Umuman olganda sindirish ko‘rsatkichi yorug‘lik nurlari dastasining tushish burchagiga bog‘liq bo‘lmaydi, ammo u yorug‘likning rangiga bog‘liq bo‘ladi. Buni Nyuton kashf etganligini ko‘rdik. Yorug‘lik dispersiyasi deganda moddaning sindirish koeffitsiyentining yorug‘lik to‘lqin uzunligiga bog‘liqligidan yuz beradigan hodisalar tushuniladi. Turli to‘lqin uzunligiga ega bo‘lgan turli tusli yorug‘lik ikki shaffof moddaning yondashish chegarasida turlicha sinar ekan. Bundan ko‘rinadiki berilgan har bir moddaning sindirish koeffitsiyentini to‘lqin uzunligining funksiyasi sifatida yozish mumkin (5.5-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |