Yopiq urug‘li o‘simliklar tasnifi. Bir va ikki pallali o‘simliklar. Magnoliyadoshlar, ayiqtovondoshlar, ko‘knoriguldoshlar, chinniguldoshlar, sho‘radoshlar va grechixadoshlar oilalari



Download 27,62 Kb.
bet4/5
Sana02.05.2021
Hajmi27,62 Kb.
#63474
1   2   3   4   5
Bog'liq
Yopiq urug‘li o‘simliklar. Bir va ikki pallali o‘simliklar

Sho‘radoshlar oilasi-Chenopodiaceae.

    

       Bu oilaga 100 dan ortiq avlod va 1500 tur kirib,shundan O‘zbekistonda 43  avlod  va 180 turi o‘sadi. Bu oila vakillari qiyofasi xar xil bir yillik, ikki yillik va ko‘p yillik o‘tlar, chala  butalar, ba’zan, buta va kichik-kichik  daraxtlar  kiradi. Ko‘pincha  sersuv, tuksiz yoki har xil tukli bo‘ladi. Barglari yon bargsiz, plastinkasi va bandi yaxshi  taraqqiy etgan yoki reduksiyalangandir: ba’zan butunlay bo‘lmaydi. Plastinkasi yirik, yassi shakllaridan tortib, ipiksimon, bigizsimon va silindirsimonlari ham bo‘ladi.



       Gullari mayda, ko‘rimsiz, ikki jinsli yoki bir jinsli bo‘lib,to‘pgulga yig‘ilgan. Gulqo‘rg‘oni 1-5  ta yashilroq yoki oqish pardasimon barglardan tuzilgan.Gullarda 1-5 ta changli bo‘lib, ular gulqo‘rg‘on barglari ro‘parasiga joylashadi.Urug‘chisi 2-5  mevabargchadan  tuzilgan.Tugunchasi ustki, bir uyali va bir urug‘kurtak. Shamol yoki xashoratlar yordamida  changlanadi. Mevalari yong‘oqcha yoki rezavor, ba’zan to‘pmeva  bo‘ladi.

       Lavlagi avlodi (Beta). Bu avlod vakillari bir yillik va ko‘p yillik o‘t o‘simliklardir. Ularning 10   turi  ma’lum  bo‘lib, Kavkazda, Eronda, O‘rta  Dengiz bo‘ylarida yovvoyi xolda o‘sadi.

       Oddiy lavlagi-(B.rsulgaris). Bu ikki yilik o‘simlik bo‘lib, birinchi yili urug‘dan uzun bandli, yirik qizilroq rangli to‘pbarglar va  oziq  moddalarga boy yo‘g‘onlashgan"ildimeva" xosil qiladi. Ikkinchi yili sershox, bir oz uzun,uchlari to‘pgullar bilan tugovchi poya  vujudga  keladi. Sharsimon to‘pgulda, ikki jinsli 5 ta gulqo‘rg‘on bargli 1-8 ta gullari bo‘ladi. Changisi 5  ta  bo‘lib, gulqo‘rg‘on  barglarning   qarshisida   joylashgan, urug‘chisi 3  meva  bargli, tugunchasi  chala ostki bo‘lib uyali. Mevasi gulqo‘rg‘on barglari bilan qo‘shilib o‘sgan yong‘oqchadir. Lavlagining mevasi botanika nuqtai nazaridan qaraganda noto‘g‘ri bo‘lsa ham aholi o‘rtasida urug‘ deb yuritiladi. Ekiladigan lavlagi navlari ko‘p bo‘lib ular 4 xilga bo‘linadi.

       1. Qand lavlagi-ildizmevasi cho‘zinchoq noksimon yoki cho‘ziq  bo‘ladi tarkibida 22  foizgacha qand bo‘ladi.

       2. Xashaki lavlagi-ildizmevasi ancha yirik,lekin tarkibida qand oz  bo‘ladi.

       3. Osh lavlagi yoki sabzavot lavlagi.

       4. Barg lavlagi yoki mongold,uning qalin sershira bargi bo‘lib, u ovqatga ishlatiladi.

       Sho‘ra avlodi-(Chenopodium). Bu  avlod  vakillari bir yillik,ikki yilik va ko‘p yillik buta o‘simliklaridir.Oq sho‘ra (Ch.abbum). Bir yillik, sershox, barglari bandli  2 tomonidan unli g‘uborlar bilan qoplangan o‘simlikdir. Bu eng ko‘p tarqalgan begona o‘tlardan biri bo‘lib, sug‘oriladigan ekinlar orasida o‘sadi.

       Sassiq sho‘ra-(Ch.vilvaria). O‘ziga xos o‘tkir xid chiqaradigan bir yillik begona o‘tdir. Barglarning 2 tomoni ko‘kimtir, gulqo‘rg‘oni unsimon g‘uborli bo‘ladi. Sug‘oriladigan  ekinlar  bilan birga, shuningdek, xovlilarda, yalangliklarda uchraydi. Tereksen (Eurotia), izen (K.prostrata)saksovul (Haloxylon) va  x.k  shu oila vakillaridir.  Shirali sho‘ralar sho‘r bosgan tuproqda o‘sadigan. Ularda suv saqlovchi to‘qimalar borligidan bu o‘simliklar tuzni juda ko‘p singdiradi. Shirali sho‘ralar tarkibidagi kul moddasi miqdori jihatida boshqa o‘simliklardan ro‘yrost ajralib turadi. Ulardagi quruq modda miqdori o‘simlik og‘irligining 50% ni tashkil qiladi. Masalan;  qizil sho‘ra (Salicornia herbacea). Ko‘pchilik sho‘ralarda poyasining tagi yog‘ochlanadigan bo‘ladi. Ular ba’zan aylanasi 70 sm ga boradigan va bundan ham oshadigan katta - katta butalar holida o‘sadigan bo‘lganidan o‘tin o‘rnida ishlatiladi, sahro va yarim sahro rayonlarida iqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga egadir.

       Bir pallalilar sinfi - Monocotyledoneae. Bu sinf vakillari yer yuzining hamma joylarida tarqalgan bo‘lib, tarkibida 4 ta kenja sinf, 104 oila, 3000 avlod va 63. 000 turni birlashtirgan. Bir pallali o‘simliklar o‘ziga xos belgilari bilan ikki pallalilardan farq qiladi. Bu sinfga kiradigan o‘simliklarning ichki tuzilishi ham bir-biridan farq qiladi. Ularda poya va ildizlarining yo‘g‘onlashmasligiga sabab po‘stloq bilan markaziy silindr qismi o‘rtasida ikkilamchi paydo qiluvchi to‘qima - kambiy qavatning  bo‘lmasligidadir. Lekin, ayrim bir pallalilardan yog‘ochsimon dratsena, yukkalarda kambiyning hosil bo‘lishi bilan ular eniga yo‘g‘onlashadi. Bir pallali o‘simliklarning o‘qildizi bir vaqt qurib qolishi tufayli poyasining pastki tomonidan qo‘shimcha ildizlar o‘sib chiqib, sochma - popik ildizni hosil qiladi. Barglari oddiy paralel yoki yoysimon tomirlangan. Barg shakllari lansetsimon, lentasimon chiziqsimon, naychasimon, tuxumsimon bo‘ladi.

       Piyozguldoshlar oilasi - Liliaceae.

       Bu oilaga 10 avlod, 470 ta o‘simlik turi mansub bo‘lib, ulardan230 ga yaqini madaniy holda o‘stiriladi. Bu oilaga mansub o‘simliklar asosan o‘rta iqlimmintaqalarda, G’arbiy va Sharqiy Osiy, Ximolayda tarqalgan.

       Piyozguldoshlar oilasiga ko‘p yillik o‘t, yer ostki piyozboshli o‘simliklar kiradi. Bu oilaning hamma vakillari geofit o‘simliklar bo‘lib, ularning ko‘pchiligi efemeroidlardir. Gul chiqaruvchi poyalari bargli yoki bargsiz. Gullarining shakli va katta - kichikligi turlicha; aktinomorf, ikki jinsli ko‘p hollarda shingilga to‘plangan. Yirik gullari yakka, 6 a’zoli Gul qo‘rg‘oni oddiy rangli erkin, yoki birlashgan. Changchisi 6 ta, urug‘chisi 3 ta  birlashgan mevacha bargdan iborat


Download 27,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish