Tush ko`ris. Uyquda ma`lum taasurot va obrazlarni idrok etish holati ko`p uchrab turadi. Ongning o`ziga xos bu xolati tush ko`rish deyiladi. Tush ko`rish uyquning tez davrida sodir bo`lishi uning po`stloq hujayralari faolligi natijasida ekanini ko`rsatadi. Bu faollikni doimo mavjud bo`lgan kuchsiz ta`sirotlar (xonaning isib ketishi, yoki sovib ketishi, tovushlar, chanqash, ichki a`zolardan birini kasallanishi, isitma va b.) kuchaytiradi. Ular turli tuyg`ularni keltirib chiqaradi, bu tuyg`ular ko`rilayotgan tushga aralashib ketadi. Tush ongda birin ketin namoyon bo`ladigan ko`ruv eshituv, teri-taktil obrazlaridan iborat.
Gipnoz. I.P.Pavlov ishlari shundan darak beradiki, uyqu shuningdek gipnoz vaqtida bosh miya katta yarim sharlar tormozlangan holatda bo`ladi. tabiiy uyqu bilan gipnotik holatning farqi miya po`stlog`idagi tormozlanishning tarqalishidadir. Gipnotik uyquda va gipnotik holatning bir necha fazalari ko`zatiladi. Gipnozda miya po`stlog`ining harakat markazlari tormozlanadi.
7§ Ta'lim tarbiya gigiyenasi qanday masalalarni o'z ichiga oladi. Kun tartiba va uning ahamiyati
O‘quv yili gigiyenasi. O'rta maktabning 1, 2. 3-sinflarida bir haftalik nagruzka24—26 soat, 4-sinfda 26 soat boiishi kerak. Bu dars soatlaridan ko‘proq soatlar ashula, jismoniy tarbiya, rasm, mehnat darslariga ajratish kerak. 7 yashar bolalarni 45 minutlik dars charchatib qo'yadi, shuning uchun birinchi sinfda 35 minut dars o ‘tib, qolgan 10 minutida turli ko'rgazmali qurollami ko'rsatish tavsiya etiladi.
Darslar qiyin va oson bo'lishi mumkin. Qiyin fanlar osonroq o‘zlashtiriladigan fanlar bilan almashtirilib turilsa yaxshi bo'ladi.
Dars jadvalidagi o ‘quv haftasi, choragi va yiliga qo‘yiladigan gigiyena talablari
Dars jadvalida o'quv predmetlarining navbatlashib turishi boshmiya po'stlog'ining kun m obaynida bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga ko'chishini ta’minlaydi. Bu esa charchash va charchashning oldini oladi.
Fizkultura va qo‘l mehnati darslari bo'lsa, maktab o'quvchisining funksional holatiga ijobiy t a ’sir etadi.Bu darslarni kunning qiyin darslari orasiga qo'yishmumkin. Fizkultura va m e h n a t darslaridan keyin bolalarda ish qobiliyati 20 %ga ortadi, bunday predmetlarga uchinchi dars ajratilsa yanada yaxshi bo'ladi.
Dushanba va shanba kunlari ish qobiliyati pastroq bo'ladi, shuning uchun bu kunlarga kam soat va oson predmetlar qo'yilishi tavsiya etilmaydi.
O'quv yilining muddati o'quvchilaming yoshiga qarab belgilanadi. Kichik maktab o'quvchilari uchun yozgi kanikullar boshqa yosh gruppalarga qaragandaancha uzun bo'ladi. O'quvchilar kanikulda dam olgandan keyin ish qobiliyati ortadi.
Kun tartibini gigiyenik qoida va talablar asosida tashkil etilish orqali har bir ishni har kuni ma`lum belgilangan vaqtda bajarishga, ma`lum belgilangan vaqtda ovqatlanish va dam olishga organizm moslashadi. Boshqacha aytganda har bir ishni bajarish, ovqatlanish, dam olish, uxlash vaqtiga shartli refkeks hosil bo`lib, dinamik stereotip shakllanadi.Buning natijasida vaqt tejaladi, har bir ish aniq belgilangan vaqtda bajariladi, ovqatlanish va dam olish me`yorida bo`ladi, organizm charchamaydi, faoliyat samaradorligi ortadi.
Kun tartibiga amal qilish tufayli odam intizomli bo`lishiga, mas`uliyatni to`liq his etishiga, uning ma`naviy va axloqiy jihatdan yuksalishiga zamin yaratadi.
Kun tartibi taxminan quyidagicha bo`lishi tavsiya etiladi:
Uyqudan uyg`onish - ertalab soat 7ºº.
Ovqatlanishni har kuni ma`lum aniq belgilangan vaqtlarda bo`lishi ishtahani me`yorida bo`lishiga, ovqatni yaxshi hazm bo`lishiga imkon beradi, ya`ni ovqatlanish vaqtiga nisbatan shartli refleks hosil bo`ladi.
Maktab yoki o`quv yurtlaridagi mashg`ulotlar
Tushlik.
Erkin vaqt: oilaga yordam, sport mashg`ulotlari, ochuq havoda sayr qilish, dam olish.
Uy vazifasini bajarish
Kechki ovqat
Erkin vaqt, madaniy dam olish, oilaga yordam, ochuq havoda sayr qilish.
Kech soat 20 dan keyin trenirovka mashg`ulotlarini o`tkazish tavsiya qilinmaydi, chunki kechki paytdagi mashg`ulotda markaziy nerv tizimi qo`zg`algan holatda bo`lgani uchun uyqu tinch bo`lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |