Yorug‘likning elektromagnit to‘lqin nazariyasi. Yorug‘lik to‘lqinlarining fazoviy va vaqt bo‘icha kogerentligi. Kogerent yorug‘lik to‘lqinlarini olish usullari
Optikada yorug‘lik deganda faqat ko‘rinadigan nurlarni emas, balki unga yondoshadigan keng diapozondagi elektromagnit nurlanish spektri – (IQ) infraqizil va (UB) ultrabinafsha spektrlari tushuniladi. Ko‘rinadigan yorug‘lik nurlari elektromagnit to‘lqinlar spektrining 400 nm dan 780 nm gacha diapozonida yotadi.
Gyuygens prinspi:
bu prinsipga asosan, to’lqin harakati yetib borgan har bir nuqta ikkilamchi to’lqinlar manbaiga aylanadi, bu to’lqinlarni o’rab oluvchi egri chiziq keying momentdagi to’lqinlar fronti holatini belgilaydi.
Gyuygens – Frenel prinspi:
To’lqin fronti sirtida yotgan barcha ikkilamchi manba’lar bir biriga nisbatan kogerentdir. Fazoning istalgan nuqtasidagi to’lqinlar amplituda va fazasi – bu ikkilamchi manbalar nurlagan to’lqinlar interferensiyasi natijasidir.
To’lqin fronti sirtida yotgan barcha ikkilamchi manba’lar bir- biriga nisbatan kogerentdir. Fazoning istalgan nuqtasidagi to‘lqinlar amplituda va fazasi – bu ikkilamchi manba’lar nurlagan to‘lqinlar interferensiyasi natijasidir.
---
atom
Atomlarining alohida qisqa impulsga o‘xshash uzuq-uzuq yorug‘lik nurlanishi – to‘lqin tizmasi deb ataladi.
Nurlanish vaqti τ = 10-8 s
Bir tizimning o‘rtacha davom etadigan vaqti – kogerentlik vaqti deb ataladi.
Kogerentlik faqat tasma davomida saqlanib, kogerentlik vaqti nurlanish vaqtidan ortiq bo‘la olmaydi.
Istalgan nomonoxromatik yorug’lik to’lqinlarini bir-birini o‘rnini oladigan, bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan garmonik tizimlar majmuasidan iborat deb hisoblash mumkin
To‘lqin interferensiyasi kuzatilishi sharti ularning kogerentligidadir, ya’ni bir necha tebranma va to‘lqin jarayonlarining vaqt bo‘yicha va fazoda bir-biriga muvofiq ravishda kechishidir.
Bir tizimning o‘rtacha davom etadigan vaqti – kogerentlik vaqti deb ataladi.
Interferensiya hodisasini kuzatish imkonini beradigan ikkita yorug‘lik manba’ning o‘lchamlari va o‘zaro joylashishi fazoviy kogerentlik deb ataladi.
Fazoviy kogerentlik uzunligi (yoki kogerentlik radiusi) deb, ko‘ndalang yo‘nalishda to‘lqin tarqalishning maksimal masofasiga aytiladi.