1. TED ISHLASHI UCHUN EHMGA QO`YILADIGAN MINIMAL TALABLAR
EHMga:
|
|
|
Protsessor
|
Pentium III (500 MHz va undan yuqori)
|
|
|
Bo`sh joy (Qattiq disk xotirasidan)
|
450 mb
|
|
|
Operativ xotira
|
32 mb
|
|
|
Video karta
|
SVGA
|
|
|
Tarmoq platasi (Tarmoqda ishlash uchun o`rnatilgan va sozlangan bo`lishi)
|
10 mb/c va undan yuqori
|
Operatsion tizim va dasturiy ta’minotga:
|
|
|
Operatsion tizim
|
Windows 98/Me/NT/2000/XP
|
|
|
Flash Player
|
Flash Player 7 va undan keyingi
|
|
|
Video kodeklar
|
DivX 5.03 va undan keyingi
|
|
|
Internet Explorer
|
Internet Explorer 4 va undan keyingi
|
|
|
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi
|
Firebird 2.0 va undan keyingi
|
|
|
|
|
2. TEDNI KOMPYUTERGA O`RNATISH TARTIBI
TED kompyuterga maxsus tayyorlangan distrubutiv kompakt diskdan o`rnatiladi.
Distributiv kompakt diskni kompyuterning kompakt disk qo`yiladigan qurilmasiga (CDROMga) qo`ying va o`rnatish dasturi ishga tushishini kutib turing.
Menyudagi bandlar tavsifi:
“ED ni o`rnatish” bandida elektron darslik o`rnatiladi.
“Ma’lumotlar ombori” bandi ma’lumotlar ombori bilan ishlashga mo`ljallangan tizimiy dasturni (Firebird) o`rnatishga xizmat qiladi. Aslida bu banddan foydalanmasa ham bo`ladi, chunki bu dasturni o`rnatish “ED ni o`rnatish” bandida ham amalga oshiriladi.
“Video dastur (Codec)” bandida videolavhalarni ko`rish uchun foydalaniladigan tizimiy dastur (DivX 5.03) o`rnatiladi.
“O`rnatish haqida” bandida TEDni o`rnatish haqidagi yordam ma’lumotlari ekranga chiqariladi.
“Chiqish” o`rnatish dasturidan chiqishga xizmat qiladi.
“ED ni o`rnatish” bandi bosilishi bilan o`rnatish boshlanadi. O`rnatish dasturi bir nechta bosqichdan iborat bo`lib, dastlab quyida tasvirlangan darcha hosil bo`ladi.
Bu darchada TEDni o`rnatishdan avval qanday ishlarni bajarish kerakligi ko`rsatilgan.
Davom ettirish uchun darchaning pastki qismidagi “Davom” tugmasini bosing va keyingi bosqichga o`ting.
TEDni o`qituvchi uchun o`rnatishning ikki rejimi mavjud: “O`qituvchi uchun Edni o`rnatish” va “O`qituvchi uchun Edni qayta o`rnatish”. (Bu rejimlarni tanlash o`qituvchi kompyuteri uchun muhum, o`quvchi kompyuteri uchun ahamiyati yo`q).
“O`qituvchi uchun Edni o`rnatish” - TEDni kompyuteringizga to`liq o`rnatishni ta’min etadi. Odatda, Sizning kompyuteringizda TED avval o`rnatilmagan hollarda bu o`rnatish rejimidan foydalaniladi.
“O`qituvchi uchun Edni qayta o`rnatish”. – qandaydir sabablarga ko`ra avval o`rnatilgan TED kompyuteringizda buzilsa (ishlamay qolsa), uni qayta tiklaydi. Bu holda Nettesta dasturidan tashqari barcha dassturlar qayta o`rnatiladi, ya’ni o`qituvchi kompyuteridagi test bazasi, o`quvchilar va o`qituvchilar bazalari hamda shu paytgacha o`quvchilar topshirgan nazorat ishlari natijalari saqlanib qoladi. Agar bu bazalarni ham yo`qotib, TED distributiv diskidagi mavjud dastlabki bazalarni tiklamoqchi bo`lsangiz “O`qituvchi uchun Edni o`rnatish” rejimini tanlang.
Ekranda kerakli o`rnatish usuli tanlanib “Davom” tugmasi bosiladi.
Bu bosqichda TED o`rnatiladigan katalogni aniqlash lozim. O`rnatish dasturining avtomatik ravishda TED o`rnatiladigan katalogni tavsiya qiladi. TEDni boshqa katalogga o`rnatish “Tanlash” tugmasi bosiladi va kerakli katalog tanlanadi. Shu paytda darchada TEDni o`rnatish uchun qancha bo`sh joy talab qilishi va kompyuterda qancha bo`sh joy borligini haqidagi ma’lumotlarni ham ko`rish mumkin.
Keyingi “Yorliqlar katalogi” bosqichiga o`tish uchun “Davom” tugmasini bosish zarur.
Bu “Yorliqlar katalogi” darchasida TED Пуск menyusida joylashishi lozim bo`lgan katalog nomi tanlanadi. Bu yerda o`rnatish dasturi TED mazmuniga mos yorliqlar katalogini tavsiya qiladi.
Keyingi bosqichga o`tish uchun “Davom” tugmasi bosiladi va Y
angi darcha paydo bo`ladi.
Bu darchada avvalgi bosqichlarda kiritilgan (tanlangan) ma’lumotlar ekranga yana bir bor chiqariladi. Ularning to`g`riligiga ishonch hosil qilinsa, “O`rnatish” tugmasini bosiladi va keyingi bosqichga o`tiladi, aks holda “Qaytish” tugmasi yordamida avvalgi bosqichlarga qaytib ma’lumotlarni o`zgartirish mumkin.
Navbatdagi o`rnatish bosqichida TED fayllarini kompyuterga o`rnatish jarayoni kuzatiladi va oxirigacha kutib turiladi. O`rnatishni jarayonini bekor qilish (to`xtatish) uchun “Bekor qilish” (Cancel) tugmasi bosiladi.
O`rnatish jarayoni tugagandan so`ng yakuniy bosqich faollashadi va o`rnatish jarayoni tugaganligi haqida ma’lumot ekranga chiqariladi.
Oxirgi “Yakunlash bosqichida” yakunlash tugmasi bosiladi va TEDni o`rnatish tugatiladi.
TED kompyuteringizga ishlashi uchun ma’lumotlar ombori bilan ishlashni ta’min etadigan Firebird dasturini o`rnating. Buning uchun distributiv disk CDROM ga qo`yilganda ekranda paydo bo`ladigan menyudan “Ma’lumotlar ombori” bandini bosing. “Firebird” dasturi o`rnatishi boshlanadi. Bu dastur Internet orqali bepul tarqatiladigan tizimiy dasturdir. Shuning uchun uni kompyuterga o`rnatishda muloqat tili ingliz tilida kechadi. Barcha muloqat darchasida «OK» tugmasini bosish lozim.
TEDdagi videolavhalar namoyishini ta’minlash uchun distributiv disk CDROM ga qo`yilganda ekranda paydo bo`ladigan menyudan “Video dastur (Codec)” bandini faollashtiring. “DivX” dasturi o`rnatishi boshlanadi. Uni kompyuterga o`rnatishda muloqat tili ingliz tilida kechadi. Barcha muloqat darchasida «Next» tugmasini bosish lozim. O`rnatish tugagach “Close” tugmasi bosiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |