Yosh gimnastikachilarni o'quv trenirovfka jarayonida pedagogik visitalarning o'rni va ahamiyati mundarija



Download 106 Kb.
bet1/9
Sana11.07.2022
Hajmi106 Kb.
#774777
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1dasd


YOSH GIMNASTIKACHILARNI O'QUV TRENIROVFKA JARAYONIDA PEDAGOGIK VISITALARNING O'RNI VA AHAMIYATI
MUNDARIJA:
1.1. YOsh gimnastikachilar jismoniy sifatlarini rivojlantirish masalalari.
KIRISH
Sport gimnastika si rivojlanishining zamonaviy darajasi jismoniy sifatlarni
rivojlantirishga, xilma xil va murakkab mashqlar texnikasini o‘zlashtirishga va psixologik barqarorlikni tarbiyalashga yo‘naltirilgan uzoq muddatli va sabotli ishlashni talab qiladi. Bolalik davridan toki balog‘at yoshiga yetguniga qadar tirishqoqlik bilan tizimli shug‘ullanadigan gimnastika chilargina yuqori natijalarga erishadi.
Harakatlar maktabi, to‘g‘ri qaddi-qomat, ijroning yengilligi, nafisligi va go‘zalligini tavsiflovchi mashqlarni bajarishning gimnastika stili bolalik davrida eng oson shakllantiriladi.
Bolalik, o‘smirlik va yoshlik davrlaridagi muntazam o‘quv-trenirovka mashg‘ulotlarining muvaffaqiyatli bo‘lishi ilmiy asoslangan tizimning mavjudligiga bog‘liq.
Afsuski, sport yo‘nalishidagi gimnastika mashqlarga 8-9 yashar bolalarni o‘rgatish masalalari bilan shug‘ullanish nisbatan yaqin vaqtlarda boshlandi. Ilgari, katta yoshdagi gimnastika chilar uchun qo‘llaniladigan o‘rgatish va trenirovka qilish uslubiyatidan foydalanilgan.
Oxirgi yillarda yosh gimnastika chilarni o‘rgatish va trenirovka qildirish masalalari bilan turli maxsus ta’lim va ilmiy muassasalar hamda alohida o‘qituvchilar va trenerlar shug‘ullana boshlashdi. Lekin, alohida urinishlar yosh gimnastika chilarni tayyorlashning ilmiy asoslangan tizimiga o‘z o‘rnini bo‘shatib berishi kerak.
Yosh gimnastika chilarni tayyorlash tizimi, xuddi barcha pedagogik tizimlar kabi, har bir bosqich uchun konkret bo‘lgan aniq belgilangan maqsad va vazifalarga ega bo‘lishi kerak. Bunda, o‘quvchini o‘quv materialini o‘zlashtirishining va unga tayyorligining dastlabki darajasini doimo bilish zarur. Tayyorlash tizimi yo‘nalishni belgilaydigan o‘qitishning yagona dasturiga ega bo‘lishi kerak va u nimaga o‘rgatish kerak va o‘qitishning maqsadi nima, degan savollarga javob berishi lozim.
Yosh gimnastika chilar, o‘qitishning barcha bosqichlarida amalga oshiriladigan har tomonlama jismoniy, maxsus harakat va texnik tayyorgarlik asosida sport mahoratiga ega bo‘lishlari mumkin. Yosh gimnastika chilarning jismoniy, maxsus harakat va funksional imkoniyatlarini shunday ketma-ketlikda rivojlantirishni ta’minlash muximki, unda, sportda erishiladigan eng yuqori darajadagi yutuqlar, ularning voyaga yetgan davriga to‘g‘ri kelsin. Yosh gimnastika chilarga mukammal texnikani o‘zlashtirish, gimnastika mashqlarni yuqori mahorat bilan bajarish va mashqlarni bajarish jarayonida harakat, intellektual va psixik faoliyatni boshqarish malakalariga ega bo‘lish imkonini beradigan harakat funksiyalarini yuqori darajada rivojlantirish zarur.
Ushbu dasturni amalga oshirish, o‘quv jarayonini qaytar aloqa yo‘li bilan operativ boshqarishni, uning yordamida harakat ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonini borishi to‘g‘risida ma’lumotlar olish hamda unga, zaruriy aniqliklarni kiritishni ta’minlaydigan o‘qitishning zamonaviy uslubiyatlaridan foydalanishni talab qiladi.
Yosh gimnastika chilarni tayyorlashni bolalar va o‘smirlarning yoshga oid xususiyatlarini hamda harakat faoliyatining har xil rejimlarini, ularning ishchanlik qobiliyatlariga ta’sirini bilmasdan turib amalga oshirib bo‘lmaydi.
Mazkur o‘quv qo‘llanmada yosh gimnastika chilarni tayyorlashning asosiy elementlari ochib berilgan va asoslangan, ular bolalar va o‘smirlar sport maktablarining barcha trenerlari, ixtisoslashtirilgan kollejlar va umumta’lim maktablari o‘qituvchilari uchun foydalidir.
Tabiiyki, taklif qilinayotgan tizim quyidagi elementlarni:
a) o‘qitishning pog‘onalari, bosqichlari, sinflari yoki yillari bo‘yicha aniq
shakllantirilgan maqsad va vazifalarni;
b) o‘qishni tashkil qilish strukutrasini;
v) o‘quv rejalari va dasturlarini;
g) zamonaviy talablar va yoshga oid xususiyatlarni hisobga olgan o‘quv
dasturlarini amalga oshirish usullarini o‘z ichiga olishi kerak.

Download 106 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish