Yor -yor xalq qo’shiqlarining badiiy tahlili Alisher Navoiy nomidagi



Download 22,19 Kb.
Sana01.01.2022
Hajmi22,19 Kb.
#304424
Bog'liq
Yor


Yor –yor xalq qo’shiqlarining badiiy tahlili

Alisher Navoiy nomidagi

Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti

Universiteti talabasi Miraziz Suyunov

Annotatsiya: Ushbu maqolada yor-yor xalq qo’shiqlaridagi o’zgarishlar mifolgik obrazlar qo’llanilishi haqidagi fikrlar va ulardagi xalq hayotining turmush tarzi ochib beriladi.

Kalit so’zlar:yor-yor, mifik, e’tiqod, evalutsiya, to’y, qadriyat, urf-odat, xalq.

Ma’lumki yor-yor xalq qo’shiqlarida aholining diniy qarashlari va ijtimoiy ahvoli keltirilishi bilan birga unda asrlar davomida shakllangan mifik tushunchalari aks ettiriladi.Shu sababli ham xalq qo’shiqlari orqali ma’lum darajada insonlarning qadimiy evalutsiyasi va e’tiqodi haqidagi tasavvurlarga ega bo’lishimiz mumkin.

Yor-yor xalq qo’shiqlari barcha turkiy xalqlar uchun to’y marosim qo’shiqlari sifatida talqin etiladi, nisbatan qo’shiq sifatida kuylanishi ham bir-biriga yaqin ohang o’zaro hamohang tarzda bo’ladi. Yor-yor qo’shiqlaridagi mavzu ko’lami keng qamrovli va rang-barangligi bilan ajralib turadi.Qo’shiqlarda misralar o’ziga xos tarzda ta’rif va tavsiflar nisbatan takrorlanmagan holda kuylanadi.

Qora-qora qo’zilar

Qo’yni boshlar yor-yor

Qalam qoshli yangalar

O’lan boshlar yor-yor

Alisher Navoiyning “Me’zon ul –avzon “asarida yor-yor xalq qo’shiqlari haqida fikr bildiradi “turk ulusi zufof va qiz ko’chiruv to’ylarida aytarlar, ul surudedur bag’oyat muttassir va ikki na’vidur.Bir navi hech bir vazn bila rost kelmas va bir navida bir bayt aytilurkim, munsarixi matviyi makfuf bahridur yor-yor lavzini radif o’rnig’a mazkur qilurlar”1 . Yor-yor qo’shiqlari asosan to’rtliklardan iborat bo’ladi hamda keying to’rtlikni aytishda birinchi to’rtlikka mos ravishda keladi. Yor-yor xalq qo’shiqlari borasida B.To’xliyev, E.Sheraliyev, H,Aliqulova 2 yor-yor xalq qo’shiqlari borasida ilmiy qarashlarini ilgari suradi.Unda yor-yor bandlarining ichki mantiqiy aloqadorligi tasvirdagi obyekt xususiyatlariga ham chambarchas bog’liqligi kuzatilishini keltiradilar. .Shunga ko’ra bunday holatlarda o’zaro aloqador bo’lgan bandlar sirasi ikki-uch banddan yeti-sakkiz, hatto o’n-o’n ikki bandgacha davom etishi mumkin. Yor-yor qo’shiqlari asosan xudoga bag’ishlovdan boshlanadi.Bu zanjirning asosiy xalqalarida “Xudo-bismillo-Qur’on-xudo,payg’ambar,ummat tarzida davom etadi. Shuningdek yor-yor xalq qo’shiqlarida afsonaviy hayvon nomlari orqali kelgan to’rtliklarda ko’rishimiz mumkin.

Tovda toychoq kishnaydi

Ot bo’ldim dep yor-yor.

Uyda kelin jilaydi(yig’laydi)

Yot bo’ldim dep yor-yor.

Ushbu to’rtlikni tahlil qiladigan bo’lsak, toychoqlar ot bo’lganligidan xursand bo’lib kishnaydi chunki ot baxtiyor endi toychoq emas balki, ot bo’lganligidan dep hisoblasak.Keyingi qatorlardagi uyda kelin yig’laydi , sababi endi qiz o’z uyidan yot bo’ldi ya’ni unitildi, qizlar uchun tug’lib o’sgan uyi endi begona bo’lishi dard alam bilan kuylanadi.Asosan yor-yorlar dardli ohanglarda kuylanadi. H.Aliqulova ushbu to’rtlikdagi ikkinchi misradagi yot bo’lish so’zlarini birinchi juftlikdagi ot so’zlariga yuzaki qaralganda bir-biriga bog’lanmagan dep ayta olamiz.Shuningdek yor-yor xalq qo’shiqlarida o’xshatishlar jonzotlar hamda tabiat hodisalari orqali ifodalash ko’p kuzatiladi.

Chimilig’di bog’idan

Chichqon qochdi yor-yor.

Chakka mayiz topolmay,

Kiyov qochdi,yor-yor.

Uyimizni orqasiga

Sepdim tariq yor-yor.

Kelinoyim yangalari,

Rangi sariq, yor-yor.3 Ushbu yor-yor qo’shig’ida hayvon va o’simliklar nomini ko’rishimiz mumkin asosan bu o’xshatishlar hisoblanib, yor-yor xalq qo’shiqlarida ko’p uchraydi. Nisbatan bu hayvon nomlari kuyov va kelin holatini tasvirlash uchun ishlatiladi. Birinchi juftlikdagi chichqon qochdi yor-yor qatoriga ikkinchi juftlikdagi kuyov qochdi yor-yor so’zlariga ma’nodash hamda ohandosh qilib qo’llangan. Bunda kuyovning holatini yumorga boy qilib tasvirlash uchun ishlatiladi, ushbu qo’shiq doira jo’rligida jo’shqin kayfiyatda aytiladi. O’zbek xalq qo’shiqlaridagi yor-yor qo’shiqlarini ijro etish tarixi va yo’nalishlarini kuzatganimizda salmoqli qismi qayg’uli ohang bilan aytiladi , hozirgi kunda ijro etish jaroyini biroz o’zgargan bo’lib kuy va ohang jarangdorligi oshadi.

Anov tovdi aylanib

Otang yotir yor-yor.

Bo’z qo’g’irchoq qo’lida

Ota yotir yor-yor4

Ushbu qo’shiqda qiz uchun uyidan ketish qiyin bo’lishi ota-onasidan ayrilishi ma’nosida tahlil qilishimiz ham mumkin shuningdek otang tovda aylanib yotir emas balki, otang tovda jatir ma’nosida kelishi vafot etganligidan dalolat beradi.Shuningdek ota o’rniga onang yotir variantlari ham keladi.

Jilama qiz jilama

Uy seniki yor - yor

Anov tovning tagida

Onang jotir yor-yor5

Quyidagi yor-yor qo’shig’ida kuchli dard va alam mavjud negaki, farzand uchun eng muhimi ota-ona hisoblanadi, ushbu yor-yorda qizni yupatish bilan boshlanadi sababi kelinning baxtli kunida onasi yo’q qiz kim bilan xayrlashadi, onasi anavi tog’ tagida ya’ni vafot etgan. Ushbu yor-yor turi ta’sirli qo’shiqlar sirasiga kiradi va sababi o’zbek xalqida eng ulug’ insonlar sifatida ota-ona ko’riladi va e’zozlanadi.Ulug’ sanalgan insonlardan ayrilish og’ir dard sanaladi. Qo’shboquva Anarbuvining ta’kidlashicha ushbu yor-yor turlari asosan qiz chiqaruv paytida kuylanadi, onasi yoki otasi vafot etgan oilada qiz chiqaruv bo’lsa, har doim shu qo’shiq kuylangan.Bunda qizni yupatish ma’nosida onang sen bilan har doim birga u ana tog’ tagida seni ko’rmoqda deya ushbu so’zlar bilan boshlangan, jilama qiz jilama (yig’lama qiz yig’lama) uy seniki yor-yor sifatida keladi.

Qot-qotqona qotloma

Qotlonadi, yor-yor,

Qizdi olip jangasi

Otlonadi yor-yor.

Qizdi olip jangasi

Tura tursin yor-yor,

Oq sut bergan enasi

Rozi bo’lsin yor-yor.6

Turkiy xalqlar to’y marosimlarida turli pishiriqlar tayyorlash odat hisoblanadi. Berilgan qo’shiqdagi birinchi juftlikka e’tibor bersak, unda qatlama tayyorlash jarayonini tasvirlash bilan boshlanadi, bu to’y yaqin ekanligidan dalolat negaki, qachon qatlama qilinsa albatta bu xonadonda biron tadbir bo’lishidan darak beradi. Yuqoridagi birinchi juftlik to’y yor- yorlarining asosiy boshlanuvchi juftligi hisoblanadi. Keyingi juftlikka e’tibor bersak udumlarga ko’ra qiz kelin bo’lib borayotgan xonadonga yangasi hamrohligida vakil sifatida yuboriladi “Ushbu urf-odat hanuzgacha davom etib kelmoqda” yangga qizni o’z uyidan olib chiqar ekan, onasidan rozi-rizolik olish kerak sanaladi. Berilgan yor-yor qo’shig’ida aynan urf-odat jarayonlarini mahorat bilan tasvirlanganligini ko’rishimiz mumkin. Yor-yor xalq qo’shiqlari asosan og’zaki usulda yetib kelgan katta hajmli qo’shiqlarni yod olish biroz qiyinlik tug’diradi, shu sababli yozib olingan xalq qo’shiqlari to’rtlik va sakkizlik shaklida bo’lishi kuzatilgan.

Oq ko’ylagim yengini

So’kdim , ona, yor-yor.

Oq sutingga rozi bo’l

Ketdim , ona, yor-yor 7

Yor-yorga e’tibor bersak bandalar erkin joylashgan shuningdek to’rtlik shaklda kelgan. Birinchi banddagi oq ko’ylagim yengini so’zlari bilan oq sutingga so’zlariga qofiyadosh hisoblansada umumiy jihatdan birinchi banddagi so’zlar va ikkinchi banddagi so’zlar bilan bir ma’no yaxlitligi yo’q bunday erkin kelish holatlari yor-yor xalq qo’shiqlarida ko’p kuzatiladi.

Aravaga ortilgani

Bari xoda, yor-yor.

Kuyov pochcham yangalari,

Bari poda yor-yor8

Tavsif tipidagi yor-yorlar voqe hodisalar ketma-ketlikda yoki ijobiy fikrlar o’xshatishlar orqali ba’zan yumoristik tasvirlash orqali mahorat bilan tasvirlanadi. Yor-yor to’rtliklari mantiqiy izchillik, mazmunan davomiylikka ega bo’lsa-da , ularning kompozitsion tuzulishida alohidalik mavjud. Bu borada R.Nosirov o’zining ilmiy ishlarida alohida to’xtalib o’tgan9.

Xullas, yor-yor xalq qo’shiqlarida xalqimizning milliy qadriyatlari rivojlanishi shuningdek kamol topishi hamda urf-odatlarning qo’shiqlar orqali bugungi kunga qadar yetib kelganligini ko’ramiz. Yor-yor xalq qo’shiqlari haqida berilgan fikrlarimizni umumlashtiramiz .



  • Yor-yor xalq qo’shiqlarida xalqning azaliy qadriyat va udumlari o’z aksini topgan;

  • Yor-yorlarda mifalogik qarashlar va obrazlar qo’llanilishi ko’p kuzatiladi;

  • Qo’shiqlarda qadimiy qahramon va obrazlar talmeh va tajnis orqali tasvirlanadi;

  • Yor-yor xalq qo’shiqlari asosan mustaqil to’rtliklardan iborat bo’ladi;

  • Qo’shiqlarda kelgan jonzot va tashqi ko’rinishga berilgan o’xshatishlar yumoristik ko’rinishda bo’ladi;

  • Yor-yor xalq qo’shiqlarida mantiqiy izchillik bo’lilishi bilan birga kompozitsion jihatdan alohida ko’rinishga ega bo’ladi;

  • Yor-yor xalq qo’shiqlarida xalq hayotini va turmush tarzini ifodalash kuzatiladi.



1 A.Navoiy. Mukammal asarlar to’plami.Yigirma tomlik.O’n oltinchi tom.Mezonul avzon,-T.:Fan,2000,92-bet.

2 B.To’xliyev,E.Sheraliyev,H.Aliqulova.Yor-yorlar.-T.:Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi .2009.82-bet.

3 G’anchi Muriyak qishlog’I,yor-yorlar.

4 Aytuvchi: Absalimova Bo’rigul, 58 yosh. Jizzax viloyati, Forish tumani Shaykeldi qishlog’I. Yozib oluvchi Suyunov Miraziz, talaba, 2020-yil.

5 Aytuvchi: Qo’shboquva Anarbuvi Safar qizi, 60 yosh,Samarqand viloyati, Payariq tumani, Mo’ltepa qishlog’I.Yozib oluvchi : Suyunov Miraziz, talaba,2019-yil.

6 Aytuvchi: Oyimcha Nazraliyeva Qo’shmat qizi, Mastchoh tumani, Jarbuloq qishlog’I, 47 yosh. Yozib oluvchi: Sabohiddin Nazraliyev,1993 yil.

7 M.Jo’rayev. Oy oldida bir yulduz.-T.: 2000.80-bet.

8 Aytuvchi:Xayriniso Xoliqova, 75-yosh. O’ratepa, Yangiqo’rg’on qishlog’i.

9 Nosirov R. O’zbek qo’shiqlarining kompozitsiyasi haqida. O’zbek tili va adabiyoti.-T.:2001, 42-44-betlar.

Download 22,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish