“Yosh notiqlar” ko‘rik-tanlovining 2-sharti uchun erkin mavzu
Amir Temur – buyuk sarkarda va adolat yalovbardori!
Mashhur davlat arbobi, O‘rta asrlar islohotchisi, sarkarda, adolat uchun tolmas kurashchi, ilm-fan va madaniyat rahnamosi Amir Temur davrida ilm-fan, madaniyat va ta’lim mislsiz darajada yuksaldi.
Siyosiy maydonga qadam qo‘yganida Amir Temur endigina 24 yoshga kirgandi. Mamlakat parokanda, mahalliy siyosiy kuchlar o‘rtasidagi o‘zaro qarama-qarshiliklar avj olgandi. Ustiga ustak, Chingizxon avlodlari Movarounnahrga tez-tez bosqin uyushtirib turardi.
Taxminan bir asr davom etgan bu davrda Movarounnahrning istibdod alamini tortgan oddiy fuqarolaridan to yirik siyosiy arboblariyu din peshvolarigacha juda ham og‘ir kun kechirdilar. Jamiyatga ozodlikka va taraqqiyotga bo‘lgan intilishlarni o‘zida mujassam etgan xaloskor, dohiy zarur edi. Taqdir taqozosi bilan Amir Temur ana shunday xaloskor va yo‘lboshchi sifatida tarix sahnasida paydo bo‘ldi.
1370 yilda Amir Temur Balxda bo‘lib o‘tgan qurultoyda Movarounnahrning ulug‘ amiri deb e’lon qilindi. Tarqoqlikni bartaraf etib, ayrim o‘lkalarni yagona davlatga birlashtirish Amir Temurning asosiy maqsadi edi. U davlatning poytaxti qilib So‘g‘diyonaning qadimiy poytaxti bo‘lgan Afrosiyob xarobalari yonidagi Samarqandni belgiladi va yangi shaharga asos soldi.
Amudaryo bilan Sirdaryo oralig‘i, shuningdek, Farg‘ona va Shosh viloyatlarini birlashtirib o‘ziga bo‘ysundirgandan keyin Amir Temur boshqa mamlakatlarga harbiy yurishlarga kirishdi.
Amir Temur saltanati O‘rta Osiyoda 35 yil (1370-1405) hukm surdi. U Markaziy Osiyo hududlarini yagona markazlashgan davlatga birlashtirdi, Hind va Gangadan to Sirdaryo va Zarafshongacha, Tyan-Shandan to Bosforgacha ulkan imperiya barpo etdi.
Amir Temur harbiy yurishlarining bilvosita oqibatlari ulkan ahamiyatga ega: u Xitoyda Min sulolasi davlat boshiga kelganda mo‘g‘ullarning Xitoyga solayotgan xavfining oldini oldi; Oltin O‘rdani yengib Moskva Rusi uchun ham xuddi shunday yordam ko‘rsatdi. 1402 yilda usmonlilar sultoni Boyazid ustidan Yevropa uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan g‘alabani qozonib, usmonlilarning Konstantinopolni istilo etishlarini yarim asrga surib yubordi. Frantsuz tarixchisi R.Grusse 20-asr boshlarida “Amir Temurning Boyazid ustidan g‘alabasi xristian olamini asrab qoldi”, deb yozgan edi.
Tarix Amir Temurni makedoniyalik Iskandar, Doro 1, Yuliy Sezar kabi yirik sarkardalar bilan bir qatorga qo‘yadi. Amir Temur mingta jang o‘tkazib birontasida ham yengilmagan mashhuri zamon sarkarda sifatida, davlat tuzilishi ishlariga, ilm-fan, ma’rifat, madaniyat taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan siyosiy arbob sifatida tarixga kirdi.
Amir Temur tarafidan tarqoq viloyatlar yagona davlatga birlashtirilib, markaziy hokimiyat tuzilib barqarorlashgandan keyin, mamlakat iqtisodiyoti mustahkamlandi, savdo va hunarmandchilik ishlab chiqarishi rivojlana boshladi, qo‘shni va uzoqdagi mamlakatlar bilan savdo-xo‘jalik aloqalari kengaydi.
Amir Temur hayotlik paytida davlat boshqaruvi haqida “Temur tuzuklari” degan nomda mashhur bo‘lgan maxsus kitob yozilgan edi. Unda bu mashhur davlat arbobi va sarkardaning harbiy san’atga, davlat tuzilishi va mamlakatni boshqarishga oid qarashlari aks etdi.
“Kuch adolatda” shiori butun Amir Temur davlati hududida axloqiy va ma’naviy mezonga aylandi.
XIV-asrning ikkinchi yarmida Movarounnahr Yaqin va O‘rta Sharqning tijorat, iqtisod va madaniyat markaziga aylanib bordi. Chingizxon qo‘shinlari tomonidan tag-tubigacha vayron qilingan Samarqand, Kesh, Buxoro, Termiz, Toshkent, Marv, Hirot kabi va boshqa qadimiy shaharlar obod bo‘la boshladi. Masjidu madrasalar, maqbaralar, karvonsaroylar va hammomlar qurildi.
Ulkan va bepoyon mamlakatning poytaxti rutbasini olgan Samarqand, Amir Temurning niyatiga ko‘ra, kurrayi zamindagi eng chiroyli shaharga aylanishi kerak edi. Samarqand O‘rta Sharq va Markaziy Osiyoning eng yaxshi me’morlari to‘plangan shaharga aylandi. Me’mor va bunyodkor ustalarning bahamjihat sa’y-harakatlari tufayli jahon me’morchiligida yangi yo‘nalish paydo bo‘ldi va u ijodning go‘zal namunalarini in’om etdi
Amir Temur hayotlik paytida bunyod etilgan o‘nlab me’moriy yodgorliklar inson tafakkuri, aqli va salohiyatining benazir tajassumi edi.
Amir Temur XII-asrda yashagan islom ilohiyotchisi, shoir va mutafakkir Xoja Ahmad Yassaviy dahosiga ehtirom ko‘rsatib, uning sharafiga Turkiston shahridagi kichik daxma ustida ulug‘vor maqbara bunyod ettirdi. Maqbara bugungi kunda ham o‘zining salobati, ko‘rki va ajoyib sopol bezaklari bilan kishini hayratlantiradi.
Xoja Ahmad Yassaviy adolatni, insonning axloqiy poklanish va komillikka erishish g‘oyalarini targ‘ib etguvchi so‘fiylikning “yassaviya” tariqati asoschisi edi. Amir Temur Xoja Ahmad Yassaviyni o‘zining piri deb bilar, dinga kishilarni ma’naviy va axloqiy kamolotga yetaklovchi, mamlakat kuch-qudrati va ulug‘vorligini mustahkamlovchi kuch sifatida yondashardi.
XV-asr tarixchisi Sharafiddin Ali Yazdiyning guvohlik berishicha, Amir Temur “obodonchilikka arziydigan bir qarich ham yer bo‘sh qolmasin”, deb qayg‘urardi.
Ulkan va qudratli saltanat barpo etgan Amir Temur yangicha tarixiy vaziyatda mamlakatda ma’naviyatning gullab-yashnashi, yuksalishi va o‘tmish davrlarning oliy an’analari tiklanishi uchun shart-sharoit yaratdi. Amir Temur va Temuriylar sulolasi vakillarining gumanitar sohalarga alohida e’tibori tufayli XIV-XVI asrlarda yuksak ilmiy va ijodiy yutuqlarga erishildi.
Amir Temur va Temuriylarning ayollarga bo‘lgan mehribonlarcha munosabatlarini alohida ta’kidlab o‘tish joiz. Amir Temur o‘zining suyukli rafiqasi Bibixonim sharafiga Samarqandda ulug‘vor jome masjid qurdirdi. Bibixonim nomi bilan ataluvchi bu masjid Amir Temur davrining eng mahobatli binolaridan biri sanaladi. Masjid 1399-1404 yillarda qurilgan va hozirga qadar yaxshi saqlangan. Buyuk bobokalonidan o‘rnak olgan boburiy Shohjahon suyukli rafiqasi Mumtoz Mahal begim uchun 1652 yilda maqbara - dunyo mo‘’jizalaridan biriga aylangan nodir me’moriy yodgorlik qurdirdi.
Amir Temur va Temuriylar davrida adabiyot, amaliy va tasviriy san’at rivojlandi. Ayniqsa, islomga qadar mavjud bo‘lgan devoriy monumental rasm va kitob miniatyurasi san’ati yuksaldi.
Amir Temur tarixda mohir diplomat va davlatlar o‘rtasida yaxshi munosabatlarni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy aloqalarini yo‘lga qo‘yish tarafdori sifatida chuqur iz qoldirdi. U Yevropa va Osiyo o‘rtasida o‘zaro aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirdi. Sohibqiron dunyoning turli mamlakatlari bilan aloqalar o‘rnatdi: bir tarafdan – Xitoy, Hindiston, ikkinchi tarafdan – Frantsiya, Angliya, shuningdek, Usmonlilar imperiyasi, Ispaniya, Italiya, Misr va boshqa davlatlar.
Amir Temur savdo-iqtisodiy munosabatlar orqali xalqlar va mamlakatlar orasida yagona makon yaratishda misli ko‘rilmagan yutuqlarga erishdi. U Ispaniya qiroli Genrix III Frantsiya qiroli Karl IV, Angliya qiroli Genrix saroylariga elchilar yo‘lladi; ayni paytda o‘z saroyida ispan, frantsuz, ingliz, xitoy va boshqa xorijiy mamlakatlarning elchilarini qabul qildi.
Amir Temur umrining ko‘p qismini yurishlarda o‘tkazdi. Sharqqa qilgan yurishi paytida Amir Temur 1405 yil 18 fevral kuni O‘tror shahrida vafot etdi. Uning jasadi Samarqandga olib kelinib, 23 fevral kuni Go‘ri Amirda, nabirasi Muhammad Sulton daxmasida dafn qilindi.
Yevropalik olimlar Amir Temur va uning faoliyati haqida bundan to‘rt yuz yil ilgari gapira boshlagan edi. 1553 yilda Florentsiya (Italiya)da italyan olimi Perondino qalamiga mansub “Skiflik buyuk Tamerlan” kitobi bosilib chiqdi. Bu Yevropada Amir Temur haqidagi ilk ilmiy tadqiqot hisoblanadi.
Yevropa tillarida (ispan, ingliz, frantsuz) e’lon qilingan yozma manbalar ichida birinchi o‘rinda ispan elchisi Rui Gonsales de Klavixoning “Samarqandga Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi (1403-1406)” turadi. Buyuk Rembrandt Boburiylar zamonidagi hind miniatyuralaridan ilhomlanib, Amir Temurni uning vorislari Umarshayx, Zahiriddin Bobur, Humoyun va Akbar davrasida tasvirlaydi.
XVI asrda yashagan mashhur ingliz shoiri va dramaturgi Kristofer Marloning “Buyuk Temur” nomli tragediyasida yosh Temurbek o‘zining tengsiz aqli, salohiyati va shijoati bilan jahon tarixidagi qudratli podsholardan biriga aylangani namoyish etilgan. Tragediya XVI asrgacha sahnadan tushmay, Angliyada teatr mavsumini boshlab bergan.
Bir necha yevropalik bastakorlar operalarda Amir Temur obrazini yaratganlar. XVI asr boshida italyan bastakori Gaspirni “Tamerlan” operasini yaratdi. Mazkur opera Vena teatrida sahna yuzini ko‘rdi. Bastakor Leo uni Neapol teatrida sahnalashtirdi. Antonio Vivaldi, Skolari, Gendel va boshqa bastakorlar ham bu mavzuda musiqa asarlari yaratganlar.
Bugun jahonning ellikdan ortiq mamlakatida temurshunos olimlar ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Temur va Temuriylar davriga bag‘ishlangan ko‘plab kitoblar chop etilmoqda. O‘tgan olti yuz yil mobaynida Yevropa tillarida Amir Temurga bag‘ishlab yozilgan salmoqli asarlarning soni 500 ga yetdi, Sharq tillarida esa 900 dan oshdi.
“Yosh notiqlar” ko‘rik-tanlovining 2-sharti uchun erkin mavzu
Ta’lim tizimida rag‘batlantirishning ahamiyati va foydasi. (Misollar bilan keltiring)
“Yosh notiqlar” ko‘rik-tanlovining 2-sharti uchun erkin mavzu
Ramazon oyi- rahmat va hidoyat oyi!
Ko‘kni qizartirgan so‘nggi shafaqlar.
Ufq ortiga nihon bo‘lgan bu zamon.
Sog‘inch ko‘zlaridan to‘kilgan yoshlar
Bir-la bezalganda gardishi osmon.
Rahmat xazinasin ochqichi bo‘lib,
Ko‘kka ko‘tarildi misoli kamon.
Feruza gumbazli osmon toqiga,
Chiqibdur muborak mohi Ramazon!
Alloh taologa beadad hamdu sanolar bo‘lsinki, o‘n bir oyga cho‘zilgan sog‘inch va ishtiyoqdan so‘ng nihoyat oylarning sultoni, ezgulik va xayr mavsumi, toatu ibodat fasli, saxovatu duo, tarovehu Qur'on oyi bo‘lmish muborak mohi Ramazon o‘zining tarovati, saxovati va barakoti bilan olamga tashrif buyurib, boshimiz uzra rahmat soyaboni bo‘lib turibdi.
Jannatmakon o‘lkamizning mo‘min-musulmonlari oylarning eng ulug‘i va eng fazilatlisi bo‘lmish bu oyni bir olam shodligu quvonch bilan kutib olmoqdalar. Hamma bir-biridan shirin, bir-biridan ezgu orzu umidlar og‘ushida. Kimdir Ramazon ro‘zasini bu yil to‘liq tutib, o‘ttiz kun mobaynida tarovehlarda Qur'on xatmiga some' bo‘lib, ko‘plab savob orttirish niyatida bo‘lsa, kimdir bu sanoqli kunlar mobaynida Qur'oni karimni to‘liq o‘qib tushirish ilinjida. Kimdir, bu bebaho va betakror toat mavsumida o‘zini har tomonlama isloh etib, xatolarini tuzatish, hasad, ginayu kudurat, xusumat kabi ma'naviy illatlardan qalbini musaffo etib, o‘zi uchun pokiza hayot sahifasini ochishni qasd qilgan bo‘lsa, yana kimdir xayrli ishlar uchun boshqa vaqtlardagidan ko‘ra ko‘proq ajru savoblar beriladigan bu qimmatli fursatlarni g‘animat bilib, mehru muruvvat, saxovat va silai rahm kabi olijanob ishlardan imkon qadar ko‘proq zaxira to‘plash maqsadida Ramazonning kelishiga intiq.
Ha, azizlar, Ramazon mana shunday o‘xshashi yo‘q, fazilatda tengi yo‘q muborak oy. U ezgulik sayli, toat mavsumi, yaxshiliklar musobaqasidir. O‘tgan ulug‘larimiz Ramazonga shunday intiq bo‘lishar ediki, hatto oylar davomida “Ey Alloh, bizlarni Ramazonga eson-omon yetkaz!”, deya Yaratganga iltijolar qilardilar. Ramazon kelib, uning har lahzasini ezgu amallar uchun zaxira qilishgach, yana bir necha oylar davomida “Ey Alloh, bizdan Ramazondagi amallarimizni qabul et!”, deya tinmay duoda bo‘lardilar.
Solih salaflarimizning Ramazonga munosabatlari ana shunday edi. U zotlar butunboshli yilga Ramazon orqali nazar solganlar. Ramazonni yilning asosi va mehvari deb bilganlar. Shu bois ham yarim yil davomida Parvardigordan Ramazondagi ibodatlarini qabul qilishni so‘rasalar, qolgan oylarni “Ramazonga yetkaz!” degan iltijo tillaridan tushmagan.
Zero, Alloh taolo O‘zining buyuk irodasi va cheksiz hikmati taqozosi bilan o‘zi yaratgan maxluqotlarini fazl va ustunlikda bir-biridan farqli va tafovut qiladigan qilib yaratgan. Ba'zi makonlarni boshqasidan, ayrim zamonlarni o‘zgasidan ortiq va afzal qilib qo‘ygan. Oyu-kunlar orasidan ba'zilarini tanlab olib, ularni ezgulik mavsumlari, toat va ibodat kunlari, qurbat hosil qilish vaqtlari qilib belgilagan. Bular yil mobaynida hadya tariqasida berilgan rahmat nafhalaridir. Kim ularga e'tibor berib, yaxshiliklaridan bahramand bo‘lib qolsa, o‘sha haqiqiy baxtiyor kishidir.
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) marhamat qilib dedilar: "Butun umringiz davomida yaxshilik talabgori bo‘lib, Alloh azza va jallaning rahmat shabadalariga yo‘liqing! Zero, Allohning rahmati jumlasidan bo‘lgan shabadalari borki, ularni bandalaridan xohlaganiga nasib qiladi" (Tabaroniy, Bayhaqiy, Ibn Abdul-Barr, Abu Nuaym, Ibn Asokir va boshqalar rivoyati).
Ana shunday rahmat nafhalaridan biri Ramazon oyidir. Bu oy boshqa oylarga nisbatan fazilatu ustunlikda bamisoli quyoshning boshqa sayyoralarga nisbatan ustunligi kabidir. Alloh taolo Ramazon oyini boshqa barcha oylardan oliy va mufazzal qildi. Uni ko‘plab buyuk fazilatlar va ulug‘ imtiyozlar bilan xosladi. Imom Tabaroniy Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilingan hadisda Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): «Oylarning eng afzali Ramazon oyidir», deganlar.
Ramazon oyining fazilatlarini sanab tugatib bo‘lmaydi. Islomning bosh manbai, insoniyatning qiyomatgacha hayot dasturi Qur'oni karim shu oyda nozil bo‘lgandir. Ushbu oyda Islom tarixiga zarhal harflar bilan yozilgan juda ko‘p olamshumul voqealar sodir bo‘lgan. Shu bois butun dunyo musulmonlari ushbu tabarruk oyni solih amallar va Alloh roziligi yo‘lidagi ibodatlar oyiga aylantirishadi.
Ramazon Qur'on oyidir. Qur'on bilan ro‘za oyi orasidagi mustahkam aloqa va bog‘liqlikni Ramazonning ilk kuni kirishi bilanoq har bir musulmon kishi o‘z qalbining tub-tubidan his etadi. Va o‘ta kuchli muhabbat va qiziqish bilan Rabbisining Kitobini mutolaa qilishga kirishadi. Uning oyatlari borasida tafakkur yuritadi, Unda keltirilgan qissalaru xabarlardan ibrat oladi. Masjidlar namozxonlar va Qur'on tilovat qiluvchilar bilan to‘lib ketadi. Dunyodagi bor masjidlarda Qur'oni karim xatmi boshlanadi. Va bu holat o‘zining lisoni holi ila butun olamga bu oy Qur'on oyi ekanligini baralla e'lon qiladi.
Alloh taolo dedi: “Ramazon oyi – odamlar uchun hidoyat (manbai) va to‘g‘ri yo‘l hamda ajrim etuvchi hujjatlardan iborat Qur'on nozil qilingan oydir” (Baqara surasi, 185-oyat).
Tafsir kitoblarida kelishicha, Qur'oni karim Ramazon oyining Qadr kechasida Lavhi mahfuzdan dunyo osmoniga tushirilgan. So‘ngra, yigirma uch yil davomida voqea hodisalar rivojiga muvofiq ravishda bo‘lib-bo‘lib Payg‘ambarimizga indirilgan.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu oyda Qur'onni Jabroil alayhissalom nazoratlaridan to‘liq o‘tkazib olar edilar. Bu ulug‘ farishta bilan birgalikda Qur'oni karimni dars qilardilar. Vafot topadigan yillarida esa, Qur'onni bu ulug‘ farishtadan ikki marta o‘tkazib olganlar.
Salafi solihlarimiz ham bu muborak oyda Qur'oni karim uchun alohida e'tibor va vaqt ajratganlar. Faqih olimlar ham bu oyda ilm bilan shug‘ullanishni butunlay yig‘ishtirib yoki kamaytirib, Qur'on mutolaasiga iqbol etganlar. Usmon ibn Affon (roziyallohu anhu) Qur'oni karimni har kuni o‘qib tushirar edilar. Boshqa ba'zilar Qur'oni karim qiroatini uch kunda nihoyasiga yetkazar edilar. Yana birlari bir haftada xatm qilsalar, boshqalar o‘n kunda o‘qib bitirar edilar. Qatoda (rahimahulloh) Qur'onni doimo har yetti kunda xatm qilsalar, Ramazon kelganda har uch kunda o‘qib tushirar, oxirgi o‘n kunlik kirganda esa har kechada xatm qilardilar. Imom Shofeiy (rahimahulloh) Qur'oni karimni Ramazonda oltmish marta xatm qilardilar. Imom Molik (rahmatullohi alayh) Ramazon oyi kirganda hadis ilmi va ulamolar bilan bo‘lgan ilm majlislarini to‘xtatib, Qur'on qiroatiga yuzlanar edilar. Sufyon Savriy esa Ramazon kirib kelganda hamma qo‘shimcha ibodatlarni yig‘ishtirib, o‘zini Qur'on tilovatiga bag‘ishlardi.
Ramazon xayr-saxovat oyidir. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) bu oyda boshqa oylarga qaraganda yanada saxiyroq bo‘lib ketardilar.
Abdulloh ibn Abbos (roziyallohu anhumo) aytadilar: "Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) odamlarning eng saxovatlisi edilar. Ul zotning saxovatlari Ramazon oyida – har kecha Jabroil (alayhissalom) Ul zotga Qur'onni ta'lim berish uchun huzurlariga tashrif buyuradigan paytlarda – ayniqsa cho‘qqisiga chiqardi. Darhaqiqat, Allohning Rasuli (sollallohu alayhi va sallam) odamlarga yaxshilik bilan muruvvat ko‘rsatishda shiddat bilan esayotgan shamoldan-da uchqurroq edilar" (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari).
Shuning uchun ham qadimdan musulmonlar Ramazon kirganda har galgidan saxovatliroq bo‘lishga odatlanganlar. Davlatmand kishilar zakotlarini ham aynan Ramazonda ado etishlari ham shundan. Bu oyning barakasidan har bir uy bahramand bo‘lib, mo‘minlar qalbiga xursandlik va shodlik kirsin uchun odamlar alohida Ramazonga xos xayru ehsonlari bilan bir qatorda zakotlarini ham shu oyda chiqaradilar.
Bu oy tunggi namozlar va nafl ibodatlar oyi hamdir. “Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Ramazon kechalarini ibodat bilan o‘tkazib chiqardilar. Qachon oyning oxirgi o‘n kuni kelsa, oila a'zolarini va namozga kuchi yetadigan katta-yu kichikni uyg‘otardilar. (Imom Muslim rivoyati)
Ramazon oyidagi tunggi namozlar fiqh istilohida “taroveh” deyiladi. Bu namozni o‘qish barcha musulmonlar uchun sunnat hisoblanadi. Musulmonlar g‘ofil qolib, bu namozni o‘tkazib yubormasliklari kerak. Chunki Ramazondagi nafl namozlar uchun beriladigan ulug‘ savoblar boshqa oylarda berilmaydi.
Bu oyda jin-shaytonlarning eng yomonlari zanjirband qilinadi. Abu Hurayra (roziyallohu anhu) aytadi: “Payg‘ambar (sollallohu alayhi va sallam) sahobalariga xushxabar berib, aytardilar: “Sizga muborak Ramazon oyi keldi. Alloh sizga uning ro‘zasini tutishni farz qildi. Bu oyda jannat darvozalari ochilur, jahannam qopqalari yopilur, itoatsiz jin-shaytonlar zanjirband qilinur. Bu oyda bir kecha bo‘lib, u ming oydan yaxshiroqdir. Kim o‘sha kechaning yaxshiligidan mahrum bo‘lsa, ko‘p yaxshilikdan mahrum bo‘libdi” (Ahmad ibn Hanbal, Nasoiy, Bayhaqiy, Ibn Abu Shayba va Ishoq ibn Rohavayhlar rivoyati, isnodi sahih).
Ramazon rahmat oyidir. Ramazonda Alloh taoloning rahmati jo‘sh uradi. Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda: «Ramazon bo‘lganda rahmat eshiklari ochiladi», deyilgan. Ramazonning avvalgi o‘n kunligi nafaqat oyning, balki yilning «rahmat kunlari» hisoblanadi.
Ramazon mag‘firat oyi. Uning o‘rtadagi o‘n kuni nafaqat oyning, balki yilning «mag‘firat kunlari» hisoblanadi. Ramazon fazilati haqida Salmon (roziyallohu anhu) qilgan rivoyatda Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): «U avvali rahmat, o‘rtasi mag‘firat va oxiri do‘zaxdan ozod bo‘lish fursati bo‘lgan oydir», deganlar.
Ramazonning oxirgi kechasi mag‘firat kechasidir. Abu Hurayra (roziyallohu anhu) aytadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) dedilar: «U (Ramazon)ning oxirgi kechasida ro‘zadorlarning gunohlari kechiriladi», dedilar. Ular: «Ey Allohning Rasuli, u Qadr kechasimi?», deb so‘rashdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yo‘q, lekin ishchi ishini ado etganidan so‘ng ajri – haqi to‘la qilib beriladi», dedilar (Imom Ahmad rivoyati).
Ramazon do‘zaxdan ozod bo‘lish oyidir. Ramazon oyida jannat darvozalari ochilib, do‘zax eshiklari yopiladi. Chunki, bu oyda jannatga kirish uchun sabab bo‘lgan xayrli ishlar va solih amallar ko‘proq bajariladi, do‘zaxga kirish uchun sabab bo‘lgan gunoh-ma'siyatlar va yaramas, jirkanch, uyatli ishlar kamroq sodir etiladi. Jannat darvozalari musulmonlarni xayrli ishlarga shoshilishga targ‘ib qilib ham ochiladi. Do‘zax eshiklari esa, gunohlardan qaytgan, istig‘for aytgan, afsus-nadomat chekkan, qayta qilmaslikka niyat qilgan holda tavba qilishga targ‘ib qilib yopiladi. Natijada, bu oyda vafot etgan va ruhi do‘zaxga mahkum qilingan kimsalar, bu oyning sharofati ila shu oyning oxirigacha do‘zaxga kiritilmay turadi. Jannatning barcha darvozalari ochilishi Ramazon oyida yer yuziga Allohning rahmati ko‘p nozil bo‘lishiga ham ishoradir. Uning oxirgi o‘n kunligi «do‘zaxdan ozod bo‘lish» kunlari sanaladi. Shu bilan birga, Ramazonda har kecha son-sanoqsiz kishilar do‘zaxdan ozod qilinadi. Imom Termiziy rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ramazonda har kecha Allohning do‘zaxdan ozod qilinadigan bandalari bor», deganlar.
Ramazon duo oyi. Ramazon oyining har kunida qabul bo‘ladigan bir duo bor. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) marhamat qilib dedilar: “Albatta, Ramazonning har kunida barcha musulmonlar uchun qabul bo‘ladigan bir duo bor” (Imom Ahmad, Bazzor va boshqalar rivoyati).
Agar bu duo ro‘za paytida, ayniqsa, iftordan salgina oldin qilinsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Yana Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) aytadilar: “Uch kishining duosi qaytarilmaydi: adolatli imom, ro‘zador to iftor qilgunicha va mazlumning duosi” (Ibn Moja, Termiziy, Ahmad ibn Hanbal, Bayhaqiy, Ibn Hibbon, Tayolisiy, Ibn Xuzayma va Ishoq ibn Rohavayhlar rivoyati).
Bu zikr qilinganlar Ramazon oyining barcha fazilatlarini to‘la qamrab ololmaydi, balki, mazkur fazilatlar oldida daryodan ayrim tomchilar xolos. Yo‘qsa, uning fazilatu xususiyatlarini sanab adog‘iga yetkazish mushkuldir. Alloh taolodan yolborib so‘raymizki, bu muborak oyni, rahmat va mag‘firat oyini, do‘zaxdan najot beriladigan, duolar ijobat qilinadigan Ramazon oyini barchamizga xayrli va barakotli qilsin! Uni taqvo ne'matiga erishishimiz uchun vasila qilsin! Omin!
Muborak Ramazon oyi kelishi bilan har bir musulmonning qalbi shodlik bilan siqilgan oydir. Bizdan tez-tez hayratda so'rashadi: “Nega bunchalik baxtlisiz? Bir oy davomida eb-ichishdan, odatdagi turmush tarzidan voz kechishingiz mumkinmi? ” Buni ham tasavvur qiling! Lekin bizni juda quvontiradigan eng muhim narsa, Allohning roziligi va rahmatiga erishish imkoniyati, shuningdek, ro'zadorlarga tushadigan ko'ngil xotirjamligi, baxt va muhabbatdir, chunki bu maxsus davrda Qodir Alloh eng katta mag'firat va inoyatni beradi.
Ramazonning Islomda alohida o‘rni bor. Aynan shu oyda Alloh taolo Qur’oni Karimni “Lavhul-Mahfuz”dan butunlay eng yaqin osmonga Baytul-Izzo degan joyga tushirdi va u yerdan Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga nozil qilindi. sollallohu alayhi vasallam) 23 yil.
Alloh taolo aytadi: “Ramazon oyida odamlar uchun toʻgʻri hidoyat, toʻgʻri yoʻlboshchilik va aql-idrokning ochiq dalili boʻlgan Qurʼon nozil boʻldi. Sizlardan kim bu oyda topilsa, ro‘za tutsin. Kim kasal bo'lsa yoki yo'lda bo'lsa, boshqa vaqtda ham shuncha kun ro'za tutsin. Alloh taolo sizga yengillik tilaydi va sizga qiyinchilikni xohlamaydi. U sizdan ma'lum kunlarni to'ldirishingizni va sizni to'g'ri yo'lga hidoyat qilgani uchun Allohni ulug'lashingizni xohlaydi. Shoyadki shukr qilarsizlar” (Baqara surasi, 185-oyat).
Qur'on Ramazon oyining kechalaridan biri - Qur'oni karimning shu nomli surasida zikr qilingan Qadr kechasida nozil bo'lgan. Qadr kechasida ibodat boshqa vaqtlarda ming oy solih amallarni qilishning savobidan oshib ketadi.
Ramazon - Qur'ondan tashqari boshqa muqaddas kitoblar Injil (Injil), Tavrot (Tavrot) va Zabur (Zabur) ham nozil qilingan oydir.
Ramazon oyida tutilgan ro‘za boshqa ibodatlar qatorida Alloh taoloni alohida ko‘rsatdi. Axir, unda ikkiyuzlamachilik yo'q: odamlardan yashirin niyat bilan hurmat qilinadi.
Muborak Ramazon nafaqat ro'za, balki ruhiy poklanish, o'tgan hayotni baholash va qayta ko'rib chiqish vaqtidir. Bu vaqtda insonda taqvo va xudojo'y amallarni bajarish istagi yangi kuch bilan uyg'onadi, buning uchun u Yaratganga minnatdor bo'ladi.
Agar biror kishi bu oyni yaxshi sog'lom deb topsa, u yana bir bor taqiqlangan narsalardan uzoqlashish, Rabbiyning amrlarini bajarishga va'da berib, hayotning haqiqiy qadriyatlarini aniqlash imkoniyatiga ega bo'ladi. Shu kunlarda gunohlarimiz qanchalik katta bo'lmasin, jasorat bilan Unga tavba qilishimiz kerak.
Ramazon - ro'za, rahmat va mag'firat oyi. Shunday ekan, keling, bizni so'z yoki ish bilan xafa qilgan har bir kishini kechiraylik.
Ma’lumki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ramazon kechalarini Qur’oni Karimni o‘qib, uning botiniy ma’nosiga chuqurroq kirib o‘tkazar edilar. Shuning uchun musulmonlar bu oyda kamida bir necha soatni Muqaddas Kitob o'qishga bag'ishlashga harakat qilishlari kerak.
Ramazon - saxovat va muruvvat vaqti. Shuning uchun musulmonlar o'z harakatlarida o'zlarining eng samimiy namoyon bo'lishiga intilishlari kerak. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam eng saxovatli odam edilar. Ramazonda esa eng saxovatli edi.
Biror kishi tutgan ro‘zasidan Alloh rozi bo‘lishini istasa, o‘zi uchun ulug‘ ajr olishni istasa, Alloh taolo tutgan ro‘zasini qabul qilishiga harakat qilsa (axir, uning to‘g‘ri bo‘lishi Alloh taolo albatta ro‘za tutishini anglatmaydi. uni qabul qiling), keyin ro'za vaqtida nafaqat ichini, balki tilini ham fahsh narsalardan saqlashi kerak. Qo‘l-oyog‘ini, butun vujudini harom va harom amallardan asrashi lozim.
Ammo keling, nafaqat o'zimiz va oilamiz, balki butun imonli birodarlar va opa-singillarimiz, shuningdek, sayyoramizdagi barcha odamlar haqida qayg'uraylik.
Bugungi dunyoda urushlar, ocharchilik, davolab bo‘lmaydigan kasallik, fuqarolar nizolari, genotsid va inson huquqlari buzilishi qurbonlari bo‘layotganlar soni ortib bormoqda. Bugun Suriya, Iroq, Afg'oniston, Falastin, Myanmada nimalar bo'layotganini eslaylik ... E’tiqodi uchun quvg‘inga uchragan, zulm ostida qolgan, uy-joyini tashlab ketganlar uchun qalbimiz qayg‘uradi.
Bugun biz terror xurujlari qurbonlari uchun ibodat qilamiz va er yuzidagi bu dahshatli tahdidni yo'q qilish istagimiz haqida gapiramiz. Biz gapiradigan so'zlarning hech biri bilvosita nafratga chaqirmasligi kerak. Farzandlarimizni boshqalarga nisbatan bag‘rikeng va hamdard bo‘lishni o‘rgatishimiz kerak. Farovon hayot kechirayotganlar bir zum bo‘lsa ham oddiy yashash sharoitidan bebahra, ochlikdan azob chekayotgan aka-ukalarimizni unutmasligi kerak.
Xolis mo'min uchun har oyda o'z ibodatini yaxshilash imkoniyati mavjud. Musulmonning butun umri Alloh taologa itoat bilan o‘tadi. Ammo Ramazon oyida yaxshilik qilish uchun sabablar yanada ko'p bo'ladi, ro'zadorning qalbi yanada ko'proq xizmatga qaratilgan bo'lib, u Xudo bilan muloqotga to'lib, Yaratganga yuzlanadi.
Postga uyushqoqlik bilan yondashish kerak. Bu oy uchun maxsus jadval tuzing va unga amal qiling. Unda Rabbiyning inoyati bilan baraka bor. Shu o‘rinda olimlarning tadqiqotlari asosida bir qancha maslahatlar bermoqchiman.
1. Yetarlicha uxlang
Taroveh namozidan so'ng darhol uxlashga yoting, shunda sahurga chiqishda qiynalmasin. Zero, bomdod namozidan oldin ovqatlanish Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlaridir. Shuningdek, tushlik namozidan keyin uxlash uchun vaqt topishga harakat qilishingiz kerak. Ko'zlaringizni bir necha daqiqaga yuming va tushlik tanaffusida 15-20 daqiqa dam oling.
2. Kundalik tartib
Kun davomida qilishingiz kerak bo'lgan ishlar ro'yxatini tuzing. Uni vaqti-vaqti bilan ko'rib chiqing va rejalashtirilgan tadbirlaringiz, uchrashuvlaringiz yoki darslaringiz haqida xotirangizni yangilang. Muhimroq bo'lgan vazifalarni ro'yxatning yuqori qismiga qo'ying va birinchi navbatda ularni bajaring.
3. Quvvatni taqsimlash
Eng zo'r post - bu odamni tinchlantiradigan, kamroq jahldor va kamroq tajovuzkor qiladigan post. Ertalabdan kechki namozgacha bo'lgan davrda sizning ro'za tutadigan tanangiz nimaga qodir bo'lsa, energiyamizni oqilona taqsimlashni o'rganishimiz kerak.
4. Dam olish sifatida namoz
Ibodat tanamizga, ruhimizga va ongimizga dam beradi. Iloji bo'lsa, guruh namozlaridan foydalaning. Ko'pchiligimiz Ramazon oyida hech bo'lmaganda bir marta Qur'onni to'liq o'qishga intilamiz, uni kichik qismlarda, lekin tez-tez o'qishga harakat qiling. Masalan, namozdan oldin va keyin.
5. To'g'ri ovqatlaning
Alloh taolo ro‘zadorga shom va bomdod namozlari orasida yeb-ichishni buyurdi. Lekin bir o'tirishda katta qismlarda emas. Kamroq ovqatlanish yaxshidir, lekin tez-tez. Bu eng yaxshi parhez ekanligi tibbiyot tomonidan tasdiqlangan. Oshqozonni bir vaqtning o'zida va sahurgacha to'ldirishdan ko'ra, har 3-4 soatda kichik qismlarda ovqatlanish kerak. Bu ichimlik uchun ham amal qiladi, chunki organizm kuniga kamida 2 litr suyuqlik talab qiladi, ayniqsa yozda.
6. Televizor emas, balki Ibodat
Afsuski, zamonaviy musulmonlarning ko‘pchiligida foydaliroq ishlar bilan shug‘ullanish o‘rniga uzoq vaqt uyqudan turish yoki televizor ko‘rish uchun kech qolib ketish odati bor. Ramazon Qur'on oyidir. Bu televidenie tok-shoulari, teleseriallar va Gollivud filmlari emas, balki kuchli topinish va imonni mustahkamlash davri.
7. Maqsad qo'ying
Ramazon oyining boshida qo'shimcha maqsadlar qo'yishga harakat qiling va ularni butun oy uchun rejalashtiring, shunda uning oxiriga kelib siz xohlagan narsangizga erishasiz. Masalan, masjid uchun mablag‘ yig‘ish, yetimlarga yordam berish, iftorlik qilish va hokazolarni o‘z zimmangizga oling. Bunga do‘stlaringiz, qarindoshlaringiz va yaqinlaringizni ham jalb qilishingiz mumkin.
Ramazon oyida ro'za tutishning ko'p qirrali foydalari bor: ma'naviy, jismoniy, ijtimoiy va tibbiy. Yiliga bir marta beriladigan bu imkoniyatni qo'ldan boy bermaylik.
Biz bila turib, kechayu kunduz xato qilamiz. Ammo Qodir Tangrining marhamati cheksizdir va siz faqat Rabbiy tomon qadam tashlashingiz va kamchiliklaringizni tuzatishingiz kerak. Shunday qilib, keling, bugun qilaylik. Axir umr qisqa va biz keyingi Ramazonni bugungidek sog'-salomat va kuch-quvvat bilan kutib olishimizga kafolat yo'q...
Do'stlaringiz bilan baham: |