Bolalarning nutqi va tafakkurini rivojlantirish.
Nutq va tafakkurini rivojlantirish bolalarni atrofidagi narsalar bilan tanishtirish hamda ularning nomlarini aytishga o`rgatish hovlidagi daraxt, gul va boshqa turli buyumlarning nomlarini, o`zi hamda oila a`zolarining ismini to`g`ri aytishga, qarindosh-urug`chilikni ifodalovchi so`zlar (buva, buvi, tog`a, amaki, xola, amma kabilar) xonadondagi buyumlar(televizor, radio, magnitofon, stol, stul-kursi, xontaxta, choynak, payola) kiyimlar(ko`ylak, chopon, do`ppi, tufli)ning nomlarini to`g`ri aytishga o`rgatish.
So`zlarni son va kelishikda moslashtirishni, otlarni birlik va ko`plikda ishlatishni o`rgatish. Tovushlarni to`g`ri talaffuz qilishni o`rgatishda davom etish. Tarbiyachi nutqini qunt bilan eshitish va uni tushunish. Ertak va qisqa hikoyalarni tarbiyachining savollari, ilyustratsiyalari bo`yicha gapirib berishga o`rgatish.
O`yinchoq yoki rasm mazmuni bo`yicha tuzilgan 3-4 gapdan iborat hikoyani tarbiyachidan so`ng takrorlash ko`nikmasini tarbiyalash.
Bolalarni 5 gacha sanashga o`rgatish “Ko`p”, “teng”, “oz”, “hech narsa” kabi so`zlarni o`z o`rnida qo`llashni o`rgatish predmetlar to`plamini miqdoriga ko`ra teng yoki teng emasligini aniqlashni, taqqoslashda ustiga, yoniga qo`yish usullaridan foydalanishga o`rgatish.
Uzunligi, balandligi, eni, kengligi, kattaligi boyicha bir-biridan keskin farq qiluvchi 2 ta predmetni taqqoslashga o`rgatish (uzunroq, qisqaroq, uzunligi bir xil va h.k)
Doira, kvadratni taniy olish, nomini aytish, farqlashga o`rgatish. O`ng va chap qo`lni farqlay olish, aytish, o`ng qo`l bilan chapdan o`ngga qo`yish malakasini hosil qilish oldinga, orqaga, o`ngga, chapga, yuqoriga, pastga tushunchalarini aniqlashga o`rgatish.
Sutka qismlari ertalab, kunduzi, kechqurun, kechasini to`g`ri aytish va farqlashga or`gatish.
Mevalardan: olma, uzum, o`rik, olcha, gilos, sabzavotlardan: tarvuz, karam, sabzi, piyoz, bodring, pomidorlarning nomini aytish va bir-biridan farqlashga o`rgatish.
Atirgul va lola gullari bilan tanishtirish. Ularning nomi va rangini tog`ri aytishga va farqlatish. Kuchuk, mushuk, sigir, qo`y, echki, ot bilan tanishtirish.
Nomlarini to`g`ri aytish va farqlashga o`rgatish. Bo`ri, quyon, tulki, ayiq bilan tanishtirish, nomini to`g`ri aytishga va farqlashga o`rgatish. Chumchuq, kaptar, musicha, hasharotlardan chumoli va kapalak bilan tanishtirish ularning nomlarini to`g`ri aytishga o`rgatish. Jonivorlarning qismlarini ajratish nomini aytish, nima yeyishini, qanday yuradi, qanday ovoz chqaradi, onalari katta, bolalari kichik bo`lishini o`rgatish.
Tabiat hodisalari qor, yomg`ir, bulut, shamol haqida tasavvurga ega bo`lishi avtobus, velosiped, arava bilan tanishtirish. Nomlarini to`g`ri aytishga o`rgatish enaga, qorovul, oshpaz, shofyor, uchuvchi mehnati bilan tanishtirish.
Bolaning atrofdagilar bilan muomalada bo`lishi, kattalarning nutqiga taqlid qilish qobiliyatini o`stirish lug`at boyligini kengaytirish, oddiy gaplarni to`g`ri tuzishga, tovushlarni to`g`ri talaffuz qilishga o`rgatish. Yangi-yangi so`zlar bilan tanishtirish, ularning ma`nosini tushunishga o`rgatish.
Bolalarni kattalarga va boshqa bolalarga murojat qilishga undash, savollar bera bilishga, o`zining istaklarini ifodalashga ko`rgan, bilganlarini so`zlab berishga o`rgatish. Mushuk, kuchuk, jo`ja, akvariumdagi baliq, qafasdagi qush, avtomobil, arava, velosipedlarni kuzatish nomlarini aytish, o`yinchoqlarning nomlarini aytish, ularni qidirib topish. Hayvonlarning nomini aytish, tovushga taqlid qilish, ularning qismlarini ayta olish, parvarish qilish bo`yicha tasavvur hosil qilish. Daraxt, gul, o`t-o`lanlarni, sabzavot va mevalarni farqigs o`rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |