur Konsepsiyani qayta ishlashga to‘g‘ri keldi. Yangi tahrirdagi Konsepsiya Qori Niyoziy nomidagi O‘zPFITI olimlari guruhi, Respublika Ta’lim markazi mutaxassislari va Xalq ta’limi vazirligi xodimlari tomonidan ishlab chiqildi.
Shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga yo‘naltirilgan ushbu Konsepsiyani tayyorlashda Xalq ta’limi xodimlari va keng jamoatchilik fikrlari inobatga olindi.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar Konsep-siyasining zaruriyati.O‘zbekiston Respublikasining istiqlolga erishuvi hamda o‘z mustaqil siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy yo‘liga ega bo‘lishi xalq xo‘jaligining turli sohalarida, jumladan xalq ta’limi tizimida ham o‘sib kelayotgan yosh avlod ta’lim-tarbiyasi bilan bog‘liq jarayonni qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda.
Hozirgi paytda fan va madaniyatning eng so‘nggi yutuqlari asosida yosh avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl va uslublarini izlash nihoyatda zarurdir. Ayniqsa o‘smirlar orasida axloqiy va ma’naviy jihatdan tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish muhimdir. Zero, axloq yo‘q ekan, inson ongli ijtimoiy shaxs bo‘la olmaydi. Shuning uchun ham axloqiy tarbiya shaxsning har tomonlama va erkin shakllanishida asosiy o‘rinni egallaydi.
Maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari tarbiya-chilari (o‘qituvchilar, sinf rahbarlari, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, bolalar yetakchilari va boshqalar) jamoasi oldida o‘quvchilarga umuminsoniy axloq qoidalari asosida hayot kechirishni o‘rgatishdek muhim vazifa turadi. Fanni o‘rganishga muhabbat uyg‘otish, bilimga tashnalik fazilatlari axloqiy tarbiyaning ajralmas tarkibiy qismidir. Bolalarning o‘qishdagi muvaffaqiyatidan uning guruhdagi o‘rni aniqlanadi, atrofdagilarning u bilan munosabati belgilanadi, o‘qishdagi muvaffaqiyat bolaning axloqiy tarbiyasini yuqori darajaga ko‘taradi.
O‘quvchilar qalbida yuksak ma’naviyatlilikni shakllantirishda kitob va kitobxonlikning ahamiyati beqiyosligini tushuntirish kerak. Kitob yoshlar uchun hayot maktabidir. Bilim manbai bo‘lgan kitobni sevish, uni o‘qish va ko‘z qorachig‘idek saqlay bilish lozim, o‘qish uchun uni tanlay olish va o‘qish madaniyatini bilish kerak. Bu ishda ustoz-u murabbiylar va kutubxona xodimlari yordam berishlari lozim.
Tarbiya – bu insonni ijtimoiy tajribalar bilan, uning barcha shakllarida bilim, his-hayajon, estetika, odob-axloq qoidalari bilan tanishtirish va individning ichki o‘ziga hos jihatlarini, imkoniyatlari va layoqatlarini rivojlantirish bo‘yicha faoliyat hisoblanadi. Mana shu tarbiyaning asosiy manbai–shaxslar bo‘lib qoladi–bu jamiyat va individning o‘zidir. Tarbiyalanayotgan shaxs maqsadlari va qadriyatlari tizimida individual va ijtimoiylik nisbatlari muammosi tarbiya nazariyasida markaziy muammo hisoblanadi. Jamiyat va shaxs bir-biri bilan qanday munosabatda bo‘ladi? Shaxs jamiyatdan tashqarida yuzaga kelmaydigan jonzot hisoblanadi, jamiyat esa o‘z navbatida shaxslardan tashkil topadi. U shaxslar o‘zaro munosa-batlari jarayoni natijasi va jarayonining o‘zidan iborat. Shaxssiz jamiyat yo‘q va demak, jamiyat ularga bog‘liq bo‘ladi. Ba’zida, shaxsni mikrosotsitsi, jamiyatni esa makrosotsitsi, deb ataydilar. Bu bilan materiya harakatlanishining ijtimoiy shakli, ikki asosiy tarkibiy qismi to‘g‘risida gap borayotganligini ta’kidlaydilar. Shaxs va jamiyatning yaqin bir-biriga bog‘liqligi turli tomonlardan qaralishi mumkin. Biroq, shaxs va jamiyat bir narsa va bir xilda o‘xshash bo‘lishi nimasi bilan farq qiladi? Uning farqi hajmiga aloqador bo‘ladimi (kichik shaxs–katta jamiyat qabilida) yoki yana boshqa muhim farqi bormi, degan savollarga javob berish uchun o‘zaro bog‘liqlik mana shu doiradan chiqishi muhim. Mana shu ijtimoiy subyektlar funksiyalarining o‘ziga xosligi nimalardan iborat?
Shaxs jamiyat emas. U jamiyatda paydo bo‘lib, o‘zini amalga oshirish jarayonida madaniyatini o‘zgartiradi, ba’zan madaniyati rivojlanishida shunchalik ilgarilab ketadiki o‘n yillar, ba’zida hatto asrlar davomida jamiyat xotirasida qoladi.
O‘zida jamiyat madaniyatining in’omlarini mujassam etgan-ligi sababli, shaxs ijtimoiy tajribani yangicha talqin qilishda, ma’naviy va moddiy qimmatliklarni yaratishda, qayta anglashda mustaqil avtonom bo‘lib qoladi.
Bunday shaxs o‘zining zamondoshlari uchun ma’lum bo‘lgan yoki begona tajribani olib kiradi, faqat vaqt o‘tishi bilan asta-sekin jamiyatga kirib boradi. Bunday shaxs o‘zini jamiyatga qarshi qo‘yishi, unga qarshi chiqishi va u bilan kurashishga kirishishi mumkin.
Jamiyat bu shaxs yoki shaxslar to‘plami emas.Jamiyat – bu qadriyatlar o‘z maktabini yaratadigan, har qanday subyektni xizmat qilishga majbur etishga intiluvchi, o‘zining mavjudligini saqlab qolish uchun shaxsni yutib yuborishga qodir, o‘zini harakatlantiruvchi ijtimoiy birlikdir. Shu bilan bir vaqtda, jamiyat insonlar to‘plagan madaniyatni saqlab qolish va odamga yetkazish usuli demakdir.
Shaxs va jamiyat ijtimoiy hayotning ikki asosiy subyekti sifatida ishtirok etadilar. Hatto eng qulay ijtimoiy sharoitlarda ham (hatto eng noqulay ijtimoiy sharoitlarda ham) ular birlashmaydilar va ular o‘rtasidagi farq kamaymaydi. Ma’lum sharoitlarda ular bir-birlariga qarama-qarshi turishlari mumkin.
Tarbiya, jamiyatdagi hodisa sifatida, o‘sib kelayotgan avlodning jamiyat hayotida, turmushi, ijtimoiy ishlab chiqarish faoliyati, ijodi va ma’naviyligida ishtirok etishi murakkab qarama-qarshi ijtimoiy-tarixiy jarayon hisoblanadi. Ularning odam bo‘lishlari, rivojlanishlari va individualliklari, jamiyatning ishlab chiqarish kuchlari muhim elementlari, shaxsiy baxtlarini yaratuvchilari bo‘lib ishtirok etadi. U ijtimoiy taraqqiyot va avlodlar ketma-ketligini ta’minlaydi.
Tarbiya, ijtimoiy hodisa sifatida, uning mohiyatini ifoda etuvchi quyidagi asosiy belgilari bilan ifodalanadi:
1. Tarbiya o‘sib kelayotgan avlodni ijtimoiy hayot va ishlab chiqarish sharoitlariga jalb etish, ular bilan eskirayotgan va hayotdan chiqayotganlarini almashtirishning amaliy ehtiyojidan kelib chiqqan. Natijada, bolalar katta bo‘ladilar, o‘z hayotlari va mehnat qobiliyatini yo‘qotayotgan katta avlod hayotini ta’minlaydilar.
2. Tarbiya – doimiy, zarur va umumiy kategoriya. U insoniyat jamiyati yuzaga kelishi bilan birga paydo bo‘ladi va jamiyatning o‘zi yashar ekan, u ham mavjud bo‘ladi. U jamiyatning mavjudligi va doimiyligi, uning ishlab chiqarish kuchlarini tayyorlash va insonni rivojlantirishni ta’minlashning muhim vositasi hisob-langanligi uchun ham zarurdir. Unda qonuniy o‘zaro bog‘liqliklar va bu hodisaning boshqa ijtimoiy hodisalar bilan o‘zaro bog‘liqliklari aks ettiriladi. Tarbiya, o‘qitishning bir qismi sifatida, ta’limni ham o‘z ichiga oladi.
3. Tarbiya – ijtimoiy-tarixiy rivojlanishning har bir bosqichida o‘zining vazifasi, mazmuni va shakllari bo‘yicha aniq tarixiy xususiyatga ega bo‘ladi. U jamiyat hayoti xususiyati va tashkil etilishi bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun o‘z davrining ijtimoiy qarama-qarshiliklarini aks ettiradi. Sinfli jamiyatda turli sinflar, qatlamlar va guruhlarda bolalarni tarbiyalashning asosiy ten-densiyalari ba’zan qarama-qarshi bo‘ladi.
4. O‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalash – ularning ijtimoiy tajriba asosiy elementlarini o‘zlashtirishlari hisobiga, ularni katta avlod ijtimoiy munosabatlariga, munosabatlar tizimiga va ijtimoiy zarur faoliyatiga jalb etishlari jarayoni va natijasi asosida amalga oshiriladi. Kattalar va bolalar o‘zaro ijtimoiy munosabatlari va o‘zaro aloqalari, ta’sirlari har doim ularni bolalar yoki kattalar anglab yetishlaridan qat’iy nazar, tarbiyaviy yoki tarbiyalovchi hisoblanadi. Eng umumiy shakllarida bu o‘zaro munosabatlar, bolalar hayoti, sog‘ligi va ozuqalanishlarini ta’minlashga, jamiyatda ularning o‘rnini va ularning ruhiy holatini aniqlashga qaratilgan. Kattalar bolalar bilan o‘zlarining tarbiyaviy munosa-batlarini anglab yetishlari va bolalarda u yoki bu sifatlarini shakllantirish maqsadlarini o‘z oldilariga qo‘yar ekanlar, ularning munosabatlari yanada pedagogik, anglab yetilgan maqsadga yo‘naltirilgan tus oladi.
Kattalarning ijtimoiy hodisa sifatida tarbiya xususiyatlarini anglab etishlari asosida jamiyatda bolalar va jamiyat manfaatlari yo‘lida tarbiyalash qonunlaridan tushunilgan va maqsadga muvofiq foydalanishga intilish yuzaga keladi. Katta avlod tarbiyalash munosabatlari tajribalarini umumlashtirishga, ularda namoyon bo‘ladigan tendensiyalar, aloqalar, qonunlarni o‘rga-nishga, ulardan shaxsni shakllantirish maqsadlarida foydalanishga ongli ravishda murojaat etadi. Mana shu asosda pedagogika – tarbiya qonunlari to‘g‘risidagi va bolalar hayoti va faoliyatini ongli ravishda hamda maqsadga muvofiq boshqarish maqsad-larida, ulardan foydalanish to‘g‘risidagi fan yuzaga keladi.
Shunday qilib, tarbiya – ijtimoiy hodisa – jamiyat va individning hayotini ta’minlash usuli sifatida zarurdir. U ma’lum tarzda shakllangan ijtimoiy munosabatlar va jamiyat hayot tarzi natijasidagi aniq tarixiy sharoitlarda amalga oshiriladi. Uni amalga oshirishning asosiy mezonlari shaxsning xususiyatlari va sifatlari hayot talablariga mos kelish darajasi hisoblanadi. Tarbiya ijtimoiy hodisa sifatida butun ijtimoiy hayotning tabiiy bir qismidir. Shuning uchun uning qarama-qarshiliklari ijtimoiy hayotning eng umumiy qarama-qarshiliklarining ifodasi hisoblanadi. Tarbiya aks ettiradigan bunday qarama-qarshiliklar qatoriga qotib va eskirib qolgan ishlab chiqarish munosabatlarining ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishini ortga surishi natijasida yuzaga keluvchi qarama-qarshiliklar kiradi. Bu qarama-qarshiliklar ijtimoiy tarbiyada o‘sib kelayotgan avlodni tayyorlashga konservativ yondashishlar mustahkam o‘rnashib olishi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bizning jamiyatimizda mustaqillik davrigacha ijtimoiy hayot va ishlab chiqarish kuchlarining faqat davlat mulkchiligi asosida tashkil etilishi ishlab chiqarish o‘sishini ortga surishga olib keldi. Davlat mulkchiligi va rejalashtirilishi ustunligi ijodiy shaxs faolligi va tashabbuskorligiga ko‘pincha to‘sqinlik qiladi. Xalq ta’limi tizimida bu o‘zining mazmuni, shakli va metodlari qandaydir rasmiylashish hamda bir xilligi bilan ifodalanadi. Tarbiyadagi boshqa bir qarama-qarshilik hayot talablari va shaxsning ijtimoiy hayotga va ishlab chiqarish faoliyatiga tayyorgarligi darajasi o‘rtasida yuzaga keladi. Hayot talablarini anglab yetish, mana shu talablar asosida tarbiya mazmunini va tashkil etilishini ko‘ra bilish ilmiy-texnik taraqqiyot keskin rivojlanishidan ortda qoladi. Ushbu qarama-qarshilik chuqurlashib borgan sari o‘sib kelayotgan avlodni zamonaviy tayyorlashga xalaqit qiluvchi “qalpoq” va konservativ holatlarni o‘z vaqtida aniqlash hamda yo‘qotish zarur bo‘ladi. Uni hal etish ta’lim va tarbiya mazmunini muntazam va mos ravishda hal etishni, ta’lim va tarbiya metodlarini hayot talablariga javob bera oladigan qilishni talab etadi. Mana shu holat ijtimoiy hayot yangi sharoitlari va unga bolalarni tayyorlash bilan uning eskirib qolgan usullari o‘rtasidagi qarama-qarshilik hisoblanadi. Tarbiyadagi uchinchi qarama-qarshilik – insondagi mavjud tabiat kuchlari, inson tabiati rivojlanishi, uning cheklanmagan imkoniyatlari bilan jamiyat ijtimoiy hayotidagi bu rivojlanish cheklovi sabab bo‘luvchi, dasturlashtiruvchi sharoitlar o‘rtasida yuzaga keladi.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar o‘quvchilarning darsdan bo‘sh vaqtlaridagi o‘quv-tarbiya jarayonini to‘ldiradi va kengaytiradi, o‘quvchilarning mustaqil bilim olishlariga, ijobiy qobiliyatlarini, tashabbuskorligini oshirishiga imkoniyat yaratadi.Shu sababli keyingi davrda o‘quvchilarning darsdan tashqari vaqtlarini ko‘ngilli uyushtirishga alohida ahamiyat berilmoqda.Sinf jamoasi bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning hajmi, asosiy yo‘nalishlari, mazmuni har bir yosh bosqichida o‘quvchilarning psixik rivojlanishi darajasiga mos kelishi lozim.
Tarbiyaviy ish pedagogdan butun qobiliyatini ishga solishni, tinmay izlanishni taqozo etadi. Chunki kelajak avlod tarbiyalangan, uyushgan, ahil, jonajon Vatanimizning haqiqiy fuqarolari bo‘lishi kerak.Maktabda bashlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni olib borish, uni yo‘lga qo‘yish sinf rahbari yoki tarbiyaviy ishlar tashkilotchilari tomonidan uyushtiriladi. Tarbiyaviy ishning asosiy yo‘nalishlari: o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish; ularni milliy istiqlol ruhidatarbiyalash; o‘quvchilarning ijtimoiy foydali mehnatini tashkil etish; o‘quvchilarda axloq madaniyatini, ularning o‘z huquq va burchlariga nisbatan ongli munosabatini tarbiyalash; o‘quvchilarda o‘z-o‘zini boshqarish malakalarini shakllantirishdan iborat.Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi va sinf rahbari faoliyatining asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilarning ahil tarbiyaliy jamoasini tashkil etishdir.
Boshlang‘ich jamoa ishi shunday quriladiki, unda sinfning boshqa jamoalar bilan aloqasi doimiy ravishda amalga oshiriladi, umummaktab an’analari saqlanadi. Boshlang‘ich jamoa o‘qituvchi-tarbiyachi va sinf rahbari, o‘quvchilar o‘z-o‘zini boshqarish organlari rahbarligida umummaktab ijtimoiy-foydali ishlari faoliyatida ishtirok etadi.
O‘qituvchi va sinf rahbari sog‘lom, ahil bolalar jamoasini shakllantirish bilan birga doimiy bolalar qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlaydilar, ularning ijtimoiy foydali faoliyatini yo‘naltirib boradilar.
