Yordamchi tarix” fanidan Sirtqi ( 2 otm )bo‘lim talabalari uchun sessiya oralig‘i nazorat ishlari to‘plami toshkent-2022 y



Download 210,5 Kb.
bet3/15
Sana08.07.2022
Hajmi210,5 Kb.
#756500
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Ёрдамчи тарих Ochilova Dilnoza 202-gurux

O‘quv jarayoni rejasida uch yillik o‘qish jarayonida o‘qitiladigan o‘quv fanlari, har bir kursda o‘qitiladigan o‘quv fanlarining semestrlar bo‘yicha xaftalik soatlar hajmi ko‘rsatiladi.
Yordamchi tarix” fanida talabalar Davlat ta’lim standarti (DTC), ta’lim yо‘nalishining malaka talablari, o‘quv rejasi va dasturi, o‘qituvchining dars o‘tishi uchun zarur bo‘ladigan barcha hujjatlar mazmuni bilan tanishadilar va ularni ishlab chiqadi.


1 – topshiriq. Berilgan savollarga yozma tarzda javob tayyorlang.

1. Tarixiy va Astronomik xronologiya deganda nimani tushunasiz


Xronologiya (xrono... va ...logiyadan) — 1) tarixiy voqealarning davriy tadrijiyligi; 2) vaqt oʻlchovi haqidagi fan. Astronomik X. fazodagi hodisalarning qaytarilib turish qonuniyatlarini oʻrganadi va aniq astronomik vaqtni belgilaydi. Tarixiy X. — yordamchi tarix fani; turli xalqlar va davlatlar yil hisobi tizimi va taqvimlarini oʻrganadi, tarixiy voqealar sodir boʻlgan sanalarni va tarixiy manbalar yaratilgan vaqtni aniklashda yordam beradi. X. taraqqiyot bosqichlarining vaqtini aniqlash demakdir. Bu esa alohida tarixiy voqealar, mehnat qurollari, hunarmandchilik va xoʻjalikning rivoji, uyjoylar, qishloqlar va shaharlarning qurilishi, davlatlarning tashkil topishi va madaniyat taraqqiyoti yutuqlari vaqtini aniqlashni anglatadi.
2. Dastlabki kalendar qaerda vujudga kelgan?
Dastlabki kalendar qadimgi Misrda yaratildi. Misrliklar o‘zlari uchun hayot-mamot masalasi bo‘lgan Nil daryosining qachon toshishini kuzatganlar.«Kalendar» lotincha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida «qarz daftari», «har oyning birinchi kuni» degan ma’nolarni anglatadi. Hayotimizda esa kalendar vaqtning kunlarga, haftalarga, oylarga va yillarga bo‘lib hisoblanishidir. Kalendarda yil, oy va kunlarning nomlari yozib qo‘yilgan bo‘ladi. Kalendarlar bizning bobolarimiz tomonidan «taqvim»lar deb yuritilgan.
3. Hindistonda grigoriy kalendari qo‘llanilgan vaqtni ayting.
XVIII asrga kelib Hindistonda grigorian kalendari qо‘llanilgan. 1957 yilda Saka erasi - grigorian kalendariga asoslangan yagona milliy kalendar qabul qilingan. Shuningdek, unda qadimgi hind Quyosh kalendari xususiyatlari ham mavjud. Kalendar 365 (kabisa 366) kun, 12 oydan iborat. Oylar 30- 31 kundan, oddiy yilda birinchi 6 oy 30 kundan, qolgan 6 tasi 31 kundan iborat.
4. Xitoyda qachon birinchi yulduz katalogi tuzildi?
Miloddan avvalgi 360 yilda xitoyliklar birinchi yulduz katalogini tuzib chiqadi.
5. Yuliy Sezarning kalendar islohotining mohiyatini ayting.
m imperatori Yuliy Sezar (mil.av. 100 y. mil. 44 y.) miloddan avvalgi 46 yilda kalendar islohotini о‘tkazdi. Yuliy Sezarni Misrda bо‘lganida mahalliy kalendar qiziqtirib qо‘ygandi. Yangi kalendarni tuzishda aleksandriyalik astronom Sozigen faol qatnashadi. Kalendar islohotchilari oldiga Misr “daydi kalendari”ni tuzatib, sо‘ngra uni qabul qilish vazifasi qо‘yilgan edi. Sozigen tuzgan bu kalendar Yuliy Sezar sharafiga tarixga Yulian kalendari nomi bilan kiradi.
Yulian kalendarida yilning boshi, davomiyligi va qо‘shimcha kunlarga alohida e’tibor berildi. Kalendarda yilning birinchi oyi yanvar qabul qilindi. Miloddan avvalgi 153 yildan boshlab Rim konsullari yanvarda о‘z xizmat vazifasini boshlardilar. Yangi kalendarda eski kalendaridagi oylar nomi saqlanib qoldi. Bular: yanuaris, februarius, martius, aprilis, mayus, yunius, kvintilis, sekstilis, september, oktober, november, detsember. Kalendarda toq oylar (6 ta) 31 kundan (yanuaris, martius, mayus, kvintilis, september, november) juft oylar (fevraldan tashqari) 30 kundan (aprilis, yunius, sekstilis, oktober, detsember) fevral 29, (30) kundan qilib belgilandi. Yulian kalendari soddaligi bilan ancha qulay, ikki voqea oralig‘idagi uzoq davrda о‘tgan sutkalar sonini topish ham ancha oson edi. Yilning uzunligi 365,25 sutkaga teng bо‘lib tо‘rt yillik sikl joriy qilindi. Tо‘rt yildan uch yili 365 kun tо‘rtinchi yili esa 366 kun bо‘lib kabisa yildan iborat edi.
6. Diniy marosimlarni nishonlashda kalendarning o‘rni qanday?325 yilda Nikeya soborida yulian kalendari yagona xristian kalendari sifatida qabul qilindi va ular 21 martni bahorgi teng kunlik kuniga mos keltirdik deb, о‘yladilar. Nasroniylarda diniy pasxa bayramini о‘tkazishda buning ahamiyati katta edi. Ular bir necha asrdan sо‘ng haqiqiy bahorgi teng kunlik nuqtasi kalendarga tо‘g‘ri kelmay qolganligini sezib qoldilar. XVI asrning ikkinchi yarmiga kelib, bu farq 10 kunga yetdi, ya’ni bahorgi teng kunlik nuqtasi 21 mart emas, 11 martga tо‘g‘ri kelib qoldi. Bu cherkovni tashvishga solib qо‘ydi, ya’ni pasxa bayrami borgan sari yozga surila boshladi bu esa Nikeya sobori qaroriga zid edi. Pasxa bayrami 21 martdan keyingi tо‘lin oydan sо‘ng birinchi yakshanbada nishonlanishi kerak edi. Miloddan avvalgi 238 yilda Ptolomeylar sulolasidan bо‘lgan Yeverget kalendar islohotini о‘tkazadi. U har 4 yilda yilning oxirgi kunidan sо‘ng xudolar kuni nishonlanadigan yana bir sutka qо‘shishga farmon beradi. Bu hozirgi kun atamasi bilan aytadigan bо‘lsak, kabisa yilidir. Lekin bu islohot amalga oshmay qoladi. Faqatgina Yuliy Sezarning tashabbusi bilangina amalga oshadi.
III asrga kelib Misrda Diokletian erasi joriy qilinadi. Diokletian erasi boshi yulian kalendariga kо‘ra 284 yil hisoblanadi va bu eradan bugungi kunda nasroniy-koptlar diniy an’analarni о‘tkazishda foydalanib keladi.
7. Qadimgi Rimdagi bozor va bayram kunlari qanday voqealarm bilan bog‘liq?
8. Hijriy - shamsiy kalendarga ta’rif bering.
Shamsiya 622 yilning bahorgi teng kunlik kuni — 21-martdan boshlab hisoblanadi; keyingi yil boshlari esa 20, 21 yoki 22-martga toʻgʻri keladi. Davomiyligi Grigoriy kalendaridat kabi 365 yoki 366 kundan iborat. Shamsiyaboʻyichaoylarningnomlari hut, hamal, savr, javzo, saraton, asad, sumbula, mezon, aqrab, qavs, jaddi va dalv boʻlib, bu oylar doimo yilning maʼlum bir vaqtlarida keladi.
9. Hijriy - qamariy kalendarini ta’riflang.
Qamariyaboʻyichayil hisobi 622-yilning 16-iyuli juma kunidan boshlanib, Oyning ketma-ket kelgan ikki bir xil fazasi orasida oʻtgan vaqt — sinodik oy (29,530588 kun) davriga asoslangan. 12 oydan iborat bir qamariy yil 354,3671 kundan iborat. Qa-mariy yilda 1, 3, 5, 7, 9 va 11-oylar 30 kundan, qolganlari 29 kundan butun qilib olingan. Oylar tartibi bilan muharram, safar, rabiul avval, rabiuloxir, jumodulavval, jumo-duloxir, rajab, shaʼbon, ramazon, shavval, zulqaʼda va zulhijja deb ataladi. Qamariy yil tropik yildan 10— 12 kun qisqa. Qamariy yilning baʼzilari kabisa yil boʻlishiga sabab yilning kasr qismi (0,3671 kun) har 30 yilda 11,013 kunni tashkil etishidir. Uning 19 yili oddiy (354 kunlik), 11 yili kabisa (355 kunlik), 38-yillik arabcha siklning 2, 5, 7, 10, 13, 16, 18, 21, 24, 26 va 29-yillari kabisa deb qabul qilingan. Qamariya hisobi Yaqin va Oʻrta Sharqning koʻp davlatlari va boshqa baʼzi davlatlarda qoʻllanadi.
10. Grigorian kalendarining umumevropa kalendari sifatida qabul qilinishining sabablarini ko‘rsating.
11. Grigorian kalendarini dastlab qaysi Osiyo davlati qabul qilgan?


  1. topshiriq: Mustaqil o‘rganish uchun test topshiriqlari. Test savollariga javob bering.





  1. Download 210,5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish