Yorug’likning asosiy qonunlari Mazmuni: yorug’likning to’g’ri chiziq bo’ylab tarqalish qonuni;muhitning absolut sindirish ko’rsatkichi;to’la qaytish.
Optik bir jinsli muhitda yorug’lik to’g’ri chiziq bo’lab tarqaladi.Nuqtaviy manba qarshisidagi jismlsr soyalarining hosil bo’lishi bu qonunning to’g’riligini isbotlaydi.
Yorug’likning to’g’ri chiziq bo’ylab tarqalish qonuni. Agar yorug’lik ikkita muhitning chegarasiga tushsa,unda tushuvchi nur ikkita – qaytuvchi va sinuvchi nurlarga ajralib ketadi. 5 –rasmda tushuvchi nur (I), qaytgan nur (II) va singan nur (III) deb belgilangan.
Yorug’likning qaytish qonuni. Yorug’lik nuri deganda, yorug’lik energiyasi tarqaladigan yo’nalish tushuniladi. Yorug’lik nurining intensivligi esa vaqt birligida nur yo’nalishiga perpendicular bo’lgan birlik yuzadan oqib o’tadigan energiya bilan aniqlanadi.
Tushuvchi va qaytgan nurlar hamda ikki muhit chegarasidagi, nurning tushish nuqtasiga o’tkazilgan perpendicular bir tekislikda yotadi. Qaytish burchagi I tushish burchagi I ga teng: i = I . Yorug’likning sinish qonuni. Tushayotgan nur, singan nur hamda ikki muhit chegarasidagi, nurning tushish nuqtasiga o’tkazilgan perpendicular bir tekislikda yotadi.Tushish burchadi sinusining sinish burchagi ainusiga nisbati shu ikki muhit uchun o’zgarmas kattalikdir. bu yerda n - ikkinchi muhitning birinchisiga nisbatan nisbiy sindirish ko’rssatkichi. Burchaklarni belgilashdagi indekslar yorug’lik nuri qaysi muhida harakatlanayotganligini ko’rsatadi Ikki muhitning nisbiy sindirish ko’rsatkichi ularning absolut sindirish ko’rsatkichlarining nisbatiga teng: Muhitning absolut sindirish ko’rsatkichi deb, uning vakumga nisbatam olingan sindirish ko’rsatkichiga aytiladi. U yorug’likning bo’shliqdagi tezligi c ning shu muhitdagi tezligi v ga nisbati bilan aniqlanadi, ya’ni Muhitning absolut sindirish ko’rsatkichi. yoki (1.1) ifodadan foydalansak,
ifodani hosil qilamiz. Bu yerda E - muhitning dielektrik singdiruvchanligi, - muhitning magnit kirituvchanligi. Endi (4.1)ifodadan foydalanib, (4.2) ifodani quyidagi ko’rinishda yozamiz:
Agar yorug’lik sindirish ko’rsatkichi katta bo’lgan muhitdan (optik zichroq muhitdan) sindirish ko’rsatkichi kichik bo’lgan muhitga (optik zichligi kichikroq muhitga) sindirish ko’rsatkichi kichik bo’lgan muhitga ( optik zichligi kichikroq muhitga) o’tsa (n1>n2), u holda bo’ladi. Bunda singan nur perpendicular chiziqdan ko’proq uzoqlashadi va sinsh burchagi i2 tushish burchagi i dan kattaroq bo’ladi. Tushish burchagi ortishi bilan sinish burchagi ham kattalasha boradi. Tushish burchagining biror (i1=icheg) qiymatida sinish burchagi
ga teng bo’ladi
Tushish bo’rchagining i1>icheg qiymatidan boshlab barcha tushayotgan nurlar to’la qaytadi. icheg burchak esa chegaraviy burchak deyiladi.
Tushish burchagi o’zining chegaraviy qiymatiga yaqinlashgan sari sinuvchi nurning intensivligi kamayib, qaytuvchi nurning intensivligi ortib boradi. i1>icheg da esa sinuvchi nurning intensivligi nolga teng bo’ladi, tushuvchi va qaytuvchi nurning intensivligi tenglashadi. Demak, tushish burchagining icheg dan
bo’lgan oraliqdagi qiymatlarida yorug’lik nuri sinmay to’laligicha qaytadi va bunday tushuvchi va qaytuvchi nurlarning intensivliklari teng bo’ladi. Bu hodisaga to’la qaytish deyiladi.
gacha
E’tiboringiz uchun raxmat!