6-7 Yoshli bolalrning bilishi lozim bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalari
1. Mustaqil tarzda jismoniy mashqlar bajara olish.
2. Buyruqqa (start) asoslanib yugurish.
3. xoda ustida oldinga siljish.
4. Narvon yordamida tepaga chiqish va pastga tushish.
5. 5 sekund davomida arqonda osilib turish.
6. Arg`imchoq uchish.
7. Cheklangan sath va chiziq bo`ylab yurish.
8. Qiya qo`yilgan taxta ustidan yurib o`tish.
9. Bir oyoqda qaldirg`och bo`lib turish.
10. Oyoq uchlari bilan buyumlarni qisib ko`tarish, pastga tushurish va bir joydan boshqa joyga ko`chirish.
11. Joyida turib 15-20 marta sakrash.
12. 70 sm uzunlikka sakrash.
13. 30 sm balandlikdagi to`siqdan sakrab o`tish.
14. To`xtamasdan 2-3 minut davomida yugurish.
15. 100 m masofani to`xtamasdanyugurib o`tish.
16. 10 m masofani emaklab o`tish.
17. Safda to`g`ri turish va safni buzmasdan yurish.
18. Saflanish va qayta saflana olish.
19. Musiqa ohangiga mos holda harakat qilish.
20. Koptokni irg`itish va ilib olish.
21. Ilon izi shaklida yurish.
22. To`p-to`p bo`lib, aylana bo`ylab yurish.
23. Chiniqtirish mashqlarini bajarish.
24. Bosma harflarni o`zaro farqlay olish, nutq tovushi bilan harfni bir-biridan farqlay olish.
25. Tovush, so`zlarni aniq va to`g`ri talaffuz etish.
26. 3000 tadan ortiq so`zni tushinishi va bilishi.
27. Rasmga qarab gap tuzish.
28. Ertak va hikoyani tinglash, mazmuni tushunish.
29. Eshitgan kichik ertak va hikoyani qayta aytib berishi.
30. Ifodali nutqqa ega bo`lishi.
31. Tevarak-atrof, tabiat manzarasi haqida qisqacha so`zlab berishi.
32. Turli mavzudagi, kichik hajmdagi 6ta she`rni yoddan aytish.
33. Ota-ona, tarbiyachi tavsiyasi bilan hayotiy mavzular bo`yicha qisqacha hikoya tuzish.
34. Kattalar va o`rtoqlari bilan suhbatta faol ishtirok etishi.
35. Kattalar va o`rtoqlari bilan gaplashish madaniyatiga ega bo`lish.
36. O`z fikrini mustaqil, erkin bayon etish va xulosa chiqara olish.
37. Mantiqiy tafakkur qilish malakalarigaega bo`lishi.
38. Tafakkur operatsiyalari (analiz, sintez, umumlashtirish, aniqlashtirish, taqqoslash, anologiya va boshqalarni yoshiga mos rivojlantirish.
39. Fikriy mushohada yuritish.
40. Tevarak atrofni to`g`ri idrok etish.
41. Ta`limiy o`yinlar vositasida tafakkurni peshlashi.
42. Gul, daraxt turlarini rangiga, bargiga, mevasiga qarab farqlay olishi.
43. O`z fikrini, talab-extiyojlarini so`z bilan ifodalay olishi.
44. Qirqib, bo`laklarga ajratilgan voqeaband rasmlarni terish, yaxlitlash.
45. Turli tasvirlardan yaxlit obraz yarata olishi.
46. Geometrik shakllardan ma`lum mazmunga ega bo`lgan tasvirlar tuzishi.
47. So`zlardan gap tuza olish.
48. O`z fikrini bayon etganda taqqoslash, umumlashtirish, taxlil qila olishi.
49. Birinchi o`nlikning son tarkibi (alohida birliklardan) va 2,3,4,5,6,7,9,10 sonlarning o`zidan kichik ikki kichik sondan tarkib topganligini bilish.
50. Birinchi o`nlikdagi har bir sonning qanday hosil bo`lishini bilish, buning uchun son qatoridagi avvalgi songa 1 ni qo`shish va keyingi sondan 1 ni olish.
51. 0,1,2,3,4,5,6,7,8,9 raqamlarini hamda “+”, “-“, ”=” ishoralarni bilish
52. 1,3,5,10 so`milk pullarni bilishi.
53. O`tayotgan hafta kunlarining ketma-ketligi, kun qismlarini bilishi.
54. 10 tagacha bo`lgan buyumlarni sanash, sanab ajrata olishi.
55. Narsalar sonini raqam bilan muvofiqlashtira olishi.
56. 10 ichida yonma-yon sonlarni taqqoslay olish, qaysi son boshqasidan katta (kichik)ligini aniqlay olish.
57. Narsalarni kattaligi, uzunligi, kengligi, balandligi, yo`g`onligiga qarab taqqoslay olish.
58. To`g`ri va egri chiziqlarni, uchburchaklar, to`rtburchaklarni bir-biridan farqlash hamda tasvirlash.
59. Hozirgi zamon texnikasi, kompyuter haqida ilk tasavvurga ega bo`lish.
60. Shaxsni o`rab turgan barcha narsalar tabiat ekanligini bilish.
61. Mevali daraxtlar- olma, uzum, shaftoli, nok, olcha, gilos, o`rik, olxo`ri nomlarini bilish va ular haqida tasavvurga ega bo`lish.
62. Manzarali daraxtlar- tok, terak, archa, chinor haqida tasavvurga ega bo`lish.
63. Daraxt shoxlarini sindirish tabiatga zarar yetkazish ekanligini anglash.
64. Gullar- atirgul, boychechak, qoqigul, chinnigul, lola, lolaqizg`aldoq haqida tasavvurga ega bo`lish.
65. Sabzavot va poliz ekinlari-pomidor, bodring, kartoshka, piyoz, sabzi, karam, qovun, tarvuz, qovoqni va ularning nomlarini bilish.
66. Xona o`simliklarini boshqa o`simliklardan farqlash.
67. Uy hayvonlari-qo`y, sigir, ot, it, mushuk, echki; yovvoyi hayvonlar-bo`ri, tulki, ayiq; parrandalar-tovuq, xo`roz, o`rdak, g`oz; hashoratlar-chumoli, ninachi, ari, qo`ng`iz, kapalak nomlarini bilish va ular haqida tasavvurga ega bo`lish.
68. Qushlar- qaldirg`och, chumchuq, musicha, kabutar, bulbul, qarg`a, to`ti nomlarini bilish va ular haqida tasavvurga ega bo`lish.
69. Uy ro`zg`or buyumlari- stol, stul, xontaxta, javon, divan, karovat, ko`rpa-to`shak, sandiq haqida tasavvurga ega bo`lish.
70. Uyda qo`llaniladigan elektr jihozlari- elektr chiroq(lampochka), televizor, radio, magnitofon, dazmol haqida tasavvurga ega bo`lish.
71. Elektr jihozlaridan ehtiyotsizlik bilan foydalanish havfli ekanligini anglash.
72. Transport vositalari- velosiped, avtomobil, avtobus, trolleybus, tramvay, metro, poyezd, samolyot haqida tasavvurga ega bo`lish.
73. Tog`, daryo, ko`l, bog`, gulzor, paxtazor, ekin maydonlari, yaylov haqida tasavvurga ega bo`lish.
74. Havo, suv, quyosh, shamol, bulut, yomg`ir, qor haqida mos ravishda tasavvurga ega bo`lish.
75. Yil fasllari nomini, ketma-ketligini va ulardagi tabiat o`zgarishlari haqida ilk tasavvurga ega bo`lish.
76. Paxtadan ip, gazlama, kiyim-kechaklar tayyorlanishini bilish.
77. Kun va tunning farqini anglash.
78. Kun qismlari- ertalab, peshin va kechqurun.
79. Ona vatan-O`zbekiston haqida qisqacha so`zlab berish.
80. 8-dekabr-O`zbekiston konstitutsiyasi kunini umumhalq bayrami sifatida nishonlanishini bilish.
81. O`zbekiston bayrog`i, gerbi haqida fikr bildira olish.
82. O`zbekiston madhiyasini yoddan ayta olish.
83. Vatan tuyg`usi, vatanparvarlik hislari va milliy g`ururni yoshiga mos ravishda shakllanganligi.
84. Xalqiga, vataniga mehr va sadoqat hislarini shakllanganligi.
85. Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Amir Temur, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug`bek, Zaxriddin Bobur kabi buyuk siymolar haqida ilk tasavvurga ega bo`lish.
86. Milliy bayramlar haqida qisqacha so`zlab berish.
87. To`g`ri salomlashish va hayrlashishni bilish.
88. O`zidan kattalarga sizlab murojaat qilish.
89. “Labbay”, “xo`p bo`ladi”, “xush kelibsiz”, “rahmat”, “salomat bo`ling”, “mumkinmi”, “kechirasiz”, “shirin tushlar ko`ring”, “osh bo`lsin”, “yaxshi borib keling”, “marhamat” kabi so`z va iboralarni o`z o`rnida qo`llay olishi.
90. Qo`lini ko`ksiga qo`yib iltifot ko`rsatishi.
91. Uyda, ko`chada, mehmonga borishda kiyinadigan kiyimlarini farqlash va ularni o`z o`rnida kiyishi.
92. Shirin so`zli bo`lishi va mehribonlik qila bilishi.
93. O`tirish va yurish qoidalarini bilish, unga rioya qilishi.
94. Uyda, bog`chada, mehmonda, ko`chada o`zini qanday tutish kerakligini bilishi va unga rioya qilishi.
95. Yaxshilik va yomonlikni farqlashi.
96. Kattalarni hurmat-kichiklarni izzat qilishi kerakligini anglashi va unga rioya qilishi.
97. O`rtoqlari bilan hamjihatlikda o`ynay olishi.
98. Hol-ahvol so`rashni bilishi.
99. Kattalar mehnatini qadrlash lozimligini bilishi.
100. Ojiz va kuchsizlarni himoya qilish zarurligini anglashi.
101. O`z-o`ziga xizmat qila olish.
102. Uyda yoki bog`cha hovlisida yengil mehnatlarni bajara olishi.
103. Oshxona anjomlari-choynak, piyola, qoshiq, likopcha, pichoq kabilarning vazifalarini bilishi, yig`ishtirishda joy-joyiga qo`yishi.
104. Mehnatsevar bo`lish yaxshi odat ekanligini anglash.
105. Mehnat qurollari-tesha, bolg`a, qaychi, ombir, tok qaychi, ketmon, belkurak, o`roq kabilarning vazifasini bilishi.
106. Tejamkorlik zarurligini bilishi.
107. O`zini ozoda tutishi, sochiq, dastro`mol, sovun, tish pastasi va cho`tkasidan to`g`ri foydalana olishi.
108. Mustaqil tartibli kiyinishi va yechina olishi.
109. Ovqatlanish qoidalariga rioya qilishi.
110. Tasviriy san`at asarlaridan zavqlana olishi.
111. Ranglardan-oq, qora, qizil, sariq, yashil, havorang, binafsharang, jigarranglarning nomini bilishi va ularni bir-biridan farqlay olishi.
112. Qalam, bo`yoq, flamasterdan to`g`ri foydalana olish.
113. Qog`oz va karton bilan ishlay olishi.
114. Asliga qarab va tasavvur bo`yicha meva, sabzavot va turli o`yinchoqlarni yasay olishi.
115. Flastilin va loydan meva, sabzavot va turli o`yinchoqlarni yasay olishi.
116. Milliy cholg`u asboblari-rubob, dutor, doira, sunray, karnay, nog`oraning nomlarini bilishi va ularning ovozini bir-biridan farqlay olishi.
117. Turli ohangdagi kuy va musiqani farqlashi.
118. Raqsga tushganda harakatlarni musiqaga moslashtira olishi.
119. Musiqa ostida qo`shiq ayta olishi.
120. Tabiiy, kuyga mos, yengil ovozda kuylashi.
Do'stlaringiz bilan baham: |