Yosh futbolchilarni tayyorlashning


Mahsus chidamlilikni tarbiyalash



Download 72,77 Kb.
bet18/20
Sana15.07.2022
Hajmi72,77 Kb.
#802047
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20

Mahsus chidamlilikni tarbiyalash


  • Umumiy chidamlilik bilan bir qatorda futbolchilar mahsus chidamlilikni ham rivojlantirishlari kerak. Mahsus chidamlilik futbolga tadbiq qilinganda, o’yinchining belgilangan sur’atni o’yinning ohirigacha saqlash qobilyatida namoyon bo’ladi.

  • Tezlikka chidamlilik mahsus chidamlilikning hillaridandir. Bu sifat yuksak rivojlanganda, futbolchi shiddat bilan yugurish va tezlanishlarning maksimal tezligini saqlab qoladi, butun o’yin davomida tehnik usullarni samarali bajaradi.

  • Mahsus chidamlilik ko’rsatish ba’zi bir fiziologik va ruhiy omillarga bog’liq. Futbolchining anaerob imkoniyatlari asosiy fiziologik omildir. Tezlikka chidamlilikni tarbiyalashda anaerob mexanizmlarni takomillashtirish uchun takroriy, o’zgaruvchan, intervalli va musobaqa uslublari qo’llaniladi.

  • Aylanma mashg’ulotdan ham foydalanish maqsadga muvofiqdir. Uning afzalligi shundan iboratli, yuklamani individuallashtirish bilan uni qa’iy reklamentlash muvaffaqiyatli ravishda qo’shib olib boriladi. Yuklamaning individual meyori “maksimal test” deb ataladigan test yordamida, ya’ni aylanma mshg’ulot kompleksiga kiritilgan har bir mashqqa doir ayrim mashqlarning (takrorlashlar soni, tezligi) maksimal bajarilishini sanash bilan aniqlanadi.

  • Aylanma mashg’ulotda yosh futbolchilarda mahsus chidamlilik zaminini yaratish o’zgaruvchan intervalli uslub bo’yicha olib borilib, unda dam olish intervali qat’iy bo’ladi.

  • Har bir alohida “stansiya”da bajariladigan aylanma mashg’ulot mashqlari bajarilishiga ko’ra tehnikaviy uncha og’ir bo’lmasligi kerak. Mashqlar kompleksi, asosan futbolchilarning harakat sifatlarini rivojlantirish uchun tavsiya qilinadigan mashqlarni, shuningdek, boshqa sport turlarida olingan mashqlarni o’z ichiga olishi lozim.

  • Mashqlarni bajarishdagi yuklamalar nihoyatda individual bo’lishi kerak. Mashqlarni bajarish tezligi maksimal tezlikning 80-85% ni, shu bilan birga, mashqni bajarish ohiriga kelganda tonir urish tezligi minutiga 175-180 atrofida bo’lishi lozim. Dam olish intervallari- kamida 45-90 soniya, ko’pi bilan 3-4 daqiqa bo’lishi kerak.

  • Yosh futbolchilarning organizmiga tushadigan yuklamani tekshirish qulay bo’lsin uchun, barcha mashqlarni tomir urish tezligiga qarab uch guruh (past, o’rtacha, yuqori) jadallikdagi mashqlarga bo’lish mumkin.

  • Past suratda bajariladigan mashqlarga shunday mashqlar kiradiki, ularni bajarish vaqtida tomir urushi tezligi minutiga 120-130 martaga yetadi. Mashqlardan bajarish tezligi maksimal tezlikning 50-60% ni tashkil etadi. Aylana bo’ylab oddiy yugurishni, turli holatda yugurishni, shoshilmay to’p olib yurishni, hilma-hil gimnastika mashqlarini, turgan joyidan darvozaga tepishni, turgan joyidan bir-biriga to’p uzatishni, yangi tehnik usullarga orgatish va boshqalarni past suratda bajariladigan mashqlarga kiritish mumkin.

  • O’rtacha suratda bajariladigan mashqlarga shunday shunday mashqlar kiradiki, ularning maksimal telikning 70-85% da bajarganda, tomir urish tezligi minitiga 130-165 taga yetadi. Masalan, turli hil start holatidan turlicha yugurish, hilma-hil tezlikda (20-30 m) va shiddat bilan yugurish (15-20), turgan joyidan uzunlikka sakrash, balandlikka sakrayotib ayni vaqtda sonlarni ko’krakka tortish, shuningdek to’pni olib yurgandan keyin uzatish, cheklangan maydonchada to’pni olib yurish. To’p bilan turli hil estafetalar o’tkazish, to’pni tez olib yurish va boshqalar.

  • Yuqori startda bajariladigan mashqlarga shunday mashqlar kiradiki, ularni bajarish vaqtida tomir urish tezligi minutiga 170-190 martaga yetadi. Masalan, musobaqa tarzidagi “mokisimon” yugurish, cheklangan maydonchada

  • “quvlashmachoq” o’ynash cho’nqayib o’tirgan holda sakrab(o’tirib) turish, raqib bilan olishgan holda 8-10 m ga shiddat bilan yugurgandan keyin mo’ljalga to’p tepish, mahsus topshiriq (yuqori sur’atni saqlabtirish, jamoadagi o’yinchilar sonini kamaytirish bilan o’ynash, cheklangan maydonchalarda (2x3, 3x3,4x4, 6x6, 8x8) o’ynash.

  • Katta yuklama bilan bajariladigan chidamlilik mashqlarining mashg’ulotchisi 15-16 yoshli futbolchilar ucgun haftasiga ko’pi bilan marta, 17-18 yoshlilar uchun esa haftasiga ikki marta o’tkazilishi mumkin.

  • Murabbiyning jismoniy, tehnik va taktik tayyorgarlikka doir mashg’ulot mashg’ulotiga kiritilgan har bir mashqning energetic “qimmati”ni aniq belgilay bilishni mashg’ulot vositalari va uslublarini to’g’ri hamda maqsadga muvofiq tanlashiga imkon beradi.

  • Chidamlilik darajasini aniqlash uchun olti minutli yugurish testidan foydalanish tafsiya qilinadi. Shu maqsadda yuguriladigan aylana har 10 m dan keyin belgilab chiqiladi. Kuchni to’g’ri taqsimlash, optimal sur’atni tanlash ucgun yosh futbolchilar masofani 3-5 marta “sinab ko’rish”lari kerak. Chidamlilik darajasi yugurib o’tiladigan masofaning uzunligiga qarab aniqlanadi. Masalan, aga

  • 13 yoshli futbolchilar 6 minutda 1410-1450 m ga, 14 yoshlilar esa tegishlicha

  • 1530 – 1550 m ga yugursalar, bu ko’rsatkichlarni yahshi deb hisoblash mumkin.

  • Yuqorida masofa uzunligi ko’rsatkichlari keltirilgan bo’lib, buni yosh futbolchi organizmining kislarod bilan ta’minlanish tizimini mashq qildirish uchun o’zining ohirgi aerob imkoniyatlari va KMI (kg) individual muqdorining 85-90% ti darajasida yugurib o’tishi kerak jadvalga qarang.


  • 5-jadval

    1. MPK, kg

    1. Yugurish tezligi m/soniya

    1. Yugurish tezligi,

    2. Km/soat

    1. 6 minutlik yugurish testidagi masofaning uzunligi, m

    1. 40-44

    2. 45-49

    3. 50-54

    4. 55-59

    5. 60-64

    6. 65-70

    1. 3.1

    2. 3.3

    3. 4.0

    4. 4.2

    5. 4.4

    6. 4.8

    1. 11

    2. 12

    3. 14.5

    4. 15

    5. 16

    6. 17.5

    1. 1100

    2. 1200

    3. 1350

    4. 1500

    5. 1600

    6. 1750


  • Har bir mashg’ulotida yugurish, shuningdek, bu yerda tavsiya qilingan boshqa mashqlardan foydalanish bilan bir qatorda taklif qilinayotgan masofalarni individual mashg’ulotlarda yugurib o’tish yosh futbolchilarning chidamliligini anchagina oshirishi kerak.

  • Download 72,77 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish