Uyga vazifa berish
O’quvchilarni baholash
Sana:
Mavzu: XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Fransiyada iqtisodiy va siyosiy hayot
Mashg’ulot maqsadi: maqsad : O’quvchilarda XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Fransiyada iqtisodiy va siyosiy hayot mavzusidan yangi bilimlar berish
Fransiyaning hamon mayda tovar ishlab chiqa- ruvchilar davlati bo‘lib qolayotganligi import hajmining eksportdan ortiq bo‘lisliiga olib kelgan. Bu esa o‘z navbatida ichki bozoming cheklanishiga sabab bo‘lgan. Ikkinchidan, Fransiya tabiiy boyliklari kam davlat edi. Uchinchidan, Prussiya bilan bo‘lgan urush Fransiyaga juda katta moddiy talafot yetkazdi. Urushda Fransiya 13 mlrd. frank zarar ko‘rdi. To‘rtinchidan, ichki siyosiy vaziyatning beqarorligi mamlakat iqtisodiy ahvoliga katta salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Beshinchidan, dehqonlar xarid quvvatining pastligi sanoat ishlab chiqarishi o‘sishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan edi. Oltinchidan, Fransiya chetga ko‘p kapital chiqarib yuborgan edi. Bu sarmoyadorlarga katta foyda keltirardi. Shuning uchun ham sarmoyadorlar (kapitalistlar) o‘z sarmoyalarini (kapitalini) mamlakat ishlab chiqarishiga emas, balki chetga (katta foiz evaziga, albatta) chiqarishni afzal ko‘rgan.Prussiya bilan urush tugagach, hukmron doiralar о rtasida hokimiyat uchun kurash kuchayib ketdi. Ulami shartli ravish- da ikki guruhga bo‘lish mumkin edi. Birinchisi — monarxiya tarafdorlari, ikkincliisi — respublika tarafdorlari edi.
1873-yilda Germaniyaga tovon to‘lab bo‘lindi. Nihoyat, Germaniya o‘z qo‘sliinlarini Fransiyadan olib cliiqib ketdi.
Respublikachilar mamlakat parlamentida (Milliy Majlis) ozchilikni tashkil etganlar. Biroq, Fransiya aholisining katta qismi monarxiyaga qarshi bo‘lganligi ularga madad bo‘lardi.
Milliy Majlisda ko‘pchilikni tashkil etgan monarxiyachilar o‘z nomzodlarini ikki bor prezidentlikka saylagan bo‘lsalar-da, monarxiyani tiklashga urinishi natijasiz tugadi. Keskin ichki siyosiy kurashda oxir-oqibatda respublikachilar g‘alaba qozondi.
1875-yil Uchinchi Respublika Kons- Uchinchi Respublika titutsiyasi qabul qilindi. Ungako‘rprezi-
dentlik lavozimi saqlab qolindi. Ayni paytda ikki palatali (Deputatlar palatasi va Senat) parlament (Milliy Majlis) tashkil etildi. Uning vakolat muddati 4 yil etib belgilandi.Parlament har ikki palatasining qo‘shma yig‘ilishi 7 yil mud- datga mamlakat prezidentini saylar edi. Ijroiya hokimiyat prezi- dentga va hukumatga tegishli edi. Prezident vazirlami tayinlash, respublika nomidan tashqi siyosat yuritish, shuningdek, urush e’lon qilish va sulh tuzish, umumiy afv e’lon qilish kabi va- kolatlarga ega edi.
Hukumat a’zolarini prezident tayinlasa-da, ular parlament ol- dida javobgar edi. ,,Marselyeza“ qo‘shig‘i mamlakat madhiyasi etib belgilandi. Buyuk fransuz inqilobi boshlangan (1789-yil) 14-iyul fransuz xalqining Milliy bayram kuni deb e’lon qilindi.
0‘sha davr uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan qator huquq va erkinliklar e’lon qilindi. Xususan, matbuot va yig‘ilish o‘tka- zish, siyosiy tashviqot bilan shug‘ullanish kabi erkinlik va huquqlar shular jumlasidandir. Lekin, xotin-qizlarga saylov huquqi berilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |