Yoqilg`i sanoati
Yoqilg`i sanoati yoqilg`i xom ashyosini qazib olish va uni iste`molchiga yetkazib berish tarmoqlarini o`z ichiga oladi. Yoqilg`i sanoati ko`mir, neft, gaz, torf, yonuvchi slanets, uran rudasi qazib olish hamda yog`och tayyorlashdan iborat.
Quyosh elektr stansiyalari, yoki geliostantsiyalar AQSH, Fransiya, Ispaniya, Yaponiya va Ukrainada; geotermal elektr stantsiyalar AQSH (Geyzer stantsiyasining quvvati 1 mln/kVt), Rossiya, Filippin va Italiyada; qalqish stantsiyalari Fransiya, Kanada, Rossiya, Xitoyda; shamol elektr stantsiyalari AQSH va Daniyada qurilgan.
Elektr energiyasi jahondagi barcha mamlakatlarda ishlab chiqariladi. Ammo bir yilda 100 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqaradigan faqat 13 ta davlat bor (AQSH, Rossiya, Yaponiya, Kanada, Germaniya, XXR, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Braziliya, Xindiston, Polsha, Norvegiya). O`zbekistonda bir yilda 50 mlrd. kVt/soatdan ortiq elektroenergiya ishlab chiqariladi.
Aholi jon boshiga elektr energiyasi ishlab chiqarish bo`yicha jahonda Norvegiya (26 ming kVt/soat), Kanada (17 ming kVt/soat), Shvetsiya (14 ming kVt/soat), AQSH (11 ming kVt/soat) yetakchi.
Rossiya, Ukraina, Vengriya, Fransiya, Shveytsariya, Kanada elektr energiyasini eksport qiladi, Italiya, Niderlandiya, AQSH import qiladi.
Iste`molchilarni elektr energiyasi bilan ta`minlashda qatnashadigan va bir-biri bilan elektr liniyalari va turlari bilan bog`langan yirik elektr stantsiyalar birlashmasi energiya tizimi deb ataladi. Energiya tizimlari quyidagi turlarga bo`linadi: lokal (shahar, rayon), zonal (rayonlararo), milliy (butun mamlakat) va xalqaro (masalan, O`rta Osiyo) energiya tizimlari.
Demak, energetika sanoati xo`jalikning eng muhim tarmoqlaridan biri bo`lib, uning rivojlanish darajasi ilmiy-texnik taraqqiyot bilan, turli mamlakatlar va xududlar aholisining turmush darajasi bilan bog`liq.
Energetika sanoatining tarkibiy qismlari chizmada ko`rsatilgan.
Yog`och tayyorlash
Yog`och insoniyat tarixida bir necha ming yillar davomida asosiy yoqilg`i manbai bo`lib keldi. Natijada juda ko`p o`rmonlar yo`q bo`lib ketdi yoki maydoni keskin qisqardi. Ko`mir, neft, gaz va boshqa yoqilg`ilarga o`tilgandan keyin yog`ochni yoqilg`i sifatida ishlatish keskin kamaydi. Ammo hozir ham baland tog` mintaqalarida, cho`llarda, ekvatorial-tropik mintaqalarda (janubiy o`rmon mintaqasi) joylashgan qoloq davlatlarda yog`och yoqilg`i sifatida hamon ishlatilmoqda. Yog`och eramizning XVI asrlarigacha asosiy yoqilg`isi bo`lib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |