Tanlash tomonlari
Tanlashning uch tomoni: mezoni, uslubiyati va tashkil etilishi farqlanadi.
Shahsning tanlash vaqtida o’lchanadigan yoki tekshiriladigan sifatlari va
hislatlari mezon deyiladi. Masalan, sportchi harakatining tezligi futbolda
tanlashning muhim mezonidir.
Oz navbatida mezon uch turga: qobilyat nishonalari, istedod va qobilyatga
bolinadi.
Qobilyat nishonalari bu tug’ma va hayotning dastlabki yillarida egallangan
anatomic va fizialogik hususiyatlaridir. Masalan, gavdaning, ayniqsa mushak yoki
yurak qon-tomir tizimining bazi nisbatlari futboldagi bo’lajak muvaffaqiyatlar
uchun qobilyat nishonalari bo’lib hizmat qilishi mumkin.
Istedod shahsning sifat va hislatlari kompleksidan iborat bo’lib, sportda katta
yoki kichik muvaffaqiyatlarga erishish imkoniyati shunga bog’liqdir. Tanlashda
istedod asosiy mezon hisoblanadi. Tehnika va taktika mahorati emas, balki
mahoratni muvaffaqiyatli egallab olishni ta’minlaydigan sifatlar istedod
tushunchasiga kiradi.. bu sifatlar harakat harakterida ( masalan, harakterlar tezligi
yoki koordinatsiyasi) yoki intelektual tarzda (masalan, tez fikr yurutish) bo’lishi
mumkin.
Qobilyat istadoddan farqli o’laroq, harakat va operatsiyalar usullaridan,
ya’ni ko’nikma va malakalardan iborat bo’ladi. Biroq qobilyatning asosini
ko’nikma va malakalar tashkil etmaydi, balki bu ko’nikmalarni yo’lga solib
turuvchi jarayonlar tashkil etildi. Futbolga yangi kelganlarda uncha qobilyat
bo’lmaydi. Shug’ullanuvchilar asosiy tehnik-taktik usliblarni egallab, muayyan
tayyorgarlik bosqichiga yetganliklaridagina, ularning qobilyatini baholash
mumkin. Yuqori mahoratli jamoaga o’yinchilar qabul qilinar ekan, asosiy mason
qilib aynan sportchining qobilyati olinadi.
32
Mezonlarni o’lchash uchun qo’llanadigan usul yoki moslamalar uslubiyatlar
deyiladi. Tanlash amaliyotida ekspert uslubiyati, apparaturali uslubiyat va tastli
uslubiyatlardan foydalaniladi.
Ekspert uslubiyatlar mutahhasislarning (murabbiyning o’zi ham mutahhasis
bo’lishi mumkin) bo’lajak o’yinchining istedod darajasi haqidagi funksiyalariga
asoslangan bo’ladi. Agar ko’pchilik mutahhasislarda shunday fikr bo’lsa, uning
ishonchliligi ancha yuqori bo’ladi.
Apparaturali uslubiyatlar baholarning aniqligi bilan afzallikka ega. Biroq bu
baholarga qarab istedodlilik darajasi haqida umumiy ta’surot hosil qilib bo’lmaydi.
Ayrim sifatlar hali istedodni harakterlamaydi. Ular birlashishi va o’ziga hos
birikishda namoyon bo’lishi kerak.
Turli sifatlarni birikib kelishini hisobga olib tuziladigan testlar (sinov)
tanlashning eng samarali uslublaridir. Ko’rsatkichlarning bilvositaligiga qaramay,
testlar bir qator muhim afzallikka ega. Bu afzalliklarning asosiysi – futbol o’yiniga
istedodlilikning test modelini yaratishning mumkinligidir.
Uslubiyatlardan maqsadga muvofiqroq foydalanishga qaratolgan tadbirlar
kompleksi tanlashning tashkil etilishi deb ataladi.
Shunday qilib, nomzodlad guruhidan bo’lajak o’yin faoliyatida yuqori va
barqaror natijalarga erishishi mumkin bo’lganlarni (sgularga erishish ehtimoli
ko’proq bo’lgan bolalar) tanlab olishga qaratilgan tashkiliy uslubiy tadbirlar
kompleksini yosh futbolchilarni tanlash deb atash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |