Mustaqil yechish uchun masalalar 1) 17. Doiraviy o’ram markazi I2=6A tok o’tib turgan cheksiz uzun o’tkazgichdan d=20sm masofada joylashgan. Doiraviy o’ram tekisligiga o’tkazilgan normal, cheksiz o’tkazgich orqali o’tgan tekisligida joylashgan bo’lib, unga perpendikulyardir. Doiraviy o’ramdan I2=3 A tok o’tmoqda, uning radiusi R=10sm. Doiraviy o’ram markazida magnit maydoni induksiyasi topilsin. 2) 32. AB o’tkazgich bo’lagi magnit maydonining C nuqtasidagi kuchlanganligi topilsin. Agar o’tkazgichdan I=30A tok o’tayotgan bo’lsa, o’tkazgich bo’lagi C nuqtada 90º burchak ostida ko’rinsa va C nuqta o’tkazgich bo’lagining o’rtasidan o’tkazilgan perpendikulyarda joylashgan bo’lib, undan r=0.06 uzoqlikda joylashgan. 3) 47.Cheksiz uzun to’g’ri o’tkazgich 120º burchak ostida bukilgan bo’lib, undan I=50A tok o’tmoqda. Burchak bissektrisasida joylashgan va burchak uchidan d=0.05m masofada joylashgan nuqtada magnit maydoni induksiyasi topilsin? 4) 62. Kesim yuzasi S=1.5·10-2m2 bo’lgan kalta g’altak N=200 o’ramlar soninga ega bo’lib undan 4A tok o’tmoqda va u magnit maydon kuchlanganligi 8kA/m bo’lgan bir jinsli magnit maydoniga joylashtirilgan. G’altak o’qi magnit maydoni yo’nalishi bilan 60º burchak xosil qilgan bo’lsa uning magnit mo’menti va aylantiruvchi mamenti topilsin. 5) 77. Cheksiz uzun o’tkazgichdan I=100A tok o’tib magnit maydon hosil bo’lgan. Undan L=10sm masofada nuqtaviy o’ram joylashtirilgan. Uning magnit momenti Pm=1mA·m2 va u tokli o’tkazgich bilan bir tekislikda yotadi hamda unga perpendikulyardir. Nuqtaviy o’ramga ta’sir etuvchi kuch topilsin. 6) 92.124. Nisbiy atom massalari m1=39 va m2=41 bo’lgan bir zaryadli kaliy ionlari izotopining potenciallar ayirmasini maydonda tezlashtirilib, bir jismli magnit maydoniga perpendikulyar yo’nalishda kiritiladi. Magnit maydon indukciyasi B=0.08 Tl, ionlar traektoriyasining egrilik radiusi aniqlansin. 7) 107. Bir elementar zaryadli zarracha imndukciyasi B=0.01 Tl bo’lgan bir jinsli magnit maydoniga kirib keladi. Zarracha magnit maydonida radiusi R=0.5 mm li halqa bo’yicha harakat qilsa, uning impuls momenti L topilsin. 8) 122. Uzunligi l=0.2m bo’lgan o’tkazgichdan I=5A tok o’tmoqda. O’tkazgich kuchlanganligi H=80 kA/m bo’lgan magnit maydoniga perpendikulyar ravishda h=0.5 m masofaga surilgan bo’lsa, uni ko’chirishda bajarilgan ish topilsin. 9) 137. "Volga" avtomobili V=120km/soat tezlik bilan xarakat qilmoqda. Agar mashinaning oldi o‘qini uzunligi 180 sm bo‘lsa, o‘qning uchlaridagi potensiallar ayirmasi topilsin. Er magnit maydonining vertikal tashkil etuvchisi H=40A/m.