O`quvchilar ro`yxati: Sinf, guruh, ism familiyalarni tanlab, parolni kiritgan holda TEDda ish boshlanadi. Bunday holatda TED foydalanuvchi bajargan har bir ishning, o`qigan har bir mavzusining, topshirgan har bir test nazoratining hisoboti olib boradi.
O`qituvchilar ro`yxati: Ism va familiyalarni tanlab, parolni kiritgan holda TEDda ish boshlanadi.
Anonim kirish: Bu holatda TED foydalanuvchi bajargan ishlari hisoboti olib borilmaydi va ma’lumotlar bazasida saqlanmaydi.
“Qabul qilish” tugmasi bosilgach, agar kiritilgan parol to`g`ri bo`lsa yoki anonim kirish tanlangan bo`lsa, TEDning mundarijasi hosil bo`ladi.
“Bekor qilish” tugmasi TED ishini yakunlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |