TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
AXBOROT TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI AMALIY MATEMATIKA VA INFORMATIKA
TA’LIM YO’NALISHI 3-KURS 302–GURUH TALABASI ABDUG’ANIYEV MAʼRUF NING
“ YOSH FIZIOLOGIYASI VA GIGIENASI”
FANIDAN TAYYORLAGAN
MUSTAQIL ISHI
1§ Davlatimizning yosh avlodni tarbiyalash va sog’liqni
himoya qilish yo’lida olib borayotgan ishlari
Pedagog-o’qituvchi salomatlikni muhofaza qiluvchi muhitni yaratishi va bolalar salomatligini mutahkamlab borishi uchun yil boshida tibbiyot xodimlari §tomonidan berilgan o’quvchining sog`ligi to’g`risida ma`lumotnoma va shu asosda darslarning tabaqalashtirilishi, ota-onalar bilan hamkorlikda shifokor ko’rsatmalariga amal qilinishini ta`minlab borishning o’zi etarli emas. Eng avvalo pedagog salomatlikni muhofaza qilish masalalarida o’z tarbiyalanuvchilari uchun namuna bo’lishi kerak. Agar sog`lom turmush tarzi o’qituvchi uchun odatiy me`yorga aylansa va faqat shundagina o’quvchilar o’z o’qituvchisiga ishonadilar, unga ergashadilar va salomatlikni muhofaza qilish pedagogikasini kerakli darajada qabul qiladilar. Aholi sog`ligi har qanday davlatda milliy boylikning muhim elementi hisoblanadi. O’quvchilar sog`ligini saqlash va mustahkamlash mavzusining dolzarbligi esa ular shaxsida ijtimoiy faollik, ijodiylik va samarali mexnat motivlarini tushunish, kullab kuvatlash bilan bog`liq muammolarni hal etish bilan belgilanadi.
Maktab o’quvchilari salomatligini muhofaza qilish va uni rivojlantirish yoshlar umumiy salomatligi diagnostikasi, profilaktikasi hamda bevosita davolanishi sohalarida amaliy ta`sirga ega muhim bir bo’g`in hisoblanadi. O’rta umumta`lim maktablarida o’quvchilarga individual yondashish o’ziga xos psixo-pedagogik jarayon bo’lib, u quyidagi asoslarda o’z aksini topadi: - o’quvchi uchun unga xos bo’lgan barcha jihatlar, albatta, shaxsiy mazmunda bo’lib, unga qo’pol aralashib bo’lmaydi; - axloqiy va huquqiy jihatdan barcha o’quvchilar, albatta, teng huquqlidir; - o’quvchilarning har biriga ularni ajratmasdan ishonch, hurmat va samimiylik bilan muomalada bo’lish; - hech kim hech qachon o’quvchidan o’z maqsadi yo’lida g`arazli foydalanishga haqqi yo’q; - har bir o’quvchi har qanday masalada erkin tanlash imkoniga ega bo’lishi kerak; 10 - maktab o’quvchisi shaxsining yuksalishiga to’siq bo’lmay uni rivojlantirishi kerak. O’quvchi salomatligini muhofaza qilish muhitini yaratishning bosh maqsadi uni tashqi salbiy ta`sirlardan (yomon axloqiy muhitdan, avtoritar munosabatlardan, ma`lum bir bezori guruh bosimidan, jinoiy xarakterdagi zo’ravonlikdan, qiziqarli, lekin salbiy axborot ta`sirlaridan, bolalarni o’ziga tortuvchi zararli odatlardan) himoya qilish zarur bo’ladi. SHu bilan birga o’quvchilarni ko’zga ko’rinmasada, lekin ular tarbiyasini va albatta sog`ligiga zarar etkazuvchi ma`naviy-ruxiy qusurlardan (xudbinlik, kibru-havo, nafs balosi, xudbinlik, jaholatparastlik, ma`naviy noqislik, axloqiy buzuqlik, laganbardorlik v.h.k.z ) himoya qilish ham, albatta, muhim ahamiyatga ega bo’ladi. O’quvchilar sog`ligi shakllanishi va rivojlanishiga ta`sir etuvchi omillar tabiiy, ijtimoiy, psixofiziologik, tashkiliy pedagogik va ma`muriy-boshqaruv yo’nalishlarda bo’ladi. Undagi tashkiliy pedagogik ishlar asosan o’quvchilarda sog`lom rivojlanish, sog`lom turmush tarzi ko’nikmalarini shakllantirishga qaratilgan bo’ladi. Pedagogik faoliyatda esa u quyidagi vazifalar ijrosida amaliy namoyon bo’ladi: - tozalik, tartib-intizom va o’ziga ishonch tuyg`ularini shakllantirish; - o’quvchilarda salomatlik motivatsiyasi, o’z sog`ligining qadriga etish, salomatlikka oid bilimlarga qiziqish, sog`likka foydali ma`lumotlarni to’plab o’z hayotida unga rioya etishni o’rgatish; - o’quvchilarda tabiiy mavjud bo’lgan sog`lik imkoniyatlarini anglab, uni ko’paytirib borishlariga ularni yo’naltirish. O’quvchilar salomatligini muhofaza qiluvchi va uni mustahkamlashga qaratilgan shart-sharoit maktablarda kuyidagilardan iborat bo’lishi mumkin: - maktabda mo’`tadil insonparvar muhit yaratilishi; - o’quvchilar individual xususiyatlarini hisobga olib borish; - maktabda erkin ijod muhitini yaratish; - profilaktika ishlarini tegishli talablar asosida to’g`ri yo’lga qo’yish; - o’quvchilar imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun etarli sharoitlar yaratish; - sanitariya-gigiena me`yorlarini doim saqlash; - jismoniy tarbiyani samarali tashkil etish; - o’quvchilar sog`ligidagi o’zgarishlarni doimiy kuzatib borish, aniqlash va tegishli choralarni ko’rish; - o’quvchilar salomatligini muhofaza qilish bo’yicha qiziqarli musobaqalar, sayohatlar va badiiy kechalar dasturlarini ishlab chiqish. Bularning barchasi juda keng ko’lamdagi ishlarni taqozo etgani sababli unga tashkiliy echimi jihatidan diferrentsial yondoshish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |