36-rasm. Oshqozon osti bezi. 126
Androgen va esterogen gormonlari erkaklar va ayollarning jinsiy bezlari funksiyasini kuchaytiradi. Buyrak usti bezlarining ichki miya qismidan noadrenalinva adrenalin gormonlari ishlab chiqariladi. Bu ikkala gormonning ta’siri bir xil bo‘lganligi uchun ular birgalikda katexolamin deb ham nomlanadi. Bu gor- monlar arterial qon bosimini oshiradi, yurak qisqarishini tez- lashtiradi, to‘qimalarda moddalar almashinuvini kuchaytiradi. Odam hayajonlanganda, achchiqlanganda katexolamin hosil bo‘lishi kuchayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |