Yopiq urug‘li o‘simliklar tasnifi. Bir va ikki pallali o‘simliklar. Magnoliyadoshlar, ayiqtovondoshlar, ko‘knoriguldoshlar, chinniguldoshlar, sho‘radoshlar va grechixadoshlar oilalari



Download 27,62 Kb.
bet2/5
Sana02.05.2021
Hajmi27,62 Kb.
#63474
1   2   3   4   5
Bog'liq
Yopiq urug‘li o‘simliklar. Bir va ikki pallali o‘simliklar

Ayiqtovondoshlar oilasi-Ranunculaceae.

 

       Bu oila  1200  ga  yaqin  turni o‘z ichiga oladigan katta oila bo‘lib, ko‘pchilik vakillari bir va ko‘p yillik o‘tlardir. Ba’zan  chala  buta va lianasimon butalar ham uchraydi. Ularning barglari navbatlashib joylashgan, ko‘pincha panjasimon yoki patsimon qirqilgan yon barglari bo‘lmaydi. Bu oila  vakillarining gullari xar xil tuzilgan:ba’zilarida aktinomorf, ba’zilarida zigomorf  bo‘lsa, goho siklik, goho  doirali  bo‘ladi. Gullar ikki  jinsli. Gulqo‘rg‘oni oddiy gultojisimon yoki kosabarg va tojbarglarga ajralgan.Gulkosa 5 ta,ba’zan 3-20 ta,gultoji ochiq rangli,tojbargi 2-20 ta,ba’zan mayda bo‘lib shiradonlarga aylangan.Onaligi ko‘p, erkin, changdoni esa gulning tashqarisiga yoki  ichkarisiga  qaragan bo‘ladi. Genitseyi ko‘p, ba’zan  1  ta, apokarp tipda tuzilgan, onaligi bir mevabargli. Tugunchasi ustki, bir uyali, 1 ta yoki bir nechta urug‘kurtakli.



       Gul formulasi:  *   Sa5 So5 A  U

       Bu oila vakillarining xarakterli belgisi otaliklarining magnoliyadoshlar oilasining  vakillaridagi  singari  cheksiz bo‘lib,ko‘pincha spiral joylanishi,onaligining qariyib hamma vaqt erkin bo‘lishidir. Ayiqtovondoshlarning to‘qimasida  efir moyi bezlari bo‘lmasa ham, lekin tarkibida chorva mollari uchun zaxarli bo‘lgan alkaloidlar, glikozidlar, saponinlar bo‘ladi. Shuning uchun  bu oila vakillarini mollar xush ko‘rib yemaydi, ko‘plari zaharli o‘tlar hisoblanadi.

       Ayiqtovondoshlar oilasi ba’zi turlarining mevasi bargsimon bo‘lsa, ba’zilarining mevalari ochilmaydigan yong‘oqchalar holida bo‘ladi. Ba’zan rezavor va  ko‘sakcha mevalilari ham uchraydi.Bu oilaga kiruvchi tipik vakillardan biri ayiqtovon (Ranunculus) avlodidir. Bu avlod 600 turga ega. Bular orasida o‘rta mintaqada eng ko‘p uchraydigan-laridan zaxarli ayiqtovon (R.Sceleratus), o‘rmalovchi ayiqtovon (R.repens), o‘yuvchi  ayiqtovon (R.acer) ni aytib o‘tish mumkin.

       O‘rmalovchi ayiqtovon (Ranunculus repens) - nam joylarda ko‘p uchraydigan o‘t bo‘lib,ildiz  yonidan chiqqan uchta-uchtalik yopirma barglari (rozetkasi)bor. Gullari qimoz tipda shoxlanadigan  yoyiq  to‘pgul  bo‘lib  turadi. Gulning qo‘sh  gulqo‘rg‘oni bor.Bu gulqo‘rg‘on 5 ta gulqo‘rg‘on, 5 ta gulkosacha va och sariq rangli 5 ta  gultojbarglardan  tashkil  topgan. Har qaysi gulbarg  tagida nektardonli kichkina chuqurcha bor,bu chuqurcha sariq rangli tangacha bilan bekilib turadi. Otaliklar soni cheksiz  sonda bo‘lib spiral  xolda joylashgan.Ulardan yuqoriroqda talaygina onaliklar joylashgan. Har kaysi onalik bitta meva bargchasidan iborat bo‘lib, ularda ko‘zga arang ilinadigan ustuncha bor. Bir uyali tugunchada bitta urug‘kurtak bo‘ladi. Mevasi ochilmaydigan quruq meva-yong‘oqchadan iborat.

       Bu oilaga: adonis  yoki suvur o‘t-Adonis,sedana-Nigella, isparak (Delphnium), akonit-Aconitum, kabi avlodlar ham kiradi.

       Akonit avlodi-(Aconitum). Bu avlod vakillari  ildizlari  tuganaksimon, bo‘rtgan, poyasi tik  chiqqan, barglari  panjasimon  qirqilgan  yirik gulli o‘t o‘simliklar bo‘lib ularning gullari noto‘g‘ri, ko‘k, binafsha, sariq ba’zan oq ranglidir. Gulqo‘rg‘oni tojsimon. Mevasi ko‘p  urug‘li, bargsimon bo‘ladi. Akonitning barcha turlarida akonitin alkaloidi bor.Tanasining barcha qismi zaharlidir. Ko‘pincha dorivor va dekorativ o‘simlik sifatida ekib o‘stiriladi. Dori  bo‘ladigan  o‘simliklar  orasida bahor suvur o‘ti (Adonis vernalis) hammadan ko‘proq ishlatiladi. Bularning yer ustki qismidan yurak  kasalliklarini davolashda qo‘llaniladigan adonizit va adonin brom nomli preparat tayyorlanadi. Pionlar, isparaklar manzarali o‘simliklar sifatida ekib o‘stiriladi.

 

              



 

Ko‘knoriguldoshlar oilasi-Papaveraceae.

     Bu oilaning vakillari o‘tlardir, ularda, odatda bo‘g‘imlarga  bo‘lingan sut naylari yoki sut xujayralari bo‘ladi.



O‘simlikda sutsimon shira bo‘lmasa,maxsus moddasi bor cho‘ziq  xujayralar yuzaga keladi.U 26 avlodga oid 250 turni o‘z ichiga oladi. O‘rta Osiyoda 8 turkumga oid 35 tur uchraydi.Bu oilaga kiradigan  o‘simliklar  asosan o‘tlar, qisman butalardir. Barglari  ko‘pincha patsimon qirqilgan, navbatlashib yoki qarama-qarshi joylashgan. Gullari yakka-yakka yoki to‘pgulda joylashadi. Aktinomorf, ba’zan zigomorf  kosachasi 2 ta, gultoji 4 ta, ba’zan 6 ta kosachasi faqat g‘unchaligidagina bo‘ladi, guli ochilishi bilan  tezda tushib ketadi. Otaligi 2-4 ta yoki cheksiz, doira bo‘lib joylashgan. Onaligi 2 ta yoki bir nechta mevabargli, senokarp tipda, tugunchasi ustki, bir uyali, mevasi ko‘p urug‘li ko‘sacha yoki yong‘oqchadir. Urug‘lari endospermli, xashoratlar vositasi bilan changlanadi.


Download 27,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish