Uyga vazifa berish
O’quvchilarni baholash
Sana:
Mavzu:Yevropada reformatsiya . Germaniyada dehqonlar urushi
Reformatsiya haqida. Reformatsiya - XVI asrda katolik
. cherkovita’limotiniisloh qilish maqsadida Germaniyada bo‘lib о‘tgan va XVII asrning birinchi yarmida G‘arbiy Yevropaning qator davlatlariga ham yoyilgan ijtimoiy harakatdir. Bu harakat oqibatida katolik cherkovida bo‘linish yuz berdi. Zamon mhiga mos, mutaassiblik va aqidaparastlikdan xoli, isloh qilingan yangi oqim-protestantlik vujudga keldi. Katolik cherkovining mavqei haqida. XVI asr boshlarida ham katolik cherkovi qudratli edi. Rim Papasining qudratini qavmlaming faqat xudoga chuqur va sidqidildan ishonishiginabelgilab qolmagan. Bu qudrat asosida Rim katolik cherkovining behisob boyliklarga egaligi ham yotardi. Zero, hamma - oddiy dehqondan tortib, to qudratli knyazlargacha o‘z daromadining 1/10 qismini cherkovga tortiq qilardi. Ayni paytda cherkovning о ‘zi ham katta yer-mulk egasi edi. Bundan tashqari, indulgensiya savdosi ham cherkovga katta daromad keltirardi Bu savdo orqali cherkov faqat sodir etilgan gunohnigina emas, kelajakda qilinishimumkinbo‘lgan gunohnihamkechirardi.Reformatsiyaning shart-sharoiti. XVI asrda Angliya va Fransiya qirollari mutlaq hokimiyatga ega bo‘lib olgan bo‘lsalar, Germaniyada siyosiy tarqoqlik hukm surardi. Ya’ni, u mayda-mayda davlatlarga (knyazliklarga) bo ‘linib ketgan edi. Shu sababli, Germaniya imperatori amalda real hokimiyatga ega bo‘lmagan. Shuning uchun ham Germaniyada katolik cherkovining ta’siri hamon qudratliligicha qolayotgan edi. Germaniya aholisi, ham o‘z hukmdorlariga, ham cherkovga tinka- madorni qurituvchi soliq to‘lardi. Bundan tashqari, katolik cherkovi Germaniyada katta mol-mulkka ham ega edi. Arxiyepiskop va yepiskoplar esa amalda mustaqil knyazlar sanalardi. Germaniya imperatorini saylab qo‘yadigan 7 nafar eng qudratli knyazning 3 nafari arxiyepiskoplar edi. Rim cherkovi o‘z daromadining katta qismini Germaniyadan olgan. Imperatoming esa Rimga yuboriladigan soliqlar miqdorini kamaytirishga kuchi yetmagan. Qolaversa, katolik cherkovi Germaniya taraqqiyoti to‘sig‘iga aylangan siyosiy tarqoqlik va krepostnoylik munosabatlarining tayanchi ham edi. Yuqorida qayd etib о ‘tilgan omillar Germaniyada umumiy norozilikni keltiiib chiqargan. Umumiy norozilikningyuzagakelishiga shuningdek, katolik marosimlaiini bajaiishning og‘iiiashtirib yuborilganligi ham sabab bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |