“Yoshlar balansi”ni shakllantirish bo‘yicha



Download 216 Kb.
Sana05.04.2022
Hajmi216 Kb.
#529170
Bog'liq
madaniyat


MADANIYAT VA SIVILIZATSIYA. MADANIYATNING ASOSIY TURLARI VA YO‘NALISHLARI
Madaniyat va sivilizatsiya. Madaniyatning asosiy turlari va yo‘nalishlari
«Sivilizatsiya» tushunchasini ijtimoiy rivojlanishning yovvoyilik va varvarlikdan keyin keladigan bosqichini ifodalash uchun ishlatish ma’lum ma’noda o‘rinli. Chunki bunday ma’noda ishlatilganda, «sivilizatsiya» tushunchasi kishilik jamiyati rivojlanishining ibtidoiy holatidan keyingi davrdagi butun holatini to‘laligicha qamrab oladi. Varvarlikdan sivilizatsiyaga o‘tish hunarmandchilikning dehqonchi-likdan ajralishi, tovar ishlab chiqarishning yuzaga kelishi, savdo-sotiqning paydo bo‘lishi va uni kasb qilib olgan savdogarlar qatlamining shakllanishi, metall pulning muomalaga kiritilishi, yozuvning paydo bo‘lishi, aqliy va jismoniy mehnatning bir-biridan ajralishi, siyosiy hokimiyatning qaror topishi kabi xususiyatlar bilan tavsiflanadi1.
«Madaniyat» va «sivilizatsiya» tushunchalari ko‘p hollarda sinonim sifatida yonma-yon ishlatiladi. Bunda «sivilizatsiya» tushunchasi ostida yaratilgan moddiy va ma’naviy yutuqlar nazarda tutiladi. Lekin sivilizatsiya haqida yuqoridagi fikrga qarama-qarshi bo‘lgan qarashlar ham mavjud. Nemis faylasufi O. Shpengler uni madaniyatning antipodi ma’nosida, ya’ni madaniyatning halok bo‘lish jarayonini, bosqichini tavsiflash uchun ishlatadi. Shpengler uchun sivilizatsiya – ijodiyot, ilhomlanish, ilhom, rivoj, ma’naviy boyish davri o‘rniga jamiyatning tosh qotishi, ijodning tang holatga kelishi, ma’naviy bo‘shliq davri bilan almashuvidir.
1 ȸɲɚ ɚɫɚɪ. í 310-ɛ.
39

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, sivilizatsiya kishiga bog‘liq bo‘lmagan, uning tashqarisida sodir bo‘layotgan tashqi hayot, olam, tashqi jarayondir. Madaniyat esa buning aksi bo‘lib, u aynan kishi ichki dunyosida vujudga keladigan jarayondir. Madaniyatning unday yoki bunday bo‘lishi kishi ichki dunyosining qay darajada boy yoki nochor ekanligidan dalolat beradi.


Sivilizatsiya – avvalo, madaniyat yutuqlaridir. Bir madaniyatning o‘zi esa bir nechta sulola va davlatlardan uzoq yashashi mumkin. O‘z navbatida, bir sivilizatsiyaning o‘zi ham shunchalik uzoq umr ko‘radiki, umri davomida bir-birini bosib olgan turli davlatlarni ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Sivilizatsiya turli hududlarga tarqalishi, ularni bosib olishi (faqat kuch ishlatish yo‘li bilan emas), yangi -yangi xalq va davlatlarni egallashi mumkin. Shuningdek, sivilizatsiya o‘z madaniy qadriyat va yutuqlarini boshqa bir sivilizatsiyaga berib, o‘zi yo‘qolib ketishi ham mumkin.
Ayrim hollarda bir nechta sivilizatsiyalar birlashib, yagona sivilizatsiyani tashkil qilishi ham mumkin (masalan, grek-rim sivilizat-siyasi). Sivilizatsiyalar bir-biri bilan parallel ravishda yashashi yoki bo‘lmasa birin-ketin vujudga kelishi ham mumkin. Nima bo‘lganda ham, sivilizatsiya tarixi – madaniyat tarixidir. Sivilizatsiyani o‘rganish – undagi madaniyat rivojini o‘rganishdir.
Sivilizatsiya madaniyatning aniq namoyon bo‘lishini, uning real mavjud hayotini aks ettirishidir. Sivilizatsiya madaniyatsiz, madaniyat-ning sivilizatsiyasiz, undan tashqarida mavjud bo‘lishi mumkin emas. Chunki inson muayyan sivilizatsiya bag‘rida o‘tmish avlodlari tomoni-dan yaratilgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklarni o‘zlashtirgan holda shakllanishi, kamol topishi mumkin.
Madaniyat kelib chiqish jihatidan bir butunlikdagi yaxlit hodisadir. Lekin u hamisha izlanishda, rivojlanishda bo‘ladi. Demak, madaniyat o‘z xususiyatiga ko‘ra o‘zgaruvchandir. Ming yil ichida madaniyat shu darajada o‘zgaradiki, bemalol u madaniy holat bilan bu madaniy holat o‘rtasidagi sifat darajasini farqlash mumkin. Bu davrda yuz bergan o‘zgarishlarga qarab hattoki bemalol, o‘zaro o‘rin almashgan madaniyat turlari va shakllarini ajratsa bo‘ladi. Shu bilan birga, bir vaqtning o‘zida, parallel ravishda yashagan madaniyat turlari va shakllari ham mavjud bo‘lgan. Er. av. V asrda mavjud bo‘lgan qadimgi Gretsiya madaniyati bilan shu davrda sayyoramizning boshqa nuqtasida rivojlanayotgan madaniyat o‘rtasida farq bo‘lishi tabiiydir.

40


Xo‘sh, madaniyatning asosiy turlari qanday bo‘ladi? Ular nechta? Qaysi belgilari orqali madaniyatning bir turi ikkinchi turdan farqlanadi? Bu savollar javobi tipologiya (turshunoslik)ning asosiy mazmunini tashkil etadi.
Har bir hodisaning tipologiyasi (turlari)ni aniqlash murakkab jarayon hisoblanadi, biroq madaniyat tipologiyasi alohida qiyinchiliklar tug‘diradi. Xo‘sh, bular qanday qiyinchiliklar ekan?
Birinchidan, madaniyat «motorli g‘ildirak» kabi to‘xtovsiz ravishda harakatda, rivojlanishda bo‘ladigan hodisadir. Bunday «g‘ildirakli» madaniyatning vaqt-davr jihatidan aniq chegarasini topish oson ish emas. Sababi, bir tarixiy-madaniy bosqich davri boshqa bir tarixiy-madaniy bosqich davriga mos tushmasligi, ikkinchi bosqichning rivojlanish davri ko‘proq yoki kamroq vaqtni o‘z ichiga olgan bo‘lishi mumkin. Masalan, tarixiy manbalarda eramizning IV asrigacha bo‘lgan davr qadimgi dunyo, eramizning IV asridan keyingi davr o‘rta asr deb yuritiladi. Tarixni, madaniy rivojlanishni, boringki, sivilizatsiyani bunday xronologik chegaralash Janubiy va G‘arbiy Yevropa hududi tarixi, madaniyatiga mos tushadi. Boshqa ko‘pgina hududlar madaniy rivojlanish davrini, tarixini esa bu xronologiya qoniqtirmaydi.
Nega endi aynan eramizning IV asri chegara qilib olinishi lozim? Nimaga eramizning III yoki II asri qadimgi dunyo bilan o‘rta asrlar o‘rtasida chegara vazifasini bajarmaydi? Nima uchun boshqa hudud madaniyati yoki tarixi bu sana bilan hisoblashishi lozim?
Ikkinchidan, turli xalqlar, turli hududlar, turli davrlar madaniyati bir-biridan farqlanishlari ham, bir-biri bilan umumiy jihatga ega bo‘lish ham mumkin. Masalan, til o‘xshashligi, din umumiyligi, moddiy yoki ma’naviy-badiiy hayotning yaqinligi va boshq. Savol tug‘iladi: Xo‘sh, qanchalik darajada o‘xshash bo‘lish ikkita alohida madaniyatning boshqa-boshqa madaniyat turlari sifatida o‘rganilishiga yo‘l qo‘ymaydi? Boshqacha izohlaganda, ikkita turli xil madaniyatning umumiy jihati nechtaga yetganda yoki nechta bo‘lganda, ular alohida olingan madaniyat turlari bo‘lmay, yagona madaniyat turiga aylanib qoladi? Shunday qilib, bu yo‘l bilan ham madaniyat turlari chegarasini aniqlash to‘g‘ri xulosa bermaydi. Masalan, ayrim ilmiy adabiyotlarda qadimgi grek madaniyati bir madaniyat turi, qadimgi Rim madaniyati ikkinchi madaniyat turi deb o‘rganilsa-da, boshqa adabiyotlarda bu ikki madaniyat turi bitta qilib, grek-rim madaniyati deb yuritiladi.

41


Chuqur mulohaza qilib ko‘rilsa, alohida ravishda grek madaniyat turi deb ham, Rim madaniyat turi deb ham, har ikkisini qo‘shib grek-rim madaniyat turi deb ham yuritish to‘g‘ridek tuyuladi. Lekin bunda aniq chegara yana yo‘qoladi. Xo‘sh, bu holatda madaniyat turlarini ajratish kerakmi yoki qo‘shish kerakmi?
Uchinchidan, jahon madaniyatini, jahon madaniyati boyligi va merosini, insoniyatning madaniyat olamida erishgan yutuqlarini umuminsoniy madaniyat va boylik deb tushunamiz. Yagona jahon madaniyati mavjud ekan, nima uchun madaniyatning turlarini aniqlash, uni bir nechtaga ajratish lozim?
Bu savollarga aynan madaniyat tipologiyasi javob bermog‘i kerak. Ya’ni, tipologiya xalqaro, millatlararo, ijtimoiy guruhlararo madaniyat, muloqot va munosabat qay darajada ekanligini aniqlash, ularni o‘rnatish muammolarining yechimi bilan bog‘liq. Bu muammolar nafaqat tipologiyaga balki tarixga ham, siyosatga ham bog‘liq muammolardir. Ularning yechimiga madaniyat taqdiri, demakki, inson taqdiri ham bog‘liqdir.
Ko‘p hollarda madaniyatshunoslik bo‘yicha mutaxassislar bir necha sivilizatsiyalarni aniqlab olib, shundan so‘ng, ushbu sivilizatsiyalar ichida rivojlangan madaniyatlarning ko‘rinishini, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganishadi. Lekin O. Shpengler nazariyasi bundan mustasno. Birinchi mavzuda ta’kidlab o‘tilganidek, O. Shpengler madaniyat va sivilizatsiyani bir vaqtda yuz beradigan jarayon, biri ikkinchisining ichida uchraydi, deb hisoblamaydi. Uning fikricha, sivilizatsiya vujudga kelganda, madaniyat o‘ladi. (O. Shpengler o‘zining «Zakat Yevropɵ» (1918 yil) asarida sivilizatsiyani texnik-mexaniq elementlar yig‘indisi davri, madaniyatni esa «organik hayotning shohlik davri» deb tushuntiradi).
Shunday qilib, boshqa mutaxassislar singari madaniyat va sivilizatsiyani bir-biriga bog‘liq deb hisoblamaydigan O. Shpengler ulardagi rivojlanish bosqichlari ham boshqa-boshqa, bir -biriga bog‘liq emas, deb ta’kidlaydi. O. Shpengler o‘z asarida 8í9 ta sivilizatsiyani ko‘rsatib o‘tadi. Rus madaniyatshunosi N. YA. Danilevskiy (XIX asr) 10 ta sivilizatsiyani, ingliz olimi A. Toynbi (XX asr) 20 ga yaqin sivilizatsiyani turli madaniyat tiplari bilan ajratib ko‘rsatgan.
Umuminsoniy madaniyatlar birligini ta’kidlash bilan bir qatorda, turli xil madaniyat turlari ham mavjudligini tan olish kerak. Jahon madaniyati ham, turli madaniyat turlari ham bir-birini inkor etmaydi, aksincha, ular bir vaqtning o‘zida parallel ravishda yashab kelishgan.
42

Insoniyat rivojining qaysidir davrida madaniyatning turlanishi tabiiy bo‘lgan: bir madaniyat ikkinchi madaniyatdan diniy, axloqiy qarashlar tizimi, moddiy va ma’naviy madaniyat shakllari bilan orqali farqlanadi. Jahon madaniyati haqida gap ketganda, uni turli madaniyatlar yig‘indisi, majmuasi sifatida tasavvur qilish haqiqatga yaqinroq bo‘ladi.


Vaqt o‘tishi bilan insoniyat umuminsoniy qadriyatlarga va umumiy madaniyatga ehtiyoj seza boshladi. Umuminsoniy qadriyatlar ilk bor qadimdan, jahon dinlarining axloqiy qarashlari shakllana boshlagan davrdan boshlab vujudga kela boshlagan bo‘lsa-da, XX asrga kelibgina ular umuminsoniy qadriyatlar deb tan olina boshlandi.


XX asr nemis mutafakkiri K. Yaspers fikricha, er. av. VIII-II asrlarda vujudga kela boshlagan ilk umumdiniy va axloqiy qadriyatlar umuminsoniy qadriyat va madaniyatning yaratilishiga asos bo‘lib xizmat qildi. Bu tarixiy davrni K. Yaspers umuminsoniyat tarixining asosi, boshlang‘ich nuqtasi, deb ta’riflaydi. Din esa har qanday jamiyatda qadrlanganligi sababli, undan boshlangan umuminsoniy madaniyat ham elatlar va millatlar madaniyati ildiziga mustahkam singdirilgan.
Yuqorida bayon etilgan fikrlarga qaramasdan, umuminsoniy madaniyatning oyoqqa turishi qiyin kechgan. U iqtisodiy, siyosiy, milliy, irqiy kabi ko‘pgina muammolarga duch kelgan.
Shuni unutmaslik kerakki, milliy madaniyatlarning umuminsoniy madaniyatga qo‘shilishida ehtiyotkor bo‘lish tabiiydir. Bu ehtiyotkorlik tuyg‘usi milliy madaniyat, undagi milliy til, an’ana, urf -odatlar taqdiri haqida qayg‘uradi. Umuminsoniy madaniyatga qo‘shilish ayrim hollarda milliy madaniy qadriyatlarning yo‘q qilinishiga olib keladi, degan tushuncha mavjud. Bir qarashda bunday hadikni tushunish mumkindek tuyulsa-da, doimo yodda tutish lozimki, umuminsoniy madaniyat har bir madaniy qadriyatga hurmat bilan yondashib, ularni asrab-avaylaydi. Har bir madaniyat hodisasi butun jahon madaniyatining bir elementidir. Demak, jahon madaniyati turli madaniyat ko‘rinishlarining har bir bo‘lagini qadrlaydi.
Ayrim vaziyatlarda milliy madaniyatning o‘zi bir necha turga bo‘linadi, deb qaraladi. Masalan, marksizm qarashlari tarafdorlari uchun har bir milliy madaniyatning o‘zi qatlamlarga qarab, bir necha madaniyat turiga bo‘linadi, deb tushunish xosdir. Marksizm davomchilari ham milliy madaniyatni ikkiga: quyi sinf madaniyati (ishchi-dehqon madaniyati) va burjua madaniyati (oq suyaklar madaniyati)ga bo‘ladi. Agar jamiyatda yuzaga kelgan sinfiy qatlamlarga nazar tashlansa, unda pomeshchik (boy) va dehqon madaniyati mavjudligini ko‘rish mumkin.
43

Haqiqatan ham, turli ijtimoiy qatlamlarning madaniy qarashlari, qadriyatlari o‘rtasida sezilarli farqlar mavjud bo‘lgan va bu farq hozir ham ayrim g‘arb davlatlarida mavjud. Avvalo, bu xususiyat moddiy madaniyatda, ya’ni hayot tarzida, ta’lim olish imkoniyatlari darajasida, badiiy qadriyatlarni tanlash imkoniyatlarida ko‘rinadi. Ammo til, din, axloq -milliy madaniyatning birligini, yagonaligini ta’minlovchi asosiy omillardir.


XX asrga kelib ilm-fan, texnika shu qadar jadal rivojlanib ketdiki, bu hol, ta’lim olish imkoniyatlari, hayot tarzi, badiiy madaniyatni tanlash o‘rtasidagi ijtimoiy qatlamlararo chegarani olib tashladi. XX asr madaniyat turlarining yangicha ko‘rinishini: ommaviy va elitar madaniyatni vujudga keltirdi. Xo‘sh, bu madaniyatlar bir madaniyat turi ichidagi har xil yo‘nalishlarmi yoki boshqa-boshqa madaniyat turlarimi? Yuzaki qarashda, har ikki madaniyat ko‘rinishi bir jamiyat ichida vujudga kelgan bo‘lib, bir madaniyat turining ikki xil yo‘nalishidek tuyulsa-da, aslida ularning bir-biriga o‘xshamasligi doimo o‘zaro qarama-qarshiliklarni keltirib chiqaradi. Shu narsa aniqki, bu ikki madaniyat o‘rtasida farq bor. Lekin bu farq siyosiy yoki ijtimoiy tengsizlik natijasi yuzasidan vujudga kelmagan.


XX asrda madaniyat bo‘linishining yana bir ko‘rinishi – bir-biriga aslo o‘xshamaydigan turlarni keltirib chiqardi. Ya’ni, bugungi kun zamonaviy madaniyatida ikki xil ko‘rinishli madaniyat turlari mavjud. Birinchisi, ijtimoiy-gumanitar fanlarga asoslangan odob, axloq, shaxs, san’at va boshq. Ikkinchisi, tabiiy fanlar yutug‘iga asoslangan sanoat, texnologiya kabi texnik jarayonlar madaniyatidir. Bu holat umumiy madaniyatning butunligini, yagonaligini sindiradi. Balki, bu ikki madaniyat turini alohida-alohida olmasdan, bitta, yagona madaniyat turining har xil yo‘nalishi deyish to‘g‘ri bo‘ladimi? Bitta madaniyat turining har xil yo‘nalishi sifatida ommaviy va elitar madaniyatni ham nazarda tutish to‘g‘ri bo‘ladimi? Bu savollarga ingliz olimi CH .P Snou o‘z asarlarida to‘xtalgan.
Biz esa turli sivilizatsiyalarda uchraydigan boshqa-boshqa madaniyatlarning o‘zaro aloqasiga to‘xtalib o‘tamiz. Kitobxon diqqat qilgan bo‘lsa, ushbu mavzu boshida madaniyatshunoslar (O Shpengler-dan tashqari) bir necha sivilizatsiyani sanab o‘tib, shundan so‘ng ushbu sivilizatsiyalardagi madaniyatlarning o‘ziga xosligini o‘rganishadi, deb ta’kidlagan edik. (Yodingizda bo‘lsa, O Shpengler 8-9 ta sivilizatsiyani, N YA Danilevskiy 10 ta svilizatsiyani, A Toynbi 20 ga yaqin
44

sivilizatsiyani bir nechta madaniyat turlari bilan ko‘rsatib o‘tganligini bayon etgan edik).


Bu


bo‘limni

N .YA. Danilevskiy


(XIX

asr

rus

olimi)

va


O. Shpengler

(XX

asr nemis

olimi)

qarashlari

bilan

boshlaymiz.

N. YA. Danilevskiy


2.-----------------------------MADANIYATNING INSON VA JAMIYAT HAYOTIDAGI O‘RNI

Madaniyatshunoslik fani tarix, falsafa, sotsiologiya, etnografiya, sotsial psixologiya kabi bir qator fanlarning kesishuvida vujudga kelgan, yangi sotsial gumanitar fan hisoblanadi. Uning tadqiqot obyekti ijtimoiy voqelik bo‘lgan madaniyat va inson hayoti uslubi hisoblanadi. Unda madaniyatning vujudga kelishi, rivojlanishi, jamiyatda amal qilinishi bilan bog‘liq masalalar to‘g‘risida, madaniyat qoidalari institutlarning, qadriyatlarning jamiyat hayoti va rivojlanishidagi o‘rni, o‘zaro aloqalari jarayonlari o‘rganiladi.


Forobiy «Aql ma’nolari haqida» risolasida aql, bir tomondan, ruhiy jarayon, ikkinchi tomondan esa, tashqi ta’sir – ta’lim-tarbiyaning natijasi ekanligini uqtiradi. Uning fikricha, aql faqat insongagina xos bo‘lgan tug‘ma quvvat-ruhiy kuch bilan bog‘liq.
Forobiyning aql, umuman bilish haqidagi ta’limotida mantiq (logika) ilmi muhim o‘rin tutadi. Uning fikricha, «Mantiq san’ati kishiga shunday qonunlar haqida ma’lumot beradiki, bu qonunlar vositasida aql chiniqadi, inson sog‘lom fikr yuritishga o‘rganadi». Olim mantiq ilmi bilan grammatika o‘rtasidagi mushtaraklikni qayd etadi: mantiqning aqlga munosabati grammatikaning tilga munosa-bati kabidir. Grammatika odamlar nutqini tarbiyalagani kabi, mantiq ilmi ham tafakkurni haqiqiy yo‘ldan olib borish uchun aqlni to‘g‘irlab turadi.
Mutafakkirning ta’kidlashicha, «Aqlli deb shunday kishilarga aytiladiki, ular fazilatli, o‘tkir mulohazali, foydali ishlarga berilgan, zarur narsalarni kashf va ixtiro etishga zo‘r iste’dodga ega, yomon ishlardan o‘zini chetga olib yuradilar. Bunday kishilarni oqil deydilar. Yomon ishlarni o‘ylab topish uchun zehn-idrokka ega bo‘lganlarni aqlli deb bo‘lmaydi, ularni ayyor, aldoqchi degan nomlar bilan atamoq lozim»1.

1 Ɇɚɴɧɚɜɢɹɬ ɸɥɞɭɡɥɚɪɢ. í Ɍ., 1999. í 67-ɛ.


11

Forobiy o‘rta asrlar sharoitida birinchi bo‘lib jamiyatning kelib chiqishi, maqsad va vazifalari haqida izchil ta’limot yaratdi. Bu ta’limotda madaniyatli jamiyatning ko‘p masalalari í davlatni boshqarish, ta’lim -tarbiya, axloq, ma’rifat, diniy e’tiqod, urush va yarash, mehnat va boshqalar qamrab olingan.


Ma’lumki, inson, uning tabiati va imkoniyatlari to‘g‘risidagi masala asosiy masalalardan biridir. Tabiatning mavjudlik qonuni xilma-xil bo‘lganidek, insonning ichki tabiati, ya’ni madaniyati ham tabiiy muhit, ijtimoiy borliq va tarixiy davrlar ta’sirida doimiy ravishda o‘zgarib turadi. Bu o‘zgarish faqat ilgarilab borish, yangi qadriyatlarning vujudga kelishidangina iborat emas. Bu biron-bir sohadagi buzilishlar, inqiroziy alomatlarning kuchayishi bilan ham tavsiflanishi mumkin. Hozirgi zamon ilmiy- texnika taraqqiyotining tabiiy muhitga, ma’naviy hayotga va boshqa sohalarga salbiy ta’siri fikrimizning dalilidir.
G‘arbiy Yevropada «madaniyat» tushunchasi XVIII asrning oxiridan e’tiboran hozirgi mazmunini kasb etgan bo‘lsa-da, faqat XX asrga kelib ijtimoiy va gumanitar fanlar kategorial tizimidan mustahkam o‘rin oldi. Kishilik jamiyatining beqiyos ko‘lamga ega va doimiy ravishda o‘zgarib boruvchi ma’lumotlarni muayyan tartibga solishga yordam beruvchi, umumlashtiruvchi tushunchalarga bo‘lgan ehtiyoji «madaniyat» tushunchasining keng tarqalishiga sabab bo‘ldi.
Qadimgi Rimda «madaniyat» tushunchasidan «hayotni ma’naviy jihatdan yanada yaxshilashga va tozalashga qaratilgan g‘amxo‘rlik» degan ma’noda ham foydalangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, mashhur Rim faylasufi va notiq Sitseron ham «ruhiyat madaniyati» atamasini ishlatgan. ȿɜɪɨɩɚ xalqlarida XVIII asrning oxirlarigacha «madaniyat» atamasi «aqliy-axloqiy madaniyat» tushunchasi bilan yonma-yon ishlatilgan. Ko‘rinib turibdiki, «Madaniyat» tushunchasi xilma-xil talqiniga qaramay, qadimdan hozirgi kungacha o‘z mohiyatini o‘zgartirmagan.
Sivilizatsiya – bu, avvalo, madaniyat yutuqlaridir. Bir madaniyat-ning o‘zi esa bir nechta sulola va davlatlardan uzoq yashashi mumkin. O‘z navbatida, bir sivilizatsiyaning o‘zi ham shunchalik uzoq umr ko‘radiki, umri davomida bir-birini bosib olgan turli davlatlarni ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Sivilizatsiya turli hududlarga tarqalishi, ularni bosib olishi (faqat kuch ishlatish yo‘li bilan emas), yangi -yangi xalq va davlatlarni egallashi mumkin. Shuningdek, sivilizatsiya o‘z madaniy

12


qadriyat va yutuqlarini boshqa bir sivilizatsiyaga berib, o‘zi yo‘qolib ketishi ham mumkin.
Ayrim hollarda bir nechta sivilizatsiyalar birlashib, yagona sivilizatsiyani tashkil qilishi ham mumkin (masalan, grek-rim sivilizat-siyasi). Sivilizatsiyalar bir-biri bilan parallel ravishda yashashi yoki bo‘lmasa birin-ketin vujudga kelishi ham mumkin. Nima bo‘lganda ham, sivilizatsiya tarixi – madaniyat tarixidir. Sivilizatsiyani o‘rganish – undagi madaniyat rivojini o‘rganishdir.
Sivilizatsiya í madaniyatning muayyan namoyon bo‘lishini, uning real mavjud hayotini aks ettirishidir. Sivilizatsiya madaniyat-siz, madaniyatning sivilizatsiyasiz, undan tashqarida mavjud bo‘lishi mumkin emas. Chunki inson muayyan sivilizatsiya bag‘rida o‘tmish avlodlari tomonidan yaratilgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklarni o‘zlashtirgan holda shakllanishi, kamol topishi mumkin.
Hozirgi davrdagi madaniyatning ilmiy tushunchasi insoniyat tomonidan yaratilgan va yaratilishi davom etayotgan ma’naviyat, ruhiyatning o‘ziga xosligini anglashi natijasida vujudga keldi. Insoniyat «tabiiy» turmush tarzi asosida yashagan davrda: ya’ni, terib iste’mol qilish, ov qilish, baliq tutish, chorvachilik va dehqonchilik bilan shug‘ullangan vaqtlarda madaniyat to‘g‘risidagi fikrning tug‘ilishi munozaralidir. Oddiy, bir maromda rivojlanuvchi jamiyatda inson o‘z madaniyati bilan «qo‘shilib» yashagan. Urf-odatlar, e’tiqodlar, hayotning moddiy va ijtimoiy shakllari undan farq qilmagan. Madaniyatning avtonomiyasi namoyon bo‘lishi uchun muayyan darajada texnikaning rivojlanishi va mehnatning ijtimoiy-lashuviga erishish talab etiladi. Shu asosda madaniyat asta-sekinlik bilan insoniyatdan tobora ko‘proq mustaqil bo‘lib boradi. Aksincha insonning madaniyatga tobeligi ortadi. Hozirgi postindustrial jamiyatlardagi ekologik, ma’naviy va axloqiy sohalardagi mavjud muammolar fikrimizning dalilidir. Shuning uchun madaniyatni fenomen sifatida idrok etish, uning rivojlanish qonunlarini tushunish va shu tushunchalar asosida madaniyatni boshqarishga o‘rganish zaruriyat bo‘lib qoladi.
Madaniyatshunoslik fani madaniy tarixiy davrlarni tahlil qilish-da bilishning quyidagi uch bosqichini tabiiy birlikda olib qarashga harakat qiladi:
a) muayyan davrning yaxlit qiyofasini, ya’ni uning badiiy obrazini yaratishga intiladi;

13


b) insoniyat borlig‘ining umumiy dinamikasida davrning ma’naviy o‘rnini aniqlaydi (ijtimoiy ong tarixida, fanda, san’at va falsafada o‘rganiluvchi davrga berilgan bahoning evolutsiyasini ham o‘z ichiga oladi);
v) muayyan davrning «mazmuni»ni tahlil qiladi, ya’ni uning hozirga davr tafakkurida qanday o‘ringa ega ekanligini, uning muammolari bizga qanday ta’sir etishini, bizga qaysi tomonlari bilan hozirgi vaziyatning qaysi sotsial va individual kamchiliklari unda aktuallashganligini ko‘rsatadi.
Madaniyat tiplari tarixiy davrlarga qarab o‘zgarib turadi. Davrlarning almashinishi bilan madaniyatda ham sifat o‘zgarishlari yuz beradi. Muayyan tarixiy davrda yashagan kishilarning dunyo to‘g‘risidagi tasavvurlari, bilimi, ma’naviy qadriyatlari haqida atroflicha ma’lumotga ega bo‘lishimiz uchun shu davrning mada-niyatiga murojaat qilishimiz lozim. Shuning uchun madaniyat-shunoslik fani turli xalqlarning madaniy rivojlanish tarixini jahon madaniy taraqqiyotining tarkibiy qismi sifatida o‘rganish bilan birga, muayyan tarixiy davrning ijtimoiy taraqqiyotda tutgan ma’naviy rivojlanish bosqichlari, umumiy qonuniyatlari, o‘ziga xos xususiyatlarini ham o‘rganadi.
Madaniyatshunoslik tinglovchilarni turli tarixiy davrlar mada-niyatlari va sotsial guruhlarning urf-odatlari, turmush tarzi to‘g‘risidagi bilimlar bilan boyitadi. Tarixiy va gumanitar bilimlarni tartibga keltiradi, ijtimoiy turmush voqeliklarini yagona mazmun asosida anglashga yordam beradi. Ko‘plab betakror va mustaqil madaniyatlardan tashkil topgan jahon sivilizatsiyasining birligi va xilma-xilligini ko‘rsatadi. Kishilarning fuqarolik va ma’naviy yetuklikka erishishlarida, fikrlar va qadriyatlar plyuralizmini ko‘ra bilishda fan taraqqiyotini to‘g‘ri baholash qobiliyatini hosil qilishda muhimdir.
«Inson eng oliy darajadagi tarixiy mavjudotdir. Inson tarixiy davrda, tarixiy davr insonda mujassam» (N. Berdyayev). Negaki, har qanday davrning xususiyat va darajasi madaniyat rivoji bilan o‘lchanadi.
Madaniyatshunoslik fani muhim tarbiyaviy vazifani ham baja-radi. Insonda ziyolilik hissini tarbiyalash kursning diqqat markazida turadi. Kishi qanchalik ziyoli bo‘lsa, í degan edi D. S. Lixachev, í u shuncha ko‘p tushunadi va o‘zlashtiradi, uning dunyoqarashi va

14


qabul qilish doirasi shunchalik kengayadi. Kishining madaniy saviyasi qanchalik tor bo‘lsa, u hamma yangiliklarga va «juda eski»likka nisbatan shunchalik befarq bo‘ladi. O‘zining eski odatlari bilan yashaydi. Dunyoqarashi tor bo‘lib, hamma narsaga shubha bilan qaraydi. O‘tmishning madaniy qadriyatlarini va o‘zga millatlar madaniyatlarini bilish, uni saqlash, ko‘paytirish, estetik qimmatlarini qabul qila bilishning rivojlanib borishi madaniy taraqqiyotning eng muhim vositalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Insoniyat madaniyatining rivojlanish tarixi nafaqat yangi, balki eski madaniy qimmatlarni izlab topish tarixidir. Shuningdek, o‘zga madaniyatlarni bilish, ma’lum ma’no-da gumanizm tarixi bilan qo‘shilib ketadi. Bu boshqa xalqlarga nisbatan hurmat, to‘g‘ri ma’nodagi bardoshlilik, tinchlik tilash demakdir1.
«Ziyolilik» tushunchasi ilmiy va oddiy ong darajasida ta’rifla-nishi jihatidan
3.--------------SHARQ UYG’ONISH DAVRI MADANIYATI
Reja:
1. IX-XII asrlardagi Sharq Uyg’onish davri va uning asosiy omillari.

2. Islom madaniyati.


3. Sharq Uyg’onish davri allomalari ijodining jahon fani ravnaqidagi o’rni.


1. IX-XII asrlardagi Sharq Uyg’onish davri va uning asosiy omillari
IX-XII asrlarda jahon sivilizatsiyasi tarixiy taraqqiyoti davomida birinchi bo’lib Sharq mo’’jizasi ro’y berdi. Huddi shu davrda qadimgi Sharq mintaqasiga mansub Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Хitoy, Markaziy Osiyo hududlari insoniyat sivilizatsiyasining ilk sarchashmalari sifatida shakllandi.

Bu jarayonda ko’p ming yillik tarixga ega bo’lgan, Sharqu g’arbni tutashtirgan, o’zaro madaniyat, dinu e’tiqod, urf-odat, udumu an’analar almashinuvini ta’minlagan Buyuk ipak yo’lining o’rni katta bo’ldi. Ko’xna Хitoy yurtidan boshlangan bu yo’l avvalo Sharq xalqlarini bir-biri bilan bog’lagan, ularning iqtisodiy, savdo-sotiq, madaniy-ma’naviy aloqalarini rivojlanishi, turmush tarzini boyishida sezilarli turtki bo’ldi. Sharq xalqlari, elatlarining tili, urf-odatlari, musiqasi, to’yu ma’rakalari, diniy rasm-rusumlaridagi o’xshashlik jihatlarining mavjudligi ham buni yaqqol isbot etadi.


Shuningdek, VII asrdan boshlab arab dunyosida islom bayrog’i ostida vujudga kelgan xalifalik davlati qisqa tarixiy davr ichida ko’pgina hududlarni egallab ularda nisbatan yagona iqtisodiy va madaniy-ma’naviy makon yaratishga muvaffaq bo’ldi. Bunday hollar Sharq Uyg’onish jarayoniga va ayniqsa arab dunyosi bilan tutashgan Markaziy Osiyo hududlariga ham jiddiy ta’sir ko’rsatdi.


IX-XII asrlar davomida xalifalik tasarrufidagi mamlakatlarda islomiy hamda dunyoviy madaniyatning yonma-yon rivojlanishiga keng yo’l ochildiki, bu hol oxir-oqibatda Sharq dunyosini ulkan o’zgarishlarga olib keldi.


Bu jarayonlarning kuchayishiga shu yurtlar hukmdorlarining o’z davrining donishmand, bilimdon, ilmparvar siymolari sifatida adolat, qonun ustuvorligiga amal qilib faoliyat yuritganligi ham ma’lum ma’noda turtki bergan. Buni xalifalik hukmdorlari sanalgan Хorun ar-Rashid, Ma’mun yoxud ona yurtimiz ma’rifatparvar hukmdorlari: Nasr, Ismoil Somoniylar, Mahmud G’aznaviy, Malikshox, Nizomulmulk, Jaloliddin Manguberdi, Amir Тemur, Mirzo Ulug’bek, Husayn Boyqaro, Bobur Mirzo va boshqalar timsolida aniq-ravshan ko’rishimiz mumkin.


Sharq Uyg’onish davri o’z mazmun-mohiyatiga ko’ra quyidagi muhim omillar va hususiyatlari bilan yaqqol ajralib turadi:


1) madaniyatda dunyoviy bilimlar, islom axkomlari, aqidalarning rivojlanishi, ularning jamiyat va odamlar manfaatlari nuqtai nazaridan talqin etilishi;


2) turli davlatlar, xalqlarning (arab, eron, yunon, xind, turkiy va bosh.) madaniy meroslari, qadriyatlari, yutuqlari, ma’naviy boyliklaridan foydalanish zarurligi;


3) astronomiya, matematika, minerologiya, jug’rofiya, kimyo va boshqa tabiiy fanlar rivoji;


4) uslub (metodologiya)da ratsionalizm (oqilonalik), mantiqning ustuvorligi;


5) insoniy do’stlik, yuksak axloqiylik g’oyalarining targ’ib etilishi, komil inson shaxsini shakllantirib voyaga yetkazish;


6) falsafa va tarix fanlarining o’sishi;


7) adabiyot, musiqa, badiiy madaniyat, notiqlikning keng rivoj topishi;


8) bilimdonlik, donishmandlikning qomusiy tarzda keng e’tirof topishi va x.k.


Uyg’onish davrining bu asosiy omillari va xususiyatlari dunyoviy ilm-fanning rivojlanishi - bular, shubxasiz, bashariyat ma’naviyati yuksalishining muxim o’lchov mezonlari bo’lib xizmat qildi.


Sharq madaniy Uyg’onishining o’ziga xos muhim jihatlaridan biri shundaki, bu yuksalish jarayoni bir vao’tning o’zida xam xalifalik markazida va xamda uning Mag’ribu Mashriq tomonlarida (Ispaniya Andaluziyasi va Markaziy Osiyoda) birdek namoyon bo’ldi. Masalan: IX asr boshlarida xalifalik poytaxti Bag’dod bir vaqtning o’zida xam islomiy madaniyat va dunyoviy madaniyat, ilmu urfonning yirik markazlaridan biriga aylangandi. Хalifa Хorun ar-Rashid (766-809) davrida Bag’dodda tashkil etilgan “Bayt ul-Hikmat” (Donishmandlar uyi) – olimlarni birlashtirgan ilmiy muassasa xalifa Ma’mun (819-833) davrida yanada rivojlandi. Unda ko’p sonli qomusiy bilim soxiblari ilmu fanning turli-tuman soxalari bo’yicha yirik tadqiqotlar olib borganlar. Bu allomalarning talay qismi o’rta Osiyo namoyandalari bo’lganliklari esa biz uchun aloxida g’urur va e’tiborga arzirlidir.


Bu davr dunyoviy ilm-fanining yana bir muxim yutug’i shundaki, arab va ajam olimlarining katta sa’y-xarakatlari, izlanishlari tufayli yunon, lotin, misr, xind tillarida bitilgan son-sanoqsiz noyob ilmiy asarlar, qo’lyozmalar topilib, ular arab tiliga tarjima etildi va xayotga ijodiy tatbiq etila bordi.


Arab mag’ribi - Ispaniya Andaluziyasida ham Sharq Uyg’onishiga xos musulmon madaniyatining yuksak rivojlanganligi ko’zga tashlandi. Bu davr moddiy madaniyatining gultojisi - bu Grenada (Andaluziya poytaxti) tepaligida bunyod topgan Alxambra me’moriy obidalar majmuidir. Bu yerda qad rostlagan arku qasrlar, masjidlar, maqbaralar, inshootlar, ularning ichki va tashqi bezalishi, ularning peshtoqiga yuksak mahorat bilan bitilgan Qur’on surasiga oid xusnixat yozuvlari bu madaniyatning takrorlanmas namunalaridir. Amerikaning taniqli adibi Vashington Irving ham bu majmuidan olgan xayratini o’z asari «Algambra»da batafsil bayon etgani tasodifiy emasdir. Bu zamin hududlarining qulay jug’rofiy mintaqa, Buyuk ipak yo’lining muhim chorraxalarida joylashganligi, uning g’arb bilan Sharqni bog’lashdagi alohida o’rni, qolaversa, ulug’ ajdodlarimizning bunyodkorlik, yaratuvchilik salohiyati - bular uning bag’rida asta-sekin xayratlanarli moddiy va ma’naviy o’zgarishlarni yuzaga chiqara bordi. Bu narsa dastavval, shaharlar hayotining o’sishida, savdo-sotiq, hunarmandchilik rivojida, musulmon madaniyatiga oid mahobatli inshootlar, minoralar, maqbaralar, saroylar qurilishida, ipak yo’li chorrahalari bo’ylab ko’plab karvonsaroylar, rabotu sardobalar (ularning qoldiqlari Malik, Mirzacho’l va boshqa joylarda ham uchraydi) bunyod etilishida yaqqol ko’rindi. Masalan: birgina Хorazm vohasida X asrda 10 ta shahar mavjud bo’lgan bo’lsa, ХI asrga kelib ularning soni 40 taga yetadi. Buxoroning «qubbatul islom» - islom dinining gumbazi degan nomga, Samarqandning esa yer yuzining sayqali nomiga sazovor bo’lganligi fikrimiz dalilidir.


Тarixchi Abu Mansur As-Saolibiy (961-1038) ham Buxoro haqida mana bu so’zlarni bejiz aytmagan bo’lsa kerak: «Buxoro Somoniylar davridan boshlab, shon-shuxrat makoni, saltanat ka’basi va zamonasining ilg’or kishilari jamlangan, yer yuzi adiblarining yulduzlari porlagan hamda o’z davrining fozillari yig’ilgan joy edi».[1]


X asr ikkinchi yarmidan boshlab faoliyat yurita boshlagan Хorazm Ma’mun akademiyasi ham bu yurtning ilmu urfoni ravnaqida alohida o’rin tutdi.


Yurt obodonchiligi, mamlakat ravnaqi, qudratining yuksalishi davomida unda tabiiy ravishda ma’naviy madaniyat, ilm-fan rivoji xam jadal sur’atlar bilan ko’zga tashlanib bordiki, buning natijasida bu zamindan o’z elini shon-sharafga burkagan, dunyoga dovrug’ taratgan mashhur allomalar, ilm-fan yulduzlari yetishib chiqdilar.


2. Islom madaniyati


Arab xalifaligi VII-VIII asrlar davomida Mag’ribu Mashriqning keng hududlarini, shu jumladan Markaziy Osiyo yerlarini ham o’z tasarrufiga kiritgan edi. Хalifalikka kirgan hududlarga asta-sekin arab madaniyati, uning ko’plab unsurlari kirib kela boshladi. Eng asosiysi, islomning muqaddas kitobi «Qur’oni Karim» g’oyalari turli xalqlar orasida keng yoyila boshladi. Buning uchun bu yerlarda arab tili, arab yozuvi joriy etildi. Musulmon madaniyatining ko’rki hisoblangan naqshinkor bezaklar bilan ziynatlangan salobatli masjidu madrasalar, xonaqoyu maqbaralar, diniy va ilmiy kitoblar, qo’lyozmalarga boy kutubxonalar va boshqa inshootlar qad rostlay boshladi. Ular shu xalqlarning avvalgi moddiy madaniyati xarobalari o’rnida barpo etildi.


«Qur’oni Karim” («qiroat» so’zidan olingan) g’oyalari, qadriyatlari (odamlarni to’g’rilik, rostgo’ylik, poklik, halollik, ezgulik, yaxshilik, saxovat, do’stlik, birodarlik, o’zaro totuvlik, hamjihatlik, tinchligu osoyishtalikka undash va h.k.), islomiy ahkomlar, jamiyatu odamlar hayotiga singdirib borilib, shu asosda ular avvalgi ko’pxudolik, g’ayridiniy sarqitlardan, xurofot tushunchalaridan xalos bo’lib bordilar. Хalifa Usmon payg’ambarimiz o’limidan keyin og’izma-og’iz ko’chib yurgan “Qur’oni Karim” matnlarini bir joyga to’plab, yagona mukammal matnni yaratib, islom madaniyati tarixida nom qoldirgan. U kotib Muxammad Zayd ibn Sobit ko’magida va payg’ambarimizning tirik sahobalari guvohligida “Qur’oni Karim”ning yagona nusxasini tuzib chiqadi. So’ng yagona nusxadan besh nusxa ko’chirib Makka, Madina, Damashq, Kufa va Basra shaharlarida saqlashga buyuradi.


3. Sharq Uyg’onish davri allomalari ijodining jahon fani ravnaqidagi o’rni.

Ma’lumki, Sharqda, aynan O’rta Osiyo zaminida yuz bergan Uyg’onish jarayoni xususan dunyoviy fanlar rivojida alog’ida yuksalish bosqichi bo’ldi. Bu borada ilm-fan va madaniyat taraqqiyotida turli tarixiy davrlarda faoliyat ko’rsatgan «Ilm uylari» - Bag’doddagi (819-833) «Bayt ul-hikmat» (Bag’dod akademiyasi), Хorazm poytaxti Urganchdagi «Ma’mun akademiyasi», shuningdek «Ulug’bek akademiyasi» va boshqa ko’plab yuksak ilm dargohlarining o’rni va ahamiyati beqiyosdir. Uyg’onish davri o’z yuksak aql-zakovati, salohiyati, izlanishlari bilan fanning ko’plab sohalarida muhim kashfiyotlar o’ilgan qanchalab buyuk daholarni yetishtirib berdi. Ular jahon fanining tibbiyot, falakiyot, matematika, jug’rofiya, tarix, geologiya, geodeziya, minerologiya, farmakologiya va boshqa yo’nalishlarining tamal toshini yaratdilar. Bu muqaddas zamindan yetishib chiqqan Muhammad Muso al-Хorazmiy, Ahmad al-Farg’oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Abu Bakr Muhammad Narshaxiy, Abu Abdullo Хorazmiy, Mahmud az-Zamahshariy, Burhoniddin Marg’inoniy, Nizomulmulk, Kaffol ash-Shoshiy, Mirzo Ulug’bek, Qozizoda Rumiy, G’iyosiddin Jamshid Koshiy, Ali Qushchi va boshqa buyuk siymolar nomini haqli ravishda ehtirom bilan tilga olamiz. Milliy mustaqilligimiz sharofati tufayli ularning boy ilmiy merosi sarchashmalaridan tag’inda mo’l-ko’l baxramand bo’la boshladik. «Istiqlol sharofati bilan, - degan edi Islom Karimov, - ma’naviyat buloqlarining ko’zi ochildi, biz bu buloqning zilol suvlaridan bahramand bo’la boshladik. Sho’ro davrida unutilgan qadriyatlarimiz, nomi qoralangan bobokalonlarimizning durdona so’zlarini biz obi kavsardek ko’zimizga surtmoqdamiz. O’ylaymanki, biz nimaga erishgan bo’lsak, ana shu savobli ishlarimiz uchun Allohning bizga in’om etgan marhamatidandir».[2] Allomalarimizning qomusiy bilimdonliklari shundaki, ularning har biri bir emas, balki ko’plab ilm-fan yo’nalishlarida ulkan kashfiyotlar o’ildilar. Bu jihatdan Muhammad Muso al-Хorazmiy (783-850), Ahmad al-Far¨oniy (797-865), Abu Nasr Forobiy (873-950)larning fandagi jasoratlari ibratlidir. Agar al-Хorazmiy matematikaga oid «Hisob aljabr va al-Muqobala», «Hind hisobi haqida kitob», «Astronomik jadvallar», «quyosh soatlari haqida risola» asarlari bilan matematika (algoritm) va astronomiya fanlarining tamal toshini qo’ygan bo’lsa, uning «Kitob surat al-arz» asari arab geografiyasi fanining tom ma’noda yaratilishiga negiz bo’lib xizmat qildi. Olimning «Kitob at-tarix»i esa Movarounnahr, Хuroson va Kichik Osiyo xalqlari tarixining VIII-IХ asrlari davrini o’rganish uchun muhim manba hisoblanadi.


4----Sharq va G`arb uyg`onish davrlari madaniyatining o`ziga xos xususiyatlari

Sir emaski qariyb bir yuz o`n besh yillik bosqinchilik siyo-sati dastlabki kunlaridanoq o`zbek millatiga qoloqlik, savodsizlik yoki kam savodlilik tamg`asini bosib keldi. Qoloq millatlarni «il-gor» millatlar bilan tenglashtirish» siyosatining amalga oshirilishi nafaqat o`zbek xalqining, balki madaniyatning ham beshigi hisob-langan Sharq mamlakatlari xalqlarining o`tmishi, tarixi, madaniyati va qadriyatlarini soxtalashtirdi va hukmron xalq manfaatlari va mafkurasiga moslashtirdi.


Davrning shu kungi talablaridan kelib chiqib avvalgi tuzum to`g`ri, haqiqat deb singdirilgan ko`plab muammoli masalalarni qayta tahlil qilib, tarixiy haqiqatni o`z o`rniga qo`yish, yillar mobaynida xiralashtirilgan ilmiy bilim ko`zgusini qayta ta‘mirlash va tozalash vaqti keldi.


Shu mulohazalardan kelib chiqqan holda quyida biz aniq javob berish biroz mushkul bo`lgan Sharq va Fapb madaniyati muammosi, «Uyg`onish» davri madaniyati tushunchasining asl mazmun va mohiyatiga qisqacha to`xtalib o`tamiz.


Ma‘lumki, sobiq Shuro tuzumi davrida mafkura, madaniyat va falsafa Sharq va G`arbda deyarli bir paytlarda yuzaga kelgan, deb o`qtirdilar hamda Sharq xalqlari madaniy hayotida G`arbning ta‘siri va ustunligi masalasi ilgari surilar edi. Olimlarimizning e‘tiborlari bu masaladan chetlashtirilib, bu fikr haqiqat deb qabul qilingan edi.


Ma‘lumki, Yevropada o`yg`onish davri madaniyati kapita-listik ishlab chiqarish munosabatlarining yuzaga kelishi davri bilan ortodoksal cherkov mustabidligiga qarshi kurash natijasida yuzaga kelgan bo`lib, bu davr «Renessans»davri deb atala boshlangan. Bu tushuncha o`sha davr tarixnavislari tomonidan XVI asrdan boshlab qo`llanilgan. Ularning fikriga ko`pa, XV-XVI asrlarga kelib, qadimgi antik davr madaniyatining ilg`or g`oyalarini qayta tiklash imkoniyatlari yuzaga kelgan. Lekin bu davr qadimgi madaniyatlar-dah batamom farq qiluvchi yangi madaniyat - burjua madaniyati yuzaga kelib, uning asosiga insonparvarlik /gumanizm/ g`oyalari qo`yila boshlagan edi. Bu qarashlar eski, ortodoksal feodalistik munosabatlar madaniyatiga, ayniqsa, din va cherkov mutaassib-ligiga qarshi qaratilgan edi.


Musulmon Sharqi falsafasi va madaniyati tarixini kuzatar-kanmiz, u VII asrning ikkinchi yarmidanoq yuzaga kelib rivojlanib, IX asrdan boshlab ko`plab g`oyalar va fan dalillarining mustah-kamlanganligi hamda yuqori cho`qqiga erishganligini ko`ramiz. G`arbda esa XIII-XIV asrlar oralig`iga kelibgina fan va tafakkurda ko`tarilish yuzaga kelganligini kuzatish mumkin. Shu o`rinda umuman „Uyg`onish davri madaniyati» tushunchasi Sharq va Fapb «Uyg`onish» davrlari madaniyati va ularning o`ziga xos xususiyat-lari ham da xarakterli belgilariga qisqacha to`xtapib o`tish joizdir.


Uyg`onish davri - bu eng avvalo ijtimoiy taraqqiyotda ishlab chiqarish munosabatlarining ham, ma‘naviy hayotning ham yangi bosqichga o`tish davridir.


IX-XII asrlar Movarounnaxr va Xurosonda vujudga kelgan Somoniylar, Qoraxoniylar, G`aynaviylar, Saljuqiylar, Xorazmshoh-lar davlatlari eng avvalo iqtisodiy jihatdan yuksalishga erishdilar. So`ngra islom ma‘naviyatiga asoslangan madaniy taraqqiyotini vujudga keltirdilar. Ma‘naviyat asoslari hisoblangan e‘tiqod yakdil-ligi, siyosiy boshqaruv asoslari, qonun ustivorligi, axloqiy kamolot, aql-idrok takomili, ma‘rifiy barkamollik va fan taraqqiyotining yuqori bosqichiga chiqa oldilar. «Uyg`onish davri madaniyati» tushunchasi bizningcha, birinchidan, muayyan millat yoki xalqning ma‘naviy mahdudlikdan ozod bo`la borishi, milliy qobiqdan chiqib dastlab hududiy, so`ngra, umumjaxon ma‘naviyatiga ta‘sir ko`rsata borishi, ikkinchidan, tanazzulga yuz tutgan yoki boshqa kuchliroq xalqlar ma‘naviyati taz‘yiqiga uchragan, tarix sahnasidan tushib ketishga mahkum etilgan millat, elat yoki xalqning milliy madani-yatini qaytadan jonlashtirish, tiklash, rivojlantirish va yuksak dara-jaga ko`tarilishini anglatadi.


«Uyg`onish» davrlari madaniyatiga xos bo`lgan umumiy mushtarak tomonlari birinchidan, Sharq va G`arb uyg`onish davrlari madaniy taraqqiyoti boshida o`sha davr hukmdorlarining o`zlari turganlar va madaniy jarayonning rivojlanishiga imkoniyat yaratib berganlar. Masalan, Sharq uyg`onishi davri madaniyati rivojlangan paytda o`sha davrning hukmdorlari - halifa Xorun ar-Rashid, uning o`g`li Ma‘mun, qolaversa o`sha davrda Somoniylar, Qoraxoniylar va boshqa sulolalarning vakillari turganlar. Ular islomning mustah-kamlanishiga, ma‘rifatning tarqalishiga, turli xil fan sohalarining rivojlanishiga boshchilik qilganlar. O`zlarining poytaxtlariga o`sha davrning ko`zga ko`ringan olimlar, fiqhshunoslar, muhandislar, tarixchilar, shoirlar, me‘morlar, san‘atkorlarini to`playdilar. Maxsus ilm markazlari, kutubxonalar, madrasalar barpo etdilar, ularni mab-lag` bilan ta‘minlab turdilar. Shu boisdan ham IX asrdan boshlab ilm-fan, adabiyot va san‘at, me‘morlik va teologiya yuksak darajada rivojpana boshlaydi.


O`z navbatida G`arb Uyg`onish davri madaniy taraqqiyoti boshida ham o`sha davrning boy-badavlat kishilari rahnamolik qilgan edilar. Florentsiyada shaharning eng boy-davlat kishisi, ban-kir Kozima Medichi, so`ngra uning nevarasi Lerendo rahbarlik qilganligi tarixdan bizga ma’lum. Kozimo Medichi Florentsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotini boshqarishni o`z qo`liga oladi. O`z atrofiga mashhur olimlar, san‘atkorlarni to`playdi, ularni ish bilan ta‘minlaydi, ularga homiylik qiladi. Natijada Florentsiya XV asr davomida Italiyaning madaniy jixatdan eng yuksalgan, vataniga aylanadi. Bu yerda antik dunyo san‘ati yodgorliklarini o`zida mujassamlashtirgan birinchi badiiy muzey tashkil etildi. Fal-safa akademiyasi, haykaltaroshlik, tasviriy san‘at ustaxonalari vu-judga keldi.


Uyg`onish davri madaniyatining yana bir muhim xususiyati - turli fan sohalarida demokratik jarayonning ro`y berganligidir. O`sha davrning buyuk siymolari-ilm-fan fidoyilari millati, diniy e‘tiqodlari qanaqa bo`lishidan qat‘iy nazar, yagona maqsad -fanlarni rivojlantirish uchun kurash olib boradilar.


Bu davrning donishmandlari insonning o`ziga, atrof-muhit-ga, o`tmish madaniy merosiga bo`lgan munosabatlarini o`zgartirish-ga alohida e‘tibor beradilar. Inson, uning taqdiri, kelajagi, orzu-umidlari, his-tuyg`ulari fan va san‘atning asosiy mavzusiga ayla-nadi. Madaniy va ma‘naviy ta‘sir real insonga qaratiladi. Natijada kishilarning dunyoqarashi, o`tmishga bo`lgan bahosi, ahloqiy va estetik qarashlari o`zgara boshladi.


Umuman olganda, Uyg`onish davri madaniy taraqqiyoti-ning eng muhim xususiyati - ijtimoiy ma‘naviy taraqqiyotda muayyan etnik birliklarning milliy madaniyatni, milliy qadriyatlarni qayta tiklash va yuksaltirishga bo`lgan yuqori darajadagi bunyod-korlik intilishlari bilan harakterlanadi.


Bizningcha, Sharq va G`arb uyg`onish davrlari madaniyat-larining bir-biridan farqlanib turadigan jihati mavjud bo`lib, Sharq Uyg`onish davrida asosiy e‘tibor inson ma‘naviyatini yuksaltirish-ga, uning ma‘naviy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan bo`lsa, G`arb Uyg`onish davrida inson moddiy ehtiyojlari va manfaatlarini qondirish alohida vazifa qilib qo`yilgan. Agar Sharq va G`arb ma‘naviyatiga e‘tibor berilsa, Sharqda ma‘naviy barkamol insonni shakllantirishga e‘tibor berilganligini, kishilar o`rtasidagi munosa-batlar ahloqiy barkamollikka, diyonatlilik asosiga qurilganligini ko`rish mumkin. G`arb madaniyatida esa asosiy e‘tibor kishining moddiy jihatdan ta‘minlanganligiga qaratiladi. Shu boisdan ham G`arbda ko`proq moddiy manfaat ustunlik qiladi.


Sharq uyg`onish davri madaniyati
Agar Sharq madaniy taraqqiyoti tarixiga nazar tashlasak, Musulmon Sharqida VII asrning ikkinchi yarmidayoq fanlarning ko`pgina sohalari bo`yicha yangi fikrlar, g`oyalar va qarashlar ilgari surilganligini ko`ramiz. G`arbda esa XV-XVI asrlar oralig`iga kelibgina fan va tafakkurda ko`tarilish yuzaga kelganligini guvohi bo`lamiz.

Masala shundaki, Musulmon Sharqi falsafasi, madaniyati ilgari surgan g`oyalar IX-XII asrlardayoq etilgan bo`lib, bu g`oya-larning ko`pchiligi XV-XVI asrlarda G`arbda o`z isbotini topgan-ligini alohida qayd etish mumkin.


G`arbda keyinchalik isbotlangan va ochilgan ko`plab fan yangiliklari dastlab musulmon Sharqi mutafakkirlari tomonidan aytilgan, lekin ilmiy isbotlanmaganligining sababi hali hanuz no-ma‘lumligicha qolmoqda. Balki G`arb mamlakatlaridagidek aholi-ning ko`pchiligi savodli emasligimi, yoki hali bizga nomalum yana boshqa sabablarning borligi tufaylimi bu g`oyalarniig ko`pchiligi musulmon Sharqida o`z isbotini topmay, xilma-xil sabablar bilan izohlab kelindi.


IX asrning boshlarida buyuk vatandoshimiz Muhammad ibn - Muso al-Xorazmiy /780-847/ VIII asrdayoq «Madinatus salom» /»Tinchlik shahri»/ deb atalgan, o`z davrining ilmi, fani markazlari-dan biri bo`lgan Bag`dod shahrida yuzaga kelgan «Baytul hikma» /Hikmatlar uyi/ maktabini tashkil etadi. Va o`sha davrining yetuk, zukko olimu - fuzalolarini, yig`ib, ularga boshchilik qilidi, riyozi-yot, handasa, ilmi hayat, falakiyot va boshqa bir qancha fanlarga doir, hozirgi kunlarda ham o`z qiymatini yo`qotmagan izlanish olib boradi. Algebra fanida misli ko`rilmagan yangiliklar yaratdi. Bu fan shu alloma nomi bilan bevosita bog`liqdir. Ana shu paytlardanoq bu fan al-Xorazmiyning asari -»Aljabr val muqobala» nomi bilan bog`-liq holda «Al-jabr» deb atalib, jaxonga tarqaldi.


Al-Xorazmiyning eng yaqin shogirdlaridan biri, unga kotib-lik qilgan yirik astronom Ahmad Farg`oniy /861 yilda vafot etgan/ Bag`dodda tashkil etilgan akademiyaning ko`zga ko`ringan olimi, tashkilotchisi va falakiyot bobida o`zidan so`ng ko`plab yangilik-larni qoldirgan olimdir.


Sharqning yana bir yirik faylasufi, mutafakkiri, musiqashu-nosi, yirik qomusiy olim Abu Nasr al-Forobiy /870-950/ o`zining «Fozil shahar kishilari» risolasidayoq Yevropa Uyg`onish davriga kelib ilgari surilgan insonparvarlik g`oyalarini madaniyat rivojidagi ustivor ahamiyatga molikligini ko`plab tomonlarini bayon etgan edi. Jumladan yuqorida ko`rsatilgan risolada u odil shaharning hokimi odil, to`g`ri so`z, fuqaroparvar kishi bo`lishi zarurligini, bu shaharda erkaklar bilan ayollarning teng mehnat qilishlari, ular ishda bo`lgan paytlarida ularning bolalarini saqlash va tarbiyalash joylari / bolalar bog`chalari/ mavjud bo`lishi zarurligini o`qtirgan edi.. Forobiy shuningdek Aristotelning «Metafizika» asariga sharh yozib, bu asar-ni tushunish jarayonini qulaylashtirgan, shu bilan birga kishilardagi ayrim kasalliklarni musiqa yordamida /hozirgi musiqa terapiya/ davolash mumkinligini o`z davridayoq aytgan edi. Forobiyni o`zi-ning madaniyatga bo`lgan qarashlarida o`z davridan bir necha asrlar ilgarilab ketgan qomusiy olim deyish mumkin.


Buyuk shoir alloma Firdavsiy /934-1025/ o`z qarashlarida musulmon Sharqi odobi va ahloqi, adolat muammolarini tarannum etib, o`zining bebaho hikmatli fikrlari bilan birga Sharq xazinasi-ning bebaho durdonasi sanalgan «Shohnoma» asarini yozib, hayot-lik davridayoq o`ziga mangu haykal qo`yib, milliy madaniyatni, ahloqni yana bir pog`ona yuqoriga ko`targan edi.


Musulmon Sharqining yana bir qomusiy olimi, mutafakkiri Abu Rayxon Beruniy /972-1048/ o`zining «O`tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar» kitobida islom dinigacha bo`lgan ajdodlari-mizning e‘tiqodlari, urf-odatlari bayon qilish bilan birga shu kitobda matematikaga, geografiyaga doir qimmatli tarixiy ma‘lumotlarni yozib qoldirdi. Beruniyning «Hindiston» asari shunday tarixiy qiymatga egaki, u o`zining bu asarida tilga olgan, ta‘riflagan, turli o`simlik, hayvonot olami turlari, hind xalqining shu kunlarda yo`qo-lib ketgan urf-odatlari, marosimlari, adabiyoti va san‘ati namuna-larini bayon etib, ular haqida boy ma‘lumotlar bergan. Shu kunlarda hind xalqi va boshqa xalqlar yo`qolib ketgan o`simlik, hayvon turlari va urf-odat hamda marosimlarini allomaning ana shu asari orqaligina bilib olmoqdalar. Allomaning «Mineralogiya» asari shu kunlarda ham ma‘danshunoslik fanida o`z qiymatini yo`qotmagan asardir. Shuningdek, uning matematika, trigonometriya, geografiya, ilmi nujum, falakkiyotga doir asarlari nafaqat Sharq, balki G`arbda ham yetarli shuhrat qozongan.


Musulmon Sharqning yana bir buyuk allomasi, qomusiy olimi va tabibi Abu Ali Ibn Sino /980-1037/ o`zining tibbiyot, falakkiyot, handasa bobidagi qarashlari bilan butun jahonni lol qoldira olgan edi. Uning «Alqonun fitt tibb», /Tib qonunlari/, «Kitob ash-shifo» / davolash kitobi / «Donishnoma» asarlari hali hanuz jaxon xalqlari tomonidan e‘zozlab o`rganilmoqda. Uning «Tib qonunlari» asaridagi ko`uplab tibbiy qarashlar va dalillar hozirgi davr tibbiyot ilmi dalillaridan deyarli farq qilmaydi.


Bu davrning buyuk siymolarmdan biri shoir, mutafakkir, didaktikani tarannum etgan Umar Hayyom bo`lib /1040-1123/ matematika va astronomiya fanlari rivojiga ham ulkan hissa qo`sh-gan. Uning purhikmat ruboiylari shu kunlargacha ham har bir fuqarolarimiz xonadonlarida jaranglab, o`sha davr ahloqiy norma-lari, madaniyati va tafakkuri ziyosidan bahramand etmoqda.


IX-XII asrlar Markaziy Osiyo xalqlarining milliy o`zligini anglashi, milliy g`urur va iftixor tuyg`ularining mustahkamlanishi milliy ahloq, milliy tafakkur taraqqiyotiga erishilgan davr sifatida tarixdan joy oldi. Chunki bu davrda tilshunoslikka oid Mahmud Qashg`oriy ning «Devoni lug`otit turk», Abu Hayyon Andalusiy-ning «Turkiy tillarni bilish kitobi», Az-Zamaxshariyning «Al-Mufassal», «Muqaddamat ul-adab» kabi asarlari, ahloqiy-didaktik mavzudagi Yusuf Xos Hojibning «Qutadg`u bilig», Ahmad Yassa-viyning «Hikmatlar», Ahmad Yugnakiyning «Hibatul haqo-yiq», Rabg`uziyning «Qisas ul-anbiyo» kabi ko`plab asarlari yuzaga kel-di. Rudakiy, Daqiqiy, Firdavsiy, Nosir Husrav, Haydar Xorazmiy-larning yetuk asarlari yerli xalq vakillarining badiiy tafakkuri benazir ekanligidan nishona edi.


Buxoro, Samarkand, Ko`hna Urganch, O`zgan, Marv va boshqa shaharlarda bunyod etilgan me‘moriy yodgorliklar xalq ustalari va hunarmandlarining me‘morchilik va naqqoshlik san‘atla-rida milliylik va umuminsoniylikni umumlashtira olish iqtidorlari-ning yuksakligidam dalolat edi. Al Kindiy, Forobiy, Ibn Sinolarning musiqa nazariyasiga oid asarlari an‘anaviy milliy va Sharq musi-qasining o`zaro uyg`unlashuvi va boyishida muhim ahamiyat kasb etdi.


Umuman olganda, Sharq Uyg`onish davri madaniyati nafa-qat islom dunyosi xalqlarining yuksak taraqqiyotga ega bo`lgan-ligini ko`rsatadi, balki o`zidan keyin Yevropa Uyg`onish davri madaniy taraqqiyotiga zamin hozirladi.


G`arb uyg`onish davri madaniyati
XV asr oxiri va XVI asr boshlarida G`arbiy Yevropa mamlakatlarida feodalizm yemirilib, kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari shakllana boshladi. Bu davrni odatda Renessans yoki Uyg`onish davri deb ataydilar. Madaniyat tarixida Renessans nomi bilan yuritiladigan bu harakat dastlab Italiyada yuzaga kelib, ko`p o`tmay Yevropaning qolgan mamlakatlariga ham tarqala boshlaydi.

«Ressans'' (Uyg`onish) termini birinchi bo`lib italyan gumanistlari, hususan rassom va san‘atshunos J.Vazari /1511-1574/ muomalaga kiritadi, fanda asa bu atama XVIII asrlardan boshlab ishlatilgan.


Yevropada Uyg`onish harakatining ilk vatani-Italiyadir. XVI asrning ikkinchi choragidanoq Italiyada kapitalistik sanoatning dastlabki shakli manifaktura yuzaga keladi. O`rta yer dengizi sohillarida joylashgan va o`sha davrda ilg`or mamlakat hisoblangan Italiya Sharq bilan G`arb o`rtasidagi savdo aloqalarining rivojla-nishda muhim rol o`ynaydi. Shu sababli Italiya shaharlari tez o`sib, feodal hukmronlari ta‘siridan ham ozod bo`la boshlaydi. Mustaqil-likka erishgan shahar-davlatlarda respublikachilik tartiblari hukm-ron edi. Bu esa jamiyatdagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotning ildamlab ketishiga va gullab yashnashiga turtki bo`ldi.


G`arbiy Yevropada Uyg`onish davri burjua madaniyatining paydo bo`lishi bilan tavsiflandi. Yemirilib borayotgan feodalizm tartiblari o`rniga burjua munosabatlari yuzaga kela boshladi. Biroq Uyg`onish davrida hali burjua jamiyatining ziddiyatlari zaif edi. O`sha zamonning ilg`or kishilari mehnat taqsimoti va kapitalistik tartiblarning halokatli ta‘siriga duchor bo`lmagan edilar. Shuning uchun Uyg`onish davri gumanistlari o`z asarlarida cherkov va feodal tuzumi iskanjasida ezilgan keng mehnatkash ommaning istak-orzularini ham ifoda qiladilar. Mamlakat madaniy hayotida misli ko`rilmagan yangiliklar yuz bera boshlaydi. XIII-XVI asrlar mobaynida Italiya shaharlarida 22 universitet ochiladi: huquqshu-noslik, meditsina fanlari antik davr tarix, adabiyot va san‘atini o`rganishga qayta e’tibor qaratiladi. Bu o`zgarishlar XV-XVI asrlar-da buyuk kashfiyotlarni vujudga kelishiga zamin bo`ldi. Matema-tika, fizika, astronomiya fanlari sohasida erishilgan qator yutuqlar Uyg`onish davrida gumanitar bilimlar bilan bir qatorda tibbiyot fanlarining ham rivojlanganligidan darak beradi.


Bu davr tabiiy fanlarining eng muhim xususiyati san‘at bilan uzviy bog`liqligidadir. O`rta asr diniy-mistik aqidalarini bartaraf etish jarayoni ayni vaqtda fanda, ham san‘atda namoyon bo`lar. Ko`pincha bir shaxs ijodida uyg`unlashib ketardi. Masalan: Leonardo da Vinchi buyuk haykaltarosh, arxitektor va rassomgina bo`lib qolmay, mashhur matematik, mexanik va injener ham edi. A.Dyurer rassom, haykaltarosh, arxitektor, matematik edi. Tabiat-shunoslikda, ayniqsa, astronomiya sohalarida yirik muvaffa-qiyatlarga erishildi. Buyuk geografik kashfiyotlar /X.Kolumb, Vasko de Gama, F. Magellan va boshqalar sayohati/ amalda Yer-ning sharsimonligini isbotladi, quruqlikning katta qismini tasvir-lashga imkon berdi. XVI asr o`rtalarida polyak astronomi N.Koper-nikning geliotsetrik sistemani kashf qilishi, fanda inqilobiy to`n-tarish bo`ldi. Ispan olimi M.Servet organizmda qonning doiraviy aylanishini ochishga yaqinlashdi. Mexanika, matematika, xususan algebrada bir qancha kashfiyotlar qilindi. Buyuk kashfi-yotlar faqat geografiya sohasida emas, balki geologiya, botanika, zoologiya, etnografiya bo`yicha ham yangi ma‘lumotlar berdi.


Yevropa Uyg`onish davri adabiyotga davr g`oyalari, gumanizm dunyoqarashi bilan chambarchas bog`liq edi. XIII asr oxiri va XIV asrning boshida Italiyada A. Dante, F.Petrarka ijodi adabiy til rivojiga katta hissa qo`shdi. Germaniyada va Nider-landiyada Erazm Rotterdamskiy, Frantsiyada M.Monten, F. Rable va boshqalar ijodida erksevarlik, insonparvarlik, g`oyalari publitsis-tik ruhda ifodalandi, sxolastika fosh etildi, yuksak insoniy tuyg`ular tarannum qilindi. J. Bokachcho o`zining «Dekameron» asari bilan Uyg`onish davri madaniyatida o`chmas iz qoldirdi. Hikoyanavis bu asarda ilgari surgan yangicha g`oyalari bilan kishini tabiatan «gunohkor» deb ko`rsatuvchi katolik cherkovi diniy aqidalarini fosh etdi.


So`nggi Uyg`onish davrida ko`pgina Renessans ideallari va normalari Italiyaning o`zida ham, undan tashqarida ham o`zgarish-larga uchradi. Keskin sinfiy kurash, ayrim mamlakatlardagi feodal-katolik reaktsiyasining, boshqasida protestantizmning g`alabasi sharoitida Renessans gumanizmida krizis boshlandi. Gumanistlar-ning insonning erkin rivojlanishi uchun imkon beradigan yangi jamiyat haqidagi optimistik va hayotiy ishonchlari puchga chiqdi. Uyg`onish davri madaniyatida aristokragik tendentsiya kuchaydi. Bu manerizm va shunga o`xshash turli xil oqimlarning paydo bo`lishiga ta‘sir ko`rsatdi. So`nggi uyg`onish gumanizmining yirik vakillari - Shekspir, Servantes, Mikelanjelo ijodida hayot o`z ziddi-yatlari /»tragik gumanizm»/ bilan aks ettirildi, yomonlikka qarshi kurashda fojiaviy motivlar paydo bo`la boshladi.


Uyg`onish davri falsafiy qarashlarida ham juda katta siljishlar yuzaga keldi. Uyg`onish davri falsafiy tafakkurining asosiy yutuqlaridan biri-ilohiyotga buysunishdan ozod bo`lgan naturfilosofiyaning paydo bo`lishidir. Uyg`onish davrida dinga qarshi fanni olg`a surgan bir necha olimlar:N.Kopernik. J.Bruno, N.Kuzanskiy, G.Galileylar o`zi yaratgan nazariyalari bilan sxolastik falsafaga qaqshatkich zarba berdilar, shu bilan birga, ular yaratgan kashfiyotlar materialistik dunyoqarashning umumiy rivojiga tabiiy-ilmiy zamin bo`ldi.


Uyg`onish davri kishilik jamiyati va uning tarixiga, davlat va huquqshunoslikka yangicha qarash bilan ham ajralib turadi Uyg`onish davrida teatr arxitekgura va tasviriy hamda professional musiqa san‘atlari rivojlandi. Masalan, teatr san‘ati Ispaniya, Italiya, Angliyada ayniqsa keng rivoj topdi. Ispaniyada Servantes, Lope de Vega /XVI asrning 2-yarmi XVII asrning boshlarida/ Angliyada Shekspir dramaturgiyasi teatr san‘ati rivojida katta rol o`ynadi. Mu-siqa san‘atida kantata, oratoriya, opera kabi yangi musiqa janrlari takomillashdi. Arxitektura va tasviriy san‘atda N.Pizano, Jotto, Ma-zachcho, Sandro Bottichelli, Leonardo da Vinchi, Rafael, Mike-lanjelolar borliqni real aks ettirib, ibratli va o`lmas asarlar ijod qildilar.


Xulosa qilib shuni aytish kerakki, Uyg`onish davri Yevropa mamlakatlarining madaniy va g`oyaviy hayotida katta progressiv rol o`ynadi. Bu davrda jaxon madaniyatining eng nodir va bebaho asarlari yaratildi. Fan jamiyat ishlab chiqarishi jarayonning muhim omiliga aylanib bordi.


Temur va temuriylar davri madamiyati
Agar o`rta Osiyo madaniy taraqqiyotiga nazar tashlansa, madaniy-tarixiy jarayonda O`rta Sharqda markazlashgan qudratli davlatni barpo etgan Amir Temurning roli beqiyos katta bo`lgan-ligini anglab yetish mumkin. Amir Temur va temuriyzodalar Sharq-ning, ayniqsa, IX-XII asrlar musulmon madaniyati an‘analarini davom ettirdilar.

Amir Temur o`z tasarrufidagi mamlakatlarning mavjud boyliklarini ishga solib, o`z imperiyasini iqtisodiy va madaniy jihatdan yuksalgan qudratli davlatga aylantirdi. Mamlakat ichida birlik va barqarorlikni o`rnatish, tinchlik va osoyishtalikni ta‘min-lash uchun ko`plab chora tadbirlarni amalga oshirdi. Xalqning diniy e‘tiqodini mustahkamlash maqsadida xalq ishonchini qozongn ruhoniylar, tasavvufning yirik vakilpari obro`sini yana baland ko`tardi.


Siyosiy boshqaruvning markazlashgan shaklini kuchaytirish maqsadida Samarqandga eng mu‘tabar kishilarni: siyosatdonlar, falsafiy tafakkur egalari, fikhshunoslar, ilohiyotshunoslar, olimlar, san’atkorlar, me‘morlar va boshqalarni to`pladi. Mamlakatning ichki va tashqi siyosatini yurgizishda eng buyuk kuch hisoblangan xalqqa suyandi, uning hohish irodasini e‘tibordan chetda qoldir-madi. Har bir ishga adolat bilan yondoshdi.


Muntazam ravishda fozil kishilar - olimlar, ulamolarning yig`ilishlarini chaqirib turdi. Bu yig`inlarda mamlakatni, fuqarolarni boshqarish, mamlakat madaniy hayoti uchun muhim ahamiyatga ega bo`lgan bunyodkorlik ishlari va boshqa muammolarni hal qilishga harakat qildi. Turli joylardan yig`ilgan mu‘tabar kishilar bilan maslahatlashib, nafaqat Movarounnaxr, balki Oltin O`rda, Oq O`rda, Xuroson va Eron, Iroq va Turkiya, Hindiston va mag`rib mamlakatlari moddiy va ma‘naviy hayotining eng dolzarb muam-molarini muhokama qilib hal qilishga intildi.


U o`z mamlakatini iqtisodiy va madaniy jihatdan mustah-kamlashda dehqonchilikka alohida e‘tibor beradi. Ko`priklar, rabot-lar, sardobalar, madrasalar shifoxonalar va yo`llarning qurilishiga ko`plab mablag`lar sarflaydi. Savdo-sotiq ishlarining mutadilligi uchun savdo karvonlarining xavfsizligini ta‘minlaydi. Bular haqida Amir Temurning o`zi shunday deb yozadi: «Xarob bo`lib yotgan yerlar egasiz bo`lsa, xolisa (daromab va yer ishlari bilan shug`ul-lanuvchi hay‘at) tarafidan obod qilinsin. Agar egasi bo`lsa-yu (lekin) obod qilishga qurbi yetmasa, unga turli asboblar va kerakli narsalar berilsin, toki o`z yerini obod qilib olsin. Yana amr qildimki, xarob bo`lib yotgan yerlarda korizlar qursinlar, buzilgan ko`prik-larni tuzatsinlar, ariqlar va daryolar ustiga ko`priklar qursinlar, yo`l ustidagi har manzilgohga rabotlar qursinlar.


Amir Temur ilk Uyg`onish davri ilm va san‘atparvar hukm-dorlari ananalarini davom attirib, matematika, geometriya, astrono-miya, tarix, falsafa kabi fanlarning hamda sheriyat, musiqa va memorchilikning rivojlanishiga katta imkoniyatlar yaratib berdi. U o`zining har bir safari chog`ida olimlarni, tarixchilarni, munaj-jimlarni, san‘atkorlarni, hattotlarni o`zi bilan olib yurgan.


Amir Temur ilm ahllarini o`z homiyligiga oladi, ularni yetarli maosh bilan ta‘minlaydi. Samarqand shahriga ilm-fan, adabiyot va san‘at ahllarini yig`adi, uni o`sha davrning iqtisodiy-madaniy jihatdan yuksalgan markaziga aylantiradi. Shu boisdan ham Amir Temur davrida turli fan sohalari tibbiyot, matematika, geografiya, astronomiya, tarix, mantiq falsafa fanlari rivojlanadi. Temur saroyida o`z davrining Mavlono Abdujabbor Xorazmiy, Mavlono Shamsuddin Munshi, Mavlono Abdulla Lison, Mavlono Badriddin Ahmad, Mavlono Nug`moniddin Xorazmiy, Xo`ja Afzal, Mavlono Alouddin Koshiy, Sa‘diddin Taftazoniy, Mir Sayyid Sharif Jurjoniy kabi mashhur olimlar to`plangan edi.


Sa‘diddin Taftazoniy (1322 yilda Ashxobod yaqinida Niso shahrida to`g`ilgan) ilohiyot, mantiq, notiqlik sanati, arab tili grammatikasi, ahlokshunoslik masalalari bo`yicha chuqur bilimga ega bo`lgan. U G`ijduvon, Turkiston, Hirot va Movarounnaxrning ko`pgina shaharlari madrasalarida mudarrislik qilgan. Taftazoniy Amir Temurning taklifiga ko`ra Samarqandga keladi va uning saroyida o`z faoliyatini davom ettiradi. Taftazoniy mantiq ilmiga oid «Mantiq va Kalomning bayoni», notiqlik san‘tiga oid «Qisqa-cha ma‘nolar», «Keng talqin», arab tili grammatikasiga oid «Tolib ilmlarining maqsadlari» kabi ko`plab asarlar yaratadi. Taftazoniy o`zining asarlarida tabiatda uchrab turadigan hodisotlar, ularning ichki aloqalari va sababiy bog`lanishlariga, insonning iroda erkin-ligi, hulq-atvori, xudo va inson taqdiri, bilish nazariyasi, bilishda mantiqiy tafakkurning o`rni va boshqa falsafiy qarashlarni ifodalab beradi.


Sohibqiron saroyida xizmat qilgan mashhur faylasuflardan yana biri Mir Sayyid Sharif Jurjoniydir. Jurjoniy 1339 yili Astrabod yaqinidagi Tag`u qishlog`ida to`g`iladi va 1387 yili Amir Temur-ning taklifiga ko`ra Samarqandga ko`chib keladi. Jurjoniy ham Samarqandning mashhur madrasalarida falsafa, mantiq, fikhshu-noslik, til va adabiyot, munozara ilmi kabi fanlar bo`yicha mudar-rislik qiladi. «Borliq haqida risola», «Dunyoni aks ettiruvchi ko`z-gu», «Mantiq usuli», „Munozara olib borishning qoidalari haqida risola» va boshqa ko`plab asarlar hamda turli faylasuflarning asarlariga yozilgan sharhlar Jurjoniy qalamiga mansubdir. Jurjoniy o`z asarlarida borliq haqida ta‘limot, koinot jumboqlari, modda va uning shakllari, jonsiz va jonli dunyoning xususiyatlari, jismoniy va ruhiy munosabatlar, bilish muammolari. mantiqiy fikrlash, til va tafakkur kabi masalalarni yoritib beradi.


Amir Temur she‘riyat va musiqa san‘atiga ham katta qiziqish bilan qaraydi. Shu bois Amir Temur davrida turk tilida asarlar yozish yanada kuchaygan. Samarqand, Hirot, Balx va bosh-qa shaharlarda turli turk adabiyotining ko`zga ko`ringan namoyon-dalari to`plangan edi.

5----IQTISODIY MADANIYAT VA UNING TURLARI. IQTISODIY MADANIYAT - BILIM GIPERMARKETI
Iqtisodiy madaniyat tushunchasi

Jamiyatning iqtisodiy madaniyati qadriyatlar va motivlar tizimidir iqtisodiy faoliyat, iqtisodiy bilimlarning sifati va darajasi, shaxsning xatti-harakatlari va baholari, shuningdek, an'analar va normalar. iqtisodiy munosabatlar va xulq-atvor.


Iqtisodiy madaniyat mulkchilik shakllariga alohida munosabatni talab qiladi, ishbilarmonlik muhitini yaxshilaydi.


Iqtisodiy madaniyat inson xo`jalik faoliyatini rivojlantirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo`lib, ishlab chiqarish, taqsimlash va iste`mol jarayonida namoyon bo`ladigan ong va amaliy faoliyatning ajralmas birligidir.


Izoh 1

Iqtisodiy madaniyat tarkibidagi eng muhim elementlarni bilim va amaliy ko'nikmalar, iqtisodiy sohadagi inson xatti-harakatlarining xususiyatlarini tartibga soluvchi normalar, uni tashkil etish usullari deb atash mumkin.

Ong insoniyat iqtisodiy madaniyatining asosidir. Iqtisodiy bilimlar - bu moddiy ne'matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste'mol qilish, jamiyatning barqaror rivojlanishiga yordam beruvchi shakl va usullar, uning iqtisodiy jarayonlarning shakllanishiga ta'siri haqidagi insonning iqtisodiy g'oyalari majmuidir.


Iqtisodiy bilim iqtisodiy madaniyatning asosiy tarkibiy qismidir. Ular jamiyat iqtisodiyoti rivojlanishining asosiy qonuniyatlari, atrofimizdagi olamdagi iqtisodiy munosabatlar haqidagi tushunchalarimizni rivojlantirishga, iqtisodiy tafakkur va amaliy ko‘nikmalarimizni rivojlantirishga, iqtisodiy jihatdan barkamol, axloqiy jihatdan asosli xulq-atvorni shakllantirishga imkon beradi.


SHAXSNING IQTISODIY MADANIYATI


Shaxsning iqtisodiy madaniyatida iqtisodiy tafakkur muhim o'rin tutadi, bu esa iqtisodiy hodisa va jarayonlarning mohiyatini bilish, o'zlashtirilgan iqtisodiy tushunchalardan to'g'ri foydalanish, aniq iqtisodiy vaziyatlarni tahlil qilish imkonini beradi.

Ishtirokchilarning ijtimoiy-psixologik sifatlaridan iqtisodiy faoliyat iqtisodiyotdagi xulq-atvor namunalarini tanlash va iqtisodiy muammolarni hal qilish samaradorligi ko'p jihatdan bog'liq. Shaxsning yo'nalishi ijtimoiy ahamiyatga ega qadriyatlar va ijtimoiy munosabatlar bilan tavsiflanadi.


Shaxsning iqtisodiy madaniyatini uning faoliyatdagi ishtiroki natijasini ifodalovchi shaxsiy xususiyatlari va fazilatlari majmuasini hisobga olgan holda ko‘rish mumkin. Iqtisodiyot sohasidagi muayyan shaxsning madaniyat darajasini uning barcha iqtisodiy fazilatlari yig'indisi bilan baholash mumkin.


Darhaqiqat, iqtisodiy madaniyatga har doim ma'lum bir xalqqa xos bo'lgan turmush tarzi, an'analari va mentaliteti ta'sir qiladi. Shuning uchun, model, hatto undan ham ko'proq ideal sifatida iqtisodiyotning biron bir xorijiy modelini olish mumkin emas.


Izoh 2

Rossiya uchun, ehtimol, Evropa ma'naviy madaniyati qadriyatlariga asoslangan va keng qamrovli tizimni o'z ichiga olgan Amerika yoki Yaponiyanikidan ko'ra insonparvarroq bo'lgan Evropa ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish modeli eng yaqin. ijtimoiy himoya aholi.

Biroq, bu modeldan faqat milliy rus madaniyatining rivojlanish tendentsiyalari va xususiyatlarini hisobga olgan holda foydalanish mumkin, aks holda iqtisodiy madaniyat va uning roli haqida gapirish mutlaqo ma'nosizdir.


IQTISODIY MADANIYATNING VAZIFALARI


Iqtisodiy madaniyat bir qancha muhim vazifalarni bajaradi.

Asl bo'lgan adaptiv funktsiya. Aynan shu narsa insonga jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlariga, iqtisodiy xatti-harakatlarning turlari va shakllariga moslashishga, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga moslashishga imkon beradi. muhit, masalan, zarur iqtisodiy foyda ishlab chiqarish, ularni sotish, ijaraga berish, ayirboshlash va hokazolar orqali taqsimlash.


Moslashuvchan funktsiya bilan muvofiqlashtirilgan kognitiv funktsiya. Iqtisodiy madaniyatda mavjud bo'lgan bilimlar, uning g'oyalari, taqiqlari, huquqiy me'yorlari bilan tanishish insonga o'z iqtisodiy xatti-harakatlarining mazmuni va shakllarini tanlashda ishonchli yo'riqnomaga ega bo'lishga imkon beradi.
Tartibga solish funktsiyasi. Iqtisodiy madaniyat insonlar va ijtimoiy guruhlarga u tomonidan ishlab chiqilgan ma'lum standartlar va qoidalarni talab qiladi, bu odamlarning turmush tarziga, ularning munosabati va qadriyat yo'nalishlariga ta'sir qiladi.
Iqtisodiy faoliyat tajribasini avloddan-avlodga o'tkazib, avlodlar va davrlar o'rtasida muloqot qilish imkoniyatini yaratadigan tarjima funktsiyasi.
iqtisodiy madaniyat ijtimoiy-iqtisodiy majmuidir. iqtisodiyotni boshqaradigan normalar va qadriyatlar. xulq-atvor.

Asosiy iqtisodiy xususiyatlar. madaniyat :


1) iqtisodiyot ehtiyojlaridan kelib chiqadigan va unga muhim (ijobiy yoki salbiy) ta'sir ko'rsatadigan qadriyatlar, ehtiyojlar, imtiyozlarni o'z ichiga oladi.


2) iqtisodiy o'zaro ta'sir tartibga solinadigan kanallar. ong va iqtisod. fikrlash.


3) iqtisodiyotni boshqarishga e'tibor qaratish. odamlarning xatti-harakati.


Iqtisodiy tuzilma. ekinlarni ajratib ko'rsatish T:


1. Ijtimoiy iqtisodiy normalari (iqtisoddagi xulq-atvor qoidalari) – iqtisodiy tartibga soluvchi rasmiy va norasmiy qoidalar. faoliyat. Ular ommaviy xulq-atvor modellari va davlat qonunlarini o'rnatish modellari sifatida paydo bo'lishi mumkin.


2. Ijtimoiy iqtisodiy qiymatlar :


1 ur. mikro darajadagi qiymatlar- kundalik hayotda, kundalik hayotda inson uchun qimmatli bo'lgan hamma narsa (uy-joy, kiyim-kechak, oziq-ovqat)


2-daraja tashkiliy darajadagi qadriyatlar Men inson ishlashi uchun kerak bo'lgan hamma narsaman (jamoadagi munosabatlar, boshliqlar bilan)


3-daraja makro darajadagi qiymatlar(mamlakat uchun)


3. Ijtimoiy iqtisodiy bilim - iqtisodiydan iborat ong (nazariy ilmiy bilim) va iqtisodiy. fikrlash (xo'jalik va xo'jalik faoliyati natijasida olingan amaliy bilim).


4. Iqtisodiy mafkuralar - jamiyat iqtisodiy hayotni qanday tashkil etishi kerakligi haqidagi tartibli qarash


iqtisodiyot funktsiyalari. madaniyat


1) Tarjimaviy Me'yorlar va qadriyatlarning avloddan-avlodga o'tishi mavjud.


2) Naslchilik - adekvat bo'lgan qadriyatlar va me'yorlarni tanlash bilan bog'liq zamonaviy sharoitlar


3) innovatsion yangi normalar va qadriyatlarni joriy etish orqali namoyon bo'ladi. 1-yo'l - qarzga olingan, 2-yo'l - o'z ixtirosi.


4) ijtimoiylashish - to'planish va ko'payish jarayoni.


Asosiy bozor iqtisodiyotining xususiyatlari. madaniyatlar:


Yuqori darajadagi ratsionallik


Innovatsiyalarning yuqori darajasi


Yuqori darajadagi qonuniylik


Intizomni bajarish


Siyosiy betaraflik


Bu. iqtisodiy madaniyat ijtimoiydir mexanizm, xarakterli xususiyatlar global ko'rinish va funktsional universallikdir. Ushbu mexanizmning ko'lami individual iqtisodiy sub'ektning normalari, qoidalari va xatti-harakatlari tizimidan (mikro darajada) jamoaviy va hatto ommaviy sub'ektlar (ijtimoiy-professional guruhlar, qatlamlar, sinflar, jamiyatlar) o'rtasidagi o'zaro ta'sir doirasigacha. ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni (makro darajada).


14. TADBIRKORLARNING IQTISODIY XULQ-ATVORI


Iqtisodiy xatti-harakati oqilona tanlash maqsadida iqtisodiy muqobillarni sanab o'tish bilan bog'liq xatti-harakatlar, ya'ni. xarajatlarni maksimal darajada oshiradigan va sof foydani ko'paytiradigan tanlov.

Tadbirkorlik- bu bozor jarayonining boshqa standart agentlari uchun mavjud bo'lmagan qoldiq daromadga yo'naltirilgan iqtisodiy xatti-harakatlarning innovatsion modifikatsiyasi.


Tadbirkorlik xulq-atvorining innovatsion samarasi kamida 3 ta komponentdan iborat:


1. Shaxslarning o'ziga xos shaxsiy fazilatlari va qobiliyatlari;


2. Tadbirkorlik tanlovining ko'p muqobil sohasi bo'lgan ulkan xilma-xil potentsial va real kombinatsiyalar bilan to'yingan bozor muhiti;


3. Tadbirkorlik madaniyati, u muayyan instrumental va yakuniy qadriyatlar, standartlar va xulq-atvor namunalarini o'z ichiga oladi.


Tadbirkorlik xulq-atvorining funktsiyalari:


Nodir iqtisodiy resurslarni doimiy izlash;


Yangi iqtisodiy resurslarni ixtiro qilish;


Nodir resurslarni keyinchalik tadbirkorlik aylanmasiga kiritish maqsadida bozor jarayonining alohida agentlari mulkida to'plash va jamlash;


Maxfiy ma'lumotlarni va boshqa iqtisodiy manfaatlarni raqobatchilarning tajovuzlaridan himoya qilish;


Tadbirkorlik xujayralari va tuzilmalarining barqarorligi va yashashini ta'minlash;


Tadbirkorlik madaniyatini o'tkazish;


Ishlab chiqarish muvaffaqiyati yuqori bo'lgan bozor tarmoqlarini tanlash uchun ma'lumotni tezkor qidirish.


Tadbirkorlik faoliyati tizimida tadbirkorlik xulq-atvorining yuqori professional dasturlari (modellari) shakllanadigan mehnat taqsimoti spektri mavjud: 1) investisiya (venchur investitsiya loyihalarini tashkil etish va amalga oshirish); 2) vositachi (bozor jarayonining turli agentlarining iqtisodiy manfaatlarini birlashtirish); 3) tijorat (turli xil tovarlar, xizmatlar, ma'lumotlar almashinuvi uchun yangi nostandart kanallarni yaratish); 4) va boshqalar.


Tadbirkorning iqtisodiy xulq-atvorining xarakterli xususiyatlarini tadbirkorlik xulq-atvorining eng tipik naqshlari va tendentsiyalarini ifodalovchi ma'lum bir model orqali ifodalash mumkin.


Tadbirkorning iqtisodiy xatti-harakati quyidagilar bilan tavsiflanadi:


Iqtisodiy erkinlikning huquqiy kafolatlari, iqtisodiy faoliyat turi, shakllari va ko'lamini, uni amalga oshirish usullarini erkin tanlashga asoslangan g'ayrat va tashabbus;


Qobiliyat va aql; tadbirkorlik faoliyati insonning ijodiy salohiyatini to'liq ro'yobga chiqarishga imkon beradi, u nostandart qarorlar qabul qilishga qodir, ma'lumotlarning sezilarli etishmasligi bilan vaziyatni to'g'ri baholaydi;


o'zi uchun "jamoa" ni tanlash va unga rahbarlik qilish, hamkasblarining samarali ishini boshqarish va tashkil etish, ularga o'z ishi bilan o'z mustaqilligini ta'minlash imkoniyatini berish; tadbirkor o'z safdoshlarini yuqori samaradorlik va dinamiklik bilan bo'ysundiradi;


Xatarlarni qabul qilish qobiliyati; mustaqil ravishda qaror qabul qilganda, tadbirkor ularning oqibatlari uchun moliyaviy javobgar bo'ladi; barcha yutuqlarida u faqat o'ziga qarzdor; tadbirkorlik faoliyatidagi yuksalishlar va pasayishlar muqarrar;


Etakchilik va raqobatga intilish; tadbirkor odamlarni biznes va muvaffaqiyat nomi bilan boshqara oladi; natijaga erishish uchun u ishda to'liq charchashga tayyor;


Yo'nalishlar va innovatsiyalar; tadbirkor - minimal xarajat bilan tijorat muvaffaqiyatiga erishish uchun doimo mehnatni tashkil etish va tartibga solish uchun yangi texnika va texnologiyani joriy etishga e'tibor qaratadigan innovator.


Bu ijtimoiy qatlam sifatida tadbirkorning tipik xususiyatlari zamonaviy jamiyat, iqtisodiy sotsiologiya fanining eng muhim tarkibiy qismlaridan birini tashkil qiladi. Agar biz ushbu xususiyatlarning barchasini birlashtirsak, u holda biz haqiqatga ko'proq yoki kamroq mos keladigan tadbirkorning ijtimoiy portretini olamiz. Bunday portretda tadbirkorning ijtimoiy portretining quyidagi tipik belgilari mujassamlanishi kerak:


1) kapitalga egalik qilish yoki uni tasarruf etish;


2) tadbirkorlik ruhi;


3) tashabbus


4) javobgarlik;


5) tavakkal qilish qobiliyati va tayyorligi;


6) innovatsiyalarga e'tibor berish;


7) tadbirkorlik ruhi;


8) tadbirkorlik erkinligi;


9) foyda olish uchun cheksiz intilish.


Jamiyatning iqtisodiy madaniyati - Bu iqtisodiy faoliyatning qadriyatlari va motivlari tizimi, iqtisodiy bilim darajasi va sifati, shaxsning baholashlari va harakatlari, shuningdek, iqtisodiy munosabatlar va xatti-harakatlarni tartibga soluvchi an'analar va normalar mazmuni..


Iqtisodiy madaniyat quyidagilarni o'z ichiga oladi:


– har qanday mulk shakliga hurmat va tijorat muvaffaqiyati;


- tenglik kayfiyatini rad etish;


- yaratish va rivojlantirish ijtimoiy muhit tadbirkorlik uchun va boshqalar.


Shaxsning iqtisodiy madaniyati- bu ishlab chiqarish, taqsimlash va iste'mol qilish jarayonida insonning iqtisodiy faoliyatining ijodiy yo'nalishini belgilovchi ong va amaliy faoliyatning organik birligi..


Iqtisodiy madaniyat tarkibida eng muhim elementlarni ajratib ko'rsatish mumkin: bilim va amaliy ko'nikmalar, iqtisodiy yo'nalish, faoliyatni tashkil etish usullari, undagi munosabatlar va odamlarning xatti-harakatlarini tartibga soluvchi normalar.


Shaxs iqtisodiy madaniyatining asosini ong tashkil etadi.


Iqtisodiy bilim – moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol qilish, iqtisodiy hayotning jamiyat taraqqiyotiga ta’siri, jamiyatning barqaror rivojlanishiga xizmat qiluvchi yo’llar va shakllar, usullar haqidagi iqtisodiy g’oyalar majmui. Ular muhim komponent iqtisodiy madaniyat. Iqtisodiy bilimlar atrofdagi dunyoning iqtisodiy o'zaro munosabatlari, jamiyatning iqtisodiy hayotining rivojlanish qonuniyatlari haqidagi tasavvurni shakllantiradi. Ularning negizida iqtisodiy fikrlash va iqtisodiy jihatdan barkamol, axloqiy jihatdan asosli xulq-atvorning amaliy ko'nikmalari, zamonaviy sharoitlarda muhim bo'lgan shaxsning iqtisodiy fazilatlari rivojlanadi.


Shaxs iqtisodiy madaniyatining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi iqtisodiy fikrlash . U iqtisodiy hodisa va jarayonlarning mohiyatini o‘rganish, o‘rganilgan iqtisodiy tushunchalar bilan ishlash, aniq iqtisodiy vaziyatlarni tahlil qilish imkonini beradi.


Iqtisodiyotda xulq-atvor standartlarini tanlash, iqtisodiy muammolarni hal qilish samaradorligi ko'p jihatdan iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining ijtimoiy-psixologik sifatlariga bog'liq. Ular orasida iqtisodiy madaniyatning muhim elementi hisoblanadi iqtisodiy e'tibor shaxsiyat, uning tarkibiy qismlari ehtiyojlar, qiziqishlar va motivlar iqtisodiy sohada inson faoliyati. Shaxsiy yo'nalish o'z ichiga oladi ijtimoiy munosabat Va ijtimoiy ahamiyatga ega qadriyatlar .


Insonning iqtisodiy madaniyatini uning faoliyatdagi ishtirokining ma'lum bir natijasi bo'lgan shaxsiy xususiyatlari va fazilatlari yig'indisi orqali kuzatish mumkin.


Iqtisodiy sifatlar yig'indisidan kelib chiqib, shaxsning iqtisodiy madaniyat darajasini baholash mumkin.


B1 topshiriq namunasi. Diagrammada etishmayotgan so'zni yozing.


Javob: Bilim.




«Madaniyat» tushunchasining kelib chiqishi (lotincha kolo — tuproqni ishlov berish, ishlov berish) qishloq xoʻjaligi mehnatining moddiy ishlab chiqarishi bilan bevosita bogʻliq. Kishilik jamiyati taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida bu tushuncha
Download 216 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish