Kichkintoyingiz yaxshi eshitadimi, qanday bilish mumkin? • Kichkintoy bir oylik bo`lgan vaqtidayoq, agar siz uning ustida shiqildoqni shaqillatsangiz u quloq soladi va boshini tovush kelayotgan manba tarafga qaratishi mumkin. • eshik qarsillab yopilsa, cho`chib ketadi. Agar u qarsak chalinganida umuman ta'sirlanmasa, bu tashvishlanish uchun birinchi signal bo`lib xizmat qilishi mumkin. • 0 dan 3 oylikkacha kichkintoy muayyan tovushlarni chiqarishni - gugulashni boshlaydi, lekin yaxshi eshitgani uchun 6 oylikkacha buni unchalik qilmaydi, uning bu davrdagi vokalizi o`z-o`zidan yuzaga keladigan xarakaterga ega bo`ladi. • 6 oylikdan 9 oylikkacha u o`z ovozini farqlashni boshlaydi. Agar u yomon eshitsa, uning gugulashi shu bosqichda to`xtaydi. • 9-12 oylikka yetganida juft bo`ginlarni (baba, ona, gaga) talaffuz qiladimi? • Qoshiqni likopchaga urishni yaxshi ko`radimi? • U muayyan so`zlarni tushunadimi? • Unga “yo`q” deganingiz ta'sir qiladimi? (12 oylik). • Siz u bilan birgalikda kitobni varaqlab, nimani ko`rsangiz o`shani nomini aytib berganingizda, uning nomini talaffuz qilayotgan lablaringiz harakatini ko`rmasdan sizga kerakli predmetni ko`rsatishga qobiliyati yetadimi, tekshirib ko`ring? Eshitishning pasayishi har qanday paytda sodir bo`lishi va sezilmasdan o`tishi mumkin. Bunga, masalan, bolaning bir necha marta og`ir otit kasalligi bilan og`rigani sabab bo`lishi mumkin. -
- Sizning kichkintoyingiz yaxshi ko`ra oladimi, buni qanday aniqlash mumkin?
- • Bola hayotining birinchi kunlari, xaftasi va xatto oylarida ko`rish-asab apparati differensiyasining yetishmasligi sababli ko`rish o`tkirligi juda past bo`lishini nazarda tutish zarur. Ular asta-sekin rivojlanadi va o`rtacha 5 yoshga yetganida o`zining mumkin bo`lgan eng yuqori darajasiga erishadi.
- • Masalan. 1 haftalik bolaning ko`rish o`tkirligi 0,002-0,02 ga, 1 oyda - 0,008-0,03 ga, 6 oylikda - 0,1-0,3 ga. 3 yoshda - 0,6-0,9 ga, 5 yoshda - 0,8-1,0 ga teng bo`ladi.
- • Yangi tugilgan bolalarda ko`rishni idrok etishning rivojlanishi kuzatish ta'sirlarida namoyon bo`ladi.
- • Bola ikki haftaligida biror narsaga nigohini qisqa vaqtga jalb qilish paydo bo`ladi.
- • Ikki oylikda ko`z harakatlari o`zaro muvofiqlashadi va kichkintoy uning e'tiborini o`ziga tortgan biron-bir predmetga nigohini qaratib ushlab turadi, u onasidan juda ta'sirlanishni, ayniqsa, o`yinchoqlar yorqin bo`lsa o`yinchoqlarga intilishni boshlaydi, yorug`lik kelayotgan manba tarafga boshini o`giradi.
- . Agar, siz yuqorida sanab o`tilgan bolaning rivojlanishidagi buzilishlar belgilarini sezib qolsangiz, gumonlaringizni tarqatib yuboradigan yoki bolaga munosib yordam vositalarini tanlab olishga yordam beradigan mutaxassislar (oftalmolog, otolaringolog, nevropatolog) ga murojaat qilishingiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |