Yangi mavzu bayoni
Mehnat huquqi asoslari
Ko‘plab ming yilliklar davomida insoniyat moddiy va ma’naviy boyliklar yaratar ekan, o‘z faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish yoiini bosib o‘tdi. Mehnat tufayli insonda o‘zining niyat va xohishlarini amalga oshirish, jamiyatda o‘z o‘mini topish, shaxs sifatida o‘z mavqeini aniqlab olish imkoniyati paydo bo‘ldi. Mehnat qilar ekan, insonda o‘z-o‘zini intizomlash, uyushqoqlik, boshqa odamlar bilan hamkorlik qilish qobiliyati kabi foydali sifatlar hosil boiadi.
1-topshiriq. Quyidagi fikrlarga qo‘shilasizmi? Javobni isbotlar ekansiz, sinfdoshlaringizni haqligingizga ishontirishga harakat qilib ko‘ring.
Faqat sabotli mehnat bilan hammasiga erishib bo‘ladi.
Qoraqalpoq maqoli
Mehnat huquqi huquqning eng muhim sohalaridan biri hisoblanadi. U xodimlar va ish beruvchilaming mehnatga oid munosabatlarini tartibga solishda asosiy rol o‘ynaydi.
Mehnat huquqi — mehnat faoliyati jarayonida vujudga keladigan odamlar orasidagi munosabatlami tartibga soladigan huquq sohasidir.
Mehnatya oid munosabatlar — kishilar orasidagi munosabatlar bo‘lib, mehnat faoliyati jarayonida yuzaga keladi va belgilangan mehnat tartibiga bo‘ysunishga asoslanadi.
MEHNAT HUQUQINING ASOSIY TAMOYILLARI
Huquqning boshqa sohalarida boiganidek mehnat huquqida ham ish beruvchilar va xodimlar amal qilishi majburiy bo‘lgan mehnatga oid munosabatlamiug asosiy tamoyillari belgilangan:
Mehnat erkinligi tamoyili: majburiy mehnatni taqiqlash, u har bir shaxs o‘zining mehnatga layoqatidan foydalanish huquqiga egaligini, ya’ni I'uqarolarning mehnat qilish burchi qonunda nazarda tutilmasligini anglatadi.
Mehnat qilish huquqini ta’minlash, ishsizlikdan muhofaza qilish tamoyili: davlat idoralari uni olishga xohish bildirgan hammaga maqbul ishni taqdim etish uchun barcha choralarni ko‘rishga majbur. Ish qidirish vaqtida ishsizlik bo‘yicha nafaqa to‘lanadi.
Mehnatda va bandlikda tenghuquqlilikni ta’minlash tamoyili: mehnatda diskriminatsiya qilishga, ayollar va erkaklarga haq to‘lashda, irqiy alomatlarga ko‘ra, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga qaraganda mamlakatning ishlayotgan fuqarolariga ko‘proq huquqlar berish va hokazoni taqiqlash.
Dam olish, mehnatni muhofaza qilish huquqini ta’minlash tamoyili: mehnat qonun hujjatlarida fuqarolarning dam olish huquqi ko‘zda tutilgan, unga muvofiq ularga ish joyi va o‘rtacha ish haqi saqlangan holda yillik ta’tillar beriladi.
Mehnat huquqlari va erkinliklarini muhofaza qilish huquqini ta’minlash tamoyili va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |