4.10-rasm. Maykelson intereferometri sxemasi: a – prinsinial; b – optik.
Interferometrda S1 va S2 ko’zgularga aniq tik bo’lgan konsentrik halqalar sistemasi ko’rinishidagi tekis og’gan interferensiya kuzatiladi. Bu holda S2 ko’zguni siljitishda uning plastinkadan tasviri ( sirt) S1 ko’zguga parallelligi saqlanadi. sirtni referent deb ataladi. Yuzaga kelgan bir xil og’ishli yo’lakchalar go’yoki S1 – S2 paralell plastinkalar havo qatlamidagi interferentsiyaga mos tushadi. Agar havo qatlami pona ko’rinishida (S2 ko’zgu 2 burchakga og’gan), unda bir xil qalinlikdagi yo’lakchalar paydo bo’ladi.
4.10, b – rasmda interferometrning optik sxemasi tasvirlangan 2-kondensator 1-monoxromatik yoki oq yorug’lik nurlanish manbai 3-diofrogmadan o’tadi. 4-kollimator ob’ektividan chiqishidagi paralell dastalar (yassi frontli to’lqinlar) 8-taqsimlovchi plastinkaga tushadi. Interferometr shoxchalaridagi yo’llar optik uzunliklarini tengsizligi interferension manzarali chayqalishiga olib keladi. Interferometr optik sxemasidagi bu kamchilikni yo’qotish uchun kompensator qo’yiladi (5-plastinka). Bushoxchalardagi to’lqin uzunliklarni muvozanatlashishiga olib keladi. Chunki 8 va 5 plastinkalardagi dispersiya bir xildir.
Monoxramatik nurlanish manbali interferometrlarga 5-kompensatsiyalovchi plastinka qo’yilmaydi. Nurlarning paralell dastasining bir qismi yarim shaffof 8-plastinkadan qaytadi va qisman undan o’tadi. Birinchi dasta 5-kompensatsiyalovchi plastinka orqali o’tadi va 6-ko’zgudan qaytib yana 5-plastinkadan 8-taqsimlovchi plastinkadan o’tib ko’rish trubasiga yo’naladi. 6 va 7 ko’zgular tashqi ko’zgu qatlamiga ega. Ikkinchi dasta, 7-ko’zgudan, so’ngra 8-plastinkaning yarim shaffof sirtidan qaytib birinchi dasta yo’nalishi bo’yicha ketadi va u bilan interferensiyalanadi. Interferension manzarali 10-ob’ektiv fokal tekisligida 11-okulyar orqali proeksiyalanadi yoki sur’atga olinadi. S2 va S1 plastinka havo qatlamida tekis og’ish interferensiyasini kuzatishda (4.10,a-rasm) xalqalar cheksizlikgacha bir xil taqsimlangan bo’ladi.
Interferension xalqalarni 10-ob’ektivliva 11-okulyarli ko’rish trubasi orqali kuzatiladi.
Ponasimon havo plastinkasi yuzaga kelgan bir xil kenglikdagi yo’lakchalar 6-ko’zgu tekisligida paydo bo’ladi. Ularni kuzatish uchun fokal tekisligi 6-ko’zgu tekisligidagi 9-ob’ektivdan foydalaniladi. 9-ob’ektiv, 10-so’rish trubasi ob’ektivi bilan birgalikda 6-ko’zgu sirtiga 11-okkulyar tekisligi proeksiyalanadi. Yo’lakchalar kengligi va yo’nalishi ko’zgularni og’dirib boshqariladi.
Maykelson interferometri optik sxemasi ko’plab yuqori aniq o’lchashlarga mo’ljallangan interferometrlari asosida tuzilgan. Maykelson sistemasi interferometri yordamida ko’zgu tayyorlashni /20 aniqlikda nazorat qilish, harorat o’zgarishida qismlar uzunligini o’lchash, yorug’lik to’lqinlari uzunligini o’lchash mumkin. Agar nurlanish manbai sifatida =632,8 nmli neon-geliy lazeridan foydalanilsa interferensiyalangan dastalar yo’llar farqi katta bo’lgandagi interferension manzarani kuzatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |