Yosh huquqshunoslar


Мулк ҳуқуқи. Ашёвий ҳуқуқлар / Улушли мулк; 2



Download 413,6 Kb.
bet45/90
Sana21.04.2022
Hajmi413,6 Kb.
#570255
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   90
Bog'liq
huquq fanidan to‘garak (1)

1.Мулк ҳуқуқи. Ашёвий ҳуқуқлар / Улушли мулк;
2.Мулк ҳуқуқи. Ашёвий ҳуқуқлар / Биргаликдаги мулк]
Mol-mulk mulkdorlardan har birining mulk huquqidagi ulushi aniqlab qo’yilgan (ulushli mulk) yoki bunday ulushlar aniqlab qo’yilmagan (birgalikdagi mulk) holda umumiy mulk bo’lishi mumkin.
Umumiy mulk bo’lgan mol-mulk ulushlarga bo’linadi, qonunda bu mol-mulkning birgalikdagi mulkni tashkil etishi nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Umumiy birgalikdagi mulk o’z vazifasini o’zgartirmagan holda taqsimlanishi mumkin bo’lmagan (bo’linmaydigan ashyolar) yoki qonunga ko’ra taqsimlanishi mumkin bo’lmagan mol-mulk ikki yoki undan ortiq shaxs mulkiga o’tgan paytda vujudga keladi.
Taqsimlanadigan mol-mulkning umumiy birgalikdagi mulkligi qonun hujjatlarida yoki shartnomada nazarda tutilgan hollarda vujudga keladi.
Birgalikdagi mulk ishtirokchilarining kelishuviga muvofiq, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa — sudning qaroriga muvofiq umumiy mol-mulk bu shaxslarning ulushli mulki qilib belgilab qo’yilishi mumkin.
260-modda. Neustoyka tushunchasi
[СПиТ:
1.Мажбуриятлар бажарилишини таъминлаш турлари / Неустойка]
Qonun hujjatlari yoki shartnoma bilan belgilangan, qarzdor majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdipda kreditorga to’lashi shart bo’lgan pul summasi neustoyka hisoblanadi.
Neustoyka to’lash haqidagi talab bo’yicha kreditor o’ziga etkazilgan zararni isbotlashga majbur emas.
Neustoyka bilan faqat haqiqiy talab ta’minlanadi.
Agar qarzdor majburiyat bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun javobgar bo’lmasa, kreditor neustoyka to’lashni talab qilishga haqli emas.
353-modda. Shartnoma tushunchasi
[СПиТ:
1.Мажбурият ҳуқуқи. Битимлар / Шартнома]
Ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, o’zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi shartnoma deyiladi.
Shartnomalarga ushbu Kodeksning nazarda tutilgan ikki va ko’p taraflama bitimlar to’g’risidagi qoidalar qo’llaniladi.
Shartnomadan kelib chiqqan majburiyatlarga, agar ushbu bobning qoidalarida va ushbu Kodeksda shartnomalarning ayrim turlari to’g’risida bayon etilgan qoidalarda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, majburiyatlar to’g’risidagi umumiy qoidalar (ushbu Kodeksning) qo’llaniladi.
Ikkitadan ortiq taraflar tuzadigan shartnomalarga, bunday shartnomalarning ko’ptaraflamalik xususiyatiga zid bo’lmasa, shartnoma to’g’risidagi umumiy qoidalar qo’llaniladi.
367-modda. Oferta
[СПиТ:
1.Мажбурият ҳуқуқи. Битимлар / Оферта]
Bir yoki bir necha muayyan shaxsga yuborilgan, etarli darajada aniq bo’lgan va taklifni kiritgan shaxsning o’zini taklif yo’llangan va uni qabul qiladigan shaxs bilan shartnoma tuzgan deb hisoblash niyatini ifoda etadigan taklif oferta hisoblanadi.
Ofertada shartnomaning muhim shartlari ifoda qilingan bo’lishi kerak.
Oferta uni yo’llagan shaxsni oferta yo’llangan shaxs bilan u ofertani olgan paytdan boshlab bog’laydi.
Agar ofertani chaqirib olish to’g’risidagi bildirish ofertaning o’zidan oldin yoki u bilan bir vaqtda kelgan bo’lsa, oferta olinmagan hisoblanadi.
370-modda. Aktsept
[СПиТ:
1.Мажбурият ҳуқуқи. Битимлар / Акцепт]
Oferta yuborilgan shaxsning uni qabul qilganligi haqidagi javobi aktsept hisoblanadi.
Aktsept to’liq va pisandasiz bo’lishi kerak.
Agar qonundan, ish muomalasi odatidan yoki taraflarning ish bo’yicha avvalgi munosabatlaridan boshqacha ma’no kelib chiqmasa, sukut saqlash aktsept bo’lmaydi.
Ofertani aktseptlash uchun belgilangan muddatda olgan shaxsning unda ko’rsatilgan shartnoma shartlarini bajarish yuzasidan qilgan harakatlari (tovarlarni jo’natish, xizmatlar ko’rsatish, ishlar bajarish, tegishli summani to’lash va h. k.), agar qonun hujjatlarida yoki ofertada boshqacha tartib nazarda tutilmagan yoki ko’rsatilmagan bo’lsa, aktsept hisoblanadi.

Download 413,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish