Har qanday vaqt birligi ichida o‘zgaruvchan elektr maydoni atrofida uyurmalangan magnit maydoni hosil bo‘ladi va aksincha. Hosil bo‘lgan bu maydon elektr va magnit kirituvchanliklari va bo‘lgan muhitda tezlik bilan tarqaladi. va vektorlar o‘zaro ortogonal bo‘lib, maydon tarqalish yo‘nalishiga ham perpendikulyardir ; ; ya’ni elektromagnit to‘lqinlar ko‘ndalang to‘lqinlardan iboratdir. , , vektorlar o‘ng vintli sistemani hosil qiladilar (2.1-rasm). 2.1-rasm. Elektromagnit to‘lqin. va vektorlar o‘zaro perpendikulyar. Harakatdagi yassi monoxromatik to‘lqinda va vektorlar bir xil fazada tebranadilar, ya’ni sinfazdirlar. J.Maksvell tomonidan elektromagnit maydon nazariyasi yaratilishi, “yorug‘lik - elektromagnit to‘lqin” degan muhim xulosaga olib keldi. Bunday muhim xulosani elektrodinamik doimiylarni yorug‘likning tarqalish tezligiga teng ekanligi isbotladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |