Yoqilgʻi sanoati



Download 62,51 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.04.2022
Hajmi62,51 Kb.
#548707
Bog'liq
Yoqilgʻi sanoati - Vikipediya



Yoqilgʻi sanoati
Yoqilgʻi sanoati — har xil 
yoqilgʻi
turlarini qazib olish va qayta ishlash bilan band boʻlgan
sanoat tarqoklari majmui; neft qazib olish, neftni qayta ishlash, gaz, ko‘mir, torf, slanets
sanoatlarini oʻz ichiga oladi. Yo. s. energetikaning yetakchi tarmoqlaridan biri. Texnika
taraqqiyoti va u bilan chambarchas bogʻliq holda xalq xoʻjaligida energiya isteʼmolini jadal
koʻpaytiradigan i. ch.ni mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish, elektrlashtirish, issiqlik bilan
taʼminlashning rivojlanishi yoqilgʻining ahamiyatini tobora oshirib boradi. Yoqilgʻi moddalari,
ayniqsa neft va gaz kimyo sanoatida xom ashyo sifatida ishlatiladi. Turkiston oʻlkasida
sanoat asosida neft qazib olish 19-asrning 80-yillariga toʻgʻri keladi (1870—72 yillarda
Fargʻona vodiysida 200 dan ziyod manbalari aniqlangan va hisobga olingan). 1885 yilda rus
neftchisi D. P. Petrov Fargʻona vodiysi (Chimyon neft koni) da ikkita quduqdan neft qazib
olishga va uni Vannovsk (hoz. Oltiariq) temir yoʻl st-yasidagi oʻzining shaxsiy kichik zdida
qayta ishlashga muvaffaq bulgan. Qayta ishlash natijasida olingan kerosin aravalarga va
tuyalarga yuklanib, Andijon, Toshkent, Qoʻqon paxta zdlariga, moyjuvozlarga va aholiga
sotilgan. Neft krldiklari esa temir yoʻl transportida yoqilgi sifatida ishlatilgan. Oʻzbekistonda
1913 y.da 13 ming t neft olingan. Oʻzbekistonda gaz sanoatittt tarkib topishi va rivojlanishi
tarixi asosan 1953 yilda Qizilqum choʻlida Setalontepa hududida birinchi gaz koni ochilishi
bilan boshlangan. Buxoro viloyatining gazneftli hududlarida katta hajmda ishlar olib borildi.
1956 yilning 17 oktabrda Gazli maydonidagi 600 metrlik quduqsan kuchli gaz favvorasi otilib
chikdi. Bu bilan Oʻzbekiston neftgaz sanoatida yangi davr boshlandi. Oʻzbekistonda kumirni
sanoat usulida qazib olish 1930y.lar oxirida boshlangan. Kumir Toshkent viloyati Ohangaron
vodiysida Angren qoʻngʻir kumir, Surxondaryo viloyatida Shargʻun, Boysuntogʻ toshkoʻmir
konlaridan qazib olinadi. 21-asr boshida Oʻzbekiston birlamchi yonilgʻi—energetika manbalari
bilan uzini oʻzi taʼminlaydigan davlatlar sirasiga kiradi. 2000 y.da 7533,6 ming t neft (gaz
kondensati bilan birga), 56401,1 mln.m3 tabiiy gaz, 2500 ming t koʻmir qazib olindi. Neftni
qayta ishlash zdlarida 1,7 mln. t benzin, 1,9 mln. t dizel yoqilgʻisi, 0,4 mln. t kerosin, 1,7 mln.


mazut ishlab chiqarildi. Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda neftgaz sanoatining kelgusi
taraqqiyoti uchun oʻta muhim boʻlgan noyob inshootlar bunyod etildi. Koʻqsumaloq neftgaz
kondensat koni jadal surʼatlar bilan oʻzlashtirildi. Bu yerda 1997 y. 14 iyulda 500 atmosfera
bosimda gazni haydash kompressor st-yasi ishga tushiriddi. Koʻkdumaloq konining neft va
gaz kondensatini qayta ishlash uchun Buxoro viloyatida yiliga 2,5 mln. t mahsulot ishlab
chiqaradigan zamonaviy Buxoro neftni qayta ishlash zavodi kurildi, Fargʻona neftni qayta
ishlash zavodi toʻliq taʼmirlandi (2000). Umuman Oʻzbekistonda qazib olinayotgan gazning
asosiy qismi Muborak gazni qayta ishlash zavodi va Shoʻrtan gaz kondensati majmuasining
oltingugurtdan tozalash inshootlarida qayta ishlanmoqda. Oʻzbekistonda tabiiy gaz 12 ming
km dan ziyod magistral gaz quvurlari orqali tashilmoqda va taqsimlanmoqda. Respublikaning
gaz uzatish tarmogʻi MDH mamlakatlari yagona gaz tizimiga ulangan. Oʻzbekistonda aholini
tabiiy gaz bilan taʼminlashning ishlab chiqilgan dasturi izchil amalga oshirilmokda.
Oʻzbekistonda qazib olinayotgan tabiiy gazning 85% idan xalq xoʻjaligi tarmoklari va aholi
ehtiyoji uchun foydalanilmoqda. Uning 15% qoʻshni mamlakatlarga eksport qilindi. Gazning
25% elektr st-yalariga, 10% tarmoqning oʻz texnologiya ehtiyojlariga, 19% sanoatga va 30%
dan ziyodi kommunalmaishiy ehtiyojlarga yoʻnaltirilgan. Yo. s. chet mamlakatlardan AQSH,
Rossiya, Kanada, GFR va b.da rivojlangan. Yoqilgʻi qazib olishda AKSH jahonda birinchi
oʻrinda turadi. Lekin shunga karamay ayrim rivojlangan mamlakatlarda ham energiya xom
ashyosi yetishmasligi bilan bogʻliq boʻlgan energetika tangliklari uchrab turadi. Yana q. Gaz
sanoati, Yoqilgʻi balansi, Koʻmir sanoati, Neft sanoati. Ad. .Karimov I. A., Oʻzbekiston XXI asr
boʻsagʻasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari, T., 1997;
Djurakulov A. D., Razvitiye gazovoy promishlennosti Oʻzbekistona, T., 1976; Livitin 3. S,
Xodjimatov A. X., Istoriya neftyanoy promishlennosti Oʻzbekistona, T., 1985.
Asror Obidov1. 
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Yoqilg%
CA%BBi_sanoati&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin. 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
Bu maqolada 
boshqa til boʻlimlariga ishorat
 yoʻq. 
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Manbalar


 
Soʻnggi tahrir 15 kunlar avval
 
188.113.206.198
 tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Yoqilg
ʻ
i_sanoati&oldid=2512
655
" dan olindi 

Download 62,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish