Yosh va pedagogik psixologiyasi fanining predmeti


Yosh davrlari psixologiyasi faniniga oid bilimlarning vujudga kelish tarixi



Download 1,05 Mb.
bet3/4
Sana29.11.2022
Hajmi1,05 Mb.
#874214
1   2   3   4
Bog'liq
Yosh davr 1 mavzu

Yosh davrlari psixologiyasi faniniga oid bilimlarning vujudga kelish tarixi.
Mazkur psixologiya fanining sohasi alohida predmet sifatida XIX asrning boshlarida vujudga kelgan.
Uning predmeti va qonuniyatlari to’g’risida jahon psixologiyasi olamida turli qarashlar nazariyalar mavjud.
Ularning juda keng tarqalganlari biogenetik (I.Shtern), sotsiogenetik (K.Levin), bixevioristik (E.Torndayk), psixoanalitik (3.Freyd) nazariyalaridir.
O’tgan buyuk ajdodlarimiz ontogenez psixologiyasining muammolarini izchil va atroflicha, muayyan yo’nalishda, ma’lum konsepsiya asosida o’rganmagan bo’lsalar ham, allomalarning asarlarida mazkur holatlarning aks etishi, namoyon bo’lishi, rivojlanishi va o’zgarishlari to’g’risida qimmatli fikrlar bildirilgan.
Bular to’rt xil manbalarda uchraydi.
Ularning biri — xalq ijodiyoti: rivoyatlar, maqollar, matallar va masallar;
ikkinchisi — maxsus ijodkor kishilar (hatto hukmdorlar) muayyan shaxsga bag’ishlab yozgan o’git-nasihat va hikoyatlar;
uchinchisi — qomusiy, O’rta Osiyo mutafakkirlarining ilmiy-nazarny qarashlari; to’rtinchisi — turli davrlarda ijod qilgan shoir va yozuvchilar ijodining mahsullari, ya’ni badiiy asarlardir.
Rossiyada psixologik tadqiqot namunalari Sharq va G’arb madaniyati ta’sirida inson ruhiyati bilan bog’liq qator og’zaki va yozma, amaliy va ilmiy asar­larda paydo bo’la boshladi.
Dastlabki pedagogik-psixologik mazmundagi asarlar XVII—XVIII asrlarda diniy-axloqiy negizda yozilgan edi.
XVIII asrdan boshlab bolalar psixologiyasi bo’yicha muayyan tartibga, yo’nalishga va uslubga ega bo’lgan ilmiy fikrlar vujudga keldi.
Rossiyada ilmiy psixologiyani rivojlantirishda K.D.Ushinskiy, N.F.Kapterev, I.A.Sikorskiy, A.P.Nechayev, A.F.Lazurskiy, P.F.Lesgaft kabi olimlar katta hissa qo’shdilar.
K.D.Ushinskiyning “Inson tarbiya predmeti”, N.F.Kapterevning “Pedagogik psixologiya”, I.A.Sikorskiyning “Bola ruhi”,
A.P. Nechayevning “Hozirgi zamon eksperimental psixologiyasi va uning maktab ta’limiga munosabati”,
A.F.Lazurskiyning “Maktab o’quvchisining tavsifi”,
P.F.Lesgaftning “Oilada bola tarbiyasi va uning ahamiyati”,
K.Elnitskiyning “Qizlar tavsifi” asarlari psixologik ilmiy tadqiqotni jadallashtirishga xizmat qildi.
Rossiyada G.I.Rossolinoning “Yosh psixologiyasi va nevrologiyasi” laboratoriyasi ishga tushdi.
Rus fiziologi I.M.Sechenov psixikaning reflektor xususiyatini kashf qilib, shuningdek, bilish jarayoni, inson his-tuyg’usi, o’zini o’zi (o’zini) anglashining fiziologik mexanizmini tushuntirishi fan olamida keskin o’zgarish yasadi.
I.P.Pavlov kashf etgan qator qonuniyatlar, xossalar, ikkinchi signallar sistemasi eksperimental ishlarni olib borishga puxta zamin hozirladi.
I.M.Sechenov, P.P.Pavlov g’oyalariga asoslangan P.O.Efrusi, N.E.Ribakov, K.N.Kornilov, P.P.Blonskiy, L.S.Vigotskiy va boshqa olimlar ontogenez psixologiyasi bo’yicha qimmatli tadqiqotlarni amalga oshirdilar va yangidan-yangi qonuniyatlarni yaratdilar.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida G’arbiy yevropa mamlakatlari va AQSHda ontogenez psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanlarida ilmiy tadqiqotlarga asoslangan qator asarlar paydo bo’ldi. Amerikalik psixolog U.Djems “O’qituvchilar bilan psixologiya to’g’risida suhbat” (1902) asarida yosh davrining xususiyatlari haqidagi ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo’lgan ma’lumotlarni chuqur tahlil qildi.
Mazkur sohada tubdan farqlanuvchi g’oyalar, nazariyalar yuzaga keldi.
Masalan, amerikalik psixolog S.Xoll (1844—1924) Gekkelning evolyutsiya qonuniyatini psixologiyaga bevosita ko’chiradi.

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish