Kontrreformatsiya. Genrix VIII ning qizi Mariya о ‘z hukmronligi davrida (1553-1558) kontrreformatsiya о‘tkazishgaurindi. U o‘zining cherkov boshlig‘i ekanligidan foydalanib, protestantlikni shakkoklik deb e’lon qildi va katolik cherkovini tiklashga kirishdi. Angliya Yelizaveta hukmronligi davrida (1558-1603). Yangi qirolicha ajoyib shaxsiy sifatlarga, kuchli irodaga va qobiliyatga ega edi. Yelizaveta I protestantlikni davlat dini deb e’lon qildi. Qirolichaning o‘zi «Cherkov va dunyoviy ishlaming oliy hukmdori» unvonini oldi. Cherkov ibo- datlari endi xalqning katta qismiga tushunarsiz bo ‘lgan lotin tilida emas, balki ingliz tilida о ‘tkaziladigan bo ‘ldi.Yelizaveta I ning asosiy vazifalaridan biri mamlakat yaxlitligini mustah- kamlash edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |