Antropometrik ko‘rsatkichlar – bo‘y uzunligi, tana massasi, ko‘krak qafasi aylanasi, tana tuzilishi kabi ko‘rsatkichlar.
Shartli reflekslar – hayot davomida o‘rganiladigan, hosil qilinadigan, takrorlanmasa, esdan chiqariladigan reflekslar.
Shartsiz reflekslar – tug‘ma, o‘rganilmaydigan, umr bo‘yi saqlanib qoladigan reflekslar.
Neyron – nerv hujayrasi.
Kkal (kilokaloriya) – energiya o‘lchov birligi bo‘lib, 1 kkal 1 g suvni 1 0S ga isitish uchun ketadigan energiyani ifodalaydi.
Qo‘zg‘alish – ma'lum to‘qimalarning ta'sirotlarga nisbatan javob reaksiyasi. Qo‘zg‘alish natijasida biror faoliyat amalga oshiriladi.
Dominanta – biror nerv markazining boshqasidan ustun bo‘lib turishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |