Tadqiqotningmaqsadi: yosh badiiy gimnastikachilarni koordinatsion qobiliyatlarini murakkab koordinatsiyali sport turlarida algoritmik shakldagi koʻrsatmalar uslubiyatidan hamda noan’anaviy mashgʻulot vositalaridan foydalangan holda asoslangan dasturni qoʻllash asosida chaqqonlik va koordinatsion qobiliyatlari mashqlarini oʻrgatish jarayonini takomillashtirish.
Tadqiqotningvazifalari:
1. Yosh badiiy gimnastikachilarni koordinatsion qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha chop etilgan ilmiy-uslubiy adabiyotlar ma’lumotlarini oʻrganish va tahlil qilish.
2. Yosh badiiy gimnastikachilarga murakkab koordinatsion mashqlarni oʻrgatish boʻyicha kompleks dasturlarning samaradorligini asoslab berish.
Koordinatsion qobiliyatlarni rivojlantirish va takomillashtirish borasida juda koʻp ishlar qilingan. Ba’zi bir mutaxassislar koordinatsion qobiliyatlarni maktabgacha yoshdagi bolalarda rivojlantirish kerak deb fikr bildirishgan. Boshqa mutaxassislar esa eng yaxshi rivojlanadigan davr 7-10 yoshgacha boʻlib, bu yoshda koordinatsion harakatlar va chaqqonlik qobiliyatlarni eng yuqori rivojlanish tempini koʻrsatadi degan fikrlarni bildirishgan. Koordinatsion qobiliyatlarni oʻrta maktab yoshidagi bolalarda rivojlantirish bir sistemaga keltirilmagan va bu haqida olimlar ham aniq fikrlar bildirishmagan. Misol uchun V.I. Lyax oʻz ishlarida 11-14 yoshli bolalarda rivojlanish oʻrtacha darajada kechishini, keyingi yoshlarda esa rivojlanish bitta darajada turib qolganligi aniqladi. Bu esa bola organizmining morfofunksional sistemasini oʻzgarishi va uni jinsiy jihatdan rivojlanishiga bogʻliqligi bilan izohlanadi. Oʻgʻil bolalarda 14-15 yoshda, qiz bolalarda 15-16 yoshda koordinatsion qobiliyatlarni rivojlanishi, oʻsishi koʻrinayapti. Asosan chaqqonlik va koordinatsion qobiliyatlar sport oʻyinlar turlarida va badiiy gimnastika turlarida rivojlanish templari koʻrinib turibdi. Yuqorida aytib oʻtilgan fikrlarga koʻra bizlarni taqiqotimiz 6–9 yoshli badiiy gimnastikachilarni koordinatsion qobiliyatlarini rivojlanishini koʻrib chiqdik va 17-18 yoshdagi qizlarda harakatlar strukturasi takomillashtirlgan davrida koʻrib chiqilib va bir-biri bilan rivojlanish tempini koʻrib chiqdi.
Koordinatsion qobiliyatlarni oʻrtacha koʻrsatgichlarini tahlil qilganda aniqlikka uloqtirish paytida 17-18 yoshli badiiy gimnastikachi qizlar eng yuqori natijalar koʻrsatdi. Eng yuqori oʻsish tempi 6-8 yoshgacha qizlar 27,7 %, 10-11 yoshdagi qizlarni oʻsish foizi 6,4 %ni, 17-18 yoshdagi qizlar 28,3 %ni koʻrsatdilar.
Katta yoshdagi qizlarda ballistik assimetriyasi yosh qizlarga qaraganda koʻrsatgichlari foiz boʻyicha farq qiladi. Harakatni eslab qolish 6-10 yoshgacha sezilarli oʻsishi koʻrinmoqda. 10-11 yoshdagi qizlarda pasayishi 19,5%gacha aniqlandi. koordinatsion qobiliyatlarni tezkorlik kuch bilan bajaradigan mashqlarda harakat tezligi, harakat sezishi va koʻtarilish aniqlandi. harakat tezligi 17%ga koʻtarilishi, harakat sezgirligi 42%ga, uzunlikka sakrash 24,7 %ga koʻtarildi. Eng yuqori oʻsish qoʻlharakati yuqoriga qilib burilib sarkashda 10-11 yoshli qizlarda 30%gacha koʻtarildi. 6-7 yoshdagi qizlarni 10 yoshgacha eng yaxshi rivojlanish harakatdagi moʻljalni aniqlash shu davrga toʻgʻri kelmoqda. 17-18 yoshdagi qizlarda oʻzgarish koʻrinmadi. Sakrash koordinatsion qobiliyati eng katta oʻsishi 10-11 yoshgacha aniqlandi. 17-18 yoshdagi qizlarda aksincha pasayishi 50% gacha aniqlandi. shunday qilib, koʻrib chiqilgan koordinatsion qobiliyatlarni mashqlarni rivojlanishi 17-18 yoshgacha rivojlanishi kuzatilmoqda. Faqatgina 10-11 yoshdagi qizlarda aniqlikni tekshirganda rivojlanish kuzatilmadi. Lekin bu yoshda tezkor-kuch bilan bajariladigan koordinatsion mashqlari eng yuqori natija koʻrsatishdi. Bu esa qizlarni rivojlanish eng yuqori davriga kelganligi bilan bogʻlangan.
Xulosa. Koordinatsion qobiliyatlarni rivojlanishi har xil yoshlarda individual tarifda rivojlanadi. Bular nerv sistemasini va uni tayyorgarlik darajasiga bogʻliq.
6-9 yoshli badiiy gimnastikachilarda koordinatsion qobiliyatlarni dinamikasi tez oʻsishi aniqlandi. 10-11 yoshda ayniqsa 17-18 yoshdagi badiiy gimnastikachilarni oʻsish dinamikasi ancha pastroq ekanligi aniqlandi. Trenirovka mashqlari bir xil tarzda ishlatildi. Lekin koordinatsion qobiliyatlarni shu mashqlar orqali oʻsishi har xil samarasini koʻrsatdi. Tadqiqot orqali mashgʻulot yuklamalarini hajmi jadallik bilan bajarilsa koʻrsatgichlar oʻsishi koʻrinmoqda. Trenirovka yuklamalari katta hajmda oʻtkazilsa, statik muvozanat saqlash qobiliyatlarini va xarakat tezligini oshiradi.
Yosh badiiy gimnastikachilarni koordinsion qobiliyatlarini rivojlantirishda shugʻullanuvchilarni individual xususiyatlarini ahamiyat berib trenirovka mashgʻulotlarini tuzish lozim. Bitta guruhdagi shugʻullanuvchilar bitta mashgʻulotni bir xil bajarishi mumkin lekin beraliyotgan yuklamalarni va jaddaligini jismoniy tayyorgarligiga qarab berish lozim. Boshlangʻich davrda koordinatsion qobiliyatlarni rivojlantiradigan mashqlarni dars jarayonida 10-15 daqiqadan oshishi kerak emas. Oʻrgatilgan harakatlarni aniq bajarishga ahamiyat berish kerak. Bitta mashqni ikkinchi mashqni bajarilishi orasidagi dam olish vaqti qisqa boʻlishi kerak. Statik va dinamik muvozanat saqlash mashqlarida 10-12 marta takrorlash mumkin. Orasidagi miqdori 12-15 daqiqa boʻlishi lozim. Koordinatsion qobiliyatlarni tezkorl-kuch bilan bajariladigan mashqlarni ketma-ket bajarilishi 10-12 daqiqa bajarilishi lozim. Bu esa yosh bolalarni psixologik xususiyatlariga katta ta’sir koʻrsatadi.