Yong'in xavfsizligi saboqlari



Download 3,03 Mb.
Sana28.06.2022
Hajmi3,03 Mb.
#715804
Bog'liq
YONGIN XAVZSILIG SABOLARI


"YONG'IN XAVFSIZLIGI SABOQLARI" mavzusida ochiq mashg'ulot
Ta’limiy faoliyat maqsadlari
Ta’limiy: tarbiyalanuvchilar bilan berilgan mavzu boyicha suhbatlar o'tkazish, bolalarning o‘t o'chiruvchilar ishi to'grisida tasavvurlarini kengaytirish; lugatni boyitish va faollashtirish;
Rivojlantiruvchi: bolalarda o‘z fikrini erkin bildirish ko‘nikmasini shakllantirish;
Tarbiyaviy: bolalar o'rtasida bir-birlarini o'za.ro hurmat qilish,
boshqaning fikri­ni tinglashga o'rgatish va jamoa bo'lib o'ynash ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Kerakli jihozlar: o‘t ochirish transport vositasi tasvirlangan rasmlar, bolalar soniga mo‘Ijallangan tarqatma kartochkalar, АКТ.
Ta’limiy faoliyatning borishi
Tarbiyachi: - Bolalar, o‘t o‘chiruvchilik kasbi nima uchun juda muhim, qani, kim bu haqda nimalar biladi?
(Bolalar javobi tinglanadi.)
Tarbiyachi: - To‘g‘ri, o‘t o‘chiruvchilaming ishi xavfli, qiyin; olovni o‘ehirishda ular o‘z hayotlarini xavf ostiga qo‘yishadi. Yong‘inlar turli qavatlarda sodir bo‘ladi va ularga yetib borish oson emas, ayniqsa, olov ichida odam bo‘lsa.
(Monitorda o‘t o‘chiruvchilar faoliyati aks etgan lavha namoyish etiladi.)
Tarbiyachi: - Bolalar, ayting-chi, o‘t o‘chiruvchilar qanday bo‘lishi kerak?
Bolalar: - 0‘t o‘chiruvchilar kuchli, chaqqon, jasur, tajribali bo‘lishi kerak.
Tarbiyachi: - Nima uchun o‘t o‘chiruvchilar kuchli, chaqqon va jasur bo‘lishi kerak?
Bolalar: - Ular odamlarni olovdan olib chiqishlari, tutun bilan ishlashlari kerak.
Tarbiyachi: -0‘to‘chiruvchilar nimakiyishadi?
Bolalar: - 0‘t o‘chiruvchilar maxsus kostyum va niqob kiyishadi.
(Tarbiyachi bolalarni ikkitajamoaga bo'lgan holda “O't o‘chiruvchilar” o'yini- ni o'ynashga taklif qiladi.)
Qoidalar: suvni aniq to‘kish; suvni to‘kmaslikka harakat qilib yugurish.
Jamoa a’zolari saf turishadi va tarbiyachi o‘yinni boshlovchi signal bergach, suv solingan stakanni olib yugurib borganicha havzaga bo‘shatadi va qaytib, keyingi ishtirokchiga stakanni uzatadi. Shu tariqa o‘yin davom etadi va chaqqonlik bilan g‘olib bo‘lgan jamoa taqdirlanadi.

Tarbiyachi: - Barakalla, bolajonlar, endi topishmoq aytaman, sizlar esa javo- bini topasiz.
Yong‘in va xavf qo‘rqar mendan,
Zumda yetib boraman. (O't о‘chirish mashinasi)
Qo‘ng‘irog‘im ogoh etar,
Chirog‘imdan hushyor tortar. (0‘t о chirish mashinasi)
Tarbiyachi: - Topishmoqning javoblarini to‘g‘ri topdingiz.
Qadim zamonlardan beri inson o‘t yoqishni va undan foydalanishni o‘rgangan. Lekin keraksiz va kutilmagan yong‘inlardan himoyalanish uchun o‘t o‘chiruvchilar xizmatiga doim ehtiyoj seziladi.
Tarbiyachi: - Bolalar, yong‘inga nima sabab bo‘lishi mumkin?
(Bolalar javoblari tinglanadi.)

(Bolalarga “Yong'in sabablari” rasmlari ko'rsatiladi).
Tarbiyachi: - Endi “To‘rtinchisi ortiqcha” o‘yinini o‘ynaymiz. Men sizga rasm- ni ko‘rsataman, unda to‘rtta obyekt bor va menga rasmdagi qaysi obyekt ortiqcha ekani va yong‘inga olib kelishi mumkinligini aytasiz.
(Rasmlar ko'rsatiladi.)
Bolalar, agar yong‘in sodir bo‘lgan bo‘lsa, nima qilish kerak?
(Xonani tark etish va o't o'chiruvchilarni chaqirish kerakligi tushuntiriladi.) Qaysi nomerga telefon qilishimiz mumkin?
(Bolalarga 101 nomeriga qo'ng'iroq qilinishi tushuntiriladi.)
Tarbiyachi: - Bolalar, keling, o‘t o‘chirish bo‘limiga telefon orqali qo‘ng‘iroq qilishga harakat qilaylik. Men dispetcher bo‘laman, qo‘ng‘iroqlarni qabul qilaman va siz menga yong‘in haqida xabar berasiz.
“04 o'chiruvchilarni chaqiring” o‘yini o‘ynaladi.
Yong‘in bo‘limiga qo‘ng‘iroq qilish uchun siz yong‘in sodir bo‘lgan ko‘cha va uy raqamini bilishingiz kerak (misol keltiriladi).


(O'yin 5 daqiqa davomida o'ynaladi.)

Tarbiyachi: - Bolajonlar, endi yong‘in mavzusiga mos she’rlar aytamiz.
GUGURT
Umarali Qurbonov
Jajjigina Boshim bor.
0‘zimga xos Ishim bor.
0‘yinchoq deb Boqmangiz,
Behudaga chaqmangiz.
Ishlatinglar
Aql-la,
Qo‘lga olmang Jahl-la!
GUGURT
Qambar ota
Bir qutida oltmish cho‘p,
Turibmiz bo‘lib to‘p-to‘p.
Hammamiz o‘tyurakmiz,
Odamlarga kerakmiz.
Bizni chaqib o‘ynamang,
Ermak qilib o‘ynamang.
0‘t bo‘lsak ham garchi biz,
Yong‘inlarga qarshimiz.
Bolalar bilimlarini sinash uchun savollar:
Bugun qaysi kasb egalari ishi bilan tanishdik?
0‘t o‘chiruvchilarga qaysi telefon raqamlaridan qo‘ng‘iroq qilish mumkin?
Download 3,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish