Olovsiz tutun tajribasi:
Og`zining diametri bir xilda bo`lgan 2 ta konussim kolba olib biriga amiak, ikkinchisiga vodorod xlorid solinadi. So`ngra kolbalarning og`zi bir biri bilan tutshtirilib bir kolbadagi gaz ikkinchisiga o`tkaziladi bunda hosil bo`lgan oq tutun ammoniy xloridni kuzatish mumkin.
Yonmaydigan ro`molcha:
Kimyoviy stakanda silikat yelimini 1/10 nisbatda suv bilan aralashtiriladi unga ro`molchani botirib ho`llanadi ortiqcha suyuqlik siqib tashlanadi so`ngra ro`molchani bir uchidan pinset bilan ushlab stakandagi etil spirtiga botirib alangaga tutuladi. Bunda spirt tez yonib ro’molcha esa yonmay qoladi.
Buning sababi spirtning yonish issiqligi past bo’lganligi uchun hosil bo’lgan issiqlik ro’molchani quritishgagina yetadi xolos.
Do'stlaringiz bilan baham: |