Suyultirilgan gazlar roʻzgʻorda keng qoʻllaniladi, shuningdek avtomobil
transportlarida ishlatiladi. Bu gazlar neftni birlamchi qayta ishlash mahsulotlari yoki
yoʻlovchi gazlar boʻladi. Suyultirilgan gazlarning asosiy komponentlari butan va
propan boʻladi va uncha koʻp boʻlmagan miqdorda metan, etan, etilen, propilen va
butilen boʻlishi mumkin. propan va butan ma’lum bosim ostiga suyuqlik holatiga
oson oʻtadi.
Uy-roʻzgʻor iste’moli uchun uch xil markali siqilgan gazlar ishlab chiqiladi:
SPBTZ -propan va butan aralashmali texnikaviy qishki, SPBTL -propan va butan
aralashmali texnikaviy yozgi va BT-texnikaviy butan. SPBTZ aralashma 75%dan
kam boʻlmagan propan va propilen, SPBTL 60%dan oshmagan butan va butilen,
texnikaviy butan BT-60%dan kam boʻlmagan butan va butilen tarkibli boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |