Topshiriq
PISA – o‘quvchilarni ta'lim sohasidagi yutuqlarini baholash qanday dastur?
PIRLS – dasturi tadqiqot xalq ta'limdai qanday ahamiyatga ega?
TMSS – dasturi qayerda tdbiq etilmoqda?
27-mavzu: PISA dasturida tuzilgan testlar
Reja:
PISA test haqida umumiy ma’lumot.
PISA test tarkibi
PISA: Asosiy yoʻnalishlar
PISA (inglizcha - Programme for International Student Assessment-Talabalarni Xalqaro baxolash tizimi) – turli davlatlarda 15 yoshli o‘quvchilarning savodxonligini (o‘qish, matematika, tabiiy fanlar) hamda bilimlarini amaliyotda qo‘llash qobiliyatini baholovchi dastur.Bu dastur 3 yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Dastlab 1997-yilda ishlab chiqilgan va 2000-yilda birinchi marta qo‘llanilgan. Bu dastur boʻyicha har uch yilda oʻquvchilarning bilimini baholash maqsadida sinovlar oʻtkaziladi. Hozirgi kungacha jami 7 marta (2000, 2003, 2006, 2009, 2012, 2015 va 2018 yillar) PISA dasturi boʻyicha testlar oʻtkazilgan boʻlib, keyingi sinovlar 2021 yilda boʻlishi rejalashtirilgan. Mamlakatimiz ham 2021 yildan bu dasturga qoʻshilishga tayyorgarlik koʻrmoqda.
Lekin bu dasturdan qatnashishdan maqsad testlarni oʻtkazish yoki oʻquvchilarni testga tayyorlash emas, oʻquvchilarimizda XXI asr koʻnikmalarini shakllantirish raqobatbordosh kadrlarni yaratish uchun mustahkam zamin yaratish hisoblanadi.
Xoʻsh, PISA dasturining maqsadi nima, u qanday zaruriyat tufayli paydo boʻldi va PISA savollari qanday prinsipga asoslangan holda tuziladi?
XXI asr – informatsion texnologiyalar asri. Bu asr oʻz mutaxassislaridan umuman oldingidan farq qiluvchi kompetensiyalarni talab qiladi. XX asrda va undan oldin kuchli xotira, ensiklopedik bilim, oʻz sohasida iloji boricha koʻproq maʻlumotni bilgan mutaxassislar yuqori qadrlangan boʻlsa, endi bu bilimlar hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlmay qoldi. Qidiruv tizimlari, onlayn ensiklopedialar, sohalar boʻyicha mukammal onlayn maʻlumotlar bazalari yaratildiki, endi bu maʻlumotlarni eslab qolish zaruriyati ikkinchi planga tushib qoldi.
Hozirgi zamon mutaxassisida bu bilimlarni tahlil qilish, ulardan yangi maʻlumotlarni hosil qila olish, xalq tili bilan aytganda “kosa tagidagi nimkosa”ni koʻra olish kompetensiyasi birinchi oʻringa koʻtarilayapti.
PISA testlari xuddi shu oʻzgarishlarni taʻlim tizimida aks ettirish, maktab oʻquvchilarining haqiqiy hayotda kerak boʻladigan hodisalarni tahlil qilish, ulardan xulosa chiqarish va muloqotga kirishishkoʻnikmalarini qay darajada egallayotganini, taʻlim tizimining bu oʻzgarishlarga qanchalik moslashayotganini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi
Do'stlaringiz bilan baham: |