Kichik yoshli o‘quvchilar juda faol va harakatchan bo‘ladilar. Faollikka intilish bu yoshdagi bolalarning organik ehtiyoji. Biroq bunda bolalar hali yetarli hayotiy tajribaga ega bo‘lmaydi va kundalik pedagogik rahbarlikka ehtiyoj sezadi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bolaning ilk maktabdagi qadamidanoq tarbiyaviy ishning chinakam jamoatchilik munosabatlarini yaratishga zo‘r imkoniyat beradigan, bolalarda bir-birlariga g‘amxo‘r munosabatda bo‘lishni tarbiyalaydigan, individual qobiliyatlarni rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlar yaratadigan usullarni tanlaydi.
O‘qituvchi boshlang‘ich sinflarda bolalarga o‘zlarini qiziqtiruvchi faoliyat turini tanlashga yordam beradi. Biroq ko‘pincha kichik yoshdagi o‘quvchilar, yosh xususiyatlariga ko‘ra, o‘z xususiyatlarini to‘g‘ri baholay olmaydilar.
Bolalarning o‘sishi, ularda jamoatchilik malaka va ko‘nikmalarining shakllanib borishi o‘qituvchi-tarbiyachining bolalar jamoasiga rahbarlik qilishidagi jarayonini o‘zgartirib boradi.O‘qituvchi boshlang‘ich sinflardayoq ahil bolalar jamoasini yaratish asosida sog‘lom jamoatchilik fikrini yaratadi.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining bolalar tarbiyaviy jamoasini yaratish sohasidagi ishini yuqori sinflarning sinf rahbarlari davom ettiradilar.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘quvchilarni ta’lim va tarbiyaning tabiiy sharoitida, ularning jamoa faoliyati jarayonida o‘rganadilar.
Sinfdan tashqari ish o‘quvchilarga biror maqsadga qaratilgan pedagogik ta’sir vaqtini uzaytiradi, u o‘qituvchiga o‘quvchilarning darslarda egallagan bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish, bolalarning qobilyatini rivojlantirish, ularning xilma-xil qiziqishlarini qondirish, madaniy dam olishlarini uyushtirish imkonini beradi. Sinfdan tashqari ish bolalarni jamiyat hayotiga jalb qilishning katta imkoniyatlariga ega.
Maktabda bashlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni olib borish, uni yo‘lga qo‘yish sinf rahbari yoki tarbiyaviy ishlar tashkilotchilari tomonidan uyushtiriladi.
Mazkur boshqaruv tashkilotchilik ishi ko‘nikmalarini tarbiyalaydi, umumiy g‘oyalari bilan ahil, jipslashgan o‘quvchilar jamoasini tuzadi. O‘quvchilar o‘z-o‘zini idora qilish tizimi maktab o‘quvchilari (jamoasi) tomonidan o‘zining faoliyatida demokratik faoliyat tarzlarini chuqur o‘zlashtirish uchun qulay sharoitlar yaratadi. Bu to‘g‘ri taqsimlash, ijro ustidan hisobot va nazoratni yo‘lga qo‘yish, harakatlar, tashabbuskorlikning uyg‘unligini ta’minlash, musobaqalar uyushtirish, o‘z zimmasiga mas’uliyat olish kabi ko‘nikmalardan iborat. Tarbiyalanuvchilar davrimiz kishisi uchun zarur bo‘lgan qator axloqiy sifatlarni, chunonchi, jamoat ishiga va unga qo‘shadigan ulushi uchun shaxsiy mas’uliyat, jamoa manfaatlariga sodiqlik, o‘zaro munosabatlarda qat’iylik, talabchanlik, jamoat tashabbusini qo‘llab-quvvatlash kabi sifatlarni egallaydi.
SHuning uchun ham o’quvchilarning maktabdan tashqari faoliyatlari qanchalik xilma-xil bo’lsa, ularning munosabatlari shunchalik boy, munosabat doirasi keng va ma`naviy o’sishi samarali bo’ladi. Maktabdan tashqaridagi tarbiyaviy ishlarda o’quvchilar jamoada ishlashni o’rganadilar, ijtimoiy mehnat quvonchini his qiladilar, ishlab chiqarish mehnatiga qo’shiladilar, jamoatchilik fikriga bo’ysunishga, jamoa sharafi uchun kurashishga odatlanadilar.
Hozirgi paytda, fan va madaniyatning eng so’nggi yutuqlari asosida kelajagimiz bo’lgan yosh avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl va uslublarini izlash nihoyatda zarurdir.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish avvalo komil insonni shakllantirishning eng zamonaviy va qulay yo’nalishlarini topib joriy etishga bog`liq. Ushbu Kontseptsiya ham xuddi shu maqsadda, shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga yo’naltirilgan.
Mamlakatimizda yangi O‘zbekistonni barpo etishdek ulug‘ maqsadga erishish yo‘lida asosiy tayanchimiz bo‘lgan azmu shijoatli yoshlarga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularga barcha sohalarda o‘z iqtidori va salohiyatini to‘liq namoyon etishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratib berish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi.
Ayniqsa, umumiy o‘rta, professional va oliy ta’lim muassasalarini tamomlab, mustaqil hayotga qadam qo‘yayotgan yigit-qizlarni munosib ish va daromad manbai bilan ta’minlash, ularga zamonaviy kasb-hunarlar, IT-texnologiyalarni o‘rgatish, tadbirkorlikka keng jalb etish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Birgina 2021-yilning o‘tgan davrida yoshlar bilan ishlashning mutlaqo yangi tizimi hisoblangan “Yoshlar daftari” va “Yoshlar dasturlari” asosida 430 ming nafar yigit-qizning hayotiy muammolarini hal etish uchun 300 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilgani, 92 ming nafardan ziyod yoshlarning tadbirkorlik loyihalari uchun 2,3 trillion so‘m imtiyozli kreditlar, qishloq joylarda yashayotgan 230 mingdan ortiq yoshlarga dehqonchilik bilan shug‘ullanishi uchun 61 ming gektar yer maydoni ajratilgani bu boradagi ishlarning ko‘lami tobora kengayib borayotganini ko‘rsatadi.
Joriy yil 30-iyun kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston yoshlari va talabalari forumida ilgari surilgan yangi tashabbus va g‘oyalarni amalga oshirish hamda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini so‘zsiz ta’minlash maqsadida:
1. 2021-yil avgust oyida “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning 18 yoshgacha bo‘lgan har bir farzandi uchun Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 500 ming so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatilsin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlari, sektor rahbarlari hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining hududiy bo‘linmalari rahbarlari — “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari sonidan kelib chiqib, to‘lov vedomostlari shakllantirilishi hamda tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari orqali ularga moddiy yordam pullarining o‘z vaqtida va manzilli yetkazilishini ta’minlasin.
2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:
“Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning davlat oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan farzandlariga 2021/2022 o‘quv yilida birinchi o‘quv yili uchun to‘lov-kontraktning to‘liq summasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi;
“Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalar farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga yangi turmush qurayotganida o‘z xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurishi uchun 33 million so‘mgacha garovsiz kredit ajratiladi;
yosh oilalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish maqsadida ipoteka dasturi doirasida boshlang‘ich badal va foiz to‘lovlari bo‘yicha qo‘shimcha 2 mingta yosh oilaga uy-joy sotib olishi uchun subsidiya ajratiladi.
3. Belgilansinki, 2021-yil 1-sentabrdan boshlab respublikadagi oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalar uchun Markaziy bankning asosiy foiz stavkasi miqdorida va o‘qish muddati tugagandan keyin yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatda qaytarish shartlari asosida ta’lim kreditlari beriladi.
Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) Markaziy bank (M.B. Nurmuratov) hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A.X. Toshqulov) bilan birgalikda ikki hafta muddatda ta’lim kreditlarini berish tartibini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritsin.
4. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) ikki oy muddatda:
oliy va professional ta’lim muassasalarida o‘qish uchun tijorat banklaridan olingan ta’lim kreditlarini qoplashga yo‘naltirilgan jismoniy shaxslarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlariga soliq imtiyozlari qo‘llanishini;
yosh oila tomonidan olingan ipoteka kreditlarini va ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni er-xotin yoki ulardan birining yoshi belgilangan yoshdan oshguniga qadar har bir soliq davri davomida tegishli miqdorda qoplashga yo‘naltirilgan ish haqi va boshqa daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilinishini nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
5. Davlat organlari, tashkilot va muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 500 talik ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarini (bakalavriat, magistratura) tamomlagan yoki ularda ilmiy daraja (PhD va unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja) olgan yosh mutaxassislarning lavozim maoshiga Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 1-ilovaga muvofiq qo‘shimcha ustamalar to‘lab borish tartibi joriy etilsin.
Belgilansinki:
nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 500 talik ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan aniqlanadi va uning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi hamda ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi;
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan oylik ustamalar tatbiq etiladigan ta’lim yo‘nalishlari, tor mutaxassisliklar hamda davlat organlari, tashkilot va muassasalari ro‘yxati shakllantiriladi;
oylik ustamalar 2021-yil 1-oktabrdan boshlab Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, ish beruvchi va yosh mutaxassis bilan 3 yilgacha bo‘lgan muddatga tuzilgan shartnoma asosida yosh mutaxassisning lavozim maoshiga qo‘shimcha ravishda har oy to‘lab boriladi.
6. 2021-yil 1-sentabrdan boshlab Toshkent shahrida Yoshlar biznes maktabi, 2022-yildan boshlab barcha hududlarda uning filiallari tashkil etilsin.
Quyidagilar Yoshlar biznes maktabining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:
mamlakatimiz va chet elning yetakchi tadbirkor va biznes yurituvchilarini jalb etgan holda, yoshlarga tadbirkorlik faoliyati davomida yaxshi natijalarga erishish va biznes yuritishda xavf-xatarlardan himoyalanish usullarini o‘rgatish;
tadbirkorlikka qiziqqan yoshlarni biznes va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish, ularda zamonaviy biznes yuritish ko‘nikmalarini shakllantirish, motivatsion biznes-seminarlar va treninglar tashkil etish.
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Yoshlar biznes maktabi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilsin.
7. 2021-yil 1-oktabrdan boshlab yoshlarning “Biznesga birinchi qadam” startap g‘oyalari tanlovlarini tashkil etish hamda har bir tuman va shaharda kamida uch nafardan g‘olibga grantlar berish amaliyoti joriy etilsin.
Belgilansinki, eng yaxshi loyihalarning har biri uchun bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravarigacha grant mablag‘lari beriladi va ular 2022-2023-yillarda Davlat budjetidan 100 milliard so‘m miqdorida qo‘shimcha ajratiladigan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (D.A. Kuchkarov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Y. Abdurahmonov), Moliya vazirligi (J.I. Abruyev), Yoshlar ishlari agentligi (A.Z. Sa’dullayev):
bir oy muddatda startap g‘oyalari tanlovlarini ochiq va oshkora tashkil etish, loyihalarni baholash mezonlari va ularni amalga oshirishni muvofiqlashtirish tartibini tasdiqlasin;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlari bilan birgalikda startap g‘oyalarning amalga oshirilishiga ko‘maklashsin.
8. “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJga yoshlarning yangi g‘oyalar asosida ishlab chiqilgan innovatsion, startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish vazifasi yuklatilsin.
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJga ushbu bandda belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun 100 million AQSh dollari ekvivalenti miqdorida 7 yil muddatga 3 yil imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan holda, Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foiz bandga past qilib beriladi.
9. Xalq ta’limi vazirligi (Sh.X. Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A.X. Toshqulov) Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U.N. Tashkenbayev) bilan birgalikda 2021/2022 o‘quv yilidan bosqichma-bosqich umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalarida axborot texnologiyalari darslari Kembrij dasturi asosida o‘tkazilishini hamda o‘qituvchilarning ushbu dastur asosida qayta tayyorlanishini ta’minlasin.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.M. Sadikov) 2021-yil yakuniga qadar barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarini yuqori tezlikdagi Internetga ulash ishlarini to‘liq yakunlasin.
10. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
yoshlar tomonidan ko‘tarilgan taklif va tashabbuslar, muammo hamda masalalar yechimi yuzasidan har yili O‘zbekiston Respublikasi yoshlari kuni arafasida Hukumatning dasturi, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklarining alohida hududiy dasturlari qabul qilinadi;
mazkur dasturlar yoshlarning bilim va kasb-hunar egallashi, ular uchun munosib ish va turmush sharoitini yaratish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlardan iborat bo‘ladi.
Yoshlar ishlari agentligi (A.Z. Sa’dullayev) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2022-yildan boshlab har yili 1-iyunga qadar mazkur bandda ko‘rsatilgan Hukumat dasturi loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, shuningdek, hududiy dasturlar qabul qilinishini tashkil qilsin.
11. Oliy Majlis Senatiga:
a) yoshlarga oid davlat siyosatini samarali amalga oshirish maqsadida:
mazkur qarorning 10-bandida belgilangan Hukumat va hududiy dasturlarni o‘z vaqtida ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi va to‘liq amalga oshirilishi yuzasidan ta’sirchan parlament nazoratini o‘rnatish, bu borada xalq deputatlari Kengashlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
yoshlarga oid davlat siyosatining hududlarda amalga oshirilishi bo‘yicha reyting tizimini joriy etish;
faol va tashabbuskor yoshlar orasidan yangi avlod zaxira kadrlarini shakllantirish;
xalq deputatlari Kengashlarida “Yoshlar parlamenti vakillari maktabi”ni tashkil qilish;
b) Oliy Majlis Qonunchilik palatasi bilan hamkorlikda:
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan rahbarlarning Oliy Majlis palatalari va tegishli xalq deputatlari Kengashlariga hisobot berib borish tartibini joriy etish;
“Biz parlamentda yoshlarni qo‘llab-quvvatlaymiz” tashabbusni amalga oshirish;
xalq deputatlari Kengashlari tavsiyasi asosida yosh, fidoyi, azmu shijoatli yoshlarni Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolariga biriktirish tavsiya etilsin.
12. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (O.A. Xasanov) Oliy Majlis Senati tomonidan shakllantirilgan yangi avlod zaxira kadrlarini Milliy kadrlar zaxirasiga kiritsin hamda ularning rahbarlik lavozimlariga asosiy nomzod sifatida tavsiya etilishini ta’minlasin.
13. Belgilansinki, 2021-yil 1-sentabrdan boshlab hududlarda yoshlarni muntazam sport bilan shug‘ullanishga jalb qilish maqsadida Olimpiya va Paralimpiya hamda Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari, jahon, Osiyo va respublika chempionatlarida oxirgi 5 yilda g‘olib va sovrindor (1 — 3 o‘rin) bo‘lgan sportchi-trenerlarga, shuningdek, olis va chekka hududlarda faoliyat yurituvchi sportchi-trenerlarga:
sport to‘garaklarini tashkil etish uchun tuman va shaharlarda bo‘sh turgan davlat mulki hisoblangan bino va inshootlar elektron savdolar o‘tkazmagan holda, ushbu obyektga nisbatan belgilangan eng kam ijara to‘lovi stavkasining 50 foizi miqdorida ijaraga beriladi;
sport to‘garaklarini tashkil etish uchun sport inventarlari, buyumlari va jihozlarini xarid qilish uchun budjet mablag‘lari hisobidan subsidiyalar ajratiladi;
kamida 100 nafar yoshlarni muntazam sport bilan shug‘ullanishini tashkil etgan taqdirda mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda har oylik to‘lov joriy etiladi.
14. 2021-yil 1-oktabrdan boshlab har yili yoshlarga mo‘ljallangan badiiy asarlar mualliflarini rag‘batlantirish maqsadida “Bolalar va yoshlar uchun eng yaxshi kitob” tanlovini tashkil etsin.
Belgilansinki, tanlovda g‘olib deb topilgan mualliflarga birinchi o‘rin uchun — 100 million so‘m, ikkinchi o‘rin uchun — 75 million so‘m, uchinchi o‘rin uchun — 50 million so‘m mukofot mablag‘lari ajratiladi.
Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) mukofotlarni to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarni 2021-yilda Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilishini hamda 2022-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilishini ta’minlasin.
15. O‘zbekiston yoshlari va talabalari forumida yoshlarga oid davlat siyosati sohasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Vazirlik va idoralar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida, to‘liq hajmda va sifatli bajarilishi uchun shaxsan mas’ul ekanliklari ko‘rsatib o‘tilsin.
16. Yoshlar ishlari agentligi (A.Z. Sa’dullayev) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
17. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazirning o‘rinbosari B.A. Musayev hamda Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Z. Sa’dullayev belgilansin.
Farmon ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi to‘g‘risida 2021-yilning 31-dekabr kuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |