208
5.3
Tut ipak qurtining urug‘lanishi
212
5.4
Tut ipak qurti tuxumining tashqi ko‘rinishi va tuzilishi 217
5.5
Tut ipak qurti tuxumida embrionning hosil bo‘lishi va
rivojlanishi
220
5.6
Tut ipak qurti urug‘ida rivojlanishining birinchi davri 220
5.7
Tut ipak qurti urug‘ida rivojlanishining ikkinchi davri
- diapauza
222
5.8
Tut ipak qurti urug‘ida uchinchi davr - urug‘ning
bahorgi rivojlanishi
224
VI BOB
6.1
Voltinizm
231
6.2
Urug‘lar rivojlanishiga tashqi sharoitning ta’siri
237
6.3
Tut ipak qurtining partenogenezi va androgenezi
245
Foydalanilgan adabiyotlar
253
ILOVA
254
Ipak qurtini ipagidan va g‘umbagidan
foydalanayotgan sohalar.
254
Ipak mahsulotlaridan kosmetologiyada foydalanish
257
Ipak qurti pillasidan zargarlik buyumlari va
sovg‘alar tayyorlashda foydalanilishi.
259
Ipak qurti g‘umbagidan chet davlatlarda oziq ovqat
sifatida qo‘llanilishi
262
Aziz ustozlarimga
264
Kirish
Aziz va ilmga chanqoq, yurtimiz ertasi, kelajagi porloq talabalar!. Yurtimiz
tinch, istiqbolimiz porloq, kelajagimiz nurli. Yo‘lboshchimiz xalqi baxti-
saodati, siz yoshlarni kelajagi uchun, hech bir yurtda yaratilmagan imkoniyatlar
eshigini ochib bergani sizning baxtingiz. Tug‘ilib o‘sgan yurting uchun, unda
voyaga еytayotgan farzandlaring kelajagi, baxtu- saodati uchun o‘z hissasini
qo‘shishni istamagan inson bo‘lmasa kerak.Tinch, osoyishta zaminda
yashayotgan, yurtini sevib ardoqlagan inson borki, shu zamin rivoji uchun o‘z
hissasini qo‘shishni istaydi, albatta, men ham.
Ushbu darslikni yangi nashrini tayyorlashimdan maqsad ustozlar yozib
qoldirgan darslik, hozirgi zamon Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining
zamonaviy ta’lim dastur talablariga to‘liq javob bera olmasligidir. Yangi nashrda
chet el davlatlarida va respublikamiz olimlarining ipakchilik sohasida olib
borilayotgan ilmiy izlanishlari va hozirgi vaqtgacha to‘plangan internet
yangiliklari bilan to‘ldirib, talabalarga o‘tiladigan har bir mavzu ularni
tushunishlari va mavzularni oson o‘zlashtirishlari uchun rangli rasmlar bilan
izohlab, kerakli ma’lumotlar bilan to‘ldirishga harakat qildim.
Uzoq o‘tmishdagi ajdodlarimiz olamni bilish, tabiat sirlarini ochib,bizga olti
ming yillar ilgari ba’zi qurtlarning chiroyli va nafis, ingichka, lekin pishiq,
jilokor va yaltiroq iplar pillasidan o‘zlariga uycha yasashini manbalarda yozib,
undan foydalanishni o‘rgatib ketganlar. Hozirgi vaqtda ham ayrim hashoratlar
loy, barg va boshqa materiallardan o‘zlari uchun uycha yasashlarini ko‘rib-
kuzatganmiz. Ipak qurtlarining ajoyibligi va mo‘jizakorligi shundaki, boshqa
hashoratlar kabi ipak qurti chetdan
o‘zga narsalardan emas, aksincha o‘zlari
ishlab chiqqan ipakdan inlarini yasaydi va shu xislatlari bilan boshqa qurtlardan
ajralib turadi.
Tabiiy go‘zal va chiroyli, nafis matolar insonlarni o‘ziga doimo jalb etar
ekan, bu mahsulotlarga va matolarga bo‘lgan ehtiyojlar, tannarxi, iqtisodiy
hisob- kitoblar yaratuvchi uchun e’tiborga olinishi shart bo‘lgan asosiy
muammodir. Tabiiy ipakdan xalq xo‘jaligini turli sohalarida, jumladan,
tibbiyotda, aviatsiya, radio-texnika, kosmonavtika, to‘qimachilik sanoati va
kosmetologiya, farmatsevtika va boshqa sohalarda keng ko‘lamda foydalanilishi
sabab ipakchilikni yanada rivojlantirishni davr taqozo etadi. Ipakchilik
qadimdan taraqqiy etgan sohalardan biri hisoblanib, to‘qimachilik sanoati va
xalq xo‘jaligini tabiiy ipak xom-ashyosi bilan ta’minlaydi.
Tabiiy
ipak
pishiqligi,
cho‘ziluvchanligi,
issiqqa
chidamliligi,
ko‘rkamligi,yengil va nafisligi, havo o‘tkazuvchanligi bilan boshqa gazlamalardan
va sun’iy tolalardan ustunligi bilan ajralib turadi.
Shuning uchun ham mustaqil respublikamizda ipakchilikni yanada
rivojlantirib, mo‘l-ko‘l va sifatli pilla yetishtirishni taqozo etadi. Bu masalani
amalda bajarish uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash zarur bo‘ladi.
Ipakchilik sohasi yetuk mutaxassisi bo‘lish uchun “Tut ipak qurti biologiyasi”
fanini bilish zarur, chunki ipakchilik sohasiga kirish eshigi - ipak qurti
biologiyasidir. Ipak qurti biologiyasi fanini muhimligi shundan iboratki, y siz ipak
qurti ekologiyasi, embriologiyasi, urug‘chilik, seleksiya va kasalliklarini
o‘rganishingiz uchun asosiy poydevordir.Shuning uchun har bir mutaxassis va
talabadan bu fanni mukammal o‘rganish talab etiladi.
Tut ipak qurti biologiyasi umumiy biologiya fanlaridan biri hisoblanib, uning
asosiy maqsadi ipakchilik sohasi bo‘yicha bilim olayotgan talabalarga ipak qurtini
tashqi-morfologik, ichki-anatomik tuzilishini va qurt tanasida sodir bo‘ladigan
fiziologik jarayonlar to‘g‘risida tushuncha beradi. Bu esa talabaga ipak qurti va
uning tuzilishi to‘g‘risida dastlabki ma’lumotlarni berib, qurtni parvarish qilish
jarayonida, undagi o‘zgarishlar, yoshdan-yoshga o‘tishda po‘st tashlashi, pilla
o‘rashi uchun ipak tolasini hosil bo‘lish jarayoni, g‘umbakka, kapalakka aylanishi
sababini va mohiyatini bilishga o‘rgatadi.
Shuningdek, kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga oshira borib,
ipakchilik sohasida yangi, navdor yuqori hosil beradigan, kasalliklarga chidamli
ipak qurti zotlari va duragaylari yetishtirish, uchun ilg‘or texnologiyaga
asoslangan ilmiy kuzatishlar olib borish, yangi tajriba ma’lumotlarini tahlil
qilish, ishlab chiqarishga ilmiy asoslangan iqtisodiy jihatdan samarali tavsiyalar
berish va bu tavsiyalarni nazariy jihatdan asoslab berish uchun ipak qurti
biologiyasini mukammal bilish lozim.
Respublikamiz Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi bu masalaga katta e’tibor
berib maxsus Farmon va qarorlar qabul qildi
.
Respublikamizda pillachilik tarmog`ini yanada rivojlantirsh uchun
O’zbekiston Respublikasi Prizedentining (1998 yil 30 mart 2000 yil 28 fevral
2003 yil 22 dekabr, 2005 yil 15 martidagi ,2006 yil 15noyabr) farmonlari
chiqarilib,Vazirlar Mahkamasining (1998 yil 3 aprel 2000 yil 16 mart 2003 yil 9
sentyabr, 2006 yil 15 noyabr 515-sonli) qarorlari qabul qilingan Farmoyish va
qarorda ozuqa bazasini mustahkamlash uchun yangi tutzorlar barpo etish va
tutning yangi sermahsul navlarini yaratish ipak qurtlarini sifatli urug’ini
tayorlash va qurt boqishning yangi tehnalogiyasini qo’lash, tayyorlanayotgan
pilla salmog’ini ko’paytirish va uning sifatini yahshilash, ipak qurtini yangi zot va
duragaylarni ishlab chiqarish tatbiq etish vazifalari ko’rsatib o’tilgan.
Bu masalalarni amalda bajarish uchun ushbu fanlarni o‘rganish va yuqorida
qayd etilgan talablarni bajarishda asosan ilmiy yutuqlarga suyaniladi. Ilm-fan
yutuqlari esa ilmiy kuzatishlar va tajribalarga bog‘liq bo‘lib, buning siru-
asrorlarini talabalarga o‘rgatish ushbu fanning vazifasi va maqsadidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |