68 -rasm
Ipak qurti muskullarining
joylashishi
268
- ta ko‘ndalang,
168
ta qiyshiq va
110
ta uzunasiga
Qurtning bosh tomonida bosh va uning o‘simtalari, mo‘ylov, jag‘lar,
ostki lab,
paypaslagichlar va boshqalarni keltiruvchi muskullarjoylashgan. Ichakning bo‘ylama
va halqali muskullari yurak bilan bog‘liq bo‘lgan muskullar haqida yuqorida aytib
o‘tilgan. Muskullarning ishlashi nerv tizimi faoliyati bilan bevosita bog‘langan,
shuning uchun muskullarda nerv uchlari juda ko‘p bo‘ladi. Muskullar ishlayotgan
vaqtda juda ko‘p oziq moddalari va kislorod talab qiladi, buning oqibatida bularga ko‘p
miqdordagi mayda nafas naychalari - traxeolalar tutashadi,
bulardan organlarga
kislorod keladi; bundan tashqari har bir muskulga gemolimfa oqib keladi, bu
gemolimfa tarkibida ichak devori orqali kirgan oziq moddalari bo‘ladi. To‘qimalar
devorida yoki ichida joylashgan muskullarga gemolimfadan keladigan oziq moddalar
biriktiruvchi to‘qima pardasi orqali o‘tadi.
69 rasm Ipak qurti tanasida muskullarning joylashish chizmasi.
Muskullar nerv tizimi orqali hosil bo‘lgan qo‘zg‘alish natijasida qisqaradi va
bo‘shashadi; buning natijasida muskullarda kimyoviy jarayonlar sodir bo‘lib, katta
ahamiyatga ega bo‘lgan energiya ajralib chiqadi.
Bu jarayonlarning kimyoviy energiyasi juda katta tezlik bilan mexanik
energiyaga aylanadi. Muskullar mexanik ishni moddalar almashinuvi jarayoni
mahsulotlarining ta’sirida muskul tolalarining oqsil struktura
holatining va fizik
xossasining (mexanik) o‘zgarishi natijasida bajaradi, ya’ni ulardagi biokimyoviy
jarayonlarda muskullarda bo‘ladigan va unga gemolimfa orqali keladigan organik
moddalarning boy energiyasi ishtirok etadi. Bunday
moddalarning asosiy turlari
uglevodlar hisoblanadi, uglevodlar muskullarda glikogen holida bo‘ladi;
gemolimfadan esa trigaloza holida keladi. Muskullardagi glikogen zapasi uncha katta
emas, shuning uchun muskullar trigalozasiz davomli ishlay olmaydi.
Bu uglevod moddalaridan ajralgan energiya muskul hujayralarining oqsil
moddalariga bevosita emas, balki tarkibida fosfor bo‘lgan alohida birikmalar, asosan,
adenozin, adenozin uch fosfat kislota (AUF) orqali ta’sir etadi.
Muskullarga kelgan nerv qo‘zg‘alishi ta’sirida adenozii uch fosfat kislota
fermentativ parchalanadi, bu parchalanish mahsuloti muskulning oqsil
moddalariga
ta’sir etadi va strukturasini o‘zgartiradi; bu esa ularning qisqarishiga sabab bo‘ladi.
Adenozin uch fosfat kislotaning qaytarilish jarayoni natijasida muskullar yoziladi;
bunda uglevodlarning parchalanish energiyasi hisobiga adenozin uch fosfat kislota
qoldig‘iga muskullar qisqarganda ajralib chiqadigan fosfor kislota qayta birikadi.
Tarkibida fosfor bo‘lgan boshqa birikmalar ham qaytariladi.
Uglevod birikmalari ikki formada dastlab kislorod ishtirokisiz (anaerob),
so‘ngra esa kislorod ishtirokida (aerob) parchalanadi.
Anaerob parchalanish muskullar qisqarganda sodir bo‘ladi va glikogenning sut
kislotaga aylanishdagi (glikogenoliz) reaksiya zanjiridan iborat bo‘ladi. Bu
jarayonning asosiy ahamiyati shundaki, bunda muskullarning
ishlashi uchun zarur
bo‘lgan energiya ajralib chiqadi.
Aerob parchalanish muskullarning bo‘shashish (dam olish) holatiga to‘g‘ri
keladi. Bunda kislorod yutiladi,buning yordamida sut kislota - boshlang‘ich
gilikogengacha qaytariladi. Bunday o‘zgarishga sut kislotaning beshdan to‘rt qismi
uchraydi: qolgan qismi esa suv va uglekislotagacha oksidlanadi. Bunda ajralib
chiqqan energiya faqatgina muskullar ichida bo‘ladigan
jarayonlar uchun sarf
bo‘lmasdan, balki organizmda bo‘ladigan ximiyoviy o‘zgarishlarga, harakatlanishga
va tanada issiqlikni saqlab turishga xizmat qiladi.
Shunday qilib, muskullar faqatgina sof mexanik ish bajarmasdan, balki issiqlik
manbai ham hisoblanadi. Issiqlik energiyasi sintezlangan moddalar energiyasiga
aylanadi, bir qismi esa organizm tomonidan tashqi muhitga chiqarib yuboriladi.
Gemolimfadagi uglevod birikmalarining sintezi qurtlar uchun eng zarur sintez
hisoblanadi. Yuqorida eslatib o‘tilganidek, (qon aylanish bo‘limiga qarang)
gemolimfa moddalar almashinuvi uchun oraliq joy hisoblanadi. Oziq bilan kiruvchi
uglevodli moddalar organizmga yetishmaydi, shuning uchun gemolimfada oqsil
moddalar- aminokislotalar ko‘p miqdorda bo‘ladi.
Parchalanishining oxirgi
mahsulotidan uglevod moddalar sintezlanadi. Bu sintez zapas uglevodlarni erituvchi
trigaloza hosil bo‘lguncha davom etadi. Uning miqdori qurtlik davrida ( I yoshdan -V
yoshgacha) 8150 marta oshadi, bu raqam sintetik jarayonlarning gemolimfada juda
tez borishi va muskullar ishlaganda uglevod birikmalariga katta ehtiyoj sezishini
ko‘rsatadi
.
Do'stlaringiz bilan baham: