2.10. TUT IPAK QURTI QONINI TARKIBIY
TUZILISHI VA TANADA QON AYLANISH JARAYONI
Ovqat hazm bo‘lish jarayonida hosil bo‘lgan oziq moddalari hasharotlarda
tananing umumiy bo‘shlig‘iga tushadi. Bu yerda oziq moddalari har turli organ va
to‘qimalarning hujayralari tomonidan o‘zlashtiriladi. Bundan keyingi o‘zgarishlar
oraliq almashinuv deb ataladi. Oziq moddalar hujayralarga faqat eritma holda
etkaziladi va o‘zlashtiriladi. Umurtqali hayvonlarda bunday erigan moddalar
qonda bo‘ladi: qon, o‘zining eng mayda kapillyarlari bilan tananing hamma
to‘qimalariga etib boruvchi qon tomirlarining bekik tizimida aylanib yuradi.
Hasharotlarda bekik qon aylanish tizimi bo‘lmaganligidan qon vazifasini
bajaruvchi suyuqlik hamma organlarni ta’minlab, butun tana bo‘shlig‘i bo‘ylab
erkin harakat qiladi. Shu bilan birga hamma to‘qima va hujayralar, o‘z navbatida,
limfa ajratadi, bu qon aylanish sistemasida bo‘lmasdan, asosan bir to‘qimaning
hujayralari orasida joylashadi. Hasharotlarda qon vazifasini bajaruvchi suyuqlik,
bir vaqtning o‘zida limfa vazifasini ham bajaradi. Bularning hammasi
hasharotlardagi ichki bo‘shliq suyuqligini keltirib chiqaradi. Bunda oraliq
almashinuv sodir bo‘lib, almashinuv mahsulotini hamma to‘qima va hujayralarga
yetkazib beradi. Bu vaqtda uning o‘zi suyuq holatdagi to‘qimadan iborat bo‘ladi
va (bu suyuqlikda osilgan holda hujayralar – gemotsitlar bo‘ladi) gemolimfa deb
ataladi, ya’ni qon va limfa funksiyasini birlashtiruvchi suyuqlikdir. Biroq
gemolimfa umurtqali hayvonlar qoniga nisbatan olganda uncha murakkab vazifani
bajarmaydi, jumladan, gemolimfa nafas olish jarayonida qon kabi muhim ro’l
o‘ynamaydi.
Shunday bo‘lsa ham gemolimfa hasharot tanasidagi muhim elementlardan
biri hisoblanadi. Bundan tashqari, gemolimfa almashinuv mahsulotlarini ichak
devoridan hamma organlarga, bundan esa Malpigiev naylariga etkazib beradi;
unda oraliq almashinuv va ayrim gaz almashinuv jarayonlari bo‘ladi. Bu shunday
muhitki, bunda organlar o‘rtasidagi hamma o‘zaro kimyoviy aloqalar amalga
o’shadi va u, jumladan, nerv tizimi ichki sekretsiya organlari va boshqa organlar
faoliyatiga gormonal ta’sir etish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. U, bundan tashqari,
mexanik, aniqrog‘i, gidravlik ro’l o‘ynaydi: ayrim joydagi muskullarning
qisqarishi natijasida hosil bo‘lgan bosim, gemolimfa orqali tananing boshqa
qismlariga berilishi va u yerda ma’lum vazifani bajarish mumkin, tana ichidagi
gemolimfaning umumiy bosimi esa uning normal egiluvchanlik holatini
ta’minlaydi .
Gemolimfada, umuman olganda, suvli eritma bo‘lib, tarkibida organik va
anorganik birikmalar, bo‘yovchi moddalar – fermentlar va shakliy elementlar –
tirik qon hujayralari – gemotsitlarning bir necha turi bo‘ladi.
Gemolimfaning tarkibi ovqatlanish sharoitiga va organizmning holatiga
qarab o‘zgaradi. Gemolimfa almashinuv mahsulotlarini tashib beruvchigina emas,
balki po‘st tashlash vaqtida qurt organizmiga ovqat kelmayligan davrda och
qolmasligi uchun o‘zida zahira oziq moddalarini to‘playdi. Masalan, g‘umbaklik
bosqichida hayot faoliyati uchun zarur bo‘lgan energiyaning yarmini qon
moddalaridan, ikkinchi yarmini esa metamorfoz jarayoni natijasida parchalangan
to‘qima hisobiga oladi. Qurt gemolimfasida 80-88% suv bo‘ladi. Gemolimfa bu
vazifalar bilan birga organizmdagi yoshga qarab o‘zgarib turuvchi suv miqdorini
ham boshqarib turadi: tuxumdan endi chiqqan qurtda 71 % suv, 5-yoshdagi qurtda
esa 80% dan ortiq suv bor. G‘umbak va kapalakda suv miqdori 65-75% gacha
kamayadi.
Gemolimfada yog‘lar ko‘proq; qurt gemolimfasida –2,24%, g‘umbak
gemolimfasida –4,3% va kapalak gemolimfasida - 5,7% bo‘ladi. Gemolimfadagi
oqsil miqdori o‘rtacha 2% ni tashkil etadi (ba’zan ularning miqdori 7-8% gacha
boradi). G‘umbaklarda oqsillarning miqdori 5-6% gacha boradi, kapalaklarda 2%
gacha kamayadi.
Rivojlanishning hamma bosqichlarida tuzlarning miqdori taxminan bir xil
(1,5% ga yaqin). Ipak qurti osmotik bosimining muqimligi shunga bog‘liq.
Qurt gemolimfasidagi qattiq moddalarning umumiy miqdori 10% ga yetadi,
kul moddalari, taxminan, g‘umbakda 6%, kapalakda esa ularning miqdori ortib
boradi.
Gemolimfa kuchsiz kislotali reaksiyaga ega, lekin to‘qimalar ichak va uning
devorlarida ishqorli reaksiyaga ega bo‘lsa-da, po‘st tashlash vaqtida neytral
reaksiyaga yaqinlashib boradi. Boshqa organ va to‘qimalarning reaksiyasi kuchsiz
ishqoriy yoki neytral reaksiyaga yaqin bo‘ladi. Gemolimfaning
pH
ini o‘rganish,
bu ko‘rsatkich (kattalik) qurtlarda, g‘umbaklarda va kapalaklarda, taxminan, bir xil
bo‘lib, 6,6-6,8 ga teng bo‘lishini ko‘rsatadi, qurt pebrina bilan kasallanganda
pH
7,05-7,30 gacha ko‘tariladi, sariq kasaliga yo‘liqqanda esa kamayib ketadi. Po‘st
tashlash vaqtida kislotaliligi kamaygani kuzatilgan.
Hasharot
organizmining
biokimyoviy
xususiyati
shuki,
uning
gemolimfasida siydik kislota va aminokislota, shuningdek, anorganik modda
fosfor va magniy ko‘p miqdorda bo‘ladi.
Yana boshqa xususiyati shuki, erkak va urg‘ochi hasharotlar gemolimfasi
tarkibi jihatidan bir-biridan katta farq qiladi. Urg‘ochi hasharot gemolimfasining
pH
i erkaklarnikiga qaraganda hamma vaqt 0,02-0,05 oshiq bo‘ladi; erkak va
urg‘ochi hasharot, gemolimfalari aralashtirilganda cho‘kma hosil bo‘ladi bir
jinsdagi hasharotlar gemolimfasi aralashtirilganda esa hech narsa hosil bo‘lmaydi;
qurtga boshqa bir jinsdagi qurt gemolimfasi yuborilsa, qurt bir qancha vaqt qotib
qoladi. Bular va boshqa bir qancha ma’lumotlar erkak va urg‘ochi hasharotlar
gemolimfasida, jumladan, oqsil tanachalari tarkibida biokimyoviy farq borligini
tushunishga imkon berdi . 5-yoshdagi qurtda gemolimfa umumiy og‘irlikning 20%
ini tashkil etadi.
Gemolimfaning zichligi suvning zichligi – 1,037 dan bir oz ortiq.
Gemolimfa tarkibida gemotsitlar deb ataluvchi hujayralar bor. Bu
amyobasimon erkin hujayralar umurtqali hayvonlar qonidagi leykotsitlarga
o‘xshaydi. Biroq hasharotlarda ularning miqdori ancha kam: 1mm
3
gemolimfada,
taxminan, 2000 gemotsit uchraydi. Gemotsitlarning bir nechta turi bor. Ipak
qurtida uch xil: donsiz gemotsitlar, donli gemotsitlar, sharsimon katta vakuoli
hujayralar (sferulotsitlar)uchraydi.
61- rasm. Qon hujayralari: 1- donli hujayralar 2- enotsitoidlar:3- sferulotsitlar:
4-:veretenosimon hujayralar:5- gemotsitoblastlar.
Donsiz gemotsitlardan eng maydasi – gemotsitoblastlardir. Ularning diametri
10 mikronga yaqin. Bu hujayralarning yadrosi yupqa hoshiyali protoplazma bilan
o‘ralgan. Gemotsitoblastlar yosh hujayralar bo‘lib, bulardan birin-ketin qon
hujayralarining boshqa tiplari rivojlanadi. SHuning uchun ham gemotsitoblastlar
yosh qurt gemolimfasida juda ko‘p bo‘lib, so‘ngra keskin kamayib ketib,
kapalaklarda mutlaqo yo‘qolib ketsa kerak.
Gemotsitoblastlar rivojlangan sari duksimon cho‘zilgan shaklni oladi, 2-2,5
marta yiriklashib fagotsitlar, ya’ni «hujayra yutuvchilar» ga aylanadi. Ular
gemolimfada juda ko‘p bo‘lib, shaklli elementlar umumiy sonining 30-50% ini
tashkil etadi. Fagotsitlarning bo‘lishi sababli gemolimfa yana bir vazifani bajarish
qobiliyatiga ega. U organizmni unga kirgan mikroorganizmlarni o‘rab oladi va
ularni «yutadi». Bu jarayon turlicha bo‘ladi: lekin hamma holatda ham
fagotsitlarning soni ortadi. Rivojlanishning keyingi bosqichida qon hujayralarining
protoplazmasi donasiz tuzilishini saqlagan holda yana ham kattalashadi. Bu
hujayralar gemolimfadagi eng yirik hujayralar bo‘lib,
Do'stlaringiz bilan baham: |