Программы Tarix 6 sinf Test topshirish
buyruqlar ketma-ketligi tanlaydi.
Nazorat topshirish uchun ro`yxatdan o`tish darchasida o`quvchilar o`z sinfi, guruhi, ismi, familiyasini tanlaydi va parolni kiritadi, so`ngra “Fanni tanlash” tugmasini bosadi.
Keyingi darchada o`qituvchi tomonidan ayni paytda faollashtirilgan nazoratni tanlab “Testni boshlash” tugmasini bosiladi. “Qaytish” tugmasi avvalgi ro`yxatdan o`tish darchasiga qaytishni ta’minlaydi. “Chiqish” tugmasi test topshirish dasturidan chiqib ketishga xizmat qiladi.
“Testni boshlash” tugmasi bosilgandan keyin test dasturining asosiy darchasi ochiladi.
Test dasturining asosiy darchasi yuqorisida quyidagi ma’lumotlar va tugmalar joylashgan:
“Jami savollar:” – nazoratdagi jami savollar soni;
“Javob berilganlar:” – o`quvchi tomonidan javobi kiritilgan savollar soni:
– Test dasturidan foydalanish haqida yo`riqnoma;
– Test nazoratini yakunlash tugmasi. Bu tugma bosilganda “Haqiqatdan testdan chiqmoqchimisiz?” so`rovi bilan tasdiq darchasi hosil bo`ladi.
Bu tasdiq oydasida “Ha” tugmasining bosilsa test yakunlanadi va o`quvchilarga quyidagi rasmda tasvirlangandek nazorat natijalarini ko`rsatadi.
Test dasturining asosiy darchasining ish qismida test savoli va uning javoblari ko`rinib turadi. Agarda savolga tasvir biriktirilgan ish qismning yuqori qismida tasvir ko`rinadi.
Test dasturining asosiy darchasi quyi qismida boshqarish tugmachalari mavjud bo`lib, ular quyidagilardan iborat.
“Oldingi savol” – oldingi savolga o`tish tugmasi;
O`rtada keltirilgan ro`yxatda testdagi savollarning ro`yxati keltirilgan bo`lib, har bir savol raqami to`g`risida ochiq yoki yopiq holdagi kitobchalarning tasviri mavjud. Bunda ochiq holdagi kitobcha - bu savolga javob berilganligini, yopiq holdagi kitobcha esa hali javob berilmaganligini bildiradi
“Keyingi savol” –keyingi savolga o`tish tugmasi
“ 1-javob”, “ 2-javob”, “ 3-javob”, “ 4-javob”, “ 5-javob”,... ,“ 10-javob” kabi tanlash komponentlari yordamida to`g`ri javob tanlanadi.
Ekranning quyi qismida ma’lumotlar qatori mavjud bo`lib, unda kim test topshirayotganligi, fan va nazorat turining nomi, test uchun ajratilgan vaqt va o`tgan vaqtlar haqidagi ma’lumotlar ko`rinib turadi.
Shu yerda o`ng tomondagi indikatorga e’tibor berish lozim. Unda testni bajarishga sarflanayotgan vaqt ko`rsatilgan. Indikatordagi vaqt ajratilgan vaqtga teng bo`lsa, ya’ni test uchun ajratilgan vaqt tugasa, tizim avtomatik ravishda test topshirishni yakunlaydi va test yakunini ekranga chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